Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARDA BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH USULLARI'

O‘QUVCHILARDA BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
497
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bilim / mutaxassi / intizom / rivojlanish / mas’uliyat / amaliyot / sinf rahbar / vazifalar / nazariy bilim / yuksalish. / Knowledge / specialist / discipline / development / responsibility / practice / class leader / tasks / theoretical knowledge / promotion.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bovanova U.A., Odilova N.D.

Mazkur maqolada o‘quvchilarda bilim sifatini oshirishda va sinfda intizomni mustahkamlash borasidagi usullar va tavsiyalarni, yechimiga bag`ishlangan. Maqolaning asosiy mazmun mohiyati sinf rahbarlik faoliyati qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF IMPROVING THE QUALITY OF STUDENTS' KNOWLEDGE AND STRENGTHENING DISCIPLINE IN THE CLASSROOM

This article is dedicated to methods and recommendations for improving the quality of knowledge among students and strengthening discipline in the classroom. The main content of the article is focused on class leadership.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARDA BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH USULLARI»

Bovanova U.A. o'qituvchi TAFU Odilova N.D. talabasi TAFU

O'QUVCHILARDA BILIM SIFATINI OSHIRISH VA SINFDA INTIZOMNI MUSTAHKAMLASH USULLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada o'quvchilarda bilim sifatini oshirishda va sinfda intizomni mustahkamlash borasidagi usullar va tavsiyalarni, yechimiga bag^ishlangan. Maqolaning asosiy mazmun mohiyati sinf rahbarlik faoliyati qaratilgan.

Kalit so'zi: Bilim, mutaxassi, intizom, rivojlanish, mas'uliyat, amaliyot, sinf rahbar, vazifalar, nazariy bilim, yuksalish.

Bovanova U.A. teacher TAFU Odilova N.D. student TAFU

METHODS OF IMPROVING THE QUALITY OF STUDENTS'

KNOWLEDGE AND STRENGTHENING DISCIPLINE IN THE

CLASSROOM

Abstract. This article is dedicated to methods and recommendations for improving the quality of knowledge among students and strengthening discipline in the classroom. The main content of the article is focused on class leadership.

Key words: Knowledge, specialist, discipline, development, responsibility, practice, class leader, tasks, theoretical knowledge, promotion.

O'quvchilarda bilim sifatini borasida yurtimizda bir qancha qarorlar va tamoyillar qabul qilidi. 2020 yil 23-sentyabir 637-sonli "Ta'lim to'g'risidagi qonun"ni qayta taxririni bunga misol bo'la oladi. Mamlakatimida bo'layotga barcha isloxatlar albatta jamiyatimizni rivojlantirish va kelajak avlodni barkamol avlod qilib tarbiyalashdan ibortdir. Eng avvalo ularda bilimga bo'lgan muhabbatini uyg'otish va mustahkamlash qaratilgan. Bilimga qiziqqan o'quvchilargina o'qishga intiladilar va muvaffaqiyatga erishadilar. Bunda sinf rahbarlarining o'rni katta. Ayniqsa, o'qituvchining sinf rahbarlik faoliyatida o'quvchilar bilan ishlash borasida qo'llayotgan usul va metodlari bilan uzviy

bog'liqdir. Bolalarni o'z kuchiga va qobilyatiga ishontirish, ilk yutuqlarida rag'batlantirib borish kerak.

Sinf rahbar ish faoliyatida o'quvchilar nazariy bilimlarini mustaqil tarzda qo'llay bilishlari, ularning bilimga qiziqishlarini oshirishda ahamiyatlidir. Bu tajribani quidagi tarzda amalga oshirish mumkin:

Avvalo biror fan bo'yicha o'quvchilarga biror jihoz yoki ko'rgazmali qurol yasab kelish buyuriladi. Bunda "Bu sening qo'lingdan keladi, harakat qil'' degan gaplarni unga uqtirish kerak. Buni o'quvchilar oddiy topshiriq emas, balki o'qituvchining ishonchi sifatida ham qabul qiladi. Natijada o'quvchiga bu topshiriqni bajarishda yetarli bilim kerak bo'ladi. O'quvchi nazariy bilimni olishga u yoki bu fanni o'zlashtirishga kirishadi. Bu jarayonda o'quvchi yasayotgan narsasiga va o'zlashtirayotgan faniga qiziqishi ortadi. So'ngida esa har bir yasalgan narsa zamirida ulkan mehnat yotganligini his qiladi va maktab, sinf jihozlarini avaylashni o'rganadi.

