Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARNING MUSIQIY TINGLOVCHILIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA JANR VA SHAKL IDROKI XUSUSIYATLARI'

O‘QUVCHILARNING MUSIQIY TINGLOVCHILIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA JANR VA SHAKL IDROKI XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
170
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
musiqiy tinglovchilik madaniyati / musiqa janri / musiqa shakli / musiqiy emotsional ta’sir / musiqiy kechinma / musiqiy did. / music listening culture / music genre / music form / musical emotional impact / musical experience / musical taste.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — A. Bakhriyev

O‘quvchilarning musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish musiqa pedagogikasining dolzarb masalalaridan biridir. Maqolada tinglangan musiqa janri va shakl xususiyatlari negizida o‘smir o‘quvchilarning musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF PERCEPTION OF GENRE AND FORM IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CULTURE OF MUSIC LISTENING

Development of students' musical listening culture is one of the urgent issues of music pedagogy. The article describes the pedagogical and psychological characteristics of the development of musical listening culture of teenage students based on the genre and form characteristics of the music listened to.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARNING MUSIQIY TINGLOVCHILIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA JANR VA SHAKL IDROKI XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

УДК. 372.878

O'QUVCHILARNING MUSIQIY TINGLOVCHILIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHDA JANR VA SHAKL IDROKI XUSUSIYATLARI

https://doi.org/10.5281/zenodo.7502843 Baxriyev Axmad Raxmatovich

O'zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti

Annotatsiya. O'quvchilarning musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish musiqa pedagogikasining dolzarb masalalaridan biridir. Maqolada tinglangan musiqa janri va shakl xususiyatlari negizida o'smir o'quvchilarning musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: musiqiy tinglovchilik madaniyati, musiqa janri, musiqa shakli, musiqiy emotsional ta'sir, musiqiy kechinma, musiqiy did.

ОСОБЕННОСТИ ВОСПРИЯТИЯ ЖАНРА И ФОРМЫ В РАЗВИТИИ КУЛЬТУРЫ МУЗЫКАЛЬНОЙ СЛУШАТЕЛЬСКОЙ КУЛЬТУРЫ УЧАЩИХСЯ

Аннотация. Развитие музыкальной слушательской культуры учащихся является одной из актуальных проблем музыкальной педагогики. В статье рассмотрены педагогико-психологические особенности развития музыкальной слушательской культуры у школьников-подростков на основе жанрово-форменных особенностей прослушиваемой музыки.

Ключевые слова: музыкальная слушательская культура, музыкальный жанр, музыкальная форма, музыкально-эмоциональное воздействие, музыкальный опыт, музыкальный вкус.

CHARACTERISTICS OF PERCEPTION OF GENRE AND FORM IN THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CULTURE OF MUSIC LISTENING

Abstract. Development of students' musical listening culture is one of the urgent issues of music pedagogy. The article describes the pedagogical and psychological characteristics of the development of musical listening culture of teenage students based on the genre and form characteristics of the music listened to.

Key words: music listening culture, music genre, music form, musical emotional impact, musical experience, musical taste.

Uzluksiz musiqa ta'limi va tarbiyasida tayanch konseptual asoslar va qadriyatlarga tayangan holda o'quvchilarda musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish zamonaviy musiqa ta'limi nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammosi sanaladi. Musiqa o'zining dastlabki tashqi unsurlari - janr, shakl va ritmik xususiyatlari orqali muhim emotsional ta'sir vositasiga aylanadi. Uning ichki imkoniyatlari - tovushlar yo'nalmasi, tovush tembri xususiyatlari, interval va akkordlar munosabati, faktura, ansambl va orkestr vositasida ifodalanadigan ohanglarni anglash uchun ma'lum darajada tinglovchilik tajribasiga zarurat paydo bo'ladi.

