Научная статья на тему 'O„QUVCHILARNING KREATIV SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA ULARNING QIZIQISHLARI, LAYOQATI VA TALABLARINI HISOBGA OLISH'

O„QUVCHILARNING KREATIV SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA ULARNING QIZIQISHLARI, LAYOQATI VA TALABLARINI HISOBGA OLISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

8
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O„QUVCHILARNING KREATIV SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA ULARNING QIZIQISHLARI, LAYOQATI VA TALABLARINI HISOBGA OLISH»

O„QUVCHILARNING KREATIV SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA ULARNING QIZIQISHLARI, LAYOQATI VA TALABLARINI HISOBGA

OLISH

S. M. Abduxamidov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti dotsent v.b. Pedagogika fanlaribo'yicha falsafa (PhD) doktori

N. Sh. Xoliqova

Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 2-kurs (sirtqi) 22/35-guruh talabasi, O'zbekiston

So'nggi yillarda nafaqat yurtimizda, balki yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimida o'quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e'tibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda ta'lim muassasalarida o'qituvchilar darslarda talabalarning erkin fikr yuritishlarini ta"minlay olishlari kerak. Xuddi shu holatdagina ularning fikrlari kreativlik kasb etadi. "Kreativlik darslarida talabalar birgina "to'g'ri" javobni izlash o'rniga o'zlarini erkin va hotirjam sezishlari va yuzaga kelgan muammolarga turli yechimlarni izlab topishlari maqsadga muvofiqdir. Qancha ko'p g'oya va fikrlarni o'rtaga tashlasalar, shuncha ko'p g'oyalar kreativ bo'ladi. O'quvchilar "Aqliy hujum" metodidan foydalanganlarida noaniqlikka duch kelishlari mumkin.

Kelajagimiz vorislari bo'lgan yoshlarni komil inson sifatida shakllanishlari uchun umuminsoniy va milliy madaniy qadriyatlardan unumli foydalanish, ularni yangi texnika va texnologiya bilan qurollantirish lozim ekanligi qayd etilmoqda.

Ta'lim muassasalari, o'qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar zimmasiga yuklatilgan murakkab vazifalar davlat ahamiyatiga ega bo'lib, ularni amaliyotga joriy etish orqali ta'lim va tarbiya texnologiyasini takomillashtirishni, ta'lim olish uzluksizligini puxta va ixcham tizim sifatida ishlashini ta'minlash mumkin. Bunda ayniqsa, ta'lim tizimi tarbiyalanuvchilarining jismoniy, axloqiy va aqliy etukligini ta'minlash vositalariga alohida e'tibor berish zarur. Shuning uchun bilim olish, kasbiy tayyorgarlik ta'limning ham obekti, ham subekti hisoblanmish o'quvchidan mustaqil tafakkurni va aqliy faollikni talab qiladi. Har qanday o'quv-tarbiyaviy jarayon ota-onalar, o'qituvchi hamda o'quvchilar munosabatini ifodalovchi murakkab pedagogik tizim hisoblanadi.

Kreativ pedagogika muammolari yaxlit pedagogik nazariya va boshqa ijtimoiy fanlar tizimida: pedagogika tarixi va ta'lim falsafasi, umumiy va kasbiy pedagogika va psihologiya, o'qitish va tarbiyalash usullari va texnologiyalari, kasbiy etika va

138

May 3, 2024

boshqalarda ko'rib chiqiladi. Doimiy o'zgarib turadigan tashqi va ichki dunyo, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va faoliyat mazmuniga mos keladigan kreativ shaxsning shakllanishi va rivojlanishi inson ontogenezining butun davri - tug' ilishdan to umrining oxirigacha davomiylik, uzluksizlik va qamrab olishni talab qiladi. Mahalliy pedagogikada shaxsning kasbiy va ijodiy salohiyatini shakllantirish va rivojlantirish asosida uning kasbiy va ijodiy faoliyati tajribasini shakllantirish va rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlar deyarli yo'q.

Kreativlik (lot., ing. "create" - yaratish, "creative" yaratuvchi, ijodkor) individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlari, zehni o'tkirligini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.

An'anaviy professional tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning birlashuvi sifatida aniqlanadi. Bu faoliyatni o'zlashtirish jarayonida tajribaning shakllanishi o'z-o'zidan sodir bo'lishini anglatadi. Ijodiy faoliyat tajribasini o'rganish masalasi umuman ko'tarilmaydi.

Kreativ pedagogika - bu ijodiy ta'lim fani va san'atidir. Bu pedagogikaning majburlash pedagogikasi, hamkorlik pedagogikasi, tanqidiy pedagogika kabi pedagogika turlariga qarama-qarshi bo'lgan pedagogikaning bir turi hisoblanadi.

