INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© A.Yu. Turumbetova1H_
1Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Nukus, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada bolaning o'quv faoliyati, uquv-biluv motivin shakillantirish, bolaning psixologik rivojlanishi, o'quv faoliyatini baholash, boshlang'ich maktab yoshi haqida so'z borgan.
MAQSAD: jahon amaliyotida yoshlarning ta'lim shaklini erkin tanlash, intellektual o'sishini ta'minlovchi o'quv-biliuv motivatsiyasini rivojlantirish, ijodiy xarakterdagi faoliyat turlarini tashkil etish tendensiyasi kuzatiladi. Ta'lim oluvchilarning individual perspekti vasini yaratishda shaxsga yo'naltirilgan refleksiv qobiliyatlar, hayotiy ko'nikmalarni tarkib toptirish hamda o'z-o'zini rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish muhim o'rin tutadi. Dunyoda ta'lim oluvchilarning kreativ rivojlanish trayektoriyasini belgilash, selektiv hamkorlikni yo'lga qo'yish, o'quv faoliyatini rag'batlantirish va motivlashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, shaxs sifatida o'zini o'zini rivojlantirish kompetensiyalarni faollashtiruvchi vositalarni tanlash, o'rganilayotgan muammoga tizimli yondashish, mantiqiy tafakkurni shakllantirishda o'quv fanlarining mazmuni qatori bilishga intilish yo'llarini takomillashtirishga doir mustaqil ishlarni tashkil etish mexaniz mi tadqiq etilmoqda.
MATERIALLAR VA METODLAR: Respublikamizda uzluksiz ta'lim mazmunini xalqaro baholash dasturlari talablariga moslashtirish, o'quvchilarda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishga doir yangi davlat ta'lim standartlari, "Milliy o'quv dasturi", integrativ yondashuvga asoslangan darsliklar, o'quv va metodik qo'llanmalar yaratilmoqda. "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonda belgilangan "kichik yoshdan o'quvchilarda o'qishga sog'lom, kuchli va ta'sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o'sishni mustaqil rejalashtiish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish" vazifalari boshlang'ich ta'lim mazmunini ilg'or tajribalar asosida isloh qilish, o'quvchilarda kichik yoshidan bilim olishga bo'lgan ehtiyoj va qiziqishlarni rag'batlantirish, o'ziga bo'lgan ishonchni tarbiyalash strategiyalarni ishlab chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi [1].
MUHOKAMA Va nAtIJALAR: uquvchilarni o'qishga, o'quv faoliyati usullarini egallashga o'rgatish asosida o'rganishga qadriyatli munosabatni shakllantirish turli axborot manbalaridan foydalanish qobiliyatini rivojlantirish, bilish faolligining samarali usullarini qo'llashga o'rgatish; o'zi o'rganayotgan narsa-hodisalarning mazmun-mohiyatini tushunib
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yetishiga tegishli I shart-sharoit yaratiladi. Boshlang'ich sinflar "O'qish" darslarida o'quvchilarning o'quv-biluv faolligini oshirish orqali mustaqil fikrlashni shakllantirish, mavzularda ilgari surilgan g'oyalarni anglab yetish, tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish va tegishli xulosalarga kelish imkoniyati ortadi.O'quvchilarning bilish faolligini oshirishga doir yondashuvlar bir vaqtning o'zida o'quv-biluv faolligining jarayonli va tashkiliy tomonlarini takomillashtirish hamda o'quvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirish; ta'lim texnologiyalari yordamida o'quvchilar o'quv-biluv motivatsiyasini shakllantirish orqali badiiy-estetik tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.Uquvchilarning o'quv-biluv motivatsiyasiga qaratilgan sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari sinfda o'qib-o'rganish jarayonidagi kabi bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Lekin farqli jihati shundaki, u, asosan, o'quvchilarning mustaqilligiga va shaxsiy qiziqishlariga tayangan holda tashkil etilishi bilan ahamiyatlidir.
Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, metodika, motivatsiya, mustaqil ishlar,o'qish darslari.
СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ ФОРМИРОВАНИЯ МОТИВАЦИИ УЧЕНИЯ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ ЧЕРЕЗ САМОСТОЯТЕЛЬНУЮ РАБОТУ_
© А.Ю. Турумбетова1И
Жукусский государственный педагогический институт имени Ажинияза, Нукус, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье говорится об учебной деятельности ребенка, формировании учебного мотива, о психологическом развитии ребенка, об оценке учебной деятельности, о младшем школьном возрасте.
