Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA TA’LIM MUASSASALARI HAMKORLIGI'

O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA TA’LIM MUASSASALARI HAMKORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
151
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘quvchi / tanqidiy fikrlash / oila / ta’lim muassasasi / shaxslararo munosabat / muloqot / hamkorlik / ijtimoiylashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Masharipova Nasiba Ro’zmatovna

Ushbu maqolada o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlatirishda oila va ta’lim muassasasida olib boriladigan ta’limiy jaorayonlarda hamkorlik yondashuvidan foydalanishning imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Oilada bolalarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatishning shart-sharoitlari hamda ta’limiy jarayonda o‘quvchilarni tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘nalishlari ko‘rsatib berilgan. O’quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarning ahamiyati ochib berilgan. Ushbu maqola ilmiy tadqiqotchilar, bo‘lajak o‘qituvchilar va ota-onalar uchun ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA TA’LIM MUASSASALARI HAMKORLIGI»

O'QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHDA OILA VA TA'LIM MUASSASALARI HAMKORLIGI Masharipova Nasiba Ro'zmatovna

Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10114442

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlatirishda oila va ta'lim muassasasida olib boriladigan ta'limiy jaorayonlarda hamkorlik yondashuvidan foydalanishning imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Oilada bolalarni tanqidiy fikrlashga o'rgatishning shart-sharoitlari hamda ta'limiy jarayonda o'quvchilarni tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish yo'nalishlari ko'rsatib berilgan. O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarning ahamiyati ochib berilgan. Ushbu maqola ilmiy tadqiqotchilar, bo'lajak o'qituvchilar va ota-onalar uchun ilmiy manba bo 'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: o'quvchi, tanqidiy fikrlash, oila, ta'lim muassasasi, shaxslararo munosabat, muloqot, hamkorlik, ijtimoiylashuv.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda shaxslararo munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish, hamkorlik va muloqot muhitini yaratish muhim masalalardan hisoblanadi. O'quvchilar orasida shaxslararo munosabatlarga kirish, o'z tengdoshlari, sinfdoshlari, o'qituvchilari, oila a'zolari bilan hamkorlikka asoslangan muloqot jarayonida o'quvchilar o'zlarida mavjud bilim va tajribalarga tayanib tanqidiy fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Pedagogika ensiklopediyasida tanqidiy fikrlashga quyidagicha izoh berilgan: TANQIDIY FIKRLASH - inson aqliy faoliyatining turlarini o'zida mujassamlashtirgan ob'ektiv fikrlash tarzini ifodalovchi tushuncha. Tanqidiy fikrlash - g'oya va imkoniyatlarni ijodkorlik bilan uyg'unlashuvi, konsepsiya va axborotlarni qayta fikrlash va qayta qurishdek murakkab jarayondir.

Shaxs aqlan fikr yuritish ya'ni tanqidiy fikrlashi uchun o'zini eshitadigan, fikrini hurmat qiladigan sharoit va muhitda bo'lishi muhim ob'ektiv omillardan hisoblanadi. Shunga tayangan holda o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishning quyidagi omillarini ko'rsatish mumkin:

1. Shaxslararo munosabatlarga kirishish omili. Shaxslararo munosabatlarning amalga oshirilishi natijasida o'quvchilarda shaxs sifatida rivojlanishi uchun qulay sharoit yuzaga keladi. Shaxslararo munosabatlar natijasida o'quvchilarda muayyan nuqtai nazarlar, qarashlar, qadriyatli tushunchalar, imitatsiyalash, reflekiyalash yo'nalishlari vujudga keladi. Shu bilan bir qatorda o'quvchilarning ijtimoiylashuvi tezlashadi, o'z pozitsiyasini egallashga, shaxs sifatida o'zini namoyon etishga intilish kuchayadi. E'tiborli jihatlardan biri shuki, o'quvchilarda shaxslararo munosabatlarga kirishish ko'nikmasi juda yoshlikdan oila muhitida tashkil etilishi lozim. Oila a'zolari bilan munosabat ham shaxslararo munosabatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. O'quvchilar ota-ona, aka-uka, opa-singil, yaqin qarindoshlar bilan o'rnatiladigan munosabatlarga oila sharoitida tayyorlanadi. Bu qadriyatli shaxslararo munosabat bo'lib, bunda o'ziga xos xususiyatlarga, amal qilinishi lozim bo'lgan qoida va an'anlarga tayaniladi. Shaxslararo munosabatlarning shakllanishi zamirida o'quvchilarda bu munosabatlarni uzluksiz davom etishini ta'minlashga bo'lgan intilish, munosabatlarni tahlil qilish, o'z nuqtai nazarini bayon etish, qadriyatli yondashuvni amalga oshirish, o'zini va boshqalarni harakatlarini baholash kabi tanqidiy fikrlashni amalga oshiradi.

