ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
'•'niäios
O'QUVCHILARDA BILIM OLISHGA BO'LGAN IJOBIY MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISH
© N.Inomova1H, N.S.Temirov2H_
12Farg'ona shahar №25 DMTT, Farg'ona, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada ta'lim tizimida o'quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish, ularda mustaqil fikrlash, aqliy faollikni oshirish va ta'lim jarayonini samarali tashkil etishga oid masalalar yoritilgan.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - o'quv jarayonlarida bilish faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashuvchi usul va vositalarni aniqlash, o'quvchilarning qiziqishini oshirish va ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlashga erishishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda ta'lim jarayonida bilish faoliyatini rivojlantirishga oid ilmiy adabiyotlar tahlili va o'quv jarayonidagi kuzatishlar asos qilib olingan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar o'quv vaziyatlarini tashkil etish va o'quvchilarning mustaqil faoliyatga yo'naltirilganligi bilish jarayonini sezilarli darajada samarador qilganini ko'rsatdi. Shuningdek, diqqatni jamlash va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish o'quvchilarning ta'limga bo'lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilgan.
XULOSA: tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim jarayonlari o'quvchilarning aqliy faolligini oshirishga va ularda o'z-o'zini hurmat qilishni shakllantirishga yordam beradi.
Kalitso'zlar: bilish faoliyati, ta'lim jarayoni, mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkur, diqqatni jamlash, o'quv vaziyatlari, o'quvchilar qiziqishi.
Iqtibos uchun: Inomova N, Temirov.N.S. O'quvchilarda bilim olishga bo'lgan ijobiy munosabatlarni shakllantirish. // Inter education & global study. 2024. №9(1). B 406414.
ФОРМИРОВАНИЕ ПОЗИТИВНОГО ОТНОШЕНИЯ К ОБРАЗОВАНИЮ У СТУДЕНТОВ_
© Н. Иномова1И, Н.С.Темиров2И
12Город Фергана 25-ДМТТ, Фергана, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются вопросы организации образовательного процесса в системе непрерывного обучения, акцент сделан на развитие
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE9(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
познавательной активности учащихся, формирование независимого мышления и повышение эффективности образовательных технологий.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — разработка эффективных методов и средств для развития познавательной деятельности учащихся, увеличения их заинтересованности в учебном процессе и повышения качества образования.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования были изучены педагогические и психологические труды, а также проведён анализ образовательного процесса в контексте повышения познавательной активности учащихся.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты исследования показывают, что создание учебных ситуаций и привлечение учеников к активной самостоятельной деятельности способствует значительному улучшению их познавательных способностей, концентрации внимания и логического мышления.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование подтвердило, что использование методов активизации познавательной деятельности в учебном процессе позволяет не только улучшить академическую успеваемость, но и развить у учащихся навыки самостоятельного анализа, самооценки и мотивации.
Ключевые слова: познавательная деятельность, образовательный процесс, самостоятельное мышление, логическое мышление, учебные ситуации, интерес учащихся.
Для цитирования: Иномова Н., Темиров Н.С. Формирование позитивного отношения к учебе у студентов.// Inter education & global study. 2024. №9(1). С. 406-414.
FORMATION OF POSITIVE ATTITUDES TO EDUCATION IN STUDENTS
© Nafosat Inomova1®, Nabijon S. Temirov2®
12Fergana city 25-DMTT, Fergana, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article examines the development of cognitive activities in students within the continuous education system, focusing on fostering independent thinking, intellectual activity, and enhancing the effectiveness of educational processes.
AIM: the main goal of the study is to improve students' cognitive abilities by integrating innovative methods and tools, increasing their engagement in the learning process, and enhancing the quality of education.
MATERIALS aNd METHODS: the research involved analyzing pedagogical and psychological literature, as well as observing educational practices aimed at expanding students' cognitive activities.
DISCUSSION AND RESULTS: the findings demonstrated that designing educational scenarios and involving students in active, independent tasks significantly enhanced their cognitive capabilities, attention focus, and logical thinking skills.
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE9(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
CONCLUSION: the study confirmed that implementing methods to stimulate cognitive activity in the educational process not only improves academic performance but also fosters students' ability to independently analyze, evaluate, and maintain motivation.
Key words: cognitive activity, educational process, independent thinking, logical reasoning, educational scenarios, student engagement, innovative education.