ЦЕЛЬ: в мировой практике наблюдается тенденция свободного выбора формы обучения молодежи, развития учебной мотивации, обеспечивающей интел-лектуальный рост, и организации деятельности творческого характера. Развитие личностно-ориентированных рефлексивных способностей, состава жизненных навыков и механизмов саморазвития имеет важное значение в формировании индивидуального мировоззрения обучающихся. В мире проводятся научно-исследовательские работы с целью определения траектории творческого развития учащихся, налаживания избирательного сотрудничества, стимулирования и мотивации учебной деятельности. Исследуется механизм организации самостоятельной работы по совершенствованию способов стремления к познанию содержания учебных предметов при формировании логического мышления.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в нашей республике создаются новые государственные образовательные стандарты, «Национальная учебная программа», основанные на интегративном подходе учебники, учебно-методические пособия, позволяющие адаптировать содержание непрерывного образования к
Iqtibos uchun: Turumbetova A.Yu. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv-biluv motivatsiyasini mustaqil ishlar vositasida shakllantirishning mavjud holati. // Inter education & global study. 2024. №8. B.45-53.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
требованиям международных оценочных программ, формировать базовые и предметные компетенции у студентов. Задачами, определенными в Постановлении «Об утверждении Концепции развития системы народного образования Республики Узбекистан до 2030 года», являются «формирование у учащихся здоровой, сильной и эффективной мотивации к учебе с раннего возраста и развитие способностей выбирать профессию, самостоятельно планировать профессиональный рост, приобретать современные профессии» на основе передового опыта. Реформирование, стимулирование потребности и интересов учащихся к обучению с раннего возраста, воспитание уверенности в себе, служит расширению возможностей разработки стратегии [1].
ВЫВОД: в заключение можно сказать, что на основе обучения учащихся чтению необходимо овладевать методами учебной деятельности, формировать ценностное отношение к учебе, развивать умение пользоваться различными источниками информации, учить их использовать эффективные методы. познавательной деятельности; ему создаются условия для понимания сути изучаемого предмета. За счет повышения учебно-познавательной активности учащихся классов «Чтение» начальных классов увеличиваются возможности формирования самостоятельного мышления, понимания, анализа, сравнения, обобщения и прихода к соответствующим выводам, совершенствование методических и организационных аспектов и всестороннее развитие. личности студентов; с помощью образовательных технологий служит развитию художественно -эстетического мышления учащихся путем формирования учебной мотивации. Внеклассная учебная деятельность, направленная на учебную мотивацию учащихся, обеспечивает формирование знаний, умений и навыков, как в процесс обучения в классе. Но разница в том, что она в основном организуется исходя из самостоятельности и личных интересов студентов.
Ключевые слова: начальный класс, методика, мотивация, самостоятельная работа, изучение уроков.
THE CURRENT STATE OF FORMATION OF LEARNING MOTIVATION OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS THROUGH INDEPENDENT WORK_
© Aygul Yu. Turumbetova1®
_1Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz, Nukus, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article talks about the child's educational activity, the formation of the educational motive, the psychological development of the child, the evaluation of the educational activity, and the primary school age.
Для цитирования: Турумбетова А.Ю. Современное состояние формирования мотивации учения учащихся начальных классов через самостоятельную работу. // Inter education & global study. 2024. №9. С. 45-53.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
AIM: in world practice, there is a tendency to freely choose the form of education of young people, to develop educational motivation that ensures intellectual growth, and to organize activities of a creative nature. The development of person-oriented reflexive abilities, life skills composition, and self-development mechanisms are important in creating an individual perspective of learners. Scientific research work is being carried out in the world to determine the trajectory of creative development of learners, to establish selective cooperation, to stimulate and motivate educational activities. The mechanism of organizing independent work on improving the ways of striving to know the content of academic subjects in the formation of logical thinking is being researched.
