Научная статья на тему 'O`QUVCHILAR BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH'

O`QUVCHILAR BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
36
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muvaffaqiyat / ijtimoiy qamrov / jamoa / faoliyat / hamkorlik / masʼuliyat / intizom / vazifa / oʻquv tizimi. / успех / социальная инклюзивность / коллектив / деятельность / сотрудничество / ответственность / дисциплина / задача / образовательная система.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.S. Qobilova

bola bilimga qiziqmasdan turib, o`qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o`qiy olmaydi. Bolada o`z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o`qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag`batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o`qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg`otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. Ushbu maqolada oʻquvchining bilim sifatini oshirish usullari keltirib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE QUALITY OF STUDENTS' KNOWLEDGE AND STRENGTHENING DISCIPLINE IN THE CLASSROOM

без интереса к знаниям ребенок не хочет учиться и не может учиться успешно. Особенно важно воспитать в ребенке уверенность в своих силах и способностях, привлечь его к учебе, поощрить за первые достижения. Интерес ребенка к обучению приводит к преодолению трудностей, повышению активности, вселению уверенности и развитию самостоятельности. В данной статье упомянуты методы повышения качества знаний студента.

Текст научной работы на тему «O`QUVCHILAR BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© M.S. Qobilova _

1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: bola bilimga qiziqmasdan turib, o'qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o'qiy olmaydi. Bolada o'z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o'qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag'batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o'qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg'otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. Ushbu maqolada o'quvchining bilim sifatini oshirish usullari keltirib o'tilgan.

MAQSAD: o'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash, o'quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko'nikmasining bolalarda shakllantirishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: o'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash muammosiga oid materiallar, jumladan, maqola va axborot agentliklarining rasmiy saytlaridan foydalanildi. Tadqiqot jarayonida qo'llanilgan nazariy qarashlar, tadqiqot usullari va yondashuvlar rasmiy manbalardan olinganligi, tarixiy-qiyosiy tahlil, analitik obzor, o'rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, kuzatish, dalillarni qiyoslash, sotsiometriya, pedagogik eksperiment tashkil etilganligi bilan izohlanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: o'quvchilarni bilimga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda ularning nazariy bilimlarini mustaqil ravishda qo'llay bilishlarini hisobga olish ayniqsa muhimdir. Bu tajriba juda ko'p maktablarda muvaffaqiyatli qo'llanilib kelinmoqda. O'quvchilarga biror bir fan bo'yicha ko'rgazmali qurol yoki biror jihoz yasab kelish buyuriladi. Bunda "Agar tirishsang, bu sening qo'lingdan keladi" degan gapni uning qulog'iga quyish kerak. Buni o'quvchi nafaqat oddiy topshiriq, balki o'qituvchining ishonchi sifatida ham qabul qiladi. To'g'risini aytganda, bunday narsalarni yasash uchun o'quvchi yetarli nazariy bilimga ega bo'lishi kerak.

XULOSA: sinfda intizomni saqlash va joriy qilish faqat sinf rahbarining ishi deb tushunuvchilar ham uchrab turadi. Bu mutlaqo noto'g'ri fikr. Intizom uchun butun sinf, pedagogik jamoa mas'uldir. Intizomni tarbiyalash juda qiyin va murakkab tarbiyaviy jarayondir.

Kalit so'zlar: muvaffaqiyat, ijtimoiy qamrov, jamoa, faoliyat, hamkorlik, mas'uliyat, intizom, vazifa, o'quv tizimi.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Qobilova M.S. O'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash. // Inter education & global study. 2024. №6. B.133-139.

ПОВЫШЕНИЕ КАЧЕСТВА ЗНАНИЙ УЧАЩИХСЯ И УКРЕПЛЕНИЕ

ДИСЦИПЛИНЫ В КЛАССЕ_

© М.С. Кобилова1Н

1Термезский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: без интереса к знаниям ребенок не хочет учиться и не может учиться успешно. Особенно важно воспитать в ребенке уверенность в своих силах и способностях, привлечь его к учебе, поощрить за первые достижения. Интерес ребенка к обучению приводит к преодолению трудностей, повышению активности, вселению уверенности и развитию самостоятельности. В данной статье упомянуты методы повышения качества знаний студента.

