Научная статья на тему 'YOSHLARNI TARBIYALASHDA MUSIQIY TASAVVURLARNING XUSUSIYATLARI'

YOSHLARNI TARBIYALASHDA MUSIQIY TASAVVURLARNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
89
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / musiqa / motiv / tasavvur / motiv / reallashuv / jamiyat / shaxs / emosional-psixik / ob’ekt / individ / senzitivlik / janr / idrok / pozisiya / tadqiqot

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Boburshox Nurullayev, Shuxrat Boymurodov

Ushbu maqolada yoshlarning tarbiyasi, va ularning komil inson bo’lib etishishida musiqiy tasavvurlarning xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Musiqiy tasavvurlar shakllanishida har bir alohida shaxs faoliyatida reallashishi, uning ichki motiviga aylanishi uchun avvalo musiqa asarlariga nisbatan ma'lum ijobiy munosabatga ega bơlishi lozim. Inson jami tning ijtimoiy va madaniy tuqlarini gallashi, 'zozlashi, ularni mosional hamda intellektual jihatdan his qila olishi zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI TARBIYALASHDA MUSIQIY TASAVVURLARNING XUSUSIYATLARI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. YOSHLARNI TARBIYALASHDA MUSIQIY TASAVVURLARNING

XUSUSIYATLARI

Boburshox Nurullayev.

Buxoro Davlat Universiteti "Musiqa ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi.

Shuxrat Boymurodov . Buxoro Davlat Universiteti "Musiqa ta'limi" kafedrasi 4- bosqich talabasi.

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada yoshlarning tarbiyasi, va ularning komil inson bo'lib etishishida musiqiy tasawurlarning xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Musiqiy tasavvurlar shakllanishida har bir alohida shaxs faoliyatida reallashishi, uning ichki motiviga aylanishi uchun avvalo musiqa asarlariga nisbatan ma'lum ijobiy munosabatga ega balishi lozim. Inson jami tning ijtimoiy va madaniy tuqlarini gallashi, 'zozlashi, ularni mosional hamda intellektual jihatdan his qila olishi zarur.

Tayanch so'zlar: tarbiya, musiqa,motiv, tasavvur,motiv, reallashuv, jamiyat, shaxs,emosional-psixik, ob'ekt, individ, senzitivlik, janr, idrok, pozisiya, tadqiqot

Аннотация: В статье рассматривается роль музыкальных представлений в воспитании молодежи. Знакомство со своей национальной культурой. Обсуждаются структура личности у молодёжи. Педагогические целенаправленные процессы формирования и интеграции нравственных качеств.

Ключевые слова: воспитание, культура, музыкальная иллюзия, песня, чувство, литература, молодёжь, способность, педагог.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yosh avlod tarbiyasida ota-bobolarimizdan, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarimiz hisoblanmish musiqiy madaniyatni avaylab asrash, tiklash, musiqiy tasavvur xususiyatlari borasida talaygina ishlar qilindi.

Yoshlarimiz ongida ma'naviy qadriyatlarni izchil shakllantirib borish davr talabiga aylandi. Ayniqsa, yoshlarda Vatan, el- yurt, gurur kabi yuksak insoniy fazilatlarni tarbiyalashda musiqa madaniyatining arni beqiyos. Buning uchun aquvchi-yoshlar ongida musiqiy tasavvurlarni shakllantirib borish zarur.

Musiqiy tasavvurlar shakllanishida har bir shaxs faol reallashishi, uning ichki motiviga aylanishi uchun, avvalo musiqa asariga nisbatan ma'lum ijobiy munosabatga ega balishi lozim. Inson jamiyatning ijtimoiy va madaniy yutuqlarini egallashi, e'zozlashi, ularni emosional hamda intellektual jihatdan his qila olishi zarur. Bu esa unga ma'naviy qadriyatlar, jumladan, xalq musiqasini adekvat idrok qilish va tushunish imkoniyatini yaratish orqali shaxsning tasavvurlari kalamini kengaytiradi.