DISCUSSION AND RESULTS: in our republic, new state educational standards, "National Curriculum", textbooks based on an integrative approach, educational and methodical manuals are being created to adapt the content of continuous education to the requirements of international assessment programs, to form basic and subject-related competencies in students. The tasks defined in the Decree "On Approving the Concept of Development of the Public Education System of the Republic of Uzbekistan until 2030" are "to form a healthy, strong and effective motivation to study in students from an early age and to develop the ability to choose a profession, independently plan professional growth, and acquire modern professions" based on best practices. reforming, stimulating the need and interests of students to learn from an early age, nurturing self-confidence, serves to expand the possibilities of developing strategies [1].
CONCLUSION: in conclusion, it can be said that on the basis of teaching students to read, to master the methods of educational activities, to form a valuable attitude to learning, to develop the ability to use various information sources, to teach them to use effective methods of cognitive activity; conditions are created for him to understand the essence of the things he is studying. By increasing the educational and cognitive activity of the students in the "Reading" classes of primary grades, the possibility of forming independent thinking, understanding, analyzing, comparing, summarizing and coming to relevant conclusions increases. improvement of procedural and organizational aspects and comprehensive development of students' personalities; with the help of educational technologies, it serves to develop the artistic and aesthetic thinking of students by forming educational motivation. Out-of-class study activities aimed at educational motivation of students provide for the formation of knowledge, skills and qualifications, as in the process of learning in the classroom. But the difference is that it is mainly organized based on students' independence and personal interests.
Keywords: primary class, methodology, motivation, independent work, lesson
study.
For citation: Aygul Yu. Turumbetova. (2024) 'The current state of formation of learning motivation of primary school students through independent work', Inter education & global study, (9), pp. 45-53. (In Uzbek).
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 9
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'quvchilarning o'quv-biluv motivatsiyasini shakllantirish boshlang'ich ta'limning asosiy muammolaridan biri sifatida baholanadi. Uning dolzarbligi o'qish darslari mazmunini yangilash, bilimlarni mustaqil o'zlashtirish usullarini egallash va o'quvchilarda faol hayotiy pozitsiyani rivojlantirish bo'yicha vazifalarni belgilash bilan chambarchas bog'liq. Zero, "O'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra boshlang'ich ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Barcha predmet darslarini o'qish faoliyatisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Chunki matnni tushunib, bir maromda, to'g'ri va ifodali o'qishni o'rgatish o'qish orqali DTS bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan bilimlarni hamda o'quv-biluv ko'nikma va malakalarni egallashlariga yo'l ochiladi". Darhaqiqat, aynan o'qish darslarigina insonning o'zligini, olam sir-sinoatlarini anglash, tushunish va idrok etishga bo'lgan intilishlariga turtki beradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishda o'qish fani o'quv dasturlarida rejalashtirilgan materiallarning sinfdan sinfga o'tgan sari mavzu va mazmuni jihatidan kengayib borishi muhim o'rin tutadi. Har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligi, poetik mukammalligi, o'quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishi ham bu borada e'tiborga molik [2].
Ma'lumki, boshlang'ich ta'lim sohasidagi dolzarb muammolar aksariyat o'quvchilarda bilim olish motivlarining yo'qligi bilan tavsiflanadi. Shu bois ularda o'zlashtirish darajasidagi asosiy ko'rsatkichlar pasayishiga olib keladi. Turli darajada o'zlashtiruvchi o'quvchilar uchun o'quv faoliyati har xil ma'noga ega. Muayyan holatda boshlang'ich sinf o'quvchisi uchun o'quv-biluv motivatsiyasi va mustaqil ishlar mohiyatini aniqlash o'qituvchining pedagogik ta'sir choralarini belgilashida hal qiluvchi o'rin tutadi. Ta'limning shaxsiy ma'nosi o'quvchining o'quv jarayoniga ichki subyektiv munosabati, ya'ni o'quv jarayonining o'ziga, tajribasiga va hayotiga nisbatan qo'llanilishi mumkin.
Mustaqil ishlarni tushunish va uning shaxsiy ahamiyatini anglash bilim olish jarayonida o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Mustaqil ishlar jarayonida o'quvchilarda bilim olish va uni o'zlashtirish usullariga bo'lgan faol ichki istakni shakllantirish maqsadga muv ofiq. Boshlang'ich sinflarda, xususan, o'qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etishning o'ziga xos jihatlari mavjud. Shunga ko'ra, ta'lim mazmuni va metodlari o'qituvchi tomonidan ma'lum yoshdagi o'quvchilar ehtiyojlariga mos kelishi yoki kelmasligi k abi nuqtai nazardan tahlil qilinishi kerak.