Tadqiqot obyekti va uslublari. Maktab repertuari asosida 5-7 sinf o'quvchilarida musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirish jarayoni bo'lib, Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi .№42, 40, 45, 6 va 4-sonli umumta'lim maktablari, Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi №20, 21, 22, 23, 24 va 36-sonli umumta'lim maktablari, shuningdek, Toshkent shahrining №289, 290, 293, 346, 347 va 348-umumta'lim maktablaridan tadqiqotda jami 1230 nafar o'quvchi va 17 nafar musiqa o'qituvchisi ishtirok etdi.

Tajriba mashg'ulotlarida ilg'or texnologiyalarni qo'llash samaradorligi quyidagi pedagogik shartlarni amalga oshirish bilan ta'minlandi; madaniy-ma'rifiy muhit yaratildi - ya'ni ta'lim, kommunikativ va aks ettirish imkoniyatlari faollashtirildi; o'quvchilarning ma'naviy-ijodiy faoliyat turini tanlash erkinligi ta'minlandi; musiqa asarlarining mazmunini o'zlashtirishga va musiqa asarlarida o'z ma'naviy-axloqiy g'oyalarini mujassamlashtirishga imkon beradigan

2439

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sinfdan va maktabdan tashqari musiqiy tadbirlarda qatnashish uchun mustaqil tanlovi rag'batlantirildi, musiqa asarlarini tinglash jarayonida atrofdagi o'qituvchilar va tengdoshlar bilan birgalikda fikrlash, birgalikda his qilish, birgalikda tajriba to'plash kabi ma'naviy hamkorlik muhiti tashkil etildi.

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi. Mashg'ulotlarda quyidagi innovatsion pedagogik texnologiyalar keng qo'llanildi. Jumladan: "Quvnoqlar va topqirlar musobaqasi" texnologiyasi 7-sinfda faol, bilimdon o'quvchilardan tuzilgan 2 ta jamoa orasida o'yin-musobaqa shaklida tashkil etildi [1]. Mazkur texnologiyadan foydalanish jarayonida bellashadigan jamoalar a'zolari o'rtasida o'zaro musiqiy bilimlar almashuvi yuzaga keldi, kuyning to'g'ri intonatsiya qilinayotganligini aniqlash amalga oshdi, musiqani tanlab tinglash ko'nikmalari va musiqiy didi shakllanib, tanlab tinglash ehtiyoji oshib borishi kuzatildi.

"Ko'rgazmali-eshitish texnologiyasi" 5-sinf o'quvchilari bilan amalga oshirildi. Bunda ko'rgazmalilik asosida - musiqa asarlari ham jonli ijroda, ham texnika vositalari orqali eshittirildi. Shuningdek, musiqa tinglash jarayonida o'quvchilarni tinglangan musiqani o'zlashtirishga tayyorlash va ko'rish assotsiatsiyalari orqali musiqiy taassurotlarini boyitish uchun musiqadagi alohida ifoda vositalari, tushunchalar, atamalar, taniqli kartinalar reproduksiyalari, rasmlar, plakatlar ko'rsatildi. Masalan, dinamika tushunchasi uxlayotgan mushuk, yugurib borayotgan quyon rasmi orqali ochib berildi. Har bir rasm tagida unga muvofiq dinamik belgilar ko'rsatildi: kuchsiz -p, kuchli - f kuchsizroq - mf va h.k. Temp tushunchasini ko'rsatuvchi plakatda ayiq sekin tempni, velosiped haydayotgan kishi - o'rtacha tempni, uchib ketayotgan samolyot esa - tez tempni aks ettiradi. Mazkur texnologiya orqali tinglashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan kuy yoki kuy parchasining tugash nuqtasini farqlash, tonikani his qilish hamda musiqaning ifoda vositalarini anglash va farqlash o'zlashtirildi.