Mamlakatimizda joriy etilgan uzluksiz ta'lim tizimida olib borilayotgan ijobiy ishlar
yo'nalishi O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda, Hetarlicha qayd etilgan. Belgilangan yo'nalishlar uzluksiz ta'limning barcha bo'g'inlari oldiga yuksak vazifalar qo'ymoqda.
Kelajagimiz vorislari bo'lgan yoshlami komil inson sifatida shakllanishlari uchun umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlardan unumli foydalanish, ularni yangi texnika va texnologiya bilan qurollantirish lozim ekanligi qayd etilmoqda. Ta'lim muassasalari, o'qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar zimmasiga yuklatilgan murakkab vazifalar davlat ahamiyatiga ega bo'lib, ularni amaliyotga joriy etish orqali ta'lim va tarbiya texnologiyasini takomillashtirishni, ta'lim olish uzluksizligini puxta va ixcham tizim sifatida ishlashini ta'minlash mumkin.
Bunda ayniqsa, ta'lim tizimi tarbiyalanuvchilarining jismoniy, axloqiy va aqliy etukligini ta'minlash vositalariga alohida e'tibor berish zarur.
Shuning uchun bilim olish, kasbiy tayyorgarlik ta'limning ham obekti, ham subekti hisoblanmish o'quvchidan mustaqil tafakkurni va aqliy faollikni talab qiladi. Har qanday o'quv-tarbiyaviy jarayon ota-onalar, o'qituvchi hamda o'quvchilar munosabatini ifodalovchi murakkab pedagogik tizim hisoblanadi.
Psixologiyada bilish faoliyatini kengayishida ta'lim jarayonlarining o'rni haqida Fransiyalik olim J.Godfruaning "Что TaKoe психология" nomli 2-jilddan iborat kitobida antik dunyodan boshlab inson psixikasi, uning qalbi, hislari, xulqi masalalari diqqat markazda bo'lgan ekanligi, psixologiyaning fan sifatida rivojlanishida faylasuflarning qarashlari, tabiiy fanlar rivoji, 17-asrdan boshlab falsafa fanidan turli fanlarning ajralib chiqishi, 18 va 19-asrlarda Kondilyak, Lokk, Yum yondashuvlari asoslab berilgan. Psixologiyaning bilish jarayonlarining rivojlanishida nemis psixologi va fiziologi Vilgelm Vundt (1832-1920)ning xizmati, uning tomonidan maxsus tajribaviy sinov laboratoriyalarining tashkil etilishi va mohiyati ochib berilgandir.
Rossiyalik psixolog olim R.S.Nemov uch jilddan iborat "Psixologiya" kitobida psixologiya atamasi 16-asrda birinchi marta qo'llanilganligini, ong va o'zini kuzatish tufayli inson o'zidagi psixik xolatlarni o'rgana borganligini, keyinchalik insonning faoliyati sohasida shu psixik jarayonlarni o'rganish zarurati etilganligini izohlab bergan.
For citation: Nafosat Inomova, Nabijon S.Temirov (2024) 'Formation of positive attitudes towards learning in students', Inter education & global study, (9(1)), pp. 406414. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Mazkur holatlarda o'quvchilar o'zaro bilish munosabatlari, muloqotga kirishadilar. Bolalarning bilish faoliyatlari hissiy idrok, nazariy tafakkur va amaliy faoliyat birligidir. U ta'limning har bir bosqichida vujudga keladi va muntazam ravishda rivojlanib boradi. Bilish faoliyati o'quvchilarning ijtimoiy aloqalari va o'quv faoliyatlarining barcha turlarida mustahkamlanadi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchilar bilish faoliyatining kengayishida o'quv jarayonlarida muayyan topshiriqlarni bajarishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik atamalar lug'atida bilishga qo'yidagicha ta'rif beriladi:
1) ta'lim jarayonida o'quvchi va talabalarga taqdim etilgan o'quv materialining o'zlashtirilganlik darajasi;
2) borliq va uning obektiv qonuniyatlarini o'rganish, o'zlashtirish, egallash jarayonidir.
Demak, bilish faoliyati jarayonida o'quvchi taqdim etilgan bilimlarni o'zlashtiradi va tevarak atrofdagi voqelikni anglab etadi.
Ma'lumki, bizni o'rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko'p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta'mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g'adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a'zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz.
Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo'ladi. Chunonchi, nurlarning ko'zimizga ta'sir qilishi natijasida ko'rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to'lqinlarining qulog'imizga ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo'shlig'iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta'siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo'limiz yoki badanimizga tegib ta'sir etish natijasida teri (taktil - biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo'ladi.
Demak, sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz.
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo'lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo'zg'atuvchilarning muayyan resteptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o'tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo'lgani bilan uning yuzaga kelishi o'z-o'zidan hosil bo'lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
1. Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo'lishi ;
2. Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo'lishi ;
Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog'liq bo'ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri natijasidir. Sezgi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
axborotlarini qabul qilib, tanlab, to'plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o'z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo'ladi. Sezgi a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo'llaridan biridir. Ta'lim jarayonida kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ixtiyoriy, barqaror, mustahkam, kuchli, faol ongli diqqatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratilishi lozim. Bilish jarayonida mustaqil aqliy faoliyat ko'rsatish, misollar, masalalar echish, didaktik mashqlar bajarish, takrorlash yordamida ixtiyoriy, ongli diqqat tarkib topadi. 7-8 yoshli bolalarda diqqatni ixtiyoriy tarzda bir nuqtaga jamlash, taqsimlash, ongli ravishda boshqarish ko'nikmalari shakllanadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari ma'lum darajada o'z faoliyatlarini mustaqil rivojlantira oladilar. Ular o'z rejalari, harakatlarining izchilligini so'z orqali tasvirlab beradilar. Rejalashtirish yordamida o'quvchilarning ixtiyoriy diqqatlari tarkib topib rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni bilish faoliyatiga jalb etish turli aqliy faoliyat usullarini taqozo qiladi. O'quvchilarning bilim zaxiralari moddiy olam haqidagi tasavvurlari yordamida boyib borib bilish faoliyatining shakllanishida o'quv jarayoni muhim o'rin egallaydi.
Misol uchun, bolada mantiqiy uylash etilmay turib uni mantiqiy fikr yuritishga o'rgatish foydasiz. 3-7 yoshli davrdagi bolalarning asosiy faoliyati quyidagicha: predmetli o'rganish; Individual va predmetli o'yinlar, jamoaviy syujetli rolli o'yinlar; Individual va guruhlarda ijod; musobaqa o'yinlari; munosabat o'yinlari; ro'zg'or mehnati.
Bolalarning bilish jarayonlarida ushbu o'yinlarning ahamiyati kattadir. Mutaxassislar shaxsning rivojlanishi moddiy olam bilan bog'liq bo'lib inson turmush tarzi uning ongini belgilaydi, deb hisoblaydilar. Insonning bolalikdagi rivojlanishida o'quv-biluv faoliyati muhim o'rin tutadi. O'quvchilar bilish faoliyatining kengayishi, birinchi navbatda, ularning ilmiy hodisalar, fikrlar, g'oyalar, dalillar va xalqning ijtimoiy tajribasini o'zlashtirishlari natijasida amalga oshadi. Pedagogika fanida rivojlanish va o'qitishning o'zaro aloqadorligi o'ziga xos tarixiy taraqqiyot yo'liga ega. Dastlab, pedagoglar o'quvchilarning rivojlanishi o'z-o'zidan amalga oshadi, degan fikrni ilgari surganlar. Ta'limning rivojlanish ta'sirini aniqlaganlaridan so'ng, ular bu ta'sirning beixtiyor xarakterga ega ekanini ta'kidlaganlar. SHu bilan bir qatorda, o'quvchilarni o'qitish va aqliy rivojlantirish muammosi bo'yicha shaxsiy nuqtai nazarlar vujudga keldi.
Mazkur nuqtai nazarning asosiy mohiyati yaxshi tashkil etilgan o'quv jarayoni o'quvchi rivojlanishini jadallashtiradi. Ta'lim nafaqat yakunlangan turkumlarda quriladi.
Ushbu yondashuv asosida pedagogika fanida ta'limda faoliyatli, individual, tabaqalashgan yondashuv nazariyasi vujudga keldi. Shaxsning rivojlanish jarayonida bir xillik mavjud emas.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun bu vaqt obrazli tafakkur qilish asosida intellectual rivojlanish davridir. Bu asosan o'quv-biluv jarayonida amalga oshadi. O'quv biluv jarayonida shaxsning boshqa jihatlari rivojlanmaydi. Biz o'quvchilar uchun etakchi bo'lgan rivojlanish yo'nalishini asoslashga harakat qilamiz. Intellektual rivojlanishda o'z -
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
o'zini hurmat qilishning asosini o'quvchilarning shaxsiy ijobiy tajribasi tashkil qiladi. Bu o'quv-biluv jarayonida namoyon bo'ladi.