O'qish darslarida mashg'ulot boshlanishidan oldin o'quvchilarda o'quv faoliyati, xususan, mustaqil ishlar haqida ma'lum bir fikr paydo bo'ladi. Keyinchalik esa ular sezilarli darajada o'zgarishi mumkin. O'quv-biluv motivlari o'quvchilarda ijtimoiy muhit va oilasida qabul qilingan axloqiy qadriyatlar bilan belgilanadigan mustaqil ishlarning obyektiv ahamiyatini anglashi; mustaqil o'rganishning o'zi uchun ahamiyatini tushunish, intilishlari darajasi, o'zini o'zi boshqarishi va baholashi hamda o'zaro munosabat lar orqali namoyon bo'ladi. Bularning barchasi o'qish darslarida bo'lganligi sababli ta'lim mazmuni o'quv faoliyatining rivojlanishi bilan sifat jihatidan o'zgarishi mumkin. Tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatadiki, o'quvchilar mustaqil ishlar ma'nosini tushunganlarida, o'quv faoliyatidagi muvaffaqiyatlar sifat jihatidan ortadi, bilim zaxirasi va samaradorligi, o'zlashtirish darajasi o'sadi, o'quv materialini o'zlashtirish osonlashadi, diqqati faollashadi, faoliyati
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yaxshilanadi. Demak, mustaqil o'rganishning ma'nosi va ahamiyati o'quvchi shaxsining asosiy motivatsion komponentidir.
O'quv-biluv motivatsiyasi tahlilida motivlar guruhlarini tavsiflash bo'yicha yondashuvlarga tayanish kerak. Jumladan, birinchi tasnif varianti motivlarning kognitiv va ijtimoiy guruhini ko'rib chiqishni o'z ichiga oladi. Kognitiv motivlar o'quv faoliyati m azmuni va uni amalga oshirish jarayoni bilan bog'liq. Ular o'quvchilarning yangi bilimlar va mustaqil ishlarni amalga oshirish ko'nikmalarini egallashga yo'naltirilganligini ko'rsatadi. Kognitiv motivlar mustaqil ishlarga nisbatan qiziqishning chuqurligi, ya'ni yangi faktlar, hodisalar, ularning muhim xususiyatlari, birinchi deduktiv xulosalar, qonuniyatlar va tendensiyalar, nazariy tamoyillar, asosiy g'oyalar bilan belgilanadi.
Ushbu guruhga o'quvchilarning mustaqil ishlarni bajarish usullarini o'zlashtirishga yo'naltirilganligini ko'rsatadigan motivlar ham kiradi. Ular bilimlarni mustaqil egallash, ilmiy bilish, o'quv ishlari va o'z-o'zini tartibga solish usullariga qiziqish, o'z o'quv faoliyatini oqilona tashkil etishdan iborat. O'quv-biluv motivlari o'zida o'quvchilarning o'z-o'zini tarbiyalash va mustaqil ishlarni bajarish istagini amalga oshirishga qaratiladi.
Ijtimoiy motivlar o'quvchining atrofidagilar bilan ijtimoiy o'zaro ta'sirining har xil turlari, jumladan, jamiyatga foydali bo'lish uchun bilim olish, o'z burchini bajarishga intilish, o'rganish zarurligini tushunish, mas'uliyat hissidan iborat. Bunda ijti moiy zaruriyat, burch va mas'uliyatni anglash, kasb tanlashga puxta tayyorgarlik ko'rishga intilish motivlari katta ahamiyatga ega.
Ijtimoiy motivlarga o'zaro munosabatlarda ma'lum bir nuqtai nazarga ega bo'lish, ularning ma'qullanishi va boshqalar obro'-e'tiborini qozonish istagida ifodalangan pozitsion motivlar ham kiradi. Pozitsion motiv - yetakchi o'rnini egallash, boshqa o'quvchilarga ta'sir qilish, jamoada hukmronlik qilish kabi o'zini o'zi namoyon qilishga intilishida namoyon bo'lishi mumkin.