ЦЕЛЬ: повышение качества знаний учащихся и укрепление дисциплины в классе заключается в формировании у детей одаренности и умения систематически и планомерно вести обучение.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: использованы материалы, в том числе статьи и официальные сайты информационных агентств, по проблеме повышения качества знаний учащихся и укрепления дисциплины в классе. Теоретические взгляды, методы исследования и подходы, применяемые в процессе исследования, объясняются тем, что они заимствованы из официальных источников, организованы историко-сравнительный анализ, аналитический обзор, исследование, анализ, обобщение, наблюдение, сопоставление фактов, социометрия, педагогический эксперимент.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: повышая интерес учащихся к знаниям, особенно важно учитывать их способность самостоятельно применять свои теоретические знания. Этот опыт успешно применяется во многих школах. Студентам предлагается придумать наглядное пособие или какое-то оборудование по предмету. Это включает в себя выливание в его ухо фразы:" Если ты напрягаешься, это то, что ты можешь сделать". Это воспринимается учеником не только как простое задание, но и как уверенность учителя. Честно говоря, чтобы делать такие вещи, читатель должен обладать достаточными теоретическими знаниями.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: встречаются и те, кто понимает, что поддержание и внедрение дисциплины в классе - это только работа классного руководителя. Это совершенно неправильное мнение. За дисциплину отвечает весь класс, педагогический коллектив. Воспитание дисциплины-очень сложный и сложный воспитательный процесс.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ключевые I слова: успех, социальная инклюзивность, коллектив, деятельность, сотрудничество, ответственность, дисциплина, задача, образовательная система.

Для цитирования: Кобилова М.С. Повышение качества знаний учащихся и укрепление дисциплины в классе. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 133-139.

IMPROVING THE QUALITY OF STUDENTS' KNOWLEDGE AND STRENGTHENING DISCIPLINE IN THE CLASSROOM_

© Madina S. Qobilova1®

1Termez State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: without interest in knowledge, a child does not want to study and cannot study successfully. It is especially important to make a child confident in his own strength and abilities, to attract him to study, and to encourage him for his first achievements. A child's interest in learning leads to overcoming difficulties, increasing activity, instilling confidence and developing independence. In this article, methods of improving the quality of the student's knowledge are mentioned.

AIM: improving the quality of students' knowledge and strengthening discipline in the classroom consists in the formation of children's giftedness and the ability to systematically and systematically conduct education.

MATERIALS AND METHODS: materials were used, including articles and official websites of news agencies, on the problem of improving the quality of students' knowledge and strengthening discipline in the classroom. The theoretical views, research methods and approaches used in the research process are explained by the fact that they are borrowed from official sources, historical and comparative analysis, analytical review, research, analysis, generalization, observation, comparison of facts, sociometry, pedagogical experiment are organized.

DISCUSSION AND RESULTS: when increasing students' interest in knowledge, it is especially important to take into account their ability to independently apply their theoretical knowledge. This experience has been successfully applied in many schools. Students are invited to come up with a visual aid or some kind of equipment for the subject. This includes pouring a phrase into his ear:"If you're straining, that's what you can do." This is perceived by the student not only as a simple task, but also as the teacher's confidence. To be honest, in order to do such things, the reader must have sufficient theoretical knowledge.

CONCLUSION: There are also those who understand that maintaining and implementing discipline in the classroom is only the job of the class teacher. This is a completely wrong opinion. The entire class and the teaching staff are responsible for discipline. Discipline education is a very complex and complex educational process.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Key words: success, social inclusion, team, activity, cooperation, responsibility, discipline, task, educational system.

O'quv mehnatiga ongli munosabatda bolishlik talimning ijtimoiy, oqishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Sinf rahbarlari o'quvchilarga ularning bosh vazifasi -o'qish ekanligini tushuntirishi kerak. O'qishga mas'uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchgagina emas, keng ijtimoiy qamrovli - jamoa, oqituvchilar, ota-onalar va o'z oldidagi mas'uliyat, ularning fikrlari, ma qullashlarini eshitishga intilish, sinf, o'quv jamoasida munosib orinni egallashga ham tegishlidir.

O zlashtirishning past bo lishi aksariyat hollarda, o'quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko'nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi.

Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o'qish nafaqat har kimning shaxsiy ishi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ish ekanligini o'quvchilarga tushuntirib boradi. Mustaqil davlatimiz, butun xalqimiz maktab dargohidan chuqur bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilarning yetishib chiqishini kutmoqda. Bular haqida sinf majlislarida, har bir o'quvchi bilan alohida yoki bir guruh o quvchilar bilan o tkaziladigan suhbatlarda, turli tarbiyaviy tadbirlarda sinf rahbari batafsil gapirib beradi. O'qish bu jiddiy mehnat ekanligini va bunga astoydil yondashish, katta mas'uliyat bilan qarash kerakligi bolalarga tushuntirib boriladi.

