Научная статья на тему 'O’QUVCHILARGA TASVIRLAR YASASHNI CHIZIQLI PERSPEKTIVA ORQALI O’RGATISHNING AFZALLIKLARI'

O’QUVCHILARGA TASVIRLAR YASASHNI CHIZIQLI PERSPEKTIVA ORQALI O’RGATISHNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
perspektiva / chiziqli perspektiva / kichrayish / qisqarish / tutashuv / yo’qolish nuqtalari / turish nuqtasi / ko’rish chizig’i / ko’rish markazi / kartina tekisligi / chiziqli perspektiva qoidalari. / перспектива / линейная перспектива / уменьшение / сокращение / слияние / точки схода / точка зрения / линия зрения / центр зрения / плоскость картины / законы линейной перспективы.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.R. Shukurov, X.F. Omonova

ushbu maqolada o’rganuvchilarning tasviriy san’atda tasvirlarni tog’ri yasashni o’rganishida chiziqli perspektivaning o’rni va ahamiyati turli misollar orqali yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ADVANTAG ES OF TEACHING STUDENTS TO CREATE IMAGES THROUGH LINEAR PERSPECTIVE

в данной статье рассматривается роль и значение линейной перспективы в процессе обучения правильному изображению объектов в изобразительном искусстве на различных примерах.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARGA TASVIRLAR YASASHNI CHIZIQLI PERSPEKTIVA ORQALI O’RGATISHNING AFZALLIKLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© A.R. Shukurov1H © X.F. Omonova2H_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston 2Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada o'rganuvchilarning tasviriy san'atda tasvirlarni tog'ri yasashni o'rganishida chiziqli perspektivaning o'rni va ahamiyati turli misollar orqali yoritib berilgan.

MAQSAD: tasvirlarni chiziqli perspektivadan to'g'ri va unumli foydalangan holda to'g'ri bajarishni o'rganish talabalarga atrof-muhitni aniq his qila olish va chizishni nazariy jihatdan o'rgatadi hamda ularning estetik didlarini o'stirish va tasavvurni kengaytirishga, perspektiva va tasviriy san'at fanlarini oson o'zlashtirishga xizmat qiladi.

MATERIALLAR VA METODLAR: borliqni tasvirlashda chiziqli perspektivadan foydalanishning ahamiyatini materiallar va metodlar orqali tushuntirish mumkin. Bu, o'quvchilarga o'rganish jarayonini vizual va interaktiv ko'rinishda osonlashtirish, tushunchalarni yetkazish va ma'lumotlarni o'rganish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: maqola bugungi kunda yoki kelajakda o'quv maqsadlarini bajarish uchun tasviriy san'at va perspektiva fanlarining integratsiyasidan foydalanishga istiqbolli ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, tasvirlar yasash, borliqni ifodalash, shu jumladan o'quv topshiriqlarini bajarishda bu integratsiya yordamida talabalarning fazoviy tasavvurlari hamda visual xotiralariga ta'sir qilishni tavsiflovchi statistikani taqdim etadi.

XULOSA: ob'ektlarni tekislikda chiziqli perspektiva qonunlari asosida tasvirlashning ishlab chiqilgan quyida keltirilgan usullari ularning xususiyatlarini, afzalliklari va kamchiliklaridan kelib chiqqan holda foydalanish imkonini beradi, bu bizga qog'oz varag'ida, devor, yoki shift tekisligida borliqni, muallif o'z asarida aks ettirmoqchi bo'lgan his-tuyg'ularini va g'oyalarini yanada yorqinroq va realistik yetkazish imkonini beradi. Ushbu maqolada muhokama qilinganidek, istlagan haqqoniy tasvirlar geometriya va perspektiva qonunlariga muvofiq qurilgan va atrofdagi dunyoni to'g'ri ko'rsatish uchun asosdir.

Kalit so'zlar: perspektiva, chiziqli perspektiva, kichrayish, qisqarish, tutashuv, yo'qolish nuqtalari, turish nuqtasi, ko'rish chizig'i, ko'rish markazi, kartina tekisligi, chiziqli perspektiva qoidalari.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Shukurov A.R, Omonova X.F. o'quvchilarga tasvirlar yasashni chiziqli perspektiva orqali o'rgatishning afzalliklari. // Inter education & global study. 2024. №8. B.247-258.

