CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. MUSIQA DARSIDA O'QUVCHILAR MUSIQIY SAVODXONLIGINI
TARKIB TOPTIRISH.
SANOQUL DO'STOV
Buxoro davlat universiteti musiqa ta'limi kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi.
ANNOTASIYA
Maqolada musiqa savodxonligi faqatgina nota va nota yozuvlari haqida tushunchalar berish bilan chegaralanmasdan, balki o'quvchilarning umumiy musiqiy bilim saviyasini jumladan, musiqaning ifoda vositalari,oddiy musiqa shakllari, janrlari, major va minor ladlari haqida tushunchalar berish to'g'risida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: hissiyot, idrok,janr, major, minor, xotira, musiqiy did,musiqa shakllari, mumtoz musiqa.
Mavzuning dolzarbligi. Yosh avlodga har tomonlama puxta bilim berish, ularni vatanimizning yetuk kishilari qilib tarbiyalashda maktab muhim rol o'ynaydi. Respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida "...kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq" deb ta'kidlaydi. Darhaqiqat, maktab jamoasi o'quvchiga bilim berish, uni shaxs sifatida kamol topib voyaga yetishida katta xizmat qilishi bilan birga ularni musiqa san'ati olamiga olib kiradi, go'zallikka bo'lgan qiziqishlarini rivojlantiradi.
Respublikamizda "Ta'lim to'g'risida"gi qonun qabul qilinib, barcha o'quv fanlari qatori, musiqa madaniyati fani uchun ham zamon talabi asosida yangi dastur yaratildi.Dasturasosida yangi o'quvqo'llanmalar, darsliklar yaratildi. Chunki musiqa o'z tabiatiga ko'ra, inson hissiyotiga kuchli ta'sir eta olish xususiyati bilan birga o'quvchilarni nafosatga olib kirish va axloqiy-g'oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir.
"Musiqa madaniyati" fani dasturida, o'quvchiga musiqa ta'limini berish bilan bir qatorda, uning ijodkorlik qobiliyatini o'stirish, vokal-xor malakalarini rivojlantirish, musiqani idrok etish, musiqiy savodxonligi, ritmik jo'r bo'lish kabi mahoratlarini oshirish alohida uqtirilgan
Ma'lumki, boshlang'ich sinflarda musiqa ta'limining poydevori quriladi. Unda musiqaga oid barcha bilimlar (xor bo'lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash,musiqaga xos harakatlar bajarish, bolalar cholg'u asboblarida ritmik jo'r bo'lish) beriladi. Musiqa savodi mustaqil dars faoliyati sifatida amal qilinmay, balki boshqa faoliyatlar jarayonida musiqa asarlarini badiiy o'rganish va ijro etish usullarini
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. savodxonlik asosida bajarish uchun qo'llaniladi. Bir so'z bilan aytganda, musiqiy savodxonlik darsning ta'limiy vazifasini bajaradi.
Musiqa ta'limidan Davlat ta'lim standarti asosida yangi ta'lim mazmuni o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazni tasavvur qilish, ijodkorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. Mazkur standartda umumiy o'rata ta'lim doirasida o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan zaruriy bilim va malakalar majmuyi bayon etilgan. Shuningdek, boshlang'ich musiqa savodxonligi bo'yicha barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat mashg'ulotlar (tinglash, jamoaviy ijro, musiqiy harakatlar) berilgan mavzudagi asar o'rganiladi va uning xususiyatlari haqida yangi tushunchalar hosil bo'ladi.Shu bois, boshlang'ich musiqa savodi faqatgina nota yozuvlarini o'rganishdan iborat bo'lmay, balki o'quvchilarning umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi tushunchalar majmuasini tashkil etadi.
Boshlang'ich sinf musiqa savodxonligida musiqiy tovushlardan tortib, atamalar, sur'at (temp)lar, intervallar,alteratsiya, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va janrlar, major hamda minorlarga qadar bo'lgan nazariy bilimlar haqida tushunchalar beriladi.
Maktab musiqa madaniyati darsliklardagi musiqa savodxonligi faoliyatiga nisbatan turli qarashlar mavjud. Metodist,nazariyotchi va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan maktabda "Musiqa savodxonligi" atamasining mohiyati turlicha talqin etilishini alohida qayd etib o'tish joiz. Uzoq yillar musiqa savodxonligi, uning elementar nazariyasini o'quvchi yoshlar ongiga singdirish borasida turli metod, usullardan foydalanish borasida ham har xil yondashuvlar bo'ldi. Achinarlisi shuki, musiqa savodi o'quvchilarga tushuntirilmasdan quruq qoida sifatida yodlatish hollari ro'y berdi. Natijada musiqa savodxonligini tarkib toptirish masalalariga munosabat turlicha darajada bo'ldi. Sohaning ayrim mutaxasislari musiqa savodi- bu musiqaning elementlar nazariyasi bo'lib, musiqiy nutq haqida ma'lumot berilishi ya'ni uning asosida nota savodining tasavvur etishini bildiradi deb hisoblashsa, bu nuqtayi nazarga qarshi ba'zi mutaxasislar esa musiqa savodini musiqiy ta'limning shunday qismidirki, unda musiqa haqida barcha ma'lumotlarni (uning uslubi, shakllari, ifodalilik elementlari, yozuv uslublari, musiqa asarining mualliflari va ishtirokchilari v.b) beradi, deb ta'riflashadi.
Musiqa savodxonligining mazmuni turlicha tushunilishi, uni amaliyotda o'qitish yo'llari turli mazmunda amalga oshiriladi. Ayrim hollarda musiqa savodxonligi elementlari ilk darslardanoq kiritiladi ( masalan, musiqa tovushlari, o'zining balandligi va cho'zimi, bir-biridan farq qilishi va h. k). Boshqa nuqtayi nazarga ko'ra barcha nazariy tushunchalar, ma'lumotlar bolalarga musiqaga ancha yaqin bo'ladigan, ya'ni u bilan yaqindan oshno bo'lgandan keyin berilishi maqsadga muvofiq degan g'oya ilgari suriladi.
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
Musiqa tarbiyasi metodikasi tarixining tarkib topishi va rivojlanishi musiqa savodxonligining yetakchi yo'nalishi bolalarni musiqa shakli san'at sifatida oshno bo'lishidan iborat ekanligini e'tirof etadi. Faqatgina ayrim o'qituvchilargina an'anaga ko'ra musiqa savodxonligiga "notani o'qitishni o'rganishni" u yoki bu muayyan cho'zimdagi notani qaysi chiziqda yozilishini o'zlashtirish muhim, deb hisoblaydilar. Bunda quyidagi holat takror va takror ta'kidlanadiki, agar mashg'ulot maqsadi turlicha tushunilsa, unda uning o'rganish yo'li va butun mazmuni va umuman o'zgacha talqin qilinadi.Biroq, ayni paytda turli yo'llar ham agar hammavaqt uni to'g'ri tushunilsa, yagona maqsadga erishish mumkin bo'ladi.
Shuni e'tirof etish o'rinliki, musiqa savodi barcha faoliyatlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida ham muhimdir.Darsda qatsi faoliyat turi (tinglash, kuylash, raqsga tushish va h.k)lariqo'llanilmasin, uning amaliyotda foydalanilayotgan asar o'rganiladi va xususiyatlari-janri, tuzilishi ijrochiligi kabilar haqida yangi tushunchalar hosil bo'ladi. Shu bois musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo'lib qolmay, balki o'quvchilarning umumiy musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim tushunchalar majmuasi (musiqa shakllari, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, mumtoz musiqa, nota savodi va boshqalar)ni singdirib borishdan iborat.
Musiqa madaniyati darsida savodxonlik faoliyatini amalga oshirish va uning maqsad vazifalarini hal etishda albatta,o'quvchilarning jismoniy rivojlanish darajasi, ruhiy olami, yosh xususiyatlari,o'zlashtirish imkoniyatlari muhim o'rin tutadi.
Shunday qilib, boshlang'ich sinf o'quvchilarida musiqa savodxonligi malakakalarini shakllantirish muhim pedagogik muammolardan biridir. Albatta, har bir fan, avvalo, uning nazariy asoslari orqali o'zlashtiriladi. Musiqa savodxonligisiz ushbu san'at turi, uning madaniyatidan bahramand bo'lish, san'at asarlariga yetarli baho bera olish mumkin emas.Zero,musiqa san'atining qudratli imkoniyatlari eng avvalo tinglovchidan savodxonlikni talab etadi.
Adabiyotda harflar va so'zlar vositasi yozilgan biror badiiy asarni savodsiz kishi mustaqil o'qib undan bahra ololmagani singari musiqada ham notalarni o'qish savodi bo'lmasa mustaqil tarzda kuy yoki qo'shiqni o'rganib bo'lmaydi.Shuning uchun birinchi sinfdan boshlab ma'lum tizim asosida musiqa savodxonligi shakllantirib borilsa,o'quvchilar nota belgilariga qarab mustaqil tarzda ohangni bilib olishlariga erishishi mumkin.