«Bilim - takrorlash mevasidir», - degan edi Abu Rayhon Beruniy. Sinfda va uyda ko'p va jiddiy ishlaydigan bolalar, odatda o'qishda va mehnatda katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Har qanday muvaffaqiyatning zamirida tinimsiz mehnat yotadi. Bolalarni o'qishga mas'uliyat bilan qarash ruhida, kochirib olishga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash kerak.

Sinf majlislarida vaqti-vaqti bilan mazkur masalalar butun mazmun-mohiyati bilan muhokama qilinishi, shu orqali o'quv mashg'ulotlariga loqaydlik bilan qaraydigan o'quvchilarga sezilarli ta'sir o'tkazish kerak. Sinfning o zlashtirish masalasi atrofida jamoatchilik fikrining shakllanishi, bu borada sinf devoriy gazetasi imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi natijalar beradi. O'quvchilarni bilimga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda ularning nazariy bilimlarini mustaqil ravishda qo'llay bilishlarini hisobga olish ayniqsa muhimdir. Bu tajriba juda ko'p maktablarda muvaffaqiyatli qo llanilib kelinmoqda. O'quvchilarga biror bir fan bo'yicha ko'rgazmali qurol yoki biror jihoz yasab kelish buyuriladi. Bunda «Agar tirishsang, bu sening qolngdan keladi» degan gapni uning qulogiga quyish kerak. Buni o'quvchi nafaqat oddiy topshiriq, balki o'qituvchining ishonchi sifatida ham qabul qiladi. To g risini aytganda, bunday narsalarni yasash uchun o'quvchi yetarli nazariy bilimga ega bo lishi kerak. O'quvchi topshiriqni puxta qilib bajarishi uchun u yoki bu fan asoslarini o'rganishga, o'z bilimini chuqurlashtirishga harakat qiladi, o'zi

For citation: Madina S. Qobilova. (2024) 'Improving the quality of students' knowledge and strengthening discipline in the classroom', Inter education & global study, (6), pp. 133-139. (In Uzbek).

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №6

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yasayotgan o*quv quroliga, ushbu fanga nihoyatda qiziqib qoladi. Shu bilan birgalikda har bir yasalgan narsa zamirida mehnat yotganligini his qiladi, sinf va maktab jihozlarini avaylashga o'rganadi.

Maktab o'quvchilarining bilimga qiziqishi ularning hayotiy ehtiyojlariga bevosita bog liqdir. Maktab hovlisidagi bog*, tokzor, issiqxonada o tkaziladigan amaliy jarayon -daraxtlarni butash, ularga payvand solish, tok kesish, daraxt o'tqazish, issiqxonalarda pomidor, sabzavotlar yetishtirish qoidalari o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. Bu hol ularni botanika, geometriya, jo g rofiya, mehnat fanlariga havas, ularni sevib o'rganishga rag'bat uyg'otadi. Axir, yuqoridagi fanlardan chuqur bilim va malaka hosil qilmay turib, mazkur ishlarning mohir ustalari bo lib yetishish mumkinmi? Bolalarga ijtimoiy fanlarga qiziqishni orttirish uchun ularni turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarga tortish ahamiyatlidir. Huddi shuningdek, fizika, ximiya, biologiya, tarix, mehnat, astronomiya, chet tili fanlari ham o'quvchilarda havas o'yg'otadigan juda katta hayotiy amaliy imkoniyatlarga egadir. Bilimga bo'lgan qiziqishni shakllantirish va o'stirishda sinflarni, o*quv xonalarini va maktab binosini jihozlash ham katta ahamiyat kasb etadi, o'quvchilarda turli qarashlar, did, dunyoqarashni shakllantiradi, estetik zavq uyg'otadi, tegishli ma*lum sohalarga havas uygotadi.

Bugungi kunda turli fanlar bo'yicha qiziqarli adabiyotlar nashr qilinmoqda: «Mashhur kishilar hayotidan», «Qiziqarli matematika», «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli jogrofiya», «Osimliklar hayoti», «Bizni o'rab turgan olam», «Tariximizga bir nazar» va hokazo ilmiy-ommabop turkumdagi bu kitoblar o'quvchilar qoliga berilsa, ular hayotida albatta burilish yasashi turgan gap. Kitobdan ham yaqinroq do*st, undan ham qudratliroq tarbiya vositasi bormi o*zi?