ПРЕИМУЩЕСТВА ОБУЧЕНИЯ УЧЕНИКОВ СОЗДАНИЮ ИЗОБРАЖЕНИЙ

ЧЕРЕЗ ЛИНЕЙНУЮ ПЕРСПЕКТИВУ_

© Шукуров А.Р .1И © Омонова Х.Ф .2И

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан

2 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье рассматривается роль и значение линейной перспективы в процессе обучения правильному изображению объектов в изобразительном искусстве на различных примерах.

ЦЕЛЬ: обучение правильному выполнению изображений с использованием линейной перспективы способствует развитию у молодежи навыков точного восприятия окружающей среды и теоретической подготовки в рисовании, что, в свою очередь, помогает расширить их эстетический вкус и воображение, а также облегчает усвоение учебных дисциплин.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: значение линейной перспективы в изображении реальности можно объяснить с помощью материалов и методов. Это позволяет сделать процесс обучения более наглядным и интерактивным, облегчить понимание концепций и повысить эффективность обучения.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: статья демонстрирует перспективные возможности интеграции дисциплин изобразительного искусства и перспективы для достижения учебных целей, как в настоящее время, так и в будущем. Также предоставляется статистика, описывающая влияние этой интеграции на пространственное восприятие и визуальную память учащихся при выполнении учебных заданий.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: применение законов линейной перспективы при изображении объектов на плоскости позволяет более точно передавать окружающую реальность и авторские замыслы в рисунках, будь то на бумаге, стене или потолке. Как обсуждается в статье, любой реалистичный рисунок основывается на законах геометрии и перспективы, которые являются основой для точного отображения окружающего мира.

Ключевые слова: перспектива, линейная перспектива, уменьшение, сокращение, слияние, точки схода, точка зрения, линия зрения, центр зрения, плоскость картины, законы линейной перспективы.

Для цитирования: Шукуров А.Р., Омонова Х.Ф. Преимущества обучения учеников созданию изображений через линейную перспективу. // Inter education

& global study. 2024. №8. С. 247-258.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

THE ADVANTAGES OF TEACHING STUDENTS TO CREATE IMAGES THROUGH

LINEAR PERSPECTIVE_

© Avaz R. Shukurov1® © Xosiyat F. Omonova2®

1 Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan

2 Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article explores the role and importance of linear perspective in learning how to accurately depict objects in visual arts, using various examples.

AIM: learning to correctly execute drawings using linear perspective enhances young people's ability to perceive their environment accurately and teaches them the theoretical aspects of drawing. It also serves to expand their aesthetic sense and imagination, making it easier to master perspective and visual arts subjects.

MATERIALS AND METHODS: the significance of linear perspective in depicting reality can be explained through materials and methods. This facilitates a more visual and interactive learning process, helping to convey concepts and improving the effectiveness of learning.

DISCUSSION AND RESULTS: the article highlights the promising impact of integrating visual arts and perspective disciplines for achieving educational objectives, both now and in the future. It also presents statistics describing how this integration influences students' spatial imagination and visual memory when completing academic tasks.

CONCLUSION: applying the laws of linear perspective to depict objects on a plane allows for a more realistic and vivid representation of reality, as well as the author's emotions and ideas, whether on paper, a wall, or a ceiling. As discussed in the article, any realistic depiction is built according to the laws of geometry and perspective, which serve as the foundation for accurately portraying the surrounding world.

Key words: perspective, linear perspective, reduction, contraction, convergence, vanishing points, vantage point, sightline, center of vision, picture plane, linear perspective rules.

For citation: Avaz R. Shukurov, Xosiyat F. Omonova. (2024) 'The Advantages of Teaching Students to Create Images Through Linear Perspective, Inter education & global study, (8), pp. 247-258. (In Uzbek).

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Нaучнo-теoретический и методический журнaл ОПО/1 Мой

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Chiziqli perspektiva — bu uch o'lchamli ob'ektlarni ikki o'lchamli formatda tasvirlashning geometrik usuli. Chiziqli perspektiva chuqurlik va kenglik illyuziyasini yaratadi, bu esa monokulyar ko'ruvni modellashtirish orqali amalga oshiriladi. Monokulyar ko'rish — bu bir ko'z orqali tasvirlarni qanday qabul qilishni, binokulyar ko'ruv esa ikkala ko'zimizning birgalikda borliqni qanday qabul qilishini ifodalaydi(1 -rasm).