Ijtimoiy hamkorlik motivlari mohiyatiga o'quvchi nafaqat boshqalar bilan muloqot qilishni xohlashi, balki o'zi, o'qituvchisi, sinfdoshlari bilan munosabatlari yo'llari va shakllarini tushunishga, tahlil qilishga va ularni doimiy ravishda takomillashtirishga intilishi ham xos. Bu motiv o'z-o'zini tarbiyalash uchun muhim asosdir.
O'quv-biluv motivatsiyasi ikkinchi variantiga motivlar va ta'lim faoliyati o'rtasidagi munosabatni tavsiflaydigan turi mansub. Muayyan faoliyatni rag'batlantiruvchi motivlar (o'rganish jarayoni) unga bevosita bog'liq bo'lmasa, ular bu faoliyatga nisbatan t ashqi deyiladi. Agar bevosita ta'lim faoliyati bilan bog'liq bo'lsa, ular ichki motivlar deyiladi.
O'rganish motivi ichki (mustaqil kognitiv ishlarni bajarishda) yoki tashqi (kattalarga yordam berishda) bo'lishi mumkin. Ichki motivlar faoliyat jarayoni va natijasiga qiziqish, o'z -o'zini rivojlantirishga odatlanish, har qanday sifat yoki qobiliyatni rivojlantirish kabilardan iborat.
Tashqi motivlar burch, majburiyat, qarindoshlar, o'qituvchilar va boshqalarning bosimi tufayli tengdoshlar orasida ma'lum bir mavqega erishish uchun amalga oshirilganda paydo bo'ladi. Agar o'quvchi muammoni hal qilsa, unda bu harakatning tashqi sabablari bo'lishi mumkin: yaxshi baho olish istagi, do'stlariga muammolarni hal qilish qobiliyatini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ko'rsatish, o'qituvchisining maqtoviga erishish va boshqalar. Bu holatda ichki motivlar sifatida muammoni hal qilish jarayoniga, yechim topishga, natijaga qiziqishni qayd etish mumkin. Shuni hisobga olish kerakki, motiv har doim, bir tomondan, o'quvchi ong ining ichki xususiyati, uning faoliyatga motivatsiyasi, boshqa tomondan esa, bunday impuls tashqaridan, boshqalar ta'sirida paydo bo'lishi mumkin. Agar motiv kattalar nazorati va eslatmasisiz yangilanmasa, demak, u o'quvchi uchun tashqidir. Mashg'ulot jara yonida o'qituvchi o'quvchilarda, avvalo, ichki motivlarni rivojlantirishga oid maqsad qo'ya bilish va unga erishishga harakat qilishi kerak.
O'quv-biluv motivlarini tasniflashning uchinchi versiyasi motivatsiyada muvaffaqiyatga erishish va muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik tendensiyasi mavjudligiga asoslanadi. Muvaffaqiyatga erishishda turtki o'quvchilar, odatda, o'z oldilariga ijobiy maqsadlar qo'yishi, uni amalga oshirishda faol ishtirok etishi va ushbu maqsadga erishish uchun vositalarni tanlashida namoyon bo'ladi.
Faoliyat (o'rganish) ijobiy his-tuyg'ularni uyg'otadi, ichki resurslarni safarbar qiladi va diqqatni jamlaydi. Muvaffaqiyatga intilayotgan o'quvchilar, odatda, o'zlarining bilim, ko'nikma va qobiliyatlariga mos keladigan kasblarni tanlaydilar. Muvaffaqiyatsizlikdan qochishga intilgan o'quvchilar boshqacha yo'l tutishadi. Maqsad muvaffaqiyatga erishish emas, balki muvaffaqiyatsizlikdan qochishdir. Ularning fikrlari va harakatlari bunga bo'ysunadi. Shuningdek, o'quvchi o'ziga ishonchsiz bo'lib, tanqiddan qo'r qadi. U faqat ish bilan bog'liq salbiy his-tuyg'ularga ega bo'lib, ta'lim faoliyatidan zavqlanmaydi. Muvaffaqiyatsizlikning oldini olish motivi o'ziga ishonchsizlik, o'ziga past baho berish va muvaffaqiyatga erishish imkoniyatiga ishonmaslik bilan bog'liq.