Kuzatishlar shuni ko'rsatmoqdaki, aksariyat o'quvchilarda bunday tajriba mavjud emas. O'z faoliyati natijasidan qoniqmaslik o'quvchilar o'z-o'zlarini hurmat qilishlarining asosini tashkil eta olmaydi. Bu yo'nalishda muhim o'rin egallaydigan qonuniyatlardan biri o'quvchilarda muayyan o'quv vaziyatlarida bilish faoliyatining kengayishi, shaxsiy tenglik hamda o'z-o'zlarini hurmat qilishdan iborat. Bu o'quvchilar faoliyatlari orqali namoyon bo'lib bilish jarayonida yo'l qo'yilgan xatolar o'quvchining kayfiyati va rivojlanishiga muayyan ta'sir ko'rsatadi. O'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish jarayonida o'qituvchi o'z oldiga bu faoliyatni qanday kengaytirish kerak, degan savolni qo'yishi lozim. Mavjud ilmiy manbalarning tahlili va amalga oshirilgan kuzatishlar natijasida o'quvchilardagi bilish faoliyati quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: bilish qiziqishlari; o'quv maqsadlari; hissiyotlar: shaxsiy bezovtalik va hissiy barqarorlik; yutuqlarni qo'lga kiritish va muloqot qilishga bo'lgan ehtiyoj; intellektual layoqatlilik va muloqotga kirishuvchanlik; shaxsiy tajribalar hamda ko'nikmalar.
Rus fiziologiyasi va ilmiy psixologiyasining atokdi namoyondasi I. M. Sechenovning (1829—1905) «Bosh miya rsflekslari» degan mashxur asari 1863 yilda bosilib chiqdi. «Insondagi psixik va fiziologik jarayonlar—degan edi Sechenov—bu bir xil tartibdagi hodisalar, bir-biriga yaqin real dunyoga xos bo'lgan hodisalardir».
Sechenov psixik jarayonlarning asosi bosh miya reflekslaridir, degan ta'limotni ilgari surdi. Sechenov davomchisi I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati fiziologiyasiga doir mashhur asarlarida psixik moddiy substrat faoliyatidagi asosiy konuniyatlarni va ayrim jarayonlarning nerv-fiziologik mexanizmlarini ochib berdi. Izlanishlarimizning asosini muayyan o'quv vaziyatlarida o'quvchilarning bilish faoliyatlarini kengaytirishning samarali yo'llarini tashkil qiladi. O'z-o'zini hurmat qilish har bir shaxsning tahliliy sifatidir. Buning tarkibini tahlil qilish orqali o'quvchining mayllari, qadriyatlari, tayanadigan qoidalarini aniqlashga muvaffaq bo'lindi.
O'quv-biluv jarayonida bilish faolligini rivojlantirishga bag'ishlangan tadqiqotlarda o'quvchilarning mustaqilligidan kelib chiqqan holda ular faolligini ta'minlash uch yo'nalishga ajratilgan: namunaga asoslangan taqlidiy; izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik; ijodiy bilish faoliyati. Taqlidiy faoliyat harakatning tayyor namunalari asosida hosil bo'ladi. ideal tarzda bo'lgani singari, predmetlilik asosida ham o'quvchilarni tirishqoq bo'lishga undaydi. Izlanuvchilikka asoslangan ijrochilik faoliyati tadqiqotchilik faoliyati bilan qiyosiy tarzda o'qituvchi tomonidan taklif etilgan muammoli vaziyatlarni echish yo'llarini mustaqil tarzda izlashdan iborat. Ijodiy faoliyat esa bilish faoliyati hosil bo'lishining yuqori shakli sifatida muammolarni echishning yangi, o'ziga xos usullarini izlash, o'z xattiharakatlarini mustaqil boshqarishning yuqori ko'rsatkichlarini namoyon qilish hamda mazkur darajani shaxsiy faollik bilan qiyoslash mumkin.
