Научная статья на тему 'O’QUVCHILARGA INGILIZ TILINI O‘RGANISHDA GEYMIFIKATSIYANING AHAMIYATI'

O’QUVCHILARGA INGILIZ TILINI O‘RGANISHDA GEYMIFIKATSIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Geymifikatsiya / motivatsiya / ichki rag„bat / oʼyinli texnologiyalar / education / edutainment / “Gamification” metodi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G. Kamalova

Mazkur maqolada ta'lim jarayonida o'quvchilarning ingiliz tilini o'rganishda olarning ichki rag'batini uyg'otish, motivatsiyaning muhim ahamiyati, geymifikatsiyaning darsga joriy etilishi o'quvchilarning o'quv faoliyatini sezilarli darajada yaxshi o'zlashtirishini ta'minlashdagi o'rni yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QUVCHILARGA INGILIZ TILINI O‘RGANISHDA GEYMIFIKATSIYANING AHAMIYATI»

O'QUVCHILARGA INGILIZ TILINI O'RGANISHDA GEYMIFIKATSIYANING AHAMIYATI

G. Kamalova

Nukus DPI, Pedagogika kafedrasi doktoranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ta'lim jarayonida o'quvchilarning ingiliz tilini o'rganishda olarning ichki rag'batini uyg'otish, motivatsiyaning muhim ahamiyati, geymifikatsiyaning darsga joriy etilishi o'quvchilarning o'quv faoliyatini sezilarli darajada yaxshi o'zlashtirishini ta'minlashdagi o'rni yoritib beriladi.

Калит сузлар: Geymifikatsiya, motivatsiya, ichki rag'bat, o'yinli texnologiyalar, education, edutainment, "Gamification" metodi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье в образовательном процессе будет объяснена важность пробуждения внутренней мотивации учащихся при изучении английского языка, значение мотивации, а также внедрения геймификации на уроке в обеспечении того, чтобы учащиеся существенно лучше усваивали учебную деятельность.

Ключевые слова: Геймификация, мотивация, внутренняя мотивация, игровые технологии, образование, образовательно -развлекательная деятельность, метод «Геймификация».

ABSTRACT

In this article, in the educational process, the importance of arousing students' internal motivation in learning English, the importance of motivation, and the introduction of gamification to the lesson in ensuring that students learn learning activities significantly better. will be explained.

Keywords: Gamification, motivation, internal motivation, game technologies, education, edutainment, "Gamification" method.

Hozirgi globallashuv davrida chet tilini organishga bo'lgan talab tobora ortib bormoqta. Qaysi yonalishda ishlashimizdan qatiy nazar ingliz tilini bilish oddiy talab bolib qolmaqda. Talim sifatini oshirishda maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga xorijiy tilni orgatishga katta etibor qaratilmoqda. Bundan maqsad bolalarni yoshligidan chet tilini yaqshi ozlashtirish, yetuk inson bolib kamolga etishini taminlash, eng asosiysi chet tilini organishni yoshlar ongiga singdirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Vazirlar Mahkamasining «Horijiy tilni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora- tadbirlari to'g'risida» 2021yil 19 maydagi 312-son qaroriga[1]

408

https://nuu.uz/

И 27-mart, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Muvofiq chet tillarini puxta o'zlashtirish, tilning asosiy ko'nikmalarini shakllantirish uchun vidioroliklar, o'yinlar, kungil ochar ko'rsatuvlar, filmlar va boshqa o'rgatuvshi kontent yaratish va tashkil qilish; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son "Xorijiy tillarni o'rganishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi [2], va mazkur sohaga tegishli bo'lgan boshqa me'yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda chet tili darslarini innovatsion texnologiyalaridan—samarali foydalanib tashkil etish bugingi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Uzluksiz ta'limning turli bosqichlarida chet til, xususan, ingliz tilini o'qitish muammolari bo'yicha F.B.Azizova, L.T.Ahmedova, S.A.Ziyaeva, J.Jalolov, U.U.Jumanazarov, E.T.Erkaev, G.Mahkamova, T.Q.Sattarov, K.Riskulova, M.Ro'zmetovalar tadqiqot ishlarini olib borishgan.