Maktab musiqa madaniyati darsi jarayonida nota savodi, umuman musiqiy savodxonlikni o'rganishning ahamiyati nihoyatda katta, notani bilgan o'quvchi maktab va oilada, teatr va konsert zallarida yangraydigan turli janrdagi musiqa asarlarini yaxshi tushunadi hamda ma'naviy ozuqa oladi, ikkinchidan,u o'ziga yoqqan har qanday ommaviy kuy va qo'shiqni qiynalmay o'rgana oladi.Uchinchidan,musiqiy iste'dodga
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. ega bo'lgan kishilar yangi musiqa asarlari ijod etish sharafiga ham muyassar bo'la olishi mumkin.
Musiqa madaniyati darslari materiallarini puxta o'zlashtirish, ommaviy musiqa bayramlariga faol qatnashishni ta'minlaydi. Zero, musiqa kishini yangi bir olamga yetaklay, hayotni yangi jilolarda ko'rsatib, ezgu his-tuyg'ular uyg'otadi va kishini ijodiy mehnatga chorlaydi.Musiqa ohanglari insonga olam-olam ruhiy ozuqa berish bilan birga, aqliy rivoj topishida, har tomonlama barkamol shaxs bo'lib yetishiga katta yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent "O'zbekiston"- 2017-yil
2. Mirziyoyev.SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz Toshkent "O'zbekiston"- 2016-yil
3. Karimov I.A." Yuksak ma'naviyat- yengilmas kuch" Toshkent "Ma'naviyat"-
2008
4. Umumiy ta'lim maktablari musiqa dasturi. Toshkent"O'qituvchi"- 1996
5. Nurmatov H., Norxo'jayev A. "Musiqa alifbosi" Toshkent "O'qituvchi"- 1998
6. Nurmatov H. va boshqalar "Musiqa" 2-sinf uchun darslik G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi .Toshkent -2003
7. Nurmatov H. va boshqalar "Musiqa" 3-sinf uchun darslik G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2003.
8. Ibrohimov O. va boshqalar "Musiqa" 4-sinf uchun darslik. G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2003
9. O'zbekiston Respublikasi umumiy ta'lim maktablarida musiqa ta'lim tarbiyasi konsepsiyasi "Ma'rifat" gazetasi 1992-yil 25-noyabr
10. Sharipova G.M "Musiqa o'qitish metodikasi" o'quv qo'llanma Toshkent-
2008
11. Musiqa madaniyati fanidan davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi "Boshlang'ich ta'lim" jurnali 2007-yil 8-avgust
12. Do'stov S Boshlang'ich sinf musiqa darsida musiqiy ritmik xarakatlar. Boshlang'ich ta'lim istiqbollari. Ilmiy maqolalar to'plami. Buxoro "Durdona" nashriyoti. 2020 - yil, 84-87 betlar.
13. S.D.Dustov The history of the Emergence of National Musical InstrumentsInternational Journal of Psychosocial Rehabilitation 2020
14.Санокул Дустович Дустов Влияние самостоятельной работы на музыкально-эстетическое воспитание - Academy 2020
15.БХ Мадримов, СД Дустов Древнее искусство "Шашмакома" Бухары в системе музыкального образования студентов-Современное музыкальное образование: традиции и инновации 2018
CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.
16.THE IMPACT OF MUSIC ON THE HUMAN PSYCHE ON THE
EXAMPLE OF MUSIC BY WOLFGANG - Web of Scientist: International Scientific Research Journal Rahmonova Hojibuvi, Sanokul Dustov, 2022
17. SanoqulDustovThe Role Of Uzbek National Performance In The Music Art-The American Journal of Social Science and Education Innovations 2021
18. О.И.Каримов Значение специфических особенностей и воспитательных возможностей узбекских народных инструментов - Academy, 2020
19. О.И.Каримов ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ МУЗЫКАЛЬНЫЕ ВЗГЛЯДЫ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ МУЗЫКИ - Вестник науки и образования, 2020
20. О.И.Каримов САДРИДДИН АЙНИ-ЗНАТОК И ЛЮБИТЕЛЬ НАРОДНОЙ МУЗЫКИ - Вопросы науки и образования, 2021
21. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889
22. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.
23. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.
24. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.