Har qanday qiyinchiliklar salbiy his-tuyg'ularni keltirib chiqaradi. Muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslikda o'g'il bolalar ko'pincha o'zini o'zi baholashning yetarli emasligi bilan ajralib turadi va qobiliyatlari haqidagi obyektiv ma'lumotlarni e'tiborsiz qoldiradilar. Muvaffaqiyatga intilish ustun bo'lgan o'quvchilar yutuq va muvaffaqiyatsizliklarini sa'y -harakatlari, intilishlarining kuchi bilan izohlaydilar, bu esa ichki nazorat qiluvchi omilni ko'rsatadi. Muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik istagi ustun bo'lgan o'g'il bolalar buning sababini qobiliyatsizlik yoki omadsizlik, muvaffaqiyatlarini esa omad yoki vazifaning osonligi bilan izohlaydilar. Bunday holda, "o'rganilgan nochorlik" rivojlana boshlaydi. Vazifaning murakkabligi, omad va qobiliyat yetishmasligiga ta'sir qila olmagani o'quvchi uchun boshqa biror narsa qilishga urinish foydasizdek ko'rinadi. Bunday o'quvchilar keyinchalik eng oddiy topshiriqlarni ham bajarishdan bosh tortadilar. Bu motiv bolada muvaffaqiyatga intilishni rivojlantirish zarurligini ko'rsatadi, mazkur jihat muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik istagidan ustun bo'lishi kerak.
Motivlar odatda o'quv faoliyatini bir butun sifatida, maqsadlar esa individual o'quv faoliyatini xarakterlaydi. Motiv harakatga munosabatni yaratadi, maqsadni izlash va tushunish esa uning bajarilishini ta'minlaydi. Bundan tashqari, o'quv faoliyatida maqsa d o'rnini egallagan o'quv mazmuni o'quvchi tomonidan amalga oshiriladi va esda qoladi. Maqsadlarni belgilash qobiliyati o'quvchi motivatsion komponentining yetukligi
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ko'rsatkichidir. Maqsadlarni qo'yish qobiliyati, o'z navbatida, o'quvchi motivatsion komponentining ixtiyoriy tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Uzoq muddatli maqsadlar belgilash va harakatlarini ularga bo'ysundirish o'quvchida muayyan axloqiy barqarorlikni ta'minlaydi. Shuningdek, o'quvchilar bu jarayonda katta qiyinchiliklarga duch kelishadi. Masalan, kattalar tomonidan taklif qilingan vazifani qabul qilish (maqsadni belgilashning birinchi bosqichi) o'quvchining vazifaga faol munosabatda bo'lishiga olib keladi. O'qituvchi o'quvchiga faol va mustaqil ravishda uning imkoniyatlari va vazifalariga mos keladigan maqsadlar qo'yishni o'rganishga yordam b erishi muhimdir.
O'quvchiga uzoq muddatli maqsadlar qo'yishni o'rgatish bir qancha afzalliklar yaratadi. Agar motiv shaxsiy ma'noga ega bo'lsa, bu samarali bo'ladi, ya'ni motiv xatti -harakatlar orqali amalga oshiriladi. Bu o'quvchining faolligi tashabbuskorligi, yetukligi va o'quv faoliyatining barcha tarkibiy qismlarining rivojlanishida namoyon bo'ladi. Shuningdek, u turli o'quv fanlarini o'zlashtirishga zavq bilan kirishadi, o'quv dasturidan tashqari qo'shimcha bilimlarni faol ravishda izlaydi va yoritib beradi. Asosiy jihat o'quvchidagi moyillik va qobiliyatga asoslanadi, kasb tanlashiga ta'sir qiladi va bu uning uchun katta ahamiyatga ega.
Qiziqish vaziyatga bog'liq bo'lishi mumkin, hissiy jihatdan jozibali o'quv vaziyatlarida individual "portlash"lar bilan chegaralanadi. Bunday qiziqish o'quvchi bu holatdan chiqib ketganida susayadi. Natijada qiziqish tashqaridan doimiy rag'batlantirishni t alab qiladi va ularsiz yo'qoladi. Agar qiziqish ma'lum bir mavzu va vazifalar doirasi bilan bog'liq bo'lsa, nisbatan barqaror bo'ladi. Barqaror qiziqish o'quvchining noqulay tashqi sharoit va to'siqlarga qaramasdan o'z xohishi bilan o'rganishida namoyon bo'ladi. Chidamlilik o'quvchining o'rganishdan boshqa iloji yo'qligida ham namoyon bo'ladi [3].