Musiqiy tasavvurlar bilan bogliq psixologik tadqiqotlar tarixiga nazar solganimizda, bu yanalishdagi dastlabki ilmiy izlanishlar XIX asrning ikkinchi

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. qismida boshlangan. Jumladan, chet el olimlaridan K.Shtumpf, F.Brentano, O.Abraxam, K.Sishor, G.Gel mgolslar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar musiqiy tovush va uni idrok etishning nazariy xususiyatlarini qamrab olgan. Musiqiy tasavvurlar shakllanishida musiqa yangrashi hamisha tashqi omil sifatida kechadi va shaxsda emosional-psixik holatlarni hosil qilish natijasida mazmunli axborotga aylanadi. Biroq yaratilgan musiqiy asar moddiy borliq emas, balki muallifning tinglovchi bilan aziga xos ijtimoiy muloqoti, uning fikri va hissiyotlariga ta'sir etishning aziga xos psixologik usulidir. Moddiy tovush ob'ekti - musiqa asarini idrok qilishning dastlabki bosqichida namoyon balib, musiqiy mazmunni anglash va intellektual faoliyatlar bilan birgalikda kuzatiladi. Shaxsning kayfiyati va hissiy holati tasavvurlar shakllanishi sifatiga ta'sir etadi hamda musiqiy eshitish qobiliyati, ritm sezgisi, musiqiy xotira va musiqiy obraz rivojini tasavvur qilish qobiliyati idrokning asosi balib hisoblanadi. Bular nafaqat sub'ektiv, balki individualdir. Tasavvurlar orqali inson faqatgina uning mohiyatini anglab qolmasdan, balki muallifning asarda aks ettirgan ijtimoiy tajribasini ongdagi boglanishlar natijasida az shaxsiy tajribasi bilan birlashtiradi. Ayniqsa, tinglash orqali estetik kechinmalar namoyon balishida inson shaxsi, uning ijtimoiy kelib chiqishi, milliy va individual xususiyatlari ifodalanadi. Musiqiy tasavvurlar shakllanishiga ta'sir karsatuvchi ijtimoiy-psixologik omillarni argangan A.N.Soxorning e'tirof etishicha, tasavvurlar shakllanishi jarayoni:birinchidan, jamiyat bilan tinglovchi mansub balgan ijtimoiy guruhning tipi va holatiga; ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy-psixologik belgilari, ya'ni faoliyat turi, qiziqishlari, dunyoqarashi, didi va musiqiy idrokiga bogliqdir.

Ma'lum musiqa asari yuzasidan shakllangan ijtimoiy tasavvurlar hamda reklama-targibot ham musiqiy tasavvurlar shakllanishiga bevosita ta'sir etishi mumkin.

A.L.Gotsdiner talqini bayicha esa - musiqiy tasavvurlar shakllanishida 3 ta omil mavjuddir, bular:

1) musiqaga nisbatan tabiiy senzitivlik;

2) individning "musiqiy biografiya"si va musiqiy tajribasini shakllantiradigan ijtimoiy sharoitlar;

3) umumiy va musiqiy rivojlanish darajasi.

Bularning barchasi shaxsning individual xususiyatlari orqali perseptiv jarayonlarning sifat mazmuni bilan bogliqdir.

L.M.Kadsin esa musiqa tinglash orqali turli ijtimoiy guruhlarda tasavvurlar hosil qilish xususiyatlarini arganib, tasavvurlarni -idrokning dastlabki bosqichi sifatida ifodalaydi.

Ikkinchi bosqich sa interpretasi , ya'ni tinglab idrok etilgan musiqa asarlarini tasavvurlar asosida talqin etish, tahliliy baholash imkoniyati balib, tadqiqotchi tasavvurlarning asosiy, hal qiluvchi ahami yatini shu bosqichda ifodalaydi va bu bosqich asar muallifí, ijrochi hamda zamondosh tinglovchilar pozisiyasida amalga

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. oshirilishini uqtiradi. Bundan tashqari, u turli janr va yonalishdagi musiqa asarlarini tinglash orqali shaxs va turli ijtimoiy guruhlar ongida shakllanadigan tasavvurlarning uch korinishini hamda ularning bir-biriga bogliqligi yonalishlarini korsatib beradi.

Tasavvurlar shakllanishi jarayonida emosional-psixologik kechinmalar musiqa asari sub'ektiv va ijtimoiy mazmunini anglashning yuqori darajasini aks ettiradi. Musiqiy tasavvurlar shakllanishida ijtimoiy omillarning ahamiyatini nazarda tutish lozim. Chunki, bolalar va osmirlarda shakllanadigan musiqiy tasavvurlar asosan ma'lum musiqa haqidagi ijtimoiy tasavvurlar negizida vujudga keladi.