"Ishontirish" texnologiyasi 7-sinf o'quvchilari bilan amalga oshirildi va ular pastki sinflar o'quvchilarini mumtoz musiqaning inson hayotida muhim o'rin tutishiga ishontirishlariga qaratildi. Metodika yordamida yuksak saviyadagi musiqaning mazkur o'quvchi hayotidagi ahamiyati ballarda o'lchandi. Buning uchun 7-sinf o'quvchilariga 4-sinf haqida ma'lumot berildi. U sinfda mumtoz musiqaning inson hayotida deyarli ahamiyati yo'q, deb hisoblaydigan ko'pgina o'quvchilar borligi, agar kim ushbu masalada o'qituvchiga yordam bermoqchi bo'lsa, ya'ni, boshlang'ich sinf o'quvchilarini mumtoz musiqaning yuksak ahamiyatiga ishontirmoqchi bo'lsa marhamat, deb murojaat qilindi. Vazifa ixtiyoriy tarzda qo'yildi va unda xohlagan o'quvchilar ishtirok etishdi. 7-sinf o'quvchilari mumtoz musiqaning ma'naviy va tarbiyaviy ahamiyatini mavjud bilimlari doirasida yozishlari so'raldi. Vazifa bajarilgach, o'qituvchi mumtoz musiqaning ahamiyatini boshqa bolalar ham bilib qo'yishi lozimligini aytib, ulardan yana bir marta o'z munosabatini bildirish so'raldi. Mazkur texnologiya vositasida o'quvchilarda mumtoz musiqaga nisbatan ijobiy munosabat, tinglash faoliyatiga qiziqishi kuchaytirildi va dastlabki emotsional baho va baho-hukmlar shakllanishiga shart-sharoit yaratildi.

"Musiqiy rol ringi" o'yin texnologiyasi bo'lib, 7-sinf o'quvchilari bilan ikki guruhga bo'lingan holda, musobaqa shaklida amalga oshirildi. O'yinda mumtoz va zamonaviy estrada musiqasi shinavandalari ishtirok etdilar, o'yin uch qismdan iborat bo'ldi. Birinchi qismda har bir jamoa o'zi yoqtirgan musiqiy janrning qarshi jamoa yoqtirgan musiqiy janrdan afzalligini isbotlashga harakat qildi. Buning uchun mazkur janrga xos musiqa namunalaridan ijro etib ko'rsatishi, yozuvini eshittirishi, uni ta'riflab, targ'ib etishi so'raldi. Ikkinchi qismda jamoalar rollarni almashdilar va mumtoz musiqa tarafdorlari zamonaviy estrada janri tarafdorlariga aylandilar. Uchinchi qism eng muhim bosqich bo'lib, bunda har ikkala janr orasida muhim shaxsiy va ijtimoiy-ma'naviy ahamiyat kasb etadigan javob variantini topishlari zarur bo'ldi. O'yin oxirida mumtoz va zamonaviy estrada musiqa janrlarining o'ziga xos afzal jihatlari, xususiyatlari to'g'risida yakuniy xulosalarga keldilar va eng to'g'ri javob variantini ilgari surgan jamoa g'olib deb topildi. Bu qiziqarli, interaktiv faoliyat jarayonida o'quvchilarda asarning shakl va janrini, badiiy mazmunni yengil aniqlash ko'nikmalari shakllanib bordi.

2440

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Musiqiy hayotda jamlangan inson ruhiy olamining voqeliklari o'z tabiatiga ko'ra moddiy emas, biroq, odamlar hayotiga moddiy olam omillaridan ko'ra kuchli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Musiqiy ta'sirning o'ziga xos xususiyatlari inson emotsiyalarida aks etadi, ular musiqa tufayli to'g'ridan-to'g'ri insoniy hissiyotlar tuzilishiga, qalb holatiga, inson va ommaning qalbiga ta'sir ko'rsatadi [2].