O'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish jarayoni haqida so'z borganda, ularning har biri turli darajadagi faolligini namoyon etishini ta'kidlash mumkin. Shu bois o'quvchilarga bilimlarni sust qabul qiladi degan nuqtai nazar bilan qarash to'g'ri bo'lmaydi. Bu fikr YE.V.Korotayevaning quyidagi fikrlari o'rinli ekanini tasdiqlaydi: "o'quv faoliyatining inkor etilmagan tavsifi asosida unga munosabat o'zgaradigan bilishning quyi darajasi; quyidan mo'tadillashgan bosqichga o'tish sifatidagi vaziyatli faoliyat; o'quv jarayonida ijro etuvchilik faoliyati; o'quvchining subyektiv nuqtai nazarini maksimal darajada ochishga imkon beruvchi ijodiylik".
Bizningcha, boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilish faolligini, asosan, ularning yosh va individual xususiyatlarini e'tiborga olish, bilish jarayonini tashkil etish tarzida egallanadigan, mustahkamlanadigan va rivojlanadigan shaxs xususiyati sifatidan aniqlashtirish maqsadga muvofiq. Bilish faolligi ko'rsatkichi sifatida mo'tadillik, ishtiyoq, o'rganishning anglanganligi, ijodiy namoyon bo'lishi, nostandart o'quv vaziyatlaridagi xulq -atvor, o'quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik kabilarni ta'kidlash m umkin [4].
Tadqiqotchi Sh.Boltayevaning fikricha, "Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy bilish faolligi o'zida yangi bilimlarni o'zlashtirishga barqaror motivlar va bilish jarayoniga ijobiy emotsional yo'nalganlikning qaror topganligi, o'quv vazifalarini hal etishda odatiy o'quv harakati usullarini bartaraf etishga intilish, muammo yechimini topishning nostandart
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
metod va usullarini izlash, o'quv-bilish faoliyatidagi qat'iylik, ijodiy bilish faoliyatining natijaviyligi bilan tavsiflanuvchi shaxs xususiyatini o'zida mujassam etadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv-biluv motivatsiyasini shakllantirishning muhim psixologik jihati irodasining rivojlanganlik darajasi bilan uzviy bog'liq. O'quvchilarda bu daraja turlicha namoyon bo'ladi. Xususan, 6-7 yoshli bolalarning odatiy darajasi -maktabga kelganda o'z xatti-harakatlarini boshqara oladigan, umumiy faoliyatga kirishimli, o'qituvchi tomonidan qo'yilgan talablarni qabul qilishga doir motivlarga bo'ysundirishdan iborat. Bu jarayonda bilim olishi qatori o'quvchilar ularni qanday o'zlashtirish yo'llarini ham o'rganib boradi [5].
1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2029 йил 29 апрелдаги ПФ-5712-сон Узбекистон Республикаси Халк таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тyfрисида"ги Фармони.
2. Matchonov S., G'ulomova X., Suyunov M., Boqiyeva H. Boshlang'ich sinf o'qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. - Toshkent: YANGIYO'L POLYGRAPH SERVICE, 2008. - 3-b.
3. Ходжаев Б. Узлуксиз таълимда укувчиларнинг билиш фаоллигини ошириш // Uzluksiz ta'lim. - Тошкент, 2009. - Б. 87.
4. Коротаева Е.В. Обучающие технологии в позновательной деятельности школьников. - М.: Сентябрь, 2003. - С. 46-47.
5. Болтаева Ш.Т. Бошлан^ч таълимда укувчилар ижодий фаолиятини ривожлантиришнинг ташкилий-педагогик асосларини такомиллаштириш. Пед. фан. фалс. док. (PhD) ...дисс. автореф. - Самарканд, 2019. - 19-б.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Turumbetova Aygul Yusupbayevna, stajyor o'qituvchi [Айгул Турумбетова Юсупбаевна, стажёр преподаватель,], [Aygul Yu. Turumbetova, trainee teacher]; manzil: Qoraqolpog'ston Respublikasi Nukus shahri, Islom Karimov ko'chasi, 76 [adres: Respublika Karakalpakstan, g. Nukus, ulitsa Islama Karimova, 76], [address: Islam Karimov Street, 76, Nukus, Republic of Karakalpakstan]; E-mail: [email protected]
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES