Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH JARAYONLARINING DINAMIKASI'

O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH JARAYONLARINING DINAMIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
1592
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diskursiv / refleksiv / tafakkur / faoliyat / individual faoliyat / ijtimoiy faoliyat / guruhiy faoliyat

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Kibrio Ergashevna Burieva, Sayyora Nabijon Qizi Xamidova

Maqolada umumiy o‘rta maktab o’quvchilarida mustaqil fikrlash jarayonlarining dinamikasining ayrim masalalari yoritilgan, bu pedagogik yondashuvga oid muhim uslubiy tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH JARAYONLARINING DINAMIKASI»

O'QUVCHILARNING MUSTAQIL FIKRLASH JARAYONLARINING

DINAMIKASI

Kibrio Ergashevna Burieva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Pedagogika va psixologiya" fakulteti magistranti

Sayyora Nabijon qizi Xamidova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti "Pedagogika va psixologiya" fakulteti magistranti

ANNOTASIYA

Maqolada umumiy o'rta maktab o'quvchilarida mustaqil fikrlash jarayonlarining dinamikasining ayrim masalalari yoritilgan, bu pedagogik yondashuvga oid muhim uslubiy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlari: diskursiv, refleksiv, tafakkur, faoliyat, individual faoliyat, ijtimoiy faoliyat, guruhiy faoliyat

KIRISH

O'quvchilar tafakkuri, asosan, o'qish, amaliy mashg'ulot va mustaqil bilim olish faoliyatlarida jadal va uzluksiz ravishda rivojlanadi. Goho ma'ruza jarayoni ulardan reproduktiv (o'zlashtirilgan bilimlarga asoslanuvchi) tafakkurni taqozo etsa ham, lekin mustaqil topshiriqlar, laboratoriya darslari produktiv (ijodiy) fikr yuritish faoliyatini talab qiladi. Har ikkala ta'lim shakli ham o'quvchilar aqliy mehnati, maqsadga yo'naltirilgan va muvofiqlashtirilgan diqqati yordami bilan amalga oshadi.

Umumiy o'rta maktabdagi mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzish, referat ishlari o'quvchidan mustaqillikni, ijodiy yondashishni, (kreativlikni) muammoli holatni, murakkab pedagogik-psixologik vaziyatni hal qilishni taqozo qiladi. Davlat ta'lim standarti va o'quv rejasida ko'rsatilgan, dasturda ko'zda tutilgan materiallar va ilmiy ma'lumotlarni o'zlashtirish bilim-saviyani kengaytirish bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ularni tushunish, anglab yetishni talab qiladi, bu esa bevosita tafakkurning funksiyasidir. Xotira bisotidagi bilimlarni izchil ravishda tartibga keltirish, esga tushirish, ular ichidan eng muhim jihatlarni ajratish, o'zaro taqqoslash, turkumlarga kiritish, umumlashtirish bilish jarayonining aqliy yo'li bilan, ya'ni tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi.

Ijtimoiy gumanitar va tabiiy fanlarni o'rganish davomida moddiy borliqdagi narsa va hodisalar o'rtasidagi murakkab ichki bog'lanishlar, aloqalar va ijtimoiy

turmush qonuniyatlari yuzasidan chuqur nazariy metodologik, ilmiy-uslubiy xususiyatdagi bilimlar o'zlashtiriladi. Ana shu fan asoslarini o'zlashtirish davomida diskursiv (lot. ijodiyot va haqiqat mezoni uchun bahs yuzasidan mulohaza yuritish) tafakkur turi O'quvchi uchun omilkor aql-zakovat quroli vazifasini bajaradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Umumiy o'rta maktab ta'limi jarayonida fikr yuritish operatsiyalaridan unumli (analiz, sintez, taqqoslash, konkretlashtirish, mavhumlashtirish, klassifikatsiyalash, sistemalashtirish, umumlashtirish) foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga keladi. O'quvchilar tafakkur shakllari (tushuncha, hukm, xulosa chiqarish)ning funksional va operatsional jihatlari bilan yaqindan tanishadilar, shuningdek, ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha iptellektual rezervlarini (aqliy zaxiralarini) ishga solishga harakat qiladilar. Hukm chiqarishning barcha (yakka, xususiy, umumiy, ziddiyatli, faraziy, inkor) ko'rinishlardan o'quv va mustaqil bilim olish faoliyatlarida foydalanish shart-sharoitlari tug'iladi. Xulosa chiqarishning induktiv (xususiydan umumiyga fikrning yo'nalganligi) va deduktiv (umumiydan xususiy hollarga fikrning qaratilganligi) yo'llaridan muayyan tarzda bilish faoliyatida qo'llashga intiladilar. Tushunchalar (yakka, xususiy, umumiy, yakqol, mavhum, to'planma) mohiyatini anglagan holda ma'lumotlarni egallash bilimlarning barqarorligini ta'minlaydi. Bu narsalarning barchasi tafakkurni rivojlantirishga o'z ta'sirini o'tkazadi.

Umumiy o'rta ta'lim uzluksiz ravishda ijodiy tafakkurni talab qiladigan, muammoli xususiyatdagi topshiriq va masalalar tizimidan iboratdir. Har bir ma'ruza, seminar mashg'uloti, mustaqil topshiriqlar, hatto laboratoriya ishlari ham muammoli vaziyat, holatniig tarkibiy qismlaridan tuzilgan bo'ladi. Ularni hal qilish (echish, bajarish) ijodiy izlanishni vujudga keltiradi, tafakkur va ularning turlarini (ko'rgazmali, harakat, ko'rgazmali-obrazli, so'z-mantiq. Verbal, amaliy, nazariy, ixtiyoriy-ixtiyorsiz, konkret, abstrakt, realistik, autistik, intuitiv, diskursiv, dialektik, reproduktiv, produktiv-ijodiy, vizual, fazoviy) kamolot sari yetaklaydi. Chunki muammoli holatgacha bo'lgan davr, muammoli vaziyat, muammoli vaziyatdan keyingi aqliy jarayonlar ham O'quvchidan ijodiy qidiruv, tadqiqot faoliyatini taqozo etadi. Topshiriqni mustaqil bajarish O'quvchilardan tafakkur operatsiyalari (analiz, sintez, taqqoslash, solishtirish, yaqqollash, mavhumlashtirish, guruhlash, turkumlash, umumlashtirish, sistemalashtirish) va shakllaridan (tushuncha, hukm, xulosa chiqarishdan) foydalanishni talab qiladi.

O'quvchilarni o'quv faoliyati yoki ta'limiy usullar bilan tanishtirish tafakkur rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, tushunchalarga (holatlarga) turli

nuqtai nazardan qarash usulini O'quvchilarda tarkib toptirish va uni sharoitga (vaziyatga) ko'chirishga o'rgatish yuqori ko'rsatkichlar beradi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, odatda usullarning ko'chishini "birdaniga", asta-sekin, "buzib-tuzatib", qayta qurish, tarkibini yangidan tuzish, ko'rgazmali materialdan matnli (mantiqiy) materialga o'tishi kabi ko'rinishlari mavjuddir. O'quvchilarda o'quv faoliyatining usulini tarkib toptirish quyidagicha amalga oshiriladi va muayyan qoidalar asosida olib boriladi:

- hamkorlik tushunchasiga turli nuqtai-nazardan qarash mumkin, chunonchi, u faoliyat turi, do'stona aloqa o'rnatish, muloqot, muomalaga kirishish, umumiy xatti-harakatlar yig'indisi, o'quv faoliyatining shakli, o'qituvchi bilan O'quvchi harakati, bitim, ijodiy tajriba almashish va hokazo.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mazkur o'quv faoliyati usulini mustaqnl topshiriqni bajarishga, ya'ni "faoliyat", "individual faoliyat", "ijtimoiy faoliyat", "guruhiy faoliyat" kabi psixologik tushunchalar mohiyatini ochishga ko'chirish mumkin. Psixologiya fanida ko'chishning turlari to'g'risida chet el va sobiq Ittifoq davridagi psixologiyada birmuncha ma'lumotlar mavjud.

Xotira tushunchasini turli nuqtai nazardan qarash mumkin, chunonchi, u bilish jarayoni, produktiv yoki reproduktiv mnemik (lot. - xotira) faoliyat, amaliyotda zarur bilimlar majmuasi, xotira - bu ko 'nikma, malaka va odatlar yig'indisi; umumlashgan obrazlar to'plami, grammatik termin, fenominal xotirali shaxs sifati tariqasida va hokazo.

O'quv faoliyatining ushbu usulini mustaqil topshiriq bajarishga, ya'ni "Tafakkur" tushunchasiga ko'chirish imkoniyati quyidagi tarzda namoyon bo'ladi: tafakkur - bu bilish jarayoni, fikr yuritish faoliyati, prognoz qilish, anglashilgan bilimlar, muloqot negizi, grammatik termin, aql sifati, zehni o'tkirlik, shaxs sifati kabi tasavvur qilish mumkinligini ta'kidlab o'tiladi.

Yuqoridagi mulohazalarga qaramasdan, o'quvchilar tafakkurida sub'ektiv-shaxsiy xususiyatga ega bo'lgan zaif jihatlar mavjuddir. Fikr yuritish faoliyatini nazorat qilishda qator kamchiliklarga yo'l qo'yiladi, masalan, faoliyat natijasini tekshirish sifatidagina qo'llaniladi. Ularning aqliy faoliyatida xatti-harakat yoki bilim sifatini baholash va o'z-o'zini baholashda ham, voqelikni baholashda ham voqelikni oqilona, to'g'ri aks ettirish jarayonida illatlar ko'zga tashlanadi. Narsa va hodisalar xususiyati yoki qonuniyati ko'pincha orttirib baholanadi, ba'zan pasaytirib baholash hollari ham namoyon bo'ladi. Ahyon-ahyonda bo'lsa-da, to'g'ri, oqil, haqiqatan aniq baholash ko'zga tashlanadi. Tafakkurning tanqidiylik va tashabbuskorlik sifatlarida

ayrim nuqsonlar uchraydi. O'quvchilarning intilishi bilan o'z-o'zini baholash o'rtasidagi munosabat mutanosiblikka, o'zaro uyg'unlikka ega emas, shu tufayli imkoniyat (aqliy zaxira) bilan havoiy orzular orasida ziddiyat vujudga keladi, natijada oqillik o'rnini g'ayirlik egallay boshlaydi. Bunday salbiy hissiy kechinmaning, shaxs illatining oldini olish va mutlaqo bartaraf qilish uchun maxsus treningdan (to'g'ri yo'lga yetaklovchi mashq-namunalardan) foydalanish ijobiy natijalar beradi.

Ta'kidlab o'tilgan nuqsonlar, qusurlarga qaramasdan, o'quvchilar tafakkuri ilk o'spirinlik yosh davridan ham sifat, ham mazmun, ham ko'lam jihatidan keskin tafovutlanadi. Bu fikrlar psixologlar tomonidan to'plangan miqdoriy ma'lumotlar bilan allaqachonlar tasdiqlangan. Shunday qilib, muayyan bir sohaning yosh mutaxassis kishisi - O'quvchi yuksak aql-zakovat egasi, uquvli-teran fikrli inson, iymonli, diyonatli shaxs, aniq dunyoqarashga; mustahkam e'tiqodga ega bo'lgan ziyoli, milliy mafkuraning jonkuyari, targ'ibotchisi sifatida ijtimoiy katta hayotga yo'llanma oladi.

O'quvchi-o'spirinlik, ilk yoshlik davri o'zining mahsuldorligi, refleksiv (anglashilganlik, ongli rejalashtira olishlik) xususiyati bilan boshqa yosh davridagi odamlardan o'ziga xos ravishda ajralib turadi. O'quvchilik yillari ijodiy izlanishlar, aql-zakovat zaxiralarini ishga sola bilish, aqliy qobiliyatni safarbar qilish imkoniyatlariga ega bo'lgan shaxsning yetuklik davri hisoblanadi. Xullas, ushbu yosh davrda tafakkur sermahsul, sermazmun bosqichga ko'tarilib, yaratish, ixtiro, ijod va kashfiyot qilish arafasida turadi.

O'quvchilar o'quv predmetlari, fan asoslarini egallash faoliyatida ijodiy mahsulot berish uchun tinimsiz harakat qiladilar. Ularning bilishga, bilim olishga undovchi mayllari turg'un, mustahkam va barqaror qiziqishga aylana boradi, badiiy ijodiyot va ilmiy-tadqiqot bobida dastlabki ezgu-niyatlari, orzularini ushatishga intiladilar. Jumladan, adabiy ta'limda o'quvchilar badiiy ijod bilan, tabiiy-matematika fan sohasidagilar esa kuzatish va tajriba o'tkazish bilan, tarixchi-arxeolog o'quvchilar ijtimoiy turmush solnomalarini ochish bilan shug'ullana boshlaydilar. Hatto o'quvchilar o'zlarining aqliy mehnati mahsullari bilan olimpiada, ilmiy-amaliy anjumanlarda, ixtirochilar va ratsionalizatorlar konkurs-tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnasha oladilar. Bularning barchasi tafakkur yordami bilan chiqariladi, moddiy borliqni yanada aniqroq ifodalash, yaratish faoliyatlarida faol qatnashish uchun intilish, muammoli holat va vaziyatlarni hal qilish (echish) jarayonlarining mahsuli sifatida namoyon bo'ladi. Bu va standart bo'lmagan muammoli, boshqotirar topshiriqlarni yechish ijodiy fikr yuritishni, sermahsul vositalardan foydalanishni taqozo qiladi.

