Научная статья на тему 'O`QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASHINI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

O`QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASHINI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
83
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqil topshiriqlar / referat / xotira / diskursiv / verbal / amaliy / nazariy / ixtiyoriy-ixtiyorsiz / konkret / abstrakt / intuitiv / diskursiv / dialektik / reproduktiv / produktiv-ijodiy / visual.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Tursunova D.Z.

Ushbu maqolada o’qituvchining o’quvchilarni mustaqil fikrlashida mustaqil yondashuv hamda har bir fan sohasidan kelib chiqib turli psixologik va pedagogik yondashuv asosida o’quvchilarni bilim olishida kerakli bo’lgan metodlar va psixologik xususiyatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASHINI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Tursunova D.Z.

Jizzax davlatpedagogika universiteti o'qituvchisi

O QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASHINI PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'qituvchining o'quvchilarni mustaqil fikrlashida mustaqil yondashuv hamda har bir fan sohasidan kelib chiqib turli psixologik vapedagogikyondashuv asosida o'quvchilarni bilim olishida kerakli bo'lgan metodlar va psixologik xususiyatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: mustaqil topshiriqlar, referat, xotira, diskursiv, verbal, amaliy, nazariy, ixtiyoriy-ixtiyorsiz, konkret, abstrakt, intuitiv, diskursiv, dialektik, reproduktiv, produktiv-ijodiy, visual.

Tursunova D.Z. teacher

Jizzakh State Pedagogical University

PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF STUDENTS' INDEPENDENT THINKING

Abstract. In this article, the methods and psychological dynamics necessary for students' learning based on different psychological and pedagogical approaches based on the independent approach of the teacher to the students' independent thinking based on each subject area are revealed.

Keywords: independent assignments, summary, memory, discursive, verbal, practical, theoretical, voluntary-involuntary, concrete, abstract, intuitive, discursive, dialectical, reproductive, productive-creative, visual.

KIRISH. O'quvchilar tafakkuri, asosan, o'qish, amaliy mashg'ulot va mustaqil bilim olish faoliyatlarida jadal va uzluksiz ravishda rivojlanadi. Goho ma'ruza jarayoni ulardan reproduktiv tafakkurni taqozo etsa ham, lekin mustaqil topshiriqlar, laboratoriya darslari produktiv fikr yuritish faoliyatini talab qiladi. Har ikkala ta'lim shakli ham o'quvchilar aqliy mehnati, maqsadga yo'naltirilgan va muvofiqlashtirilgan diqqati yordami bilan amalga oshadi.

Umumiy o'rta maktabdagi mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzish, referat ishlari o'quvchidan mustaqillikni, ijodiy yondashishni, (kreativlikni) muammoli holatni, murakkab pedagogik-psixologik vaziyatni ham ma'lumotlarni o'zlashtirish bilim-saviyani kengaytirish bilan qanoat hosil qilmasdan,balki ularni tushunish, anglab yetishni talab qiladi, bu esa bevosita tafakkurning funksiyasidir. Xotira bisotidagi bilimlarni izchil ravishda tartibga keltirish, esga tushirish, ular ichidan eng muhim jihatlarni ajratish, o'zaro taqqoslash, turkumlarga kiritish,

umumlashtirish bilish jarayonining aqliy yo'li bilan, ya'ni tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi.

Ijtimoiy gumanitar va tabiiy fanlarni o'rganish davomida moddiy borliqdagi narsa va hodisalar o'rtasidagi murakkab ichki bog'lanishlar, aloqalar va ijtimoiy turmush qonuniyatlari yuzasidan chuqur nazariy metodologik, ilmiy-uslubiy xususiyatdagi bilimlar o'zlashtiriladi. Ana shu fan asoslarini o'zlashtirish davomida diskursiv tafakkur turi o'quvchi uchun omilkor aql-zakovat quroli vazifasini bajaradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI. Umumiy o'rta maktab ta'limi jarayonida fikr yuritish operatsiyalaridan unumli (analiz, sintez, taqqoslash, konkretlashtirish, mavhumlashtirish, klassifikatsiyalash, sistemalashtirish, umumlashtirish) foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga keladi. O'quvchilar tafakkur shakllarining funksional va operatsional jihatlari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek, ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha intellektual rezervlarini aqliy zaxiralarini ishga solishga harakat qiladilar. Hukm chiqarishning barcha ko'rinishlardan o'quv va mustaqil bilim olish faoliyatlarida foydalanish shart -sharoitlari tug'iladi. Xulosa chiqarishning induktiv yo'llaridan muayyan tarzda bilish faoliyatida qo'llashga intiladilar. Tushunchalar mohiyatini anglagan holda ma'lumotlarni egallash bilimlarning barqarorligini ta'minlaydi. Bu narsalarning barchasi tafakkurni rivojlantirishga o'z ta'sirini o'tkazadi.

