Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALALAR PSIXOLOGIYASI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALALAR PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
22799
1174
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kichik maktab yoshi / bolalar psixologiyasi / intellekt / krizis / ta’lim.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Saidmurodov Sardor Pardayevich, Jumayeva Guljahon O‘Ralovna

Hozirgi jamiyatimizning asosiy bo‘g‘inini yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning ilmiy salohiyatining qanchalik darajada bo‘lishida katta ro‘l o‘ynaydigan jarayonlardan biri bu kichik maktab yosh davri hisoblanadi. Sababi bolalarning psixikasidagi asosiy jarayonlar shu davga to‘g‘ri keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALALAR PSIXOLOGIYASI»

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALALAR PSIXOLOGIYASI

Saidmurodov Sardor Pardayevich

Termiz davlat universiteti Psixologiya yo'nalishi talabasi;

Jumayeva Guljahon O'ralovna

Termiz davlat universiteti Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7546902

Annotatsiya: Hozirgi jamiyatimizning asosiy bo'g'inini yoshlar tashkil etadi. Yoshlarning ilmiy salohiyatining qanchalik darajada bo'lishida katta ro'l o'ynaydigan jarayonlardan bin bu kichik maktab yosh davri hisoblanadi. Sababi bolalarning psixikasidagi asosiy jarayonlar shu davga to'g'ri keladi.

Kalit so'zlar: Kichik maktab yoshi, bolalar psixologiyasi, intellekt, krizis, ta'lim.

Аннотатция: Главное звено нашего современного общества - это молодежь. Одним из процессов, играющих большую роль в уровне научного потенциала молодежи, является период младшего школьного возраста. Причина в том, что в это время происходят основные процессы в детской психике.

Ключевые слова: Младший школьный возраст, детская психология, интеллект, кризис, воспитание.

Abstract: The main link of our current society is the youth. One of the processes that play a major role in the level of the scientific potential of young people is the period of junior school age. The reason is that the main processes in the children's psyche take place at this time.

Key words: Early school age, child psychology, intelligence, crisis, education.

KIRISH

Odatda psixologik adabiyotlarda keltirilishicha kichik maktab yosh davri 6-7 yoshdan 10-11 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi, lekin bu yosh davrga ajratish prinsipi qat'iy va mutlaq degan fikr emas, albatta. Chunki, xalq ta'limi tizimida yuz beradigan ayrim o'zgarishlar bunga u yoki bu tarzda o'z ta'sirini o'tkazadi. Jumladan, bola maktab ta'limiga bog'chada tarbiyalanayotgan paytdan boshlab tayyorgarlik ko'ra boradi, buning uchun u, dastavval ta'lim tarbiya tomonidan o'quvchi shaxsi oldiga qo'yiladigan turli mazmundagi talablar bilan tanishadi, undan tashqari u fan asoslarini egallash uchun ham biologic jismoniy, ham psixologik jihatdan qariyb yetilgan, jismoniy va aqliy mehnat qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Kichik maktab yoshi bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oladi.

Bularga;

-Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik va rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari,

-Maktabga moslashish,

-Kichik maktab yoshida yetakchi faoliyat,

-Kichik maktab yoshida asosiy psixologik yangilik,

Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qishi ko'p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog'liq. Bolaning maktabda o'qishga tayyorligi quyidagilarni o'z ichiga oladi.

I-Shaxsiy tayyorgarlik. Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o'zining maxsus o'rni bolishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish ya'ni o'quvchi bo'lish.

II-Intellektual tayyorgarlik. Tevarak-atrofda mo'ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mavjudligi. Idrok va ko'rgazmali-obrazl tafakkurning ma'lum darajada rivojlanganligi. Umumlashtirish darajasi — narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko'nikmasi. Nutqining ma'lum darajada rivojlanganligi; ko'pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta'limga asos bo'lishi mumkin, lekin so'z boyligi, ma'lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko'rsatkichi bo'la olmaydi

III-Harakat tayyorgarligi;

— mayda motorika;

— katta harakatlarni amalga oshirish (qo'l, oyoq, tana).

IV-O'quv faoliyatiga tayyorgarlik;

— kattalarni diqqat bilan eshita olish va uning ko'rsatmalarini aniq bajarish;

—topshiriqni mustaqil bajarish;

— chalg'ituvchi omillarga e'tibor bermasdan topshiriqni bajarishga kirishish.

Birinchi bor maktabga kelgan bola hali o'zini to'liq anglashi va o'z hatti-

harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat o'qituvchigina bolaga me'yorlar qo'yishi, ularning hatti-harakatlarini baholashi, o'z xatti-harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang'ich sinfda ofquvchilar o'qituvchi tomonidan qo'yiladigan yangi talablar va shartlarni qabul qiladilar, shuningdek, ularning qoidalariga to'la amal qilishga harakat qiladilar.