Sinf rahbarlarining o'quvchilarda bilim sifatini oshirishdagi asosiy vazifalaridan yana biri bu fan o'qituvchilarini o'quvchilarning qiziqishi, moyilligi va uy sharoiti haqidagi ma'lumotlar bilan tanishtirish va ularga qanday munosabatda bo'lishligi haqida maslahatlar berishdan iborat.

Biror fandan o'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchi bilan sinf rahbarning o'zi bevosita ish olib borishi lozim bo'ladi. Bunda o'quvchiga "Bu topshiriqni ikkalamiz bajarmasdan qo'ymaymiz'' deb dalda beriladi. Kerak bo'lganda bu topshiriqqa fan o'qituvchisini yoki sinfdagi a'lochi o'quvchilarni ko'makka chaqiriladi. Bunda o'quvchi yolg'iz emas ekanligini tushunadi, ko'ngli tog'dek ko'tarilib, topshiriqni bajarishga harakat qiladi.

"Bilim - takrorlash mevasidir'', degan edi. Abu Rayhon Beruniy har bir muvaffaqqiyat zamirida ulkan va tinimsiz mehnat yotadi. O'quvchilarni o'qishga, berilgan vazifalarga mas'uliyat bilan qarashga uqtirib tarbiyalash kerak.

O'quvchilarda o'qishga bo'lgan javobgarlik va mas'ullik hissi bilan tarbiyalash juda katta ahamiyatga ega. Mas'ul kishi har bir ishiga jiddiy qarab tugallamaguniga qadar hotirjamlikni sezmaydi. Chunki u shunga moslashib o'z qadriyatlarini yaratgan. O'quvchilarda ham ana shu hissiyot uyg'otilsa barcha fanlardan o'zlashtirish yuqori darajaga chiqadi. Natijada esa kelajakda yetuk va har taraflama barkamol mutaxassislar ko'payishiga olib keladi.

Bolalarda intizomni Rivojlantirish uchun sinf rahbarlari alohida ishlaydilar. Ular darsda va darsdan tashqari ishlarda tarbiya ishlarini olib borib ichki intizom va tartiblarni o'rnatib olishlari zarur bo'ladi. Masalan, sinfni jihozlash, tozalik va shu kabi masalalar. Bu ishlarni bajarishda sinf rahbar bir o'zi emas balki sinf faollari va o'qituvchilar bilan hamkorlikda bajaradi. Sinifda intizomni saqlash uchun faqatgina sinf rahbar mas'ul emas balki butun sinf va pedagogik jamoa ham mas'ul hisoblanadi.

Sinfda intizomni o'rnatish juda murakkab jarayondir. O'quvchilar ba'zi darslarda intizomli bo'lib darslarga quloq solishadi, ba'zi darslarda esa betartib o'tirib, shovqin qilishadi. Bunda kim aybdor? Albatta o'qituvchi. Agar

o'qituvchinig pedagog mahorati yetarli bolsa, fanga bolalarni qiziqtira olsa, sinfda o'z - o'zidan intizom yuzaga keladi va o'qish sifati ham oshadi.

Intizom deganda o'quvchilarni qimirlamay, indamay o'tirishlari emas balki ongli intizomni tushunish kerak. Ba'zi o'qituvchilar o'zlaricha sinfda qosh qovoq qilib, qattiqo'llik bilan intizomni o'rnatmoqchi bo'lishadi. Bunda bolalarda adovat hissi shakillanadi. Natijada sovuqqon, juratsiz, qo'rqoq va yolg'onchi bolalar shakillanadi.

