O'QUVCHILARDA KASBGA SADOQAT TUYGUSINI
SHAKLLANTIRISHDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING
AXAMIYATI
M.Djumaboyeva Qo'qon DPI
Annotatsiya: Ushbu maqolada mehnat qo'shiqlari orqali talabalarni kasbga yo'naltirishda o'qituvchining o'rni, mexnatsevarlik, kasbga muhabbat, fidoiylik fazilatini shakllantirishda mehnat qo'shiqlarining ahamiyati haqida fikr yuritildi.
Kalit so'zlar: terma, ijodkor, o'lan, an'ana, odat, qo'shiq, odob, ta'lim, bilim san'at, qobiliyat, hunar, mehnat kasb
THE IMPORTANCE OF MUSIC CULTURE LESSONS IN FORMING STUDENTS' SENSE OF LOYALTY TO THE PROFESSION
M.Djumabayeva Kokand DPI
Abstract: In this article, the role of the teacher in directing students to the profession through work songs, the importance of work songs in forming the qualities of hard work, love for the profession, and dedication were discussed.
Keywords: terma, creator, death, tradition, custom, song, manners, education, knowledge, art, ability, craft, profession
Inson turli xil holatlarda bo'lganda musiqa eshitishni xohlaydi. Qanday kayfiyatdaligiga qarab musiqa tanlaydi. Ba'zi insonlar hayotdan zavqlansa, baxtliligini his etsa, xursand, kayfiyati yaxshi bo'lganda sho'x musiqa eshitsalar, g'amga botgan, har xil yomon xotiralarni eslagan, kimnidir sog'ingan, kayfiyati tushgan insonlar esa g'amgin, sokin musiqa eshitadilar.Musiqa ijodiy shaxslar sog'ligi va organizmiga ko'proq ta'sir qiladi, ko'pincha ular musiqadan yo ilhomlanishadi yoki musiqa ularni aksincha zeriktiradi, u doimo bizning xotiralarimiz bilan parallel harakatlanadi.Musiqa - kuchli assotsiativ omildir hisoblanib, u insoniyatni birlashtiradi, uni yaxlitlikka olib keladi.
"Komil musiqa qalbni shunaqa larzaga keltiradiki, bu hissiyotni sevimli mavjudotdan bahra olayotgan kabi holatda bo'lgandek his etasiz, ya'ni musiqa- so'zsiz dunyoda bor bo'lgan eng yorqin baxtni ato etadi."1 Kayfiyatni ko'taradigan musiqa
1 .Chaykovskiy O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
fTTTyiS^^™] 293 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
insonni yashashga, xursandchilik qilishga va yaxshilikka ishonishga undaydi. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib umrbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go'zallikni his eta oladigan bo'lishi kerak. Abu Nasr Farobiy tarbiya haqida shunday degan edi; Ta'lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi. Tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan bo'ladi.2
Olimlardan birlari «Odam Shaxs bo'lish uchun, u ruhiy tomonidan rivojlanishi, o'zini bir butun inson deb his qilmog'i kerak»- degan edi. Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rinni tutgan inson shaxsiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Musiqa tarbiyasi esa, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofidagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va kadrlashga o'rgatadi. O'quvchilarga kasbga sadoqat tuygusini shakllantirishdaumumta'lim maktablaridagi, musiqa madaniyati darslarining ahamiyati katta. O'quvchilar san'at sirlarini tushunishni va qadrlashni, san'atdan baxramand bo'lishni avvalo maktablarda o'rganadilar. Kasbga sadoqat tuygusini shakllantirish uchun esa, musiqa madaniyati dasturlari bilan bir qatorda sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki, sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy va to'garak shakllarida bolalar yalpi tarzda jalb etiladi. Zotan, musiqa tarbiyasi sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo insonni tarbiyalaydi. O'sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go'zallik olamiga olib kiradi. Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy-nafosat bilan bir qatorda kasbga muxabbat tuygusining muhim vositasidir. Insoniyat yaratilibdiki mexnat qilib yashash ko'nikmasi mavjud.Bu xar bir insonga berilgan.Mehnat qo'shiqlari - xalq og'zaki ijodining qadimiy namunalaridan birini tashkil etadi. Bu turdagi aytimlar inson faoliyatining turli jabhalari (masaln, yer haydash, tergirmon yanchish, ip yigirish va x.k.)da ijod etilgan bo'lib, turfa ahamiyat kasb etib kelgan. Yana Abu Nasr Farobiy kasb borasida ;har bir kishi kasb-korni mukammal bilmog'i, yaxshi tarbiya olmog'i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo'lmog'i kerak3. Xususan, bu aytimlar mehnat jarayonini bir maromda uyushqoqlik bilan bajarishga ko'mak berishi qatorida yana mehnatchi qalbiga ko'tarinkilik kayfiyatini jo qilgan, ruhiy dalda bo'lib xizmat qilgan. Mehnat aytimlarining ijtomiy ko'lami o'tmishdda yashagn avlod-ajdodlarimiz uchun yanada keng bo'lgan. Bu toifa aytimlari turli topinish va e'tiqodlar bilan bog'liq rasm-rusm va marosimlarning tarkibiy qismi sifatida ham namoyon bo'lib kelgan. Har holda bizga qadar yetib kelgan mehnat aytimlari misolida shunga ishora alomatlar saqlanib kelganligini aytishimiz mumkin. Ammo shuni ham inobatga olmoq kerakki, xalqimizning dunyoqarashida salkam bir yarim ming yil vaqt mobaynida sodir bo'lgan o'zgarishlar natijasida aksariyat mehnat qo'shiqlari ma'lum transformatsiyaga