Bosh miyaning o'ng va chap yarim sharlari musiqiy axborotni bir xil qabul qilishsada, uni turlicha qayta ishlaydi. O'ng yarim shar yashaydi va his qiladi, chap yarim shar esa kuzatadi va xulosa qiladi. Albatta, murakkab intellektual faoliyatni amalga oshirmasdan, musiqiy jarayon ichida bo'ladigan musiqiy voqelikni to'laqonli anglashning imkoni yo'q. Bundan tashqari, hozirgi kunda sevib tinglanadigan musiqachilar yoshlar doiralarida o'ziga xos tarzda ardoqlanadi. "Musiqaga ishtiyoq, ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida uzoq vaqtdan beri yoshlar submadaniyatining ajralmas qismi bo'lib kelgan. Barcha yoshdagi o'smirlarning 80% dan ortig'i bir yoki bir nechta musiqiy jihatdan sevimli insonlarga ega" [3]. Musiqiy-til ongi inson borlig'ining ichki va tashqi realliklarini bildiradi. Ya'ni, musiqiy-til kodlari yordamida ong va kechinmalar obrazlarini intonatsion ramzlar, shakllar, janrlar orqali ob'ektivlashtiradi. Musiqiy-til kodlari intonatsiyada aks etadi, uning mohiyati esa kechinmalar va munosabatlar ramzlaridadir. Bu tushuncha aynan musiqa tinglash mexanizmlarining ayrim xususiyatlarini aks ettiradi.

"Zamonaviy musiqa pedagogikasida musiqani janr tahlili asosida o'qitishda katta tajriba to'plangan. Musiqashunoslikda o'rganilgan janr tasnifi deyarli barcha o'quv dasturlarida musiqa materialini tanlash va tartibga solish uchun asos bo'lib xizmat qiladi" [4].

Madaniyat tarixining qonuniyatlari musiqa san'atining ijtimoiy yo'naltiriladigan faoliyatida keng namoyon bo'ladi. Shu bois, musiqaning o'quvchi-tinglovchilardagi ijtimoiy-madaniy hayotga nisbatan munosabatlariga ko'ra janr va uslublarga bo'linishi xarakterli tendensiyalardan biridir. Musiqaning tasarrufi darajasi turli musiqiy didga ega o'quvchilar, auditoriyaning tinglash faoliyatiga tayyorgarligi, badiiy dunyoqarashi, musiqiy bilimi hamda tajribasiga bog'liq. "Musiqa oddiy yoki murakkab tuzilgan bo'lishi, dag'alroq yoki nozik, ommaviylashgan yoki o'ziga xos bo'lishi mumkin" [5]. Bularning barchasi o'quvchilarda shakllanadigan musiqiy did darajasiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.

O'tmishda kuzatilmagan bunday holat musiqiy hayot sub'ektlari bo'lmish o'smirlar faoliyatini keskin murakkablashtirdi. Zamonaviy muallif o'z asarining taqdiri bilan qiziqishi, matbuot, tinglovchilar fikrlarini o'rganishi zarur. U albatta, ma'lum doiradagi tinglovchilar, referent guruh fikriga tayanadi. Biroq, ularning bahosi hamisha ham keng sonli real tinglovchilar bahosi bilan bir xil bo'lavermaydi. Shuning uchun tinglanadigan musiqa asarlariga bildiriladigan munosabat o'smirlar tomonidan ushbu asarlarga beriladigan baho tarzida qabul qilinishi maqsadga muvofiq.

Texnik imkoniyatlar o'qituvchiga bir asar ijrosining turli talqinlarini, masalan Internet resurslari vositasida qiyosiy tahlil qilishga imkoniyat yaratadi. Kuylashda eshitish va ko'rish sezgilarining shartlanganligi eshitish va kuylash malakalarini birgalikda mustahkamlaydi. Oddiy musiqa asarlarini kuylash bolalarning eshitish diqqatini faollashtiradi, musiqiy eshitish tasavvurlarini rivojlantiradi.

«Musiqiy ladlar bir-biridan tubdan farq qiladi, ularini tinglaganda bizda turli kayfiyatlar paydo bo'ladi, biz har bir ladga bir xil munosabat ko'rsatmaymiz: masalan, miksolidiy va boshqa nisbatan "yumshoq" ladlarni tinglab, kayfiyatimiz yumshaganini his qilamiz, boshqa ladlar o'rtacha muvozanatli kayfiyatlarni hosil qiladi" [6].