O*quv jarayonida fanlar bo'yicha o*zaro bog'lanishga katta e tibor berish kerak. Bundan o'qituvchiyu o'quvchi ham yutadi. Bunga bir necha misollar keltirish mumkin. Fizika darsida masalalar yechish asnosida matematika formulalaridan foydalaniladi. Matematika darslarida fizik kattaliklar va o'lchov birliklari qo llaniladi. Bulardan tashqari ikkala fan birgalikda o'rganadigan mavzular bo ladiki, ularda ikkala fan o qituvchisi ham bir darsda o*z sohalari bo'yicha tushuncha bersalar nur ustiga nur boladi. Adabiyot-tarix, mehnat-botanika, tarix-jogrofiya juftliklari faoliyatida ham bunday imkoniyatlar cheksizdir. Bolaning muayyan bir fanga qiziqishiga suyanib turib, unda boshqa fanlarga ham ongli ravishda yondashish va fan asoslarini o'rganishga havas uyg'otish mumkin boladi.

O'quvchilarni bilish faolligini takomillashtirish uchun to'garak, fakultativ mashg'ulotlari jarayonida kengroq foydalanish lozim. Sinf rahbari o*z o'quvchilarining qiziqishi, moyilligi, uy sharoiti haqida malumotlar bilan fan o qituvchilarini tanishtiradi, bolaga qanday munosabatda bo lish kerakligi haqida maslahatlar beradi. Hatto, shunday ham bo ladiki, biror fandan o'zlashtirmayotgan o'quvchi bilan sinf rahbarining o*zi bevosita ish olib boradi. «Ikkalamiz bu topshiriqni bajarmasdan qo'ymaymiz», deb dalda beradi shogirdiga. Kerak bo'lganda, alochi o quvchilarni yoki ushbu fan o qituvchisini ham ko'makka chaqiradi. Bundan o'quvchini kongli tog'dek kotariladi, yolgiz emas ekanligini tushunadi, topshiriqni ozlashtirishga harakat, havas uyg'onadi.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bolalarda o'quv mehnatiga javobgarlik va masullik hissini tarbiyalash juda muhimdir. Mas'ullikni sezmagan o'quvchi pala-partish o qiydi. Mas ullik kishini sergak torttiradi, o'quv faoliyatiga alohida javobgarlik hissi bilan qarashga undaydi

Malumki, ongli intizom va mas'uliyat hissini sezish maktabda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar tizimining samarasi hisoblanadi. Bolalarning intizomli bo lishida sinf rahbarining xizmati katta. U darsda va darsdan tashqari vaqtlarda turli tarbiyaviy usullardan foydalanib, bolalarda intizomni tarbiyalab boradi, sinfda aniq rejim va ichki tartib o'rnatishga kirishadi; jihozlash, tozalik va tartibni joriy etib boradi. Bu ishlarni sinf rahbari bir o'zi emas, balki o qituvchilar, sinf jamoasi, faollari va ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Sinfda intizomni saqlash va joriy qilish faqat sinf rahbarining ishi deb tushunuvchilar ham uchrab turadi. Bu mutlaqo noto g ri fikr. Intizom uchun butun sinf, pedagogik jamoa mas'uldir. Intizomni tarbiyalash juda qiyin va murakkab tarbiyaviy jarayondir. Shunisi ham borki, ko'p vaqt qilingan mehnatni bir paytni o'zidayoq yo'qqa chiqarish mumkin. Masalan, sinf rahbari va ayrim fan o qituvchilari darslarida bolalar jim, intizomli o tirishadi, darslarni berilib tinglashadi, o'quv yumushlari bilan band bo lishadi; ba'zi o qituvchilarning darslarida buning aksi: bolalar qiy-chuv qilishadi, bir-biriga qog'oz otishadi, partaning ostiga kirib yashirinishadi, natijada oqituvchi tajanglashadi, o'quvchilar bilan ixtilofga boradi. Bunday ayanchli manzara har bir maktab hayotida uchrab turishi tabiiy. Darslardagi tartib-intizomni saqlashning eng yaxshi usuli o quvchilar ishonchini qozonishdir. Darsni qizg in, ijodiy, ko'rgazmali qurollar yordamida, ular havasini va hayratini uyg otish, lol qoldirish, dars o tilgach birorta ham o'quvchini «beish» qoldirmaslik

- har biriga o'ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir.

