Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDA O’QUV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH JARAYONLARI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDA O’QUV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2551
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktab / o’quvchi / diqqat / idrok / taraqqiyot / xulq / axloqiy normalar / xarakter.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Rahmoniva Gozal Valiyevna

Ushbu maqolada bolaning o’sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, o’quv faoliyati davomida bolaning bilish jarayonlarining namoyon bo’luvchi xususiyatlari, aql sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, kichik maktab yoshi davrining psixologik o’zgarishlari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDA O’QUV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH JARAYONLARI»

KICHIK MAKTAB YOSHIDA O'QUV FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH

JARAYONLARI Rahmoniva Go'zal Valiyevna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi O'rta Chirchiq tumani 38- maktab https://doi. org/10.5281/zenodo. 8050314

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolaning o 'sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, o'quv faoliyati davomida bolaning bilish jarayonlarining namoyon bo'luvchi xususiyatlari, aql sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, kichik maktab yoshi davrining psixologik o'zgarishlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Maktab, o'quvchi, diqqat, idrok, taraqqiyot, xulq, axloqiy normalar, xarakter.

KIRISH

Bolaning o'sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, jamiyat a'zosi sifatida voyaga yetishi muayyan qonuniyatlarga bo'ysunadi. Kichik maktab yoshi davri 1 -4 sinf o'quvchilarining yosh oralig'ini o'z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida muayyan o'zgarishlar sodir bo'lishini kuzatish mumkin. Bolani birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo'yishi bilan unda bir qator psixologik qiyinchiliklar yuzaga kela boshlaydi. Kichik maktab davrida bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo'yishi unda o'quv faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bu davrni bola uchun qiziqarli, ta'sirchan o'tkazish talab etiladi. O'quv faoliyati bolaning bilish jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning barcha o'qish faoliyati qat'iy ravishda maqsadga muvofiqlashtirilgandir. Birinchidan, o'quvchilar o'qish, yozish, va hisoblash malakasini egallashlari, arifmetika, ona-tili, tarix, geografiya va tabiyatshunoslikdan geometriyaning elementar asoslaridan ancha katta hajmda bilimni orttirishlari kerak. Ikkinchidan, bolaning bilim darajasi va bilish qiziqishlari kengayadi hamda rivojlanadi. Uchinchidan bilim jarayonlarining taraqqiyoti, aqliy rivojlanishi yuzaga keladi. Faol mustaqil ijodiy faoliyat uchun qobiliyat tarkib topadi va nihoyat o'qishga bo'lgan yo'nalish, o'qishga nisbatan ma'suliyatli munosabat hissi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning bilim jarayonlari va ularning faoliyatida bir qator o'zgarishlarni kuzatish mumkin: Jumladan, bola idrokining o'tkirligi, sofligi bilan farq qiladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilardiqqatining asosiy xususiyati sifatida esa uning ixtiyoriy zaifligini keltirish mumkin. Shuningdek, aynan shu yoshda diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda xotira jarayoni haqida so'z yuritadigan bo'lsak, bu davrda so'z mantiq xotirasining va ma'nosiga tushunib esda olib qolishning roli va uning salmog'i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo'ladi. Birinchi signal sistemasi faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda so'z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda ko'rgazmali-obrazli xotira ko'proq rivojlangan bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar qoida va tushuntirishlarga qaraganda konkret ma'lumotlarni, voqeliklarni, qiyofalarni narsalarni

va faktlarni yaxshi tez esda olib qoladilar va xotiralarida mustahkam saqlaydilar. Hayol bilish faoliyatida esa o'quvchining xayoli uning o'quv faoliyatining ta'siri va talablari bilan tarkib topadi. Shuning bilan bir qatorda bevosita taassurotlar (muzeylarga sayohat, kartinalarni ko'rish, ekskursiyalarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham xayolni rivojlantiradi.

ADABIYOTLAR TAXLILI

Axloqiy normalar va xatti-harakatlar qoidalarini o'zlashtirish jarayoniga kichik maktab yoshidagi davrda axloqiy xatti-harakat poydevori qo'yiladi, axloqiy normalar va xatti-harakat qoidalari o'zlashtiriladi. SHaxsning ijtimoiy yo'nalishi tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarninng axloqiy onglari 1 -sinfdan 4-sinfgacha bo'lgan davr mobaynida muhim o'zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirg i davrlariga kelib axloqiy bilimlar tasavvurlar va mulohazalari sezilarli darajada boyiydi, ancha anglangan bo'ladi, turli tushunchalarga ega bo'ladi, umumlashadi. 1 va 2 sinf o'quvchilarining axloqiy mulohazalari o'z xatti-harakatlari tajribasida va o'qituvchilar hamda ota-onalarning konkret ko'rsatmalari va tushuntirishlarigaasoslanadi. 3-4 sinf o'quvchilari esa axloqiy mulohazalarida o'z xatti-harakatlari tajribasiga va kattalarning ko'rsatmalariga asoslanish bilan boshqa kishilarningtajribalarini ham analiz qilishga intiladilar. 7-8 yoshdagi bolalar to'g'ridanto'g'ri kattalarni, jumladan, o'qituvchining ko'rsatmalarini kutib o'tirmay, ijobiy axloqiy ishlarning qanchasini o'z tashabbuslari bilan amalga oshiradilar. Kichik maktab yoshdagi bolalarda namayon bo'ladigan xarakter xususiyatlarini, xatti-harakatlarni tahlil qilar ekanmiz, hamma vaqt ham munosabatlar amalga oshiriladigan barqaror va mustahkam xatti-harakat formalari deb bo'lavermaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda xarakter jiddiygina tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi bolalar xarakteri, xatti-harakatlari o'zining beqarorligi va qaramaqarshiligi bilan farq qilishi mumkin. Shu munosabat bilan ba'zan ulardagi o'tkinchi psixik holatlarni xato ravishda xislatiga qo'shib yuborish mumkin. Maktab ta'limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan, bilishga bo'lgan qiziqish, tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo'lgan qiziqish ko'proq bilimga bo'lgan tashnalik va intellektual qiziquvchanlik juda sezilarli ravishda rivojlanadi. Kuzatuvlarga qaraganda, qaraganda dastavval ayrim faktlarga, boshqa narsalardan ajratib olingan yolg'iz hodisalarga nisbatan qiziqishlar bo'ladi. Undan keyin esa sabablarini, qonuniyatlarini, hodisalar o'rtasidagi aloqa va o'zaro bog'liqliklarni bilib olish uchun bo'lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar 1-2 sinf o'quvchilarini «bu nima?»degan savol qiziqtirsa birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan», «qanday qilib?» degan savollar tashkil bo'lib qoladi. O'qish malakasining rivojlanishi bilan kitob o'qishga, qiziqarli bo'lgan muayyan adabiyotlarni, ertaklarni o'qishga, bundan ham so'ngroq qiyin bo'lmagan ilmiy fantastik va sarguzashtlar haqidagi kitoblarni o'qishga qiziqish paydo bo'ladi. Texnikaga, ayniqsa, hozirgi zamon texnikasiga, raketalarga, eng yangi tipdagi avtomobil va samolyotlarga bo'lgan qiziqish tez tarkib topadi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun mehnatning tarbiyaviy ahamiyati kattadir. Biroq shuni ta'kidlab o'tish lozimki, har qanday mehnat ham shaxsda ijtimoiy jihatdan qimmatli xislatlarini tarbiyalayvermaydi. Mehnat o'z shaxsiy manfaati uchun bajonudil va ko'p mehnat qilishga bo'lgan xudbinni ham tarbiyalaydi. Bolalar o'z-o'ziga xizmat qilish va o'zlari uchun foydali bo'lgan narsalarni tayyorlash bilan shug'ullanayotganlarida ularda mehnatsevarlikni tarbiyalashga xususan zo'r e'tibor berish kerak. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni sekin-asta ko'pchilik foydasiga qaratilgan, boshqalar uchun bo'lgan

ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish juda muhimdir. O'quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o'quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki, shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi.

NATIJA

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, yetakchi bo'lgan o'quv faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatlar-o'yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o'quvchi shaxsi rivojiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. SHuningdek, bu faoliyatlar asosida muvafaqqiyatga erishish motivlari bilan bog'liq bo'lgan shaxsiy xususiyatlar tarkib topa boshlaydi. O'quv faoliyati kichik maktab yoshidagi bolalarda o'qishda ma'lum yutuqlarga erishish extiyojini qondirishga, shuningdek, tengdoshlari orasida o'z o'rniga ega bo'lishiga imkoniyat ham yaratadi. Aynan ana shu o'rin yoki mavqega erishish uchun ham bola yaxshi o'qish uchun harakat qilishi mumkin. Bu yoshdangi bolalar doimiy ravishda o'zlari erishgan muvaffaqqiyatini boshqa tengdoshlari muvaffaqiyati bilan solishtiradilar.Ular uchun doimo birinchi bo'lish nihoyatda muhim.