O'quvchilarda intizomni tarbiyalamasdan turib, ularni maktabga, atrof muhitga, kishilarga, darslarga to'g'ri munosabatda bo'lishga, uy vazifalarini bajarishga, saramjonlikka o'rgatish qiyin. Ongli intizomni tarbiyalash -maktabning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ongli intizom va mas'ullik hissini sezish maktabda olib borilgan tarbiyaviy ishlar tizimining samarasi hisoblanadi. Bu yuqorida ko'rsatib o' tilgan ishlar bolalar maktabga ilk qadam qoygan kunlaridanoq boshlanadi. Bolalarni maktabga va maktabdagi tartib intizomlar bilan tanishtirib, moslashishiga ko'maklash zarur. Bu paytning ichida bolalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish zarur, ularn i maktab hayotidan sovub qolishlariga sabab bo'ladigan hatti harakatlar va muomila qilmaslik kerak.

Bolalarni sevish, ularni hurmat qilish yahshi hislatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Agar o'qituvchi o'z o'quvchilariga nisbatan befarq, ayniqsa mensimasdan munosabatda bo'lsa bo'lsa, bunday o'qituvchini o'quvchilar hurmat qilmaydi va obro'si tushib boradi. Darslarda tartib - intizomni saqlashning eng yaxshi usuli bu o'quvchilarning ishonchini qozonishdir. Darsni qiziqarli o'tish, ko'rgazmali qurollarni ishlatish va noodatiy darsni tashkil qilish kerak. Eng muhimi har bir o'quvchini bandligini taminlash, aqliy salohiyatiga mos keladigan vazifalar berish Shunda o'quvchilarda qiziqish bilan birga sog'lom raqobat ham vujudga keladi.

Xulasa o'rinda shuni aytishimiz mumkinkiy, o'quvchilarda intizom nafaqat maktablarda balki turmush tarzimizda ham katta o'ringa ega. Chunki har bir joyning o'ziga yarasha tartib, intizomlari mavjud. Bolalar katta bo'lgani sari buni chuqurroq tushunib yetishadi, buni ularga o'rgatadigan insonlar pedagoglar hisoblanadi. O'quvchilarni ham ana shu tartib - intizomga o'rgatsak o'z o'zidan jamiyat taraqqiyot topadi va yuksaladi. O'quvchilarda o'quv faoliyati, bilim sifatini oshirish uchun avvalo o'quvchilarda bilimga bo'lgan qiziqishni oshirish lozim. Bu jarayonlarni esa tizmli ishlaydigan, o'z kasbiga ma'suliyat xissi bilan qaraydigan mutaxassislar darkordir. Albatta malakali, o'z ishining ustasi bo'lgan mutaxassislarni esa oliy ta'lim yetishtirib beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni. https://lex.uz/docs/4312785

2. Abdurasulov T.X. Boshlang'ich sinf tabiatshunoslik darslarida innovasion texnologiyalardan foydalanish. "Oriyental Art and Culture" Sciyentific-Methodical Journal-(SI) II/2020. ISSN 2181-063X.-6 s.

3. Ibroimov Sh.I To'ychibekova A.A. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi faoliyatida muloqat madaniyati va psixologiyasini shakllantirish usullari (tabiiy fanlar misolida). ACADEMIC RESEARCh IN EDUCATIONAL SCIYeNCYeS VOLUME 2 SPECIAL ISSUYe 1. 2021.-17 s.

4. Mavlyanova R.A. Paxmankulova N.X Boshlang'ich ta'limda innovasiya (metodik qo'llanma). -Toshkent, 2017. -195 s.

5. Mustafaqulova D.I. Tangirova D.E. Integrativ yondashuv asosida tabiatshunoslik fanlarining uzviyligini ta'minlash strategiyasi.. Zamonaviy ta'lim / SOVREMENNOYe OBRAZOVANI. 2017. 3. -83-89 s.

6. Ochilob F.I. Ilg'or pedagogik texnologiyalar asosida boshlang'ich sinflarda dars samaradorligini oshirish xususiyatlari. Zamonaviy ta'lim / SOVREMENNOYe OBRAZOVANI. 2016. 5. -61-67 s.

7. Saliyeva Z.T. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarning, ma'naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish. Pedagogika fanlari uchun yozilgan dissertasiyasi avtoreferati -Toshkent, 2017. -73s.

8. R.Mavlonva, B.Normurodov, N.Rahmonqulov " Tarbiyaviy ishlar metodikasi " -2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.