Umumiy o'rta ta'lim uzluksiz ravishda ijodiy tafakkurni talab qiladigan, muammoli xususiyatdagi topshiriq va masalalar tizimidan iboratdir. Har bir ma'ruza, seminar mashg'uloti, mustaqil topshiriqlar, hatto laboratoriya ishlari ham muammoli vaziyat, holatniig tarkibiy qismlaridan tuzilgan bo'ladi. Ularni hal qilish ijodiy izlanishni vujudga keltiradi, tafakkur va ularning turlarini kamolot sari yetaklaydi. Chunki muammoli holatgacha bo'lgan davr, muammoli vaziyat, muammoli vaziyatdan keyingi aqliy jarayonlar ham o'quvchidan ijodiy qidiruv, tadqiqot faoliyatini taqozo etadi. Topshiriqni mustaqil bajarish o'quvchilardan tafakkur operatsiyalari va shakllaridan foydalanishni talab qiladi.

NATIJALAR. O'quvchilarni o'quv faoliyati yoki ta'limiy usullar bilan tanishtirish tafakkur rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, tushunchalarga turli nuqtai nazardan qarash usulini o'quvchilarda tarkib toptirish va uni sharoitga, vaziyatga ko'chirishga o'rgatish yuqori ko'rsatkichla r beradi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, odatda usullarning ko'chishini "birdaniga", asta-sekin, "buzib-tuzatib", qayta qurish, tarkibini yangidan tuzish, ko'rgazmali materialdan matnli, mantiqiy materialga o'tishi kabi ko'rinishlari mavjuddir. O'quvchilarda o'quv faoliyatining usulini tarkib toptirish quyidagicha amalga oshiriladi va muayyan qoidalar asosida olib boriladi:

- hamkorlik tushunchasiga turli nuqtai-nazardan qarash mumkin, chunonchi, u faoliyat turi, do'stona aloqa o'rnatish, muloqot, muomalaga kirishish, umumiy xatti- harakatlar yig'indisi, o'quv faoliyatining shakli, o'qituvchi bilan O'quvchi harakati, bitim, ijodiy tajriba almashish va hokazo.

Mazkur o'quv faoliyati usulini mustaqnl topshiriqni bajarishga, ya'ni "faoliyat", "individual faoliyat", "ijtimoiy faoliyat", "guruhiy faoliyat" kabi psixologik tushunchalar mohiyatini ochishga ko'chirish mumkin. Psixologiya fanida ko'chishning turlari to'g'risida chet el va sobiq Ittifoq davridagi psixologiyada birmuncha ma'lumotlar mavjud.

Xotira tushunchasini turli nuqtai nazardan qarash mumkin, chunonchi, u bilish jarayoni, produktiv yoki reproduktiv mnemik faoliyat, amaliyotda zarur bilimlar majmuasi, xotira - bu ko'nikma, malaka va odatlar yig'indisi; umumlashgan obrazlar to'plami, grammatik termin, fenominal xotirali shaxs sifati tariqasida va hokazo.

MUHOKAMA. O'quv faoliyatining ushbu usulini mustaqil topshiriq bajarishga, ya'ni "Tafakkur" tushunchasiga ko'chirish imkoniyati quyidagi tarzda namoyon bo'ladi: tafakkur - bu bilish jrayoni, fikr yuritish faoliyati, prognoz qilish, anglashilgan bilimlar, muloqot negizi, grammatik termin, aql sifati, zehni o'tkirlik, shaxs sifati kabi tasavvur qilish mumkinligini ta'kidlab o'tiladi.

Yuqoridagi mulohazalarga qaramasdan, o'quvchilar tafakkurida sub'ektiv-shaxsiy xususiyatga ega bo'lgan zaif jihatlar mavjuddir. Fikr yuritish faoliyatini nazorat qilishda qator kamchiliklarga yo'l qo'yiladi, masalan, faoliyat natijasini tekshirish sifatidagina qo'llaniladi. Ularning aqliy faoliyatida xatti-harakat yoki bilim sifatini baholash va o'z-o'zini baholashda ham, voqelikni baholashda ham voqelikni oqilona, to'g'ri aks ettirish jarayonida illatlar ko'zga tashlanadi. Narsa va hodisalar xususiyati yoki qonuniyati ko'pincha orttirib baholanadi, ba'zan pasaytirib baholash hollari ham namoyon bo'ladi. Ahyon-ahyonda bo'lsa-da, to'g'ri, oqil, haqiqatan aniq baholash ko'zga tashlanadi. Tafakkurning tanqidiylik va tashabbuskorlik sifatlarida ayrim nuqsonlar uchraydi. O'quvchilarning intilishi bilan o'z-o'zini baholash o'rtasidagi munosabat mutanosiblikka, o'zaro uyg'unlikka ega emas, shu tufayli imkoniyat, aqliy zaxira bilan havoiy orzular orasida ziddiyat vujudga keladi, natijada oqillik o'rnini g'ayirlik egallay boshlaydi. Bunday salbiy hissiy kechinmaning, shaxs illatining oldini olish va mutlaqo bartaraf qilish uchun maxsus treningdan foydalanish ijobiy natijalar beradi.