Innavatsion pedagogika -hozirgi davr norasmiy fan sifatida ma'lum bo'lgan biroq kun sayin butun jahon soha mutahasislarining e'tiboriga tushib , jadal rivojlanib borayotgan bilimlar tizimidir. Hozirgi davrda ta'lim sohasiga yangi yo'nalishga ega bo'lgan innavatsion pedagogika kirib keldi. Ta'lim sohasida innavatsion pedagogika shakllanib , rivojlanib bormoqda . Mazkur yangi fan haqida olimlar tomonidan jiddiy fikrlar bildirilmoqda. Pedagogika tizimi bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmuyi bo'lib, ular o'zgarishlardan ham barqarorligicha qolaveradi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bu yoshdagi bolalarda mavjud bo'lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta'sirlarga beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida tarbiyalash uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrini bolaning turli faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy shaxsiy xususiyatlarning yuzaga kelish va mustahkamlanish davri deb hisoblash mumkin. Mustaqillikni shakllantirish uchun bolaga mustaqil bajaradigan ishlarni ko'proq topshirish va unga ishonch bildirish nihoyatda muhimdir. SHuningdek, shunday bir ijtimoiy psixologik muhit yaratish lozimki, unda bolaga biron bir ma'sul vazifani mustaqil bajarishni topshirish, bu ishni bajarish jarayonida bola o'zini tengdoshlari, kattalar va boshqa odamlarning lideri deb his qilishiga imkon yaratib berish lozimdir. Ana shu his bolada keyinchalik mustaqil bo'lishga undovchi motivlarni yuzaga keltirishda asosiy rol o'ynashi mumkin. Kichik maktab yoshida o'quvchining asosiy faoliyati o'qish bn o'yin faoliyatini birgalikda olib borilishi xam samarali metod xam o'qishga bo'lgan qiziqishini oshiradi.B u esa o'z navbatida kasb tanlash uchun zamin tayyorlaydi. Har bir olib boradigan pedagogic mahoratli metodlarimiz orqali o'quvchilarda dunyoqarash , mustaqil fikrlash , fanlarga bo'lgan qiziqishini shakllantirish bilan maqsadlidir. O'qish uchun qulay sharoitlarda va bolaning aqliy rivojlanishining etarli darajasida o'quv faoliyati asosida nazariy ong va tafakkur uchun zarur shart-sharoitlar paydo bo'ladi. Maktabda, hayotning yangi sharoitida, bu egallangan refleksiv qobiliyatlar bolaga o'qituvchi va sinfdoshlar bilan munosabatlardagi muammoli vaziyatlarni hal qilishda yaxshi xizmat qiladi. Muvaffaqiyatli ta'lim faoliyati to'g'risida bo'rttirilgan va asossiz da'volar ushbu faoliyatda eng muvaffaqiyatli bo'lgan sinfdoshlariga salbiy hissiy munosabatni yaratadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni maktab ta'limiga nisbatan emotsional

barqarorligini oshirish maqsadida ular bilan maxsus ishlab chiqilgan dastur asosida psixologik o'yinlar tashkil qilindi. Unga ko'ra, o'quvchilar uchun tanlab olingan psixologik o'yinlar ularning o'quv faoliyatiga nisbatan intilish va ishtiyoqlarini oshirishga xizmat qiladi. Shundan so'ng, biz tomonimizdan taklif qilingan psixologik o'yinlarning samaradorlik darajasini tekshirish maqsadida ular bilan qayta diagnostika ishlari amalga oshirildi.

REFERENCES

1. Umarova Gulhayo Murodiljonovna. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni o'qishga bo'lgan qiziqishini oshiruvchi texnologiyalar // American Journal of Interdisciplinary Research and Development. Volume 09, Oct., 2022. рр. 210- 224.

2. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi,innovatsiya va intergatsiya kitobi .Toshkent "VORIS-NASHRIYOT" 2013

3. Gulhayo Umarova Murodiljanovna, Zulayho Jabborova Mansur qizi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish // —Ustozlar uchunll fidoyi va jonkuyar pedagoglar jurnali. 34-son, 1-to'plam, dekabr, 2022. 8-12 b.

4. Gulhayo Umarova Murodiljanovna, D.O.Ximmataliyev. O'smirlarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishning usullari va vositalari // —Ustozlar uchunll fidoyi va jonkuyar pedagoglar jurnali. 34-son, 1-to'plam, dekabr, 2022. 13-23 b.

5. Umarova Gulhayo Murodiljanovna. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'qishga bo'lgan qiziqishni klasterli yondashuv asosida rivojlantirish // —Pedagogsl international research journal. Volume-21, Issue-2, November, 2022. Pp.7-10.

6. Gulhayo Umarova Murodiljanovna,Qayumho'jayeva Fazilat Dilshod qiz.Kichik maktab yoshidagio'qishga bo'lgan munosabati//-Journal of integratededucation and research.Volume2 ,ISSUE 1January 2023.pp 150-154.

7. Gulhayo Umarova Murodiljanovna,Rasulova Arofat Zafarjon qizi.Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni aniq fanlarga qiziqishini oshirish metodikasi//-Conferencea virtual international. ARTICLE S 2023.march pp 163-172.

8. Gulhayo Umarova Murodiljanovna, Xamraqulova Orasta Alisherv qizi.Inklyuziv ta'lim va uning bugungi kundagi rivojlanishi//Conferencea;2022;9thlCARHSE-england decabr108-111.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.