Binokulyar ko'rish. Monokulyar ko'rish

1-rasm.

Chiziqli perspektiva-biz monokulyar ko'ruv orqali borliqni qanday qabul qilishimizni asosiy uchta prinsipga asoslangan holda tasvirlaydi: bular kichrayish, tutashish va qisqarish. Bular birgalikda chiziqli perspektiva deb ataluvchi fenomenonni hosil qiladi.

Kichrayish- bu obyektlar bizdan uzoqlashgan sari kichiklashib ko'rinishini ifodalaydi. Masalan, siz ko'chadagi ketma-ket joylashgan, bir xil o'lchamdagi ko'cha chiroqlariga qarasangiz, ular sizdan ushoqlashgan sari sizga yaqin turgan chiroqqa nisbatan ancha kichik bo'lib ko'rinadi(2-rasm).

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tutashish konseptsiyasini quyidagicha izohlash mumkin: ikki yoki undan ortiq parallel chiziqlarning kuzatuvchidan uzoqlashgan sari bir-biriga yaqinlashib borishini ko'rishimiz mumkin va ular gorizont chizig'ida "uchrashadi"- bu tutashish deyiladi.

Biz tutashish hodisasini temir yo'l tasvirida ko'rishimiz mumkin, bir biriga parallel bo'lgan temir yo'l relslari bizdan ma'lum uzoqlikda tutashganday tuyiladi(3-rasm).

3-rasm.

Qisqarish perspektivaning shunday tushunchasiki- u obyektlarning turli burchaklardan qanday qisqarib ko'rinishini ifodalaydi(4-rasm).

4-rasm.

Misol uchun, o'qotar qurol kozimizga parallel joylashgan bo'lsa, o'z uzunligida ko'rinadi, biroq aynan shu qurol oldindan qaralganda ancha qisqarib tasvirlanadi(5-rasm).

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Мой

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Xuddi shu hodisani quyidagi odam tasvirida ham kuzatishimiz mumkin: ya'ni biz tanlagan ko'rish burchagidan odam o'z haqiqiy o'lchamidan qisqarib ko'rinadi, bizga nisbatan yaqin joylashgani uchun uning oyoqlari o'z o'lchamidan katta bo'lib tuyuladi(6-rasm).

Yuqoridagilardan qisqarishning ikkita qoidasi kelib chiqadi: - agar obyektlar sizga nisbatan parallel joylashsa, ular o'z haqiqiy o'lchamida;

-agar obyektlar sizga biron burchakda ostida joylashsa, ular qisqarib tasvirlanadi.

6-rasm.

Bundan tashqari chiziqli perspektivada "yo'qolish nuqtalar" tushunchasi ham borki, u to'g'ridan-tog'ri tutashish tuchunchasi bilan aloqador.

Yuqorida ta'kidlanganidek, parallel chiziqlar gorizont chizig'ining qayeridadir bir nuqtada uchrashadi va bu yo'qolish nuqtasi deb ataladi.

Keling quyidagi yo'lning suratiga qarab tahlil qilaylik. Hammamizga ma'lumki yo'lning ikki cheti o'zaro parallel bo'ladi, yo'lning o'rtasiga turib, ufq chizig'iga qarasak, yo'lning ikki cheti bir nuqtada uchrashadi, bu nuqta yo'qolish nuqta hisoblanadi (7-rasm).

Tasvirlanayotgan obyektlar kuzatuvchiga nisbatan joylashishiga ko'ra bir, ikki, uch va multi yo'qolish nutalariga ega bo'lishi mumkin. Har bir obyektning yo'qolish nuqtasi yoki nuqtalarini bilish sizga har qanday sahnani to'g'ri tasvirlay olish imkonini be radi. Yana shuni ham aytib o'tish lozimki, yo'qolish nuqtalarini canvasdan tashqarida joylashadigan qilib olish kam uchraydigan holatdir.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Мой

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

7-rasm.