Ta'lim jarayonida o'quvchilarning ingiliz tilini o'ganishda olarning ichki rag'batini uyg'otishda - motivatsiya muhim ahamiyatga ega. Olimlarimiz motivatsiyani o'quvchiga g'ayrat beradigan, xatti-harakatini boshqaradigan va qo'llab-quvvatlay digan holat sifatida tavsiflaydi. Motivatsiya holati esa maqsadlarni o'z ichiga oladi va faollikni talab qiladi. Maqsadlar esa harakatni yuzaga keltiradi hamda o'quvchi o'z q iziqishlarini aniqlab olishiga xizmat qiladi. Shu tariqa uzoq vaqt muayyan mashg'ulot bilan band bo'lish boladagi qat'iyatni shakllantiradi. XXI asrga kelib ta'lim berishda pedagoglar o'quvchilarning ta'lim olishga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otishning yangidan-yangi yo'llarini o'ylab topdilar. Jumladan, o'quvchilarning mustaqil faoliyatini qo'llab-quvvatlovchi "Loyiha asosida o'rganish", interaktiv o'quv muhitini ta'minlovchi "Moslashtirilgan sinfxona", "Kichik guruhlarda ishlash" kabilarni keltirishimiz mumkin. Shuningdek, XXI asrda yangi gamification o'qitishni ham keltirib o'tish joiz. Dars jarayonida mavzuni tushuntirishda o'yinlardan shu vaqtgacha ham foydalanib kelingan. Masalan, harakatda yashiringan so'zni topish- "Iztopar", "Quruvchi", "Sirli so'z", "Notog'ri jumla" kabi sinf o'yinlari shular jumlasidandir.

Tadqiqotlarga ko'ra, o'yinga asoslangan ta'lim berish jarayoni o'quvchi diqqatini o'ziga bog'lab, bolalarda ko'nikma va malakani rivojlantiradi deb keltiradilar. Yosh olima N.F.Xaitova o'zining tadqiqotida boshlang'ch ta'limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o'quvchilarning o'quv-bilish motivatsiyasini rivojlantirish masalasini yoritib berishga qaratib, o'quvchilarda bilishga qiziqishni intensiv rag'batlantirish, o'qitishning innovatsoin yo'nalganligini oshirish, funktsionlikning o'sishi, emotsi onal zo'riqishlarning oldini olish kabi pedagogik shart-sharoitlari o'yinchilarning psixotiplariga muvofiq tabaqalashtirilgan faoliyatni tashkil etish mantiqiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga xarakat qilgan. Olima asosan, ta'lim muhitida o'yinlarni qo'llash to'rtta usulda amalga oshirilisini quyidagicha keltiradi:

- o'yinda tajriba ballarini olish uchun reytinglarni adaptatsiyalash;

- auditoriyada muloqat-munosabatlar muhitini o'zlashtirish;

- auditoriyada odatdagi tashkil etilgan dars tuzilishini o'zlashtirish;

^ 27-mart, 2024 https://nuu.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

- sinfda tahsil olayongan o'quvchilar tarkibini o'zlashtirish - deb keltiradi.

Ta'limni geymifikatsiyalashda o'yin maqsadlarini o'quv maqsadlariga nisbatan o'zgacha tarzda shakllantirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ta'limni geymifikatsiyalashda o'quvchilarda sog'lom raqobatni ma'lum darajada uyg'otish zarur. Sababi har qanday o'yinda raqobat mavjud bo'lmasa, erishilishi lozim bo'lgan maqsad o'z aktualligini yo'qotadi.

2011-yili Oksford ingliz lug'atiga "gamification" so'zini kiritildi [4]. Ayrim xalqaro lug'atlar esa bu so'z bir oz avvalroq iste'molga kiritilganidan guvohlik be radi. Unga "o'yin texnikasi va konsepsiyalarini boshqa sohalarga tatbiq etish" deb izoh berilgan. Ta'limdagi geymifikatsiya nazariyasi -ko'ngilochar mashg'ulotlar orqali o'quvchilarga fanni o'rgatishni nazarda tutadi. Bunday o'qitish jarayonida o'yinga xos elementlardan foydalaniladi. "Gamification" metodi o'quvchini rag'batlantirish barobarida, uning muammoga yechim topish mahoratini oshiradi. Aslida "geymifikatsiya" tushunchasi bilan "o'yin" tushunchalari bir hil emas. Geymifikatsiya o'yinning ba'zi elementlaridan professional, ammo qisman ko'ngilochar maqsadlarida foydalanish bo'lsa o'yin abstrak vaziyat, unda ishtirokchilar ma'lum rolga va qoidalarga ega bo'ladi va ma'lum bir natijaga erishadi.