Intizomli bolish nafaqat maktabda, balki o'quvchining kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so'qmoqlarida ham tartib-intizom muhim ahamiyatga ega. Bola bilimga qiziqmasdan turib, o'qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o qiy olmaydi. Bolada o'z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o'qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun ragbatlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o'qishga qiziquvchanlik yengishga, faolligini oshirishga ishonch uyg'otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. O'quv mehnatiga ongli munosabatda bo lishlik ta limning ijtimoiy, o'qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Sinf rahbari o'quvchilarga ularning bosh vazifasi

- o'qish ekanligini tushuntirishi kerak. O'qishga mas'uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchigina emas, keng ijtimoiy qamrovli - jamoa, oqituvchilar, ota - onalar va o'z oldidagi mas'uliyat, ularning fikrlari, ma qullashlarini eshitishga intilish, sinf, o'quv jamoasida munosib orinni egallashga ham tegishlidir.

O zlashtirishning past bo lishi esa aksariyat hollarda, o'quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko'nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan oqituvchilarining asosiy vazifasi har bir o'quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosida qurish bilan bogliq:

Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o'qish nafaqat har kimning ishi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ish ekanligini o'quvchilarga tushuntirib boradi. Mustaqil davlatimiz, butun xalqimiz maktab dargohidan chuqur bilimli, hayotga har

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tomonlama tayyorlangan o'quvchilarni yetishib chiqishini kutmoqda. Bular haqida sinf majlislarida, har bir o'quvchi bilan alohida yoki bir guruh o quvchilar bilan o tkaziladigan suhbatlarda, turli tarbiyaviy tadbirlarda sinf rahbari batafsil gapirib beradi. O'qish bu jiddiy mehnat ekanligini va bunga astoydil yondashish, katta mas'uliyat bilan qarash kerakligi o'quvchilarga tushuntirib boriladi.

O'quvchi topshiriqni puxta qilib bajarishi uchun u yoki bu fan asoslarini o'rganishga, o'z bilimini chuqurlashtirishga harakat qiladi, o'zi yasayotgan o'quv quroliga, ushbu fanga nihoyatda qiziqib qoladi. Shu bilan birgalikda har bir yasalgan narsa zamirida mehnat yotganligini his qiladi, sinf va maktab jihozlarini avaylashga o'rganadi. O'quvchilarni bilish faoliyatini takomillashtirish uchun to'garaklarda kengroq foydalanish lozim.

Ma'lumki, ongli intizom va mas'uliyat hissini sezish maktabda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar tizimining samarasi hisoblanadi. Bolalarning intizomli bo'lishida sinf rahbarining xizmati katta. U darsda darsdan tashqari vaqtlarda turli tarbiyaviy usullardan foydalanib, o'quvchilarda intizomni tarbiyalab boradi, sinfda aniq rejim va ichki tartib o'rnatishga kirishadi. Jihozlash, tozalik va tartibni joriy etib boradi. Bu ishlarni sinf rahbari bir o'zi emas, balki o'quvchilar, sinf jamoasi, faollari va ota - onalar bilan hamkorlikda amalga oshiradi. Darslardagi tartib - intizomni saqlashning eng yaxshi usuli o'quvchilar ishonchini qozonishdir. Darsni qizg'in, ijodiy, ko'rgazmali qurollar yordamida, media manbaalari orqali ular havasini uyg'otish, lol qoldirish, dars o'tilgach birorta ham o'quvchini rag'batsiz qoldirmaslik - har biriga o'ziga xos amaliy topshiriqlar berish ayni muddaodir.

Xulosa qilib aytganda, intizomli bo'lish nafaqat maktabda, balki o'quvchining kelgusi hayotida ham asqotishi turgan gap. Chunki, inson hayotining chigal va murakkab so'qmoqlarida ham tartib - intizom muhim ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

1. R.A. Mavlonova, B. Normurodova. "Tarbiyaviy ishlar metodikasi". O'quv qo'llanma. Toshkent, "FAN" 2008 yil.

2. R.A. Mavlonova, O.T. To'rayev, O.Xasanboyeva, K.M.Xoliqberdiyev. "Pedagogika" T., "O'qituvchi" - 1998 yil.

3. R.A. Mavlonova, "Tarbiyaviy ishlar metodikasi". O'quv qo'llanma. T. 2010 yil

HQobilova Madina Sobir qizi, Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi, [Кабилова Мадина Собир кизи, направление начального образования студент 3 курса], [Madina S. Qobilova, primary education direction 3rd year student]; manzil: O'zbekiston, Termiz sh., Umit ko'chasi, 2/3-uy [адрес: Узбекистан, город Термез, улица Умит, дом 2/3], [address: Uzbekistan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.