XULOSA

Umumiy o'rta maktabda o'zlashtirilgan nazariy bilimlarni o'zlashtirish, targ'ib qilish ham o'quvchilik davriga xos xususiyatlardan biridir. Nazariy va amaliy, ijodiy va diskursiv, fazoviy tafakkur bilan qurollangan o'quvchilar omma o'rtasida ilm-ma'rifatni yoyish ishida faol ishtirok qilmoqdalar.

Shunday qilib, o'quvchilar narsa va hodisalar, voqelikni to'g'ri, oqilona, omilkorlik bilan aks ettirish, ijtimoiy hayot talabi va ehtiyojlarini anglash, ongli ravishda fikr yuritish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish imkoniyatiga egadirlar. Ularda ta'lim jarayonida tafakkurning diskursiv (lot. - mulohaza yuritish) va refleksiv sifatlarini shakllantirish ilmiy, ijodiy tafakkurni vujudga keltiradi. Buning uchun ularni mustaqil bilim olish faoliyatini to'g'ri uyushtirish va boshqarishga o'rgatish yuksak samaraning kafolatidir.

REFERENCES

1. Avlaev, O. U. (2020). THE ROLE OF SOCIAL INTELLIGENCE IN PERSONAL DEVELOPMENT. In Association with Novateur Publication India's A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 692-698.

2. Djuraeva, S. N. (2018). Specifity and Features of Application Modern Innovative Technologies Training to Higher Education. Eastern European Scientific Journal, 4, 136-139.

3. Jorayeva, O. N., & Juraeva, S. N. (2020). STRATEGIES FOR USING ALTERNATIVE ASSESSMENT METHODS IN LANGUAGE AND LITERATURE CLASSES. International Journal of Innovations in Engineering,Research and Technology (IJIERT), 141-146.

4. Jo'rayeva, S. N., & Jumayev, S. Q. (2021). PSIXOLOGLARNING ETIKET TAMOYILLARI. O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti axborotnomasi, 7(13), 95-101.

5. JO'RAYEVA, S., & SHAMSHETOVA, A. (2021). KURSANTLARDA KASBIY KOMPETENTLIK VA KREATIVLIKNI SHAKLLLANTIRISH MEXANIZMLARI. "XALQ TA LIMI" ilmiy-metodikjurnali, 6, 52-54.

6. JO'RAYEVA, S., TURSUNOV, B., & JUMAYEV, S. (2021). ZAMONAVIY TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOG IMIJINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI. "XALQ TA'LIMI" ilmiy-metodik jurnali, 6, 14-16.

7. JUREVA, S. N., & MAMARADJABOVA, B. A. (2020). THE DEGREE TO WHICH A PERSON FEELS HAPPY IN THE FAMILY. JOURNAL OF CRITICAL REVIEWS, 7(5), 1873-1875.

8. Zhu'raeva, S. N. (2020). INTERPRETATION OF IMAGE IN MODERN SCIENTIFIC RESEARCH. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ, 8(11), 257267.

9. Авлаев, О. У. (2021). ТАЛАБА ЁШЛАР КАМОЛОТИДА МАСЪУЛИЯТНИНГ УРНИ. Eurasian Education, Science and Innovation Journal, 5, 67-72.

10. Авлаев, О. У. (2021). ТАЛАБАЛАР КАМОЛОТИДА ИЖТИМОИЙ ИНТЕЛЛЕКТНИНГ ГЕНДЕР ФАРКЛАРИ. "PSIXOLOGIYA " ILMIY JURNAL, 34-41.

11. Авлаев, О. У. (2021). ХДРБИЙ ТАЪЛИМИ ТИЗИМИДА КАСБИЙ ХДРАКАТ КУНИКМАЛАРИНИ УРГАТИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ. PSIXOLOGIK XIZMAT FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARB MASALALARI respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar to'plami, 87-90.

12. Жураева, С. Н., Турсунов, Б. С., & Каландарова, Г. (2021). ОИЛАДА ТУРЛИ МАНИПУЛЯЦИЯ ХЩАТЛАРИНИНГ НАМОЁН БУЛИШИ. ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯДА ИННОВАЦИЯЛАР, 4(4), 6266.

13. Рашидов, А. А., & Жураева, С. Н. (2021). ЧЕТ ТИЛИДА НУЩНИ ТИНГЛАБ ТУШУНИШДАГИ КИЙИНЧИЛИКЛАР. HARBIY YETAKCHINING SHAKLLANISHIDA XORIJIY TILLARNIBILISHNING ROLI" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi, 10-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.