An'anaviy ta'lim sharoitida bilish faoliyati o'qituvchining o'quvchilarga tayyor bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan harakati sifatida tushuniladi. Mutaxassislar bosqichma-bosqich bilish faoliyatining yangi darajalariga o'tish zarurligini tushuna
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
boshladilar. Dastlab bilimlarning muayyan qismi, keyinchalik esa barcha axborotlar o'quvchilarga tayyor tarzda uzatilmasligi lozimligini mutaxassislar nazariy jihatdan asoslashga muvaffaq bo'ldilar. O'qituvchi o'quvchilarga muloqot asosida taqdim etadigan axborotlarning muayyan qismi mustaqil izlanish uchun asos bo'lishiga erishish nazarda tutilmoqda.
O'quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan ilmiy yondashuvlar ikkita asosiy yo'nalishni o'z ichiga qamrab oladi:
1. Didaktik yondashuvlar. Bunda asosiy e'tibor o'qituvchilar faoliyati, o'quvchilarning bilish faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodik vositalarning o'rnini o'rganishga qaratilgan.
2. Psixologik yondashuv. O'quvchilar o'zlarining psixologik-pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda bilish faoliyatidan foydalanadilar. Bilish jarayonining barcha darajalarini tahlil qilishdan ko'zda tutilgan maqsad - uning turlarini aniqlashdan iboratdir. Chunki bilish turlari ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'zlashtirish usuli sifatida namoyon bo'lishi lozim. SHu bois, bilish faoliyatini o'zlashtirishning turlarini aniqlashni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. O'quvchining bilish faoliyati muayyan ko'rinishlar, shakllar, vositalar, usullar, yo'llar, metodlar yordamida amalga oshiriladi. SHunga ko'ra, quyidagilarni ta'kidlash mumkin: tabiiy sharoitdagi maktab amaliyotida bilish faoliyatini turli-tuman ko'rinishlarda vujudga keltirish; o'quvchi bilish faoliyatining hosil bo'lish turlari, ko'rinishlari, usullari, shakllari, metodlariga ega bo'lishi; o'qituvchilar bilish faoliyati turlarining yagona tasnifi mavjud emas.
Bilish faoliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv jarayonlari loyihalashtirilganda umumlashgan bilish ko'nikmalari o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. CHunki mazkur jarayonda maqsadga yo'naltirilgan maxsus o'quv vaziyatlari amalga oshadi. SHu bilan bir qatorda, o'quvchilarni umumlashgan ko'nikmalarni egallashga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi ularda xususiy xarakterdagi o'quv-biluv ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.
O'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirishda o'quv vaziyatlari o'ziga xos didaktik ahamiyat kasb etadi. O'quv faoliyati shunday vositaki, uning yordamida o'quvchi o'quv predmeti mazmunini o'zlashtirishga intiladi. O'quvchi faoliyati o'quv predmeti mazmunini o'zlashtirishga yo'naltiriladi. Ma'lumki, o'qituvchi o'quvchi faoliyatini boshqarish holatini vujudga keltiradi. Bu jarayon o'quvchi o'z faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgunga qadar uzluksiz tarzda davom etadi. Bu jarayonda o'qituvchining vazifasi o'quvchining mayllarini hisobga olish, rejalashtirish, uning faoliyatini nazorat qilish va tuzatishdir.
O'rganish o'quvchida o'z xatti-harakatiga ishonch tug'diradi. Mazkur ishonchni egallash boshlang'ich ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. Bunga o'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib aksariyat o'quvchilar o'z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganiga guvoh bo'lishi mumkin. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, o'quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatiga ko'proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va bartaraf etish pedagogikaning ustuvor masalalaridandir.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
O'quvchilar maktabga borar ekanlar, o'qituvchilar va sinfdoshlarining mehr-muhabbati, e'tiborini qozonishiga harakat qiladilar.
Muammoning echimi uzluksiz ta'limning o'ta muhim masalalaridan biridir. Bugungi kunda "o'quvchi nima uchun sinfdan-sinfga o'tgan sari o'qishga bo'lgan qiziqishni yo'qotadi?", "Bunga kim aybdor, o'qituvchimi yoki o'qitish metodlarimi?", "O'quvchining bilish jarayoniga bo'lgan qiziqishini uyg'otishda o'qituvchi qanday o'rin egallaydi?", "O'qituvchi qanday qilib, nima yordamida o'quvchilarda o'quv-biluv jarayoniga bo'lgan qiziqishni oshira oladi, bunda qanday vositalardan foydalanish kerak?" kabi savollar o'z echimini kutmoqda.