Ikki o'lchamli to'g'ri burchakli tekislik va uning uch o'lchamli ekvivalenti bo'lgan to'g'ri burchakli prizma — chiziqli perspektivaning barcha shakllari uchun qurilish bloklari hisoblanadi. To'g'ri burchakli prizmaning o'ziga xosligi - bu uch o'lchamli fazoni modellashtiruvchi asosiy shakl sifatida qabul qilinganligidir(8-rasm).

Prizmaning perspektivasi 8-rasm.

Perspektiva uchun muhim bo'lgan narsa — kuzatish uchun mos nuqtaning mavjudligi. Tomoshabinning ko'rish yo'nalishining oxirgi nuqtasi ko'rish markazi deb ataladi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Мой

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tomoshabinning turish nuqtasi va ko'rish markazini birlashtirganda, nuqtai nazar hosil bo'ladi(9-rasm).

Kuzatuvckining turish nuqtasi 9-rasm.

Agar stansiya(turish) nuqtasi, ko'rish markazi yoki ob'ekt o'zgaradigan bo'lsa, perspektiv tasvir ham o'zgaradi. Chiziqli perspektivada nuqtai nazar uchta asosiy turda bo'lishi mumkin: bir nuqtali perspektiva, ikki nuqtali perspektiva yoki uch nuqtali perspektiva. Hatto yangi yo'nalishga qadam tashlamasdan, faqat tomoshabinning qarashini o'zgartirib, ikki nuqtali perspektiva ko'rinishini uch nuqtali perspektiva ko'rinishiga aylantirishingiz mumkin (10-rasm).

W Щ

1 nuqtali perspektiva 2 ^qtad perspektiva 3 nu^ta/i perspektiva

10-rasm.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Tomoshabinning ko'rish chizig'ini rasm(kartina) tekisligi orqali va ob'ektdan tashqarida davom ettirganimizda, ko'rish markazi ko'pincha ufq chizig'ida joylashadi. Yer sharsimon va to'g'ri qirralarga ega bo'lmasa ham, ufq chizig'i kichrayish, tutashish va qisqarishni cheksiz tarzda aniqlash uchun foydalidir. Ufq chizig'i chiziqli perspektivada har doim ixtiyoriy hisoblanadi. Lekin u ko'proq gorizantal tekislikni aniqlash va tomoshabinni yo'naltirish uchun ishlatiladi. Gorizantal tekislik ufq chizig'ining ostidagi ikki o'lchamli tekislik bo'lib, ob'ektlarning turgan joyini yoki polni ifodalaydi(11-rasm).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Har qanday to'g'ri chiziq o'zining ikki nuqtasi orqali ifodalaniladi. Shunga ko'ra birorta A,B to'g'ri chiziq kesmasining perspektivasini yasash uchun uning narsalar fazosidagi A1 va B1 nuqtalarning hamda ularning narsalar tekisligidag i o'rni a1,b1 nuqtalarning perspektivasi yasalsa kifoya.

O'z navbatida narsalar fazosida berilgan har qanday to'g'ri chiziqlar H narsalar tekisligi va K kartina tekisligiga nisbatan egallagan holatlariga ko'ra ikkiga, umumiy va xususiy vaziyatdagi to'g'ri chiziqlarga ajratiladi. To'g'ri chiziq H ga ham K ga ham og'ma vaziyatda bo'lsa umumiy vaziyatdagi chiziq deyiladi. H ga yoki K ga perpendikular yoki parallel, shuningdek, H ga parallel K ga 45o burchak ostida bo'lsa, xususiy vaziyatdagi to'g'ri chiziq deyiladi. Perspektivada kartina tekisligiga parallel bo'lmagan har qanday chiziqni kartina tekisligida cheksiz uzoqlikdagi yo'qolish nuqtasi bo'ladi. Bir nechta parallel chiziqlardan iborat tasvirlarni ko'radigan bo'lsak, ular cheksiz uzoqlashib bitta umumiy nuqtada tutashadi(12-rasm).

Ko'rish markazi

Уег sathi

11-rasm.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Мой

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

12-rasm.

Demak markaziy proyeksiyalash xossasidan kelib chiqib har qanday (o'zaro parallel) chiziqlar umumiy uchrashish nuqtaga ega bo'ladi. Bu nuqtani kartinadagi perspektivasi o'rnini aniqlash uchun har doim S ko'rish nuqtadan chiziqqa parallel gorizon (h1,h2) chizig'ni kesguncha nur o'tkazilganda kesishgan nuqtasi F« bo'ladi.