2 Jumaboyev Y ., O'zbekistonda falsafa va axloqiy fikrlar taraqqiyoti tarixidan, T., 1997;
3 Fozil odamlar shahri, kitobi T., 1993.
uchragan, ba'zilari esa (muayyan mehnat barobarda), umuman unitilgandir. Bajarilayotgan mehnat turiga ko'ra ta'riflanayotgan aytimlarni uch guruhga bo'lish mumkin:
1. Chorvadolik qo'shig'i;
2. Dehqonchilik qo'shig'i;
3. Hunarmandchilik qo'shig'i.
Chorvachilik qo'shiqlari - aholining chorvachilik bilan bog'liq turmush tarsi va mehnati jarayonida shakl topgan. Ularning bizgacha yetib kelgan namunalari asosan "sog'im qo'shiqlaridan" iborat, ya'ni bu aytimlar sigir, biya, tuya, echki kabi uy hayvonlarini sog'ish paytida kuylanadi. Bu kabi xususiyatlar yuzaga kelishiga esa aytim vaziyati va undan ko'zlangan asosiy maqsad taqozo etadi - sogu'vchi jonivorni mayin tovushlar bilan iydirib, ko'p sut sog'ib olishi kerak. Barakat - mag'izda, hunarli qo'l - og'izdadegan xalq maqoli bejizga aytilmagan.4
Dehqonchilik qo'shiqlari ham mehnat aytimlarda salmoqli qismini tashkil etadi. Ularga oid namunalar esa dehqonchilikning turli faoliyatlari bilan bog'liq holda ijod etilgan. Shuni ham aytish kerakki, hozirgi paytda dehqonlarning mehnati mexanizatsiyalashtirilishi munosabati bilan bu jarayonga oid aytim namunanalari unitilib borilmoqda. Mehnat jarayoniga mansub aytimlarning yana bir turkumiga hunarmandchilik qo'shiqlari tashkil etadi. Bu namunalar asosan charx (ip) yigirish, gilam tuqish do'ppi tikish kabi mehnat vaziyatlari bilan bog'liq xotin-qizlar ijodi bo'lib, chorvadorlik va dehqonchilik qo'shiqlariga nisbatan keyinroq shakllangandir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston PF-da harakatlanish harakati"F-4947-son Farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san'at sohasini yana yordam va takomil boshqarishga doir-tadbirlar" gi Qarori. 2017 yil 31-may №PQ-3022. "Xalq so'zi" gazetasi 1 iyun, 2017 y.
3. Sh.M.Mirziyoev. huquq barqarorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq xalqligining garovi. T.: "O'zbekiston", 2017
4. E.Qobilova The role of a music teacher in the process of educating Children's moral feelings Scopus(International Journal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE)DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.240 ISSN: 1308-5581 V0ol 14, Issue 06 2022
5. E.Qobilova Classical music and youth education Impact factor((Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities ISSN: 2249-7315 Vol. 12, Issue 09, September 2022 SJIF 2022 = 8.625 A peer reviewed journal)
4 To'ra MIRZAYEV, Asqar MUSOQULOV, Bahodir SARIMSOQOVlar 2005 yil "O'ZBEK XALQ MAQOLLARI" kitobidan
6. E.Qobilova Formation of creativity in preschool children by means of folk instruments using advanced foreign experience Impact factor(ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 10, Oct., 2022)
7. E.Qobilova Educationsinifiicance of teaching the history of Turkish Art and culture to students Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Volume 12. 02 february 2023
8. E.Qobilova Formation of creativity in preschool children by means of folk instruments using advanced foreign experience Impact factor(ISSN: 2776-0979, Volume 3, Issue 10, Oct., 2022)
9. E.Qobilova Technologies of forming musical creativity of school children Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Volume 12. 02 february 2023
10. E.Qobilova The role of Azerbaijan classical music of forming the virtue of internationality in students Impact factor Published by International journal of Social Sciences & Interdisciplinary Research, under Vol 12. 2 february 2023.
11. E.Qobilova. Forming a sense of internationality in students through the traditional music of Azerbaijan.IBAST issn;2750-3402/volume 3,isseue10 oktober.
12. E.Qobilova. "Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari."darslik.2023
13. M.Jo'rayev O'zbek xalq ertaklarida "sehrli" raqamlar. -Toshkent: Fan. 2006
y.
14. O'zbek fol'klori ocherklari. I tom - Toshkent: Fan. 2003 yil.
15. Ashirov A. O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari.-Toshkent:
16. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2007.
17. Jabbor Eshonqul. O'zbek fol'klorida tush va uning badiiy talqini. -Toshkent: Fan, 2011.
18. Ibrohimov.O. IX-XI asrlarda o'zbek musiqa madaniyati // Moziydan cado.-2013.