2. Muloqot omili. Muloqot bu munosabatga kirishuvchilarning bir-birini eshita olish, tushunish qobiliyatidir. Shaxsda tanqidiy fikrlash shakllanishi uchun muloqot jarayoni muhim

ahamiyatga ega. Muloqotning keng qo'llanildigan turi bu savol-javob bo'lib, bu oilada bola va ota-ona o'rtasida muntazam olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bola tomonidan savolning berilishi tanqidiy fikrlashning shakllanayotganidan dalolat beradi. Bu borada mutaxassislar savollarning oddiy yoki murakkabligi emas, balki, bolada savol berish vositasida ota-ona bilan muloqotga kirshishga intilish muhim ekanligini ta'kidlaydilar. Bolaning savol berishi atrof-olamga, narsa va hodisalarga qiziqishini, ularni qanday qabul qilayotganini, hoxish-istaklarini, intilishlarini belgilaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning ko'p savol berishi keyinchalik uning intellektual rivojlanishiga va maktab davrida tanqidiy fikrlashga aylanadi. Agar bolalar savol bermasa, albatta ularni so'rashga, o'z kuzatuvlari, fikrlarini bildirishga o'rgatish, muloqotga kirishishiga ko'maklashish lozim. Chunki ularda aqliy faoliyatning rivojlanishi bevosita muloqot vositasida amalga oshiriladi.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda ham muloqot asosiy omil hisoblanada. O'quv jarayonida muloqotning eng faol turi - so'rovga asoslangan ta'lim hisoblanadi. Bunda o'quv jarayoni kognitiv tus olib, o'quvchilarni ijodiy faoliyat olib borishga imkon yaratadi. O'quvchilarni ijodkorlikka o'rgatish bu tanqidiy fikrlashning muhim bosqichi bo'lib, o'quvchilar o'zlari yaratgan ijod namunalari orqali o'z g'oyalarini, iqtidorlarini, qarashlarini ifodalash imkoniga ega bo'ladilar. Bunday ijodiy jarayonda o'quvchilar to'plagan bilim, ko'nikma, malaka va tajribalarini qo'llaydilar. Shuningdek ijodiy jarayon o'quvchilarda o'zaro hamkorlikni ham mustahkamlaydi. Shu asosda barcha o'quvchilar bir-biridan o'rganadilar, natijalar va tajribalarni almashadilar, bir-birini rag'batlantirish, maqtash orqali qo'llab-quvvatlaydilar. Munozara va mulohazalarni, o'z tahlillari va baholarini ham taqdim qiladilar. Buning zamiridan o'quvchilarda o'zaro do'stona munosabat hamkorligi asosida tanqidiy fikrlash rivojlanadi.

3. Hamkorlik omili. Shaxslararo munosabatlar va muloqot jarayonining samarali kechishi munosabatga kirishuvchilarning o'zaro hamkorligiga bevosita bog'liqdir. O'quvchilar oilada, ta'lim muassasasida, do'stlari davrasida o'zining tarafdorlari borligini his qilishi ularda o'z fikri, g'oyalari, qarashlari, nuqtai nazarlarini ifodalashga va o'z pozitsiyasini egallashga imkon beradi. Hamkorlik - o'zaro munosabatga kirishuvchilarni bir-birini qo'llab-quvvatlashga, rag'batlantirishi, yon bosishga, e'tirof etishga, kamchiliklarni birga bartaraf etishga yo'naltiruvchi kognitiv jarayondir. O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda hamkorlikning oila hamkorligi, o'quvchi-o'quvchi hamkorligi, o'qituvchi-o'quvchi hamkorligi kabi turli ahamiyatli hisoblanadi. Oilada ota-ona va farzand hamkorligi natijasida oilaviy qadriyatlar, an'analar, hurmat, e'zozlash, oilani qadrlash kabi tushunchalarning mustahkamlanadi.

REFERENCES

1. Pedagogika: ensiklopediya. II jild / tuzuvchilar: jamoa.//Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2015. - 376 b.

2. Pedagogika. Ensiklopediya. III jild. jamoa // Toshkent: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. - 400 b.

3. Paul R. Critical thinking: what every person needs to survive in a Rapidly Changing World/ Sonoma State Uni. 1990

4. Safarova R, Yusupova F. va b. O'quvchilarda o'zaro do'stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko'rsatish ko'nikmalarini shakllantirish jarayonini tashkil etish tamoyillari va parametrlari. T. Fan va texnologiya nashriyoti, 2013. - 142 b

5. Шакирова Д.М "Формирование критического мышления учащихся и студентов: модел и технология". Эдусатионал Течнологй Сосиетй 9(4)2006/ ИССН 1436-4522/ 2006

6. Ф.Ф.Манкина. Критическое мышление учащихся и педагогические способы его формирования. Диссертатсия на соискание ученой степени кандидата педагогических наук. Казан - 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.