Ta'kidlab o'tilgan nuqsonlar qaramasdan, o'quvchilar tafakkuri ilk o'spirinlik yosh davridan ham sifat, ham mazmun, ham ko'lam jihatidan keskin tafovutlanadi. Bu fikrlar psixologlar tomonidan to'plangan miqdoriy ma'lumotlar bilan allaqachonlar tasdiqlangan. Shunday qilib, muayyan bir sohaning yosh mutaxassis kishisi - o'quvchi yuksak aql-zakovat egasi, uquvli-teran fikrli inson, iymonli, diyonatli shaxs, aniq dunyoqarashga; mustahkam e'tiqodga ega bo'lgan ziyoli, milliy mafkuraning jonkuyari, targ'ibotchisi sifatida ijtimoiy katta hayotga yo'llanma oladi.

XULOSA. O'quvchilar o'quv predmetlari, fan asoslarini egallash faoliyatidaijodiy mahsulotberishuchuntinimsiz harakat qiladilar. Ularning bilishga, bilim olishga undovchi mayllari turg'un, mustahkam va barqaror qiziqishga aylana boradi, badiiy ijodiyot va ilmiy-tadqiqot bobida dastlabki ezgu-

niyatlari, orzularini ushatishga intiladilar. Jumladan, adabiy ta'limdao'quvchilar badiiy ijod bilan, tabiiy-matematika fan sohasidagilar esa kuzatish va tajriba o'tkazish bilan, tarixchi-arxeolog o'quvchilar ijtimoiy turmush solnomalarini ochish bilan shug'ullana boshlaydilar. Hatto o'quvchilar o'zlarining aqliy mehnati mahsullari bilan olimpiada, ilmiy-amaliy anjumanlarda, ixtirochilar va ratsionalizatorlar konkurs-tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnasha oladilar. Bularning barchasi tafakkur yordami bilan chiqariladi, moddiy borliqni yanada aniqroq ifodalash, yaratish faoliyatlarida faol qatnashish uchun intilish, muammoli holat va vaziyatlarni hal qilish jarayonlarining mahsuli sifatida namoyon bo'ladi. Bu va standart bo'lmagan muammoli, boshqotirar topshiriqlarni yechish ijodiy fikr yuritishni, sermahsul vositalardan foydalanishni taqozo qiladi.

Shunday qilib, o'quvchilar narsa va hodisalar, voqelikni to'g'ri, oqilona, omilkorlik bilan aks ettirish, ijtimoiy hayot talabi va ehtiyojlarini anglash, ongli ravishda fikr yuritish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish imkoniyatiga egadirlar. Ularda ta'lim jarayonida tafakkurning va refleksiv sifatlarini shakllantirish ilmiy, ijodiy tafakkurni vujudga keltiradi. Buning uchun ularni mustaqil bilim olish faoliyatini to'g'ri uyushtirish va boshqarishga o'rgatish yuksak samaraning kafolatidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Avlaev O. U. Talabalar kamolotida ijtimoiy intellektning gender farqlari. "Psixologiya" ilmiy jurnal. 2021. № 1, 34-41 betlar.

2. Avlaev O., Butaeva U. Shaxs kamolotining psixologik determinant. Xalq ta'limi miy-metodik jurnali. 2021. № 6, 87-92 betlar.

3. Иброимов, Ш. И. У. Амударё хозирги дельтасининг рельеф структураси ва мелиоратив тадбирлар / Ш. И. У. Иброимов // Экономика и социум. -2021. - No 4-2(83). - P. 1115-1119. - EDN OPOOVD.

4. Butaeva U., Avlaev O., Abdumannotova N. Scientific and practical studies of psychological maturity of students./ Journal of critical reviews. JCR. 2020; 7(12): 3063-3070 doi: 10.31838/jcr.07.12.463

5. Burkhanov A., Avlaev O., Abdujalilova Sh. Responsibility as a criterion for determining personal maturity/ E3S Web of Conferences 2021.

6. Abdunazarov, A. (2020). Имконияти чекланган болаларнинг ижтимоий мослашувини урганишнинг инновацион усуллари. Архив Научных Публикаций JSPI.

7. Abdunazarov, A. (2022). ИНКЛЮЗИВ ТАЪЛИМ ШАРОИТИДА БОШЛАНГИЧ СИНФ У^УВЧИЛАРИДА ШЕЛОМ МУХИТНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 2(1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.