Научная статья на тему 'SINF RAHBAR FAOLIYATIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARNING QARASHLARI'

SINF RAHBAR FAOLIYATIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARNING QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
24
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sinf rahbarligi / shaxs tarbiyasi / maktab ustavi / oʻquv faoliyati.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matlibov Jamshidbek Yahyo Ogli, Matupayeva Shahnoza Zaripboyevna

Mazkur maqolada sinf rahbarligi ishlarini tashkil etishdagi muhim jihatlar, sinf rahbari shaxsiga qoʻyiladigan muhim talablar, sinf rahbari haqida sharq mutafakkirlarining qarashlari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SINF RAHBAR FAOLIYATIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARNING QARASHLARI»

SINF RAHBAR FAOLIYATIDA SHARQ MUTAFAKKIRLARNING QARASHLARI 1Matlibov Jamshidbek Yahyo o'g'li, 2Matupayeva Shahnoza Zaripboyevna

1CHDPU Boshlang'ich ta'lim tyutori 2CHDPU Boshlang'ich ta'lim talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10665024

Annotatsiya. Mazkur maqolada sinf rahbarligi ishlarini tashkil etishdagi muhim jihatlar, sinf rahbari shaxsiga qo'yiladigan muhim talablar, sinf rahbari haqida sharq mutafakkirlarining qarashlari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: sinf rahbarligi, shaxs tarbiyasi, maktab ustavi, o'quv faoliyati.

Sinf rahbarining o'quvchilarga ko'rsatadigan tarbiyaviy ta'sir kuchi ko'p jihatdan uning ma'naviy qiyofasi o'quvchilar ongi va xulq-atvorning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab hayotida, talim -tarbiya jarayonini boshqarishda sinf rahbarining o'ziga xos o'rini bor. U maktabda juda muhim va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bog'liqdir.

Sinf rahbari deganda - o'quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng bo'lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.

Sinf rahbarining faoliyatida yuqori ma'daniyat psixologik - pedogogik tayyorgarlikni talab qiladi. O'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda sinf rahbarining ro'li juda muhim sanaladi. Ta'limni tarbiya bilan bog'lashimizning sababi Konfutsiy aytganidek rejang bir yillik bo'lsa sholi ek, rejang o'n yillik bo'lsa daraxt ek, rejang yuz yillik bo'lsa bolalarni o'qit degan edi. Shu sababli o'quvchilarni o'qish jarayonida o'qituvchidan pedogogik mahorat yuksak ilm talab qiladi. Sinf rahbarining faoliyatida - yaxshi ustoz, yuqori insoniy fazilatlar, xushmuomalalik, to'g'ri so'z halol va barcha harakatlari bilan fikr yuritadigan madaniyatli inson. O'quvchilar darslarni o'zlashtirish jarayonida bo'sh o'zlashtiradigan o'quvchilarning borligi bugungi o'quvchilarning asosiy muamollardan hisoblanadi. Bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarni o'rganish jarayonida o'qituvchi ota onalari bilan suhbatlar olib borishi, qo'shimcha mashg'ulotlar tashkil qilib ularning bilim darajalarini oshirish orqali natijalarga erishishimiz ko'zda tutiladi. Sinf rahbarining ish faoliyatida o'quvchilarning bilimga bo'lgan qiziqishlarini va qobiliyatlarini hisobga olgan holda yuqori darajada o'zlashtirishni ta'minlash vazifasi turadi. Sinf rahbari faoliyati jarayonida o'quvchilarni tarbiyalash bilan bir qatorda o'quv yili davomida o'quvchilar bilan vaqtni mazmunli va uni nimalar bilan band qilish kerakligi haqida aytib uqtirib boriladi.

O'qituvchilik faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan g'amho'rligi bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. O'quvchilar bilan olib boriladiga o'zaro munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yish hamda o'quvchilarning o'sishi va rivojlanishiga qarab ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda o'qituvchi o'quvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bog'lab turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining o'rni katta hisoblanadi. Sinf rahbari sinf jamoasini jipslashtirishda ota-onalar va jamoatchilik bilan ham korlikni yo'lga qo'yadi. Hamkorlik shakllaridan biri sinf ota-onalar majlisi o'tkazishdir. Sinf majlisi o'tkazish uchun, avvalo, jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda ko'plab bolalar tarbiyasiga oid masalalarni ko'radi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar ko'rilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va o'z yechimini topishi kerak bo'ladi.

Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o'quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi hamdir. O'quvchilarda qiziqish uyg'otish, ularni o'zi bilan yetaklash faqat yuksak

irodali insonning qo'lidan keladi. Auditoriya, o'quvchilar jamoasi kabi murakkab organizmlarga pedagogik rahbarlik qilishi sinf rahbaridan topqir, zehni o'tkir, har qanday vaziyatni mustaqil yechishga doim tayyor bo'lishligini talab qiladi. Unga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri -sabr-toqat va dadillikdir. O'qituvchining birdan sarosimaga tushgani, o'z nochorligini o'quvchilar sezmasligi lozim. Shuni hamisha esda tutish kerakki, sinf rahbari o'z harakati va axloqini nazorat qilish, hech qachon arzimagan narsalarga asabiylashmasligi kerak. Muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning birinchi sharti - bu sinf rahbarining talabchanligi. Dastlab talabni u o'ziga qo'yishi kerak, chunki o'zingda bo'lmaganni o'zgadan talab qila olmaysan. Talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo'lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda yuz berib turadigan keskinliklarni bartaraf etish uchun tarbiyachiga hazil-mutoyiba tuyg'usi yordam beradi. Uning ko'lamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, do'stona piching - ijobiy emotsional holat yaratishga imkon berib, o'quvchilarni o'ziga jalb qildiradi. Shaxs axloqini xarakterlaydigan belgilardan biri -ma'suliyatdir.

Sinf rahbarining ma'suliyati - tarbiyachining faoliyati va ta'lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o'z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bolaning shaxs sifatida har tomonlama kamol toptirish ma'suliyati yuklanadi. U o'quvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga u o'quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatni o'z vaqtida payqab, individual munosabatda bo'lishi, unda mavjud bo'lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o'stirishi darkor.

Sinf rahbari har doim o'quvchilardan xabardor bo'lib turishi kerak. Masalan, bir o'quvchining o'zlashtirishi yomon bo'lsa, uni yaxshilash uchun o'qituvchi birinchi o'rinda ota-onasi bilan uchrashib, surishtirishi lozim. Nimaga yaxshi o'qimaydi, nima uchun darslarni o'z vaqtida qilmaydi, shular haqida ota-onasi bilan suhbat olib borishi kerak. Agar bolaning oilasida hamma sharoit bo'lib bola o'zi yaxshi o'qishni xohlasada, o'zi o'ylagan natijaga erisha olmayotgan bo'lsa, o'qituvchi bolani yaxshi o'qiydigan o'rtog'ining yoniga o'tkazib qo'yish kerak.

Bundan tashqari shunga o'xshagan o'zlashtiruvchi o'quvchilarni yig'ib, har xil fanlardan masalan, matematika, ona tili, o'qish va boshqalardan qo'shimcha darslarni tashkil etib, bolalarni o'qishga bo'lgan talablarii, qiziqishini yanada oshirishga o'qituvchi harakat qilishi kerak. O'qituvchi o'quvchilarning ota-onalari bilan faol ishlashi zarur. Negaki, maktabda sinfda bo'layotgan ishlardan ota-onalar ham xabar topib, qiynalgan vaqtida hamroh bo'lishi lozim. Buning uchun ota-onalar bilan o'qituvchining o'rtasida bog'lab turuvchi aloqa daftarchasini tutishi va uni doim qoldirmasdan yuritib turishi darkor.

Sinf rahbar faoliyatida Sharq mutafakkirlarining qarashlari tarixiy va madaniy muhitga bog'liqdir. Bu mutafakkirlar tarix bo'yi davlatlarning, madaniyat va dindorliklarining rivojlanishida, shuningdek, falsafa, ilm-fan va san'at sohasida muhim ro'l o'ynaganlar.

Quyidagi misollar orqali Sharq mutafakkirlarning faoliyatining ba'zi fikrlarini ko'rish mumkin:

Sinf rahbarning psixologik xususiyatlari masalasida Abu Nasr Forobiy: "Sinf rahbar aql-farosatga, chiroyli nutqga ega bo'lishi va o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay olishni bilmog'I zarur", "O'qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o'xshaydi, shu sababli o'qituvchi eshitgan va ko'rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi, o'quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarini to'la va aniq ifodalay berishni bilmog'i lozim. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi

lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi",-deb ta'kidlaydi.

Abu Rayxon Beruniy ta'lim va tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mavqeyi, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlari chin ma'noda insonparvarlik va insonshunoslik zamirida yaratilgan. Bilim va tarbiyaning tabiatga uyg'unlik tamoyillarini mutafakkirning barcha asarlarida kuzatish mumkin. U insonni tabiatning bir qismi deb ta'kidlaydi. Beruniy ta'lim jarayonining mohiyatiga chuqur kirib borib bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosida qurilgan o'qitish samarali bo'lishni uqtiradi. Beruniy pedagogik ijodida inson va uning baxt -saodati, ta'lim-tarbiyasi, kamoloti bosh masala bo'lgan.

O'rta arslarda yashab, ijod etgan donishmand, tabobat ilmining dohiysi Abu Ali ibn Sino inson ruhiyati, tana va qalbning birligi, inson organizmining tuzilishi, undagi nerv faoliyati va ularning tarmoqlanishi holatlari haqidagi qimmatli ma'lumotlari hozirga qadar tibbiyotning muhim negizini tashkil etadi.

Ko'rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarinig shaxsiy sifatlariga ham bog'liqdir. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g'oyaviy ichonchiga va e'tiqod darajadiga bog'liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam o'zlashtirib borishi bilan o'zining bilimini oshiradi. Sinf rahbarining axloqiy obro'si g'oyat darajada yuqori bo'lishi ham bu o'rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma'naviy qiyofasi o'quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Chunki, tarbiyachi qobiliyati juda ko'p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko'ngil qo'yish, bolalarga bo'lg an cheksiz muhabbat, muomala nazokatligi, oqil va adolatlilik namunasi, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo'lishi taqozo qilinadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. - Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2017. - 592 b.

2. Jo'rayevR.X. Jaholatga qarshi ma'rifat J. Xalq ta'limi.- T.: 2004.- №3. - B. 9-13.

3. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - Toshkent: Fan, 2009. - 480 b.

4. Ismoilova Z., Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T:. Istiqlol, 2003

5. Tarbiya ensiklopediya. Tuzuvchi M.N. Aminov. T:. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.

6. Mavlonova R., Rahmonqulova N., Normurodova B., Matnazarova K. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent, 2014 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.