Yuqoridagi tahliliy fikrlar asosida shuni aytish mumkinki, musiqiy tasavvur tushunchasi ma'no-mazmunida shaxsda musiqa haqida oldingi tajribalar negizida shakllanadigan korgazmali obrazlar tushuniladi. Musiqiy mazmun ohang obrazlarida ifodalanadi va uni tushunish, kechinmalar tarzida tasavvur etish tufayli ushbu musiqa haqida ma'lum tasavvurlar tizimi shakllanadi.

Musiqiy tasavvurlar tizimi, shaxsning musiqa haqidagi umumiy tasavvurlari, mumtoz musiqa haqidagi tasavvurlar, musiqaning ommaviy janrlari hamda milliy cholgu sozlari togrisidagi tasavvurlar, cholgu kuyi, qoshiqlarning rivojlanish qonuniyatlari va shakl tuzilishi yuzasidan tasavvurlar majmuasidan tashkil topadi.Ushbu tizimning psixologik, ijtimoiy-psixologik, musiqiy-psixologik, ijtimoiy, estetik, badiiy, tarbiyaviy, yonaltiruvchi va h.k. xususiyatlari ozaro uzviy bogliqdir. Musiqiy tasavvurlar kolami shaxsning musiqaga nisbatan munosabatini belgilaydi, ya'ni, tasavvurlar mavjud ustanovka tarzida namoyon boladi, mavjud izlar qaytadan jonlanadi.Musiqa asarlarining oziga xos xususi tlari: milliy usul-ritmlar, musiqiy bezaklar, milliy cholgu sozlarining tovush hosil qilish xususiyatlari orqali xislatlarni ifodalashi, asarlar shaklining tuzilishi, kuy rivojlanishi qonuniyatlarining shaxs ongidagi in'ikosi, qoshiqlar matni yordami bilan milliy, etnik turmush tarzi va milliy qadriyatlarning yorqin tasvirlanishida namoyon boladi. Shu bilan birga, musiqiy tasavvurlar shakllanishi ayrim ijtimoiy-psixologik omillarga, jumladan:

1)bolalar va osmirlarning musiqaga nisbatan shakllangan munosabatlariga;

2)musiqaning targibotiga;

3)ijtimoiy muhitda musiqaga nisbatan mavjud munosabatlar xususi tlariga;

4)ma'naviy-badiiy tarbi ning mazmuni va savi siga bogliqdir.

Shubhasiz, yuqoridagi ijtimoiy omillar yaxlit tarzda turli yosh, individual va hududiy xususiyatlarga mansub oquvchi-yoshlar (tinglovchilar)ning musiqiy idroki sifatiga ta'sir etib, ularda musiqiy tasavvurlar shakllanishida asosiy ahamiyat kasb etadi.

Demak, musiqiy tasavvurlar shakllanishi qadriyatlar namunasi sifatidagi musiqaning badiiy, ma'naviy va tarbiyaviy imkoniyat larini anglash orqali zamonaviy, etuk, har tomonlama bilimli va badiiy didi shakllangan barkamol, yosh avlodni tarbiyalash jarayoni bolib qoladi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Foydalangan а(1аЫёШг royxati:

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -Toshkent: Ozbekiston, 2016. - 56 B.

2. Abdullaev R.S. Janr katta ashula i ego nositeli. Diss.na soiskaniye uchyonnoy stepeni kand. iskusstvovedeni . -T.: 1982. -149 s.

3. Nurullayev F. G. Buxoro folklor qashiqlarining aziga xos ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyati. Pedagogik mahorat, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal,30.06. 2021-yil maxsus son.- Buxoro. B.28-32

4. Azimov B. Nravstvennoe vospitaniye molodeji sredstvami narodnoy muziki. ...dis.kand.p.n. -T.: 1991. -16 s.

5. Nurullaev F.G. The role of folklore in the raising of children // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 12, 2020 Part III. ISSN 2056-5852.

6. Nurullayev F.G. Узлуксиз таълим тизимида Бухоро фольклор кушикларини ургатишнинг урни ва ахдмияти// O'zbekiston Milliy Universiteti xabarlari, Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2021-yil 6-son.- Toshkent. B.177-186.

7. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

8. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

9. Сялойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

10. Сялойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.