Bu uchun tinglashga qo'shimcha tarzda ertaklar, afsonalar, hikoyalar, kinofilmlar, hayotiy voqealardan foydalanish mumkin. Darsda tinglangan musiqa asaridagi voqea-hodisalar borasida hikoya yaratishni so'rash o'quvchilarni musiqa asarining rivojlanishini yaxlit tarzda kuzatishga undaydi. Syujetda musiqadagi mavjud kayfiyatni, ifodalangan kechinmalarni teran his etish muhimdir, shundan keyin asarning asosiy intonatsiyalarini tahlil qilishga o'tish mumkin. Badiiy syujet va musiqalarni taqqoslash o'quvchilar uchun qiziqarli faoliyatga aylanishiga erishish zarur.

2441

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Tinglash materiali sifatida eng ko'p istifoda etiladigani qo'shiq janridir. "Xalq og'zaki ijodining qo'shiq janri tugal fikr badiiy ifodalangan, el orasida keng tarqalgan va barcha kishilar tomonidan kuylanishi mumkin bo'lgan mustaqil to'rtlikdir" [7]. Musiqiy tinglovchilik madaniyati shakllanishida musiqa asaridagi shakl, janr va badiiy ifodaning barcha o'ziga xos xususiyatlarini teran anglash bo'yicha tashkil etiladigan metodik ishlar yakuniy natija sifatida o'quvchilarda musiqiy tinglovchilik madaniyati rivojlanishiga olib kelishi kutiladi.

Xulosa. Eksperimental o'quv mashg'ulotlari o'quvchilarning musiqa tinglash faoliyatini rivojlantirish texnologiyalari asosida tashkil etish mohiyatida tinglangan asarlarni tahlil qilish orqali badiiy-estetik mazmunni teran anglash masalasi turadi. 5-7 sinf o'quvchilarining musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirishda rivojlantiruvchi musiqiy pedagogik jarayonni tashkil etish mexanizmlarining samaradorligi tadqiqot davomida tasdiqlandi. Musiqa asaridagi shakl, janr va badiiy ifodani o'zlashtirish musiqiy tinglovchilik madaniyatini rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. O'quvchilarning musiqadagi tovushlar yo'nalmasi, interval, akkordlar munosabati va orkestr vositasida ifodalanadigan ohanglarni anglash malakalarini egallashlarida sifat o'zgarishlari bilan namoyon bo'ldi.

REFERENCES

1. Muzikalnoye obrazovaniye v shkole: L.V.Shkolyar, V.A.Shkolyar, Ye.D.Kritskaya i dr.

- M.: Izdatelskiy sentr "Akademiya", 2001. - 232 s.

2. Samsonova T.P. Fenomen cheloveka v otechestvennoy muzikalnoy kulture. Avtoreferat diss. doktora filos. nauk. Sankt-Peterburg, 2GGS. - 46 s.

3. Tverezovskiy K.I. Sotsialno-psixologicheskiye usloviya vozniknoveniya muzikalnogo fanatizma v podrostkovo-yunosheskom vozraste. Avtoref. diss. kand. psixol. nauk. Moskva, 2GG9.

- 2S s.

4. Orlova T.S. Janroviy podxod k obucheniyu muzike v usloviyax dopolnitelnogo obrazovaniya. I3.GG.G2-teoriya i metodika obucheniya i vospitaniya (muzika). Diss. kand. ped. nauk. Volgograd, 2GI9. - B.7I.

5. Kandaurova L. Kak slushat muziku. Izd-vo «Alpina Deti», 2020. - 42 s.

6. Teplov B.M. Psixologiya muzikalnix sposobnostey: uchebnoye posobiye / B.M.Teplov.

- 4-ye izd., ster. - Sankt-Peterburg: Lan: Planeta muziki, 2G22. - S s.

7. Vohidova N.X. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida xalq og'zaki ijodi asosida milliy g'ururni tarbiyalash. Ped. fanl. nomzodi. diss-ya. Toshkent, 2GII. - 33 b.

2442

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.