Kartina tekisligida nisbatan har xil og'ish burchagiga ega bo'lgan chiziqlar uchun o'zining cheksizlikdagi (F«) yo'qolish nuqtasi mavjud bo'ladi. Lekin shunday chiziqlar borki F« o'rniga almashib keluvchi D(D1,D2) distansion, P bosh nuqt alardir. Chunki ushbu nuqtalarning o'rni oldindan belgilangan bo'ladi. Agar berilgan chiziq kartinaga og'ish burchagi 450da bo'lsa, biz D distansion nuqtalarni o'rnini aniqlash uchun ham S ko'rish nuqtasidan 450ga nurlar o'tkazib topamiz.

Shunday qilib, chiziqlar kartina tekisligiga nisbatan parallel bo'lsa cheksizlikdagi yo'qolish nuqtasi bo'lmaydi, qolgan barcha hollarda cheksizlikdagi yo'qolish nuqtalari mavjud bo'ladi. Shunday ekan beriladigan har qanday chiziqlarning perspektivasini aniqlash uchun cheksizlikdagi yo'qolish nuqtalardan foydalanib bajarishni ma'lum bir qoidalarga ajratib olamiz.

1-qoida. Kartinaga perpendikular (H narsalar tekisligida yotgan yoki fazoda) joylashgan har qanday to'g'ri chiziqlar perspektivada P bosh nuqtada tutashadi (13-rasm).

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

13-rasm.

2-qoida. Kartinaga 45° burchak ostidagi joylashgan har qanday to'g'ri chiziqlar perspektivada distansion D(D1,D2) nuqtalardan birida uchrashadi(14-rasm).

14-rasm.

3-qoida. H ga parallel, perpendikulyar yoki og'ma, kartinaga parallel to'g'ri chiziqlar perspektivada geometrik vaziyatini saqlagan holda tasvirlanadi(15-rasm).

15-rasm

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Sarah Haley, Perspective drawing, "Tempe Digital", 2018.

2. A.R.Shukurov, Chizma geometriya, "Durdona", 2022.

3. М.Н. Макарова, Перспектива, М., "Просвещение", 1989.

4. R.Xorunov, Chizma geometriya kursi, "O'qituvchi", T.,1997.

5. Sh. Murodov va b. "Chizma geometriya kursi", Toshkent, "O'qituvchi", 1988.

6. J.Y. Yodgorov, A. Narzullayev va b. Chizmachilik, Toshkent, "O'qituvchi", 1992.

7. A.N. Valiyev, Markaziy proyeksiyalashda pozitsion va metrik masalalar yechish, "TDPU rizografi", 2006.

8. A.N. Valiyev, Perspektiva, Toshkent "Voris-nashriyot",2009. Rahmonov., Pеrspеktiva., Toshkent, "O'qituvchi", 1993.

9. P.O. Odilov, Ре^ре^, ^sl^nt, "TDPU rizografi",2000 yil.

10. Климухин А.Г. Начертательная геометрия. М., «Строй издат», 1973.

11. Internet saytlari:

12. www.handprint.com

13. www.polyhedra-world.nc

14. www.howtodrawcomics.net

15. www.ing-grafika.ru/1/nachertatelnaya-geometriya.html

HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Shukurov Avaz Ro'ziboyevich, dotsent [Шукуров Аваз Розибоевич, доцент], [Avaz R. Shukurov, associate professor]; manzil: O'zbekiston, Buxoro, Piridasgir ko'chasi, 20. [адрес: Узбекистан, город Бухара, улица Пиридасгир, 20.], [address: Uzbekistan, Bukhara, Piridasgir Street, 20.]; avazshukurov1986@gmail.com

Omonova Xosiyat Farhodovna, magistrant, [Омонова Хосиат Фарходовна, магистр], [Khosiyat F. Omonova, graduate student]; manzil: O'zbekiston, Buxoro shahar, Amir Temur ko'chasi, 50 [адрес: Узбекистан, город Бухара, улица Амира Темура, 50.], [address: Uzbekistan, Bukhara, Amir Temur Street, 50.]; omonovaxosiyat0@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.