Kreativ pedagogika o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, kelajagini yaratuvchisi bo'lishga o'rgatadi.

Kreativ pedagogika, har qanday fanga, xoh matematika, xoh fizika, xoh tillar, xoh iqtisod bo'lsin, qo'llanilish mumkin bo'lgan pedagogikadir. Ma'lum darajada aytish mumkinki, uning metodologiyasi o'qitish va o'rganish jarayonini o'zgartiradi.

O'quvchilar o'zaro bilish munosabatlari, muloqotga kirishadilar.

Bolalarning bilish faoliyatlari hissiy idrok, nazariy tafakkur va amaliy faoliyat birligidir. U ta'limning har bir bosqichida vujudga keladi va muntazam ravishda rivojlanib boradi. Bilish faoliyati o'quvchilarning ijtimoiy aloqalari va o'quv faoliyatlarining barcha turlarida mustahkamlanadi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchilar bilish faoliyatining kengayishida o'quv jarayonlarida muayyan topshiriqlarni bajarishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi.

An'anaviy ta'lim sharoitida bilish faoliyati o'qituvchining o'quvchilarga tayyor bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan harakati sifatida tushuniladi. Mutaxassislar bosqichma-bosqich bilish faoliyatining yangi darajalariga o'tish zarurligini tushuna boshladilar. Dastlab bilimlarning muayyan qismi, keyinchalik esa barcha axborotlar

139

May 3, 2024

o'quvchilarga tayyor tarzda uzatilmasligi lozimligini mutaxassislar nazariy jihatdan asoslashga muvaffaq bo'ldilar.

O'qituvchi o'quvchilarga muloqot asosida taqdim etadigan axborotlarning muayyan qismi mustaqil izlanish uchun asos bo'lishiga erishish nazarda tutilmoqda. O'quvchilarning bilish faoHyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan ilmiy yondashuvlar ikkita asosiy yo'nalishni o'z ichiga qamrab oladi:

1. Didaktik yondashuvlar. Bunda asosiy e'tibor o'qituvchilar faoliyati, o'quvchilarning bilish faoHyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodik vositalarning o'rnini o'rganishga qaratilgan.

2. Psixologik yondashuv. O'quvchilar o'zlarining psixologik-pedagogik xususiyatlarini hisobga olgan holda bilish faoliyatidan foydalanadilar. Bilish jarayonining barcha darajalarini tahlil qilishdan ko'zda tutilgan maqsad - uning turlarini aniqlashdan iboratdir. Chunki bilish turlari ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'zlashtirish usuli sifatida namoyon bo'lishi lozim. Shu bois, bilish faoliyatini o'zlashtirishning turlarini aniqlashni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. O'quvchining bilish faoliyati muayyan ko'rinishlar, shakllar, vositalar, usullar, yo'llar, metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shunga ko'ra, quyidagilarni ta'kidlash mumkin:

1. Tabiiy sharoitdagi maktab amaliyotida bilish faoliyatini turli-tuman ko'rinishlarda vujudga keltirish.

2. O'quvchi bilish faoliyatining hosil bo'lish turlari, ko'rinishlari, usullari, shakllari, metodlariga ega bo' lishi.

3. O'qituvchilar bilish faoliyati turlarining yagona tasnifi mavjud emas. Bilish faoliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'quv jarayonlari loyihalashtirilganda umumlashgan bilish ko'nikmalari o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. Chunki mazkur jarayonda maqsadga yo'naltirilgan maxsus o'quv vaziyatlari amalga oshadi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchilarni umumlashgan ko'nikmalarni egallashga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi ularda xususiy xarakterdagi o'quv-biluv ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.

O'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirishda o'quv vaziyatlari o'ziga xos didaktik ahamiyat kasb etadi.

O'quv faoliyati shunday vositaki, uning yordamida o'quvchi o'quv predmeti mazmunini o'zlashtirishga intiladi.

O'quvchi faoliyati o'quv predmeti mazmunini o'zlashtirishga yo'naltiriladi. Ma'lumki, o'qituvchi o'quvchi faoliyatini boshqarish holatini vujudga keltiradi. Bu jarayon o'quvchi o'z faoliyatini mustaqil boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgunga qadar uzluksiz tarzda davom etadi. Bu jarayonda o'qituvchining vazifasi

140

May 3, 2024

o'quvchining mayllarini hisobga olish, rejalashtirish, uning faoliyatini nazorat qilish va tuzatishdir.