Pedagoglarning e'tirof etishlaricha, o'quvchining muvaffaqiyatlari uning o'quv-biluv faoliyatiga bo'lgan qiziqishini oshiradi. O'qishga bo'lgan qiziqish o'quvchilarda bilimlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirshdan ruhlangandagina vujudga keladi. O'quvchi mehnati jarayonida quvonchini his qilsa, qiyinchiliklarni bartaraf etganligidan faxrlansa, o'quv jarayoniga alohida qiziqish bilan qaray boshlaydi. SHuning uchun ham o'qituvchi o'quvchilarga o'quv mehnatidan quvonish vaziyatini yaratishi kerak. O'quvchilar qalbida g'urur va o'z muvaffaqiyatlariga loyiqlik hissini tarkib toptirish lozim. Muvaffaqiyat har bir o'quvchi erisha olishi uchun qulay bo'lgan o'quv vaziyatini vujudga keltirish orqali ta'minlanadi. Mutaxassislar o'quv vaziyatida o'quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning rivojlanishida muhim o'rin egallashini ta'kidlab kelmoqdalar. Agar o'quvchiga o'quv vaziyatida muvaffaqiyat qozonish imkoniyati berilsa, u hayotda ham to'g'ri yo'l tanlay oladi.
Xulosa qilib aytganda, o'quv vaziyatini vujudga keltirish o'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishini har tomonlama asoslashga harakat qilmoqdalar. Agar o'quvchi bilishga intilsa, bilim olishga ehtiyoj sezsa, ularda sog'lom mayllar va qiziqishlar hosil bo'ladi va ular bilish jarayonida muvaffaqiyat qozonadilar.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N . Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O'zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o'rni va ularnig turli jihatdan tasniflanishi. Science and Education., (Special Issue 3).
2. Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv. Science and Education, 7(7), 215-220.
3. Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons. Academic research in educational sciences, 2(2).
4. Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ulaming o'zbek tilida ifodalanishi. Science and Education, 1 (Special Issue 4).
5. Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих собственных потребностей. Academic research in educational sciences, (3).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
6. Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning of foreign languages. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2).
7. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal, (6).
8. Samarova, S. R. (2019). Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7(10), 37-43.
9. Samarova, S. R., & Mirzayeva, M. M. (2020). The problem of the formation of creative abilities of students in foreign psychology. An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1937-1943.
10. Рахманова, М. К. (2019). Ёшларнинг маънавий тарбиясида кддимги Урта Осиё маънавий-маданий меросининг ах,амияти. "Глобаллашув шароитида ватанпарварлик тарбиясининг маънавий-маърифий технологиялари" республика илмий-амалий конференцияси, 206-209.
11. Рахманова, М. К. (2019). Изучение стратегии обучения. Приориоритетные векторы развития промышленности и сельскогохозяйства материалы II международной научно-практической конференции, 7, 95-101.
12. Рахманова, М. К. (2019). Талабаларда ижтимоий фаолликни ривожлантиришнинг назарий методологик асослари. Халк таълими, (1), 24-29.
13. Рахманова, М. К. (2019). Таълим технологиялари оркали касб танлашда онгли муносабатни шакллантириш. Халкаро илмий-амалий конференцияси, 323-326.
14. Рахманова, М. (2020). Таълим жараёнида укув мунозараларини ташкил этишда укитувчининг педагогик махорати, ижодкорлиги ва фаоллиги. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal, 4(4), 68-73.
15. Ражабова, И. Т. (2020). Лингводидактические аспекты глаголов, выражающие перемещения, на уроках русского языка с учащимися с узбекским языком обучения. Academic research in educational sciences, (4).
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Nafosat Inamova, psixolog, [Нафосат Инамова, психолог], [Nafosat Inamova,
psychologist]; manzil: 150100, O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Shahar: Farg'ona,
Shifokorlar ko'chasi, 62A [адрес: 150100, Узбекистан, Ферганская область, Город:
Фергана, улица Доктор, 62А], [address: 150100, Uzbekistan, Fergana region, City:
Fergana, 62A, Yekadalar street]
^Temirov Nabijon Soli o g li, professor, [Темиров Набиджон Соли огли,
профессор], [Nabijon S. Temirov doctor of sciences]; manzil: 150100, O'zbekiston,
Farg'ona viloyati, Shahar: Farg'ona, Shifokorlar ko'chasi, 62A [адрес: 150100,
Узбекистан, Ферганская область, Город: Фергана, улица Доктор, 62А], [address:
150100, Uzbekistan, Fergana region, City: Fergana, 62A, Yekadalar street].