Pedagogika ilimiga "geymifikatsiya" termini 2008-yil M. Porenskiy, 2012-yil K.Kann tomonidan kitilib qollanib boshlagan. Kishilik tarixiy taraqqiyotining barcha davrlarida ham o'yin sub'ekt ijtimoiylashuvi, rivojlanishi va faoliyatining eng birinchi shu bilan birga muhim turi sifatida tan olingan. Binobarin, shaxs faoliyatining muhim turlari - mehnat, o'qish bilan birga o'yin ham uning shakllanlanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'yinlar vositasida katta avlod tomonidan to'plangan hayotiy tajriba, o'zlashtirilgan bilim, turmush tarzi va ijtimoiy munosabat asoslari, madaniy qadriyatlar yosh avlodga izchil uzatib kelingan va kelinmoqda.

O'yinli texnologiyalar - ijtimoiy tajribalarni o'zlashtirishning barcha ko'rinishlari: bilim, ko'nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo'naltirilgan shartli o'quv vaziyatlarini ifodalovchi shaxsga yo'naltirilgan ta'lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri hisoblanadi. Bunga qosimcha "edutainment" vositasini ham keltirishimiz mumkin. "Edutainment" inglis tilidan kelib shiqqan bolib, "education" - bilim, "entertainment" -zavqlanish manosini bildiradi. Yani kongil ochish vositasida oqitish, xabardor qilishga qaratilgan axborot. Bu oyin usuliga jüda yaqin lekin, unda zavqlanish manosi juda kuchli va albatta oyin vositasida oqitishda hardoim zavqlanish bo'la bermaydi, unda qiyin va jiddiy vaziyatlar boladi. Geymifikatsiyada qollaniladigan elementlar edutainment konseptsiyasini keltirib chiqaradi. Edutainment sozini birinchi bolib 1954 yili Wolt Disney ozining "True Life" Haqiqiy hayot hujjatli filimin tariflashda qollagan. Keyinchalik bu terminni britaniyali zoolog olim Robert Heyman 1974 yili "National geographic" Milliy geografiya korsatuvida qollanilgan. U paytlari hozirgidek darslarni videolar bilan oqitish bolmagan.

27-mart, 2024

https://nuu.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

410

Hozirgi kunda har bir ingiliz tili o'qituvchisi o'z darsini qiziqarli otishini o'quvchilarning darsga zavq-shavq, qiziqish, intilish bilan kirishishini istaydi. Geymifikatsiyaning darsga joriy etilishi o'quvchilarning o'quv faoliyatini sezilarli darajada yaxshi o'zlashtirishini ta'minlaydi. Bu esa geymifikatsiya texnologiyasining didaktik xususiyatini tasdiqlaydi va o'quv jarayoniga geymifikatsiyani kiritish uchun psixologik asos bo'lib xizmat qiladi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, geymifikatsiyalash orqali o'qitish o'quvchilarda o'ziga bo'lgan ishonchni tarbiyalaydi, o'rganishga bo'lgan qiziqish ichki motivatsiyani uyg'otadi, o'qib o'rganish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengib o'tishda turtki vazifasini o'taydi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Horijiy tilni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora- tadbirlari to'g'risida» 2021yil 19 maydagi 312-son qarori. https://lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son "Xorijiy tillarni o'rganishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori. https://lex.uz

3. Xaitova N.F. Boshlang'ich ta'limda geymifikatsiyadan foydalanish orqali o'quvchilar o'quv-bilish motivatsiyasini rivojlantirish( 1-sinflar misolida). Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори (PhD). ... дисс.- T, 2022. - 145 б.

4. Oxford University Press: Oksford ingliz lug'ati. ISBN-13: 9780199571123 2011-yil

5. Содицов, У. Ж. (2021). ЯНГИ УЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ПЕДАГОГИКА ФАНИНИНГ ТАРА^ИЁТИ ВА ИННОВАЦИЯЛАР. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 41-47.

6. Садикова, Ш. О. (2022). ПЕДАГОГИК АМАЛИЁТ-ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ МУХДМ ШАКЛИ. International Academic Research Journal Impact Factor, 7(1), 1.

7. HAMROKULOVA, S. PROBLEMS OF IMPROVING THE MECHANISMS OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. ЭКОНОМИКА, 222-226.

411

https://nuu.uz/

И 27-mart, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.