O'rganish o'quvchida o'z xatti-harakatiga ishonch tug'diradi. Mazkur ishonchni egallash boshlang'ich ta'lim jarayonida amalga oshiriladi. Bunga o'quvchining bilish faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Bugungi kunga kelib aksariyat o'quvchilar o'z bilim zahiralarini kengaytirishga intilmayotganiga guvoh bo'lishi mumkin. Ular darslarda faol ishtirok etmaydilar, o'quv jarayonidan tashqaridagi erkin faoliyatiga ko'proq qiziqadilar. Buning sabablarini izlash va bartaraf etish pedagogikaning ustuvor masalalaridandir.

O'quvchilar maktabga borar ekanlar, o'qituvchilar va sinfdoshlarining mehrmuhabbati, e'tiborini qozonishiga harakat qiladilar.

Muammoning echimi uzluksiz ta'limning o'ta muhim masalalaridan biridir. Bugungi kunda

- o'quvchi nima uchun sinfdan-sinfga o'tgan sari o'qishga bo'lgan qiziqishni yo'qotadi?

- bunga kim aybdor, o'qituvchimi yoki o'qitish metodlarimi?

- o'quvchining bilish jarayoniga bo'lgan qiziqishini uyg'otishda o'qituvchi qanday o' rin egallaydi?

- o'qituvchi qanday qilib, nima yordamida o'quvchilarda o'quv-biluv jarayoniga bo'lgan qiziqishni oshira oladi, bunda qanday vositalardan foydalanish kerak? Kabi savollar o'z echimini kutmoqda.

Pedagoglarning e'tirof etishlaricha, o'quvchining muvaffaqiyatlari uning o'quv-biluv faoliyatiga bo'lgan qiziqishini oshiradi.

O'qishga bo'lgan qiziqish o'quvchilarda bilimlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirshdan ruhlangandagina vujudga keladi.

O'quvchi mehnati jarayonida quvonchini his qilsa, qiyinchiliklarni bartaraf etganligidan faxrlansa, o'quv jarayoniga alohida qiziqish bilan qaray boshlaydi. Shuning uchun ham o'qituvchi o'quvchilarga o'quv mehnatidan quvonish vaziyatini yaratishi kerak. O'quvchilar qalbida g'urur va o'z muvaffaqiyatlariga loyiqlik hissini tarkib toptirish lozim. Muvaffaqiyat har bir o'quvchi erisha olishi uchun qulay bo'lgan o'quv vaziyatini vujudga keltirish orqali ta'minlanadi.

Mutaxassislar o'quv vaziyatida o'quvchining bilish ehtiyojlarini qondirish uning rivojlanishida muhim o'rin egallashini ta'kidlab kelmoqdalar. Agar o'quvchiga o'quv vaziyatida muvaffaqiyat qozonish imkoniyati berilsa, u hayotda ham to'g'ri yo'l tanlay oladi.

141

May 3, 2024

Pedagoglarda kreativlik sifatlari, ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini rivojlantirish borasida Amerikali tadqiqotchi Patti Drepeau tomonidan taklif qilingan yo'llarda foydalanish kutilgan natijalarni qo'lga kiritishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirisha ustuvor tamoyillar asosida ish ko'rish aniq maqsaga yo„naltirilgan faoliyat samaradorligini kafolatlaydi. Malaka oshirish kurslarida amaliy mashg' ulotlar jarayonida pedagoglarning kreativlik imkoniyatlarining aniq mezonlar asosida aniqlash, daraja ko'rsatichlarini baholash asosida bu boradagi yutuq va kamchiliklarni belgilash, yutuqlarni boyitish, kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash mumkin bo'ladi.

References / Adabiyotlar

1. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. "Sano-standart" Toshkent. 2017.

2. Djuraev R.X. va boshqalar. Pedagogik atamalar lug'ati. - Toshkent: Fan, 2008.

3. Z.K. Ismoilova. Pedagogikadan amaliy mashg'ulotlar. - Toshkent: Fan, 2001.

4. M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Pedagogika. - Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.

5. Hoshimov K., S.Ochil. O'zbek pedagogikasi antologiyasi. O'quv qo'll. I-jild. -Toshkent: O'qituvchi, 2010.

6. I.Yo'ldoshev, S.Muhamedova, Z.Xolmanova, R.Majidova, Sh.Sultonova. Mutaxassislikka kirish. - Toshkent: "Barkamol fayz media", 2018.

7. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B.X.Xodjaev. - Toshkent: Sanostandart, 2017.

8. Quronov M. Milliy tarbiya. - Toshkent: Ma'naviyat. 2007.

142

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.