Bir qator ijtimoiy va pedagogik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, faqat har beshinchi birinchi sinf ofquvchisi jamoaga muammosiz qo'shiladi va deyarli darhol standart o'quv jarayoniga ofrganadi. Boflajak birinchi sinf o'quvchilarining qariyb yarmi, hatto oddiy bolalar bogfchalariga boradigan va yaxshi psixologik

xususiyatlarga ega bo'lgan, shuningdek, maktabga tayyorgarlik bofyicha testlardan muvaffaqiyatli o'tgan, oxir-oqibat moslashish bilan bogfliq muammolarga duch keladi, asosan intizom va ofquv faoliyati bilan bogfliq. Boshqalar yofqligida bu muammolarning sababi salbiy omillar(oilada salbiy ijtimoiy vaziyat, sogfliq muammolarining mavjudligi va boshqalar) - jamiyatning tavsiflangan ijtimoiy birligining ofyin komponentiga eftibor qaratish. Bola, tofgfri va oldindan tayyorlanmagan, o?zi uchun ham aqliy, ham ijtimoiy jihatdan yangi sharoitlarga yaxshi moslasha olmaydi.

Yuqoridagi barcha muammolarni faqat har tomonlama hal qilish mumkin, bu bolaga ta?lim va bilish jarayonida diqqatni tofg?ri joylashtirishga yordam beradi, uni ta'limdagi har qanday muvaffaqiyatga ragfbatlantiradi, maktabdagi xatti-harakatlarning aniq intizomiy asosini shakllantiradi.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o'qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi, uning psixologik rivojlanishi va xulq-atvoridagi o'rni nihoyatda katta. Bu davrda axloqiy hatti-harakat qoidalari o'zlashtiriladi, shaxsning ijtimoiy yo'nalishi tarkib topa boshlaydi. Ushbu sifatlarning shakllanishi bolada bilish jarayonlarining faolligi bilan bog'liqdir.

Idrok. Kichik maktab yoshidagi bolalar idrokining o'tkirligi sofligi bilan farq qiladilar. O'quvchilarning idroki o'ziga xos bilimga tomoshabin tariqasida berilganlik bilan farq qiladi.

Diqqat. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar diqqatining asosiy hususiyatlari ixtiyoriy zaifligidadir. Kichik maktab yoshida diqqatni iroda kuchi bilan moslash va uni boshqarish imkoniyati cheklangan bo'ladi.

Xotira. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda xotira ta'limining ta'siri bilan ikki yo'nalishda rivojlanadi. So'z mantiq xotirasining va mahnosiga tushunib esda olib qolishning rolg'g'i va uning salmog'i kuchayadi, tartibga solish imkoniyatlariga bo'ladi. Birinchi signal sistemasining faoliyatining nisbatan ustunligi tufayli kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda so'z mantiq xotirasi deb atalgan xotiraga qaraganda ko'rgazmali-obrazli xotira ko'proq rivojlangan bo'ladi.

Xayol. Xayol muhim psixik bilish jarayonlaridan biridir. Xayolning faoliyatsiz o'qituvchi gapirayotgan va darslarda yozilgan narsalarning tasavvur qilishni hamda ko'rgazmali obrazlar bilan ishlashni bilmay turib, hech qanday o'quv predmetni chinakkam o'zlashtirishi mumkin emas. Kichik maktab yoshidagi o'quvchining xayoli uning o'quv faoliyatining ta'siri va talablari bilan tarkib topadi. Shuning bilan bir qatorda bevosita ta'surotlar (muzey, vistavkalarning borib ko'rish, kinokartinalarni ko'rish, ekskursiyalarga borish, maktab yer uchastkasida ishlash va boshqalar) ham xayolni rivojlantiradi.

Xulosa qilib aytganda kichik maktab yoshida bolada ko'pgina o'zgarishlar ro'y beradi. Bu o'quv faoliyati ko'nikmalarining shakllanishi, o'z-o'zini boshqarish,

pggo o . o.-oggc

■CP • Gj Çp 7 ^CT)

<nôff>

dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola o'z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va jamoat joylarida o'zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatda o'z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor normalari o'zining ichki talabiga aylanadi, unda uyatchanlik hislari paydo bo'ladi. Lekin shunga qaramay kichik maktab yoshidagi bola uchun axloqiy jihatdan barqaror emaslik, munosabatlar va kechinmalarning doimiy emasligi xosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1-Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya. Z.T.NISHANOVA, N.G.KAJVQLOVA, D.U.ABDULLAYEVA, M.X.XOLNAZAROVA «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti TOSHKENT - 2018

2-Ontogenez psixologiyasi E,G'oziyev, Toshkent"NIF MSH"2020

3-Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o'qituvchisining psixologiyasi.«Pedagogika va psixologiya» (ilmiy ommabop seriya).- T., Nizomiy nomidagi TDPU, 1999/1.

4.5KyMaeBa, T. Y. (2022). OHJIABHH MYHOCAEATJIAP^ArH EErOHAJIAUiyBHHHr H^CTHMOHH IICHXOJIOrHK OMHJIJIAPH. Science and innovation, 1(B3), 428-431.

5. O'ralovna, J. G. (2022). Social Psychological Problems of Alienation. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(4), 204-206.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.