Научная статья на тему 'O‘QUV MATNLARINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA O‘QUVCHILAR NUTQIY RAVONLIGINI ( BOG‘LANISHLARINI ) RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

O‘QUV MATNLARINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA O‘QUVCHILAR NUTQIY RAVONLIGINI ( BOG‘LANISHLARINI ) RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
141
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘quv matnlari / rivojlanish / metodika / modellashtirish / educational texts / development / methodology / modeling

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shodiyev, R.D., Hamrayeva, M.E.

Ushbu maqola o‘quvchilarni nutqini ravonligini oshirishda o‘quv matnlarini modellashtirish asosida o‘quvchilarni o’qitishga o‘rgatish metodikasini shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Shu boisdan bu mavzu tadqiqotchilar, pedagoglar va psixologlar uchun muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE METHODOLOGY OF DEVELOPING SPEAKING FLUENCY (COMMUNICATION) OF STUDENTS BASED ON MODELING OF STUDY TEXTS

This article discusses the formation of a methodology for teaching students to teach based on the modeling of educational texts to improve students' speech fluency. Therefore, this topic is important for researchers, pedagogues and psychologists.

Текст научной работы на тему «O‘QUV MATNLARINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA O‘QUVCHILAR NUTQIY RAVONLIGINI ( BOG‘LANISHLARINI ) RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

www.onens.uz

O'QUV MATNLARINI MODELLASHTIRISH ASOSIDA

O'QUVCHILAR NUTQIY RAVONLIGINI ( BOG'LANISHLARINI ) RIVOJLANTIRISH METODIKASI

R.D.Shodiyev

QDUPedagogika fanlar doktori professor

M.E.Hamrayeva

QDU Ta'lim tarbiya nazaryasi va metodikasi kafedrasi tayanch doktaranti Tel:99.3191893

Annotatsiya: Ushbu maqola o 'quvchilarni nutqini ravonligini oshirishda o 'quv matnlarini modellashtirish asosida o'quvchilarni o'qitishga o'rgatish metodikasini shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Shu boisdan bu mavzu tadqiqotchilar, pedagoglar vapsixologlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'z: o'quv matnlari, rivojlanish, metodika, modellashtirish

Abstract: This article discusses the formation of a methodology for teaching students to teach based on the modeling of educational texts to improve students' speech fluency. Therefore, this topic is important for researchers, pedagogues and psychologists.

Key word: educational texts, development, methodology, modeling

Аннотация: В данной статье рассматривается формирование методики обучения студентов преподаванию на основе моделирования учебных текстов для улучшения беглости речи учащихся.Поэтому данная тема важна для исследователей, педагогов и психологов.

Ключевые слова: учебные тексты, разработка, методология, моделирование.

KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa ta'lim sohasidagi tub o'zgarishlar hech kimga sir emas. Bugungi kunda yoshlarni bir masalaga nisbatan kreativ, ya'ni bir muammoni turli tomonlama, turli xil yo'llar billan yechishlari, shuningdek ifodali o'qish, nutq rivoji va fikrni aniq yetkazib berish davr talabi hisoblanmoqda. O'quvchilarning bo'lajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliyot ham muhim o'rin egallaydi. O'zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma'naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma'naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan

www.onens.uz

davlatlar qatoridan o'rin olishi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog'liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o'qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog'onalarga olib chiqish avvalo o'qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas'uliyatli vazifani yuklaydi. Tabiiyki hozirgi ta'lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishga bog'liq.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi.Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish,analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

MUHOKAMA

Pedagogik faoliyat o'qituvchining o'quvchiga uni shaxs va intellektual jihatdan rivojlanishiga yordam beruvchi ta'limiy va tarbiyaviy ta'sirini o'z ichiga qamrab oladi. 1-sinfdan 4-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar o'quv matnlarini modellashtirish asosida o'quvchilar nutqiy ravinligini oshirish buyicha o'qituvchilar metodik ishlar olib boriladi. "Yoshlikdan olingan bilim toshga o'yilgan naqshdir" ga o'xshatishgan. Shunday ekan birinchi va ikkinchi sinflarda ona tili va o'qish o'qitishda alohida ahamiyatga ega ongli yondashuvni, o'zini ifoda etish va muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantirish vazifasi, shuningdek o'quvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda tinglash, gapirish, o'qish yozish, matnni tinglab tushinish, fikr almashish, ma'lumot olish, yozma ma'lumitlarni o'qib, voqealarga munosabat bildirish qobiliyatlarini shakllantirish zarur hisoblanadi. Bugun bitta kitob o'qigan bola ertaga o'nta televizor tomosha qilgan bolani yetaklaydi. Bu rost gap v a shuning uchun ushbu jumlani va shunga o'xshash aqilli fikrlarni bolalar ongiga chuqur singdirish, kitobga bo'lgan muhabbatni oshirish, ularga ilm ortidan yorqin, porloq kelajak kelishligini anglatish darkor. Bugun o'z bilimini, ma'naviyatini boyitgan bola kitob o'qish orqali mustaqil va erkin fikrlashga o'rganadi, dunyoqarashi kengayadi televizorda turli ko'ngilochar dasturlar, past darajadagi seriallar va multfilmlarni tomosha qilayotgan bolalar kitob o'qiyotganlar uchun xizmat qiladi. Kitobxon yoshlar hayotda o'z o'rnini topish uchun o'zlarida bor imkoniyatlarning barchasini ishga soladilar va bilim olishga kuchlarini sarflashadi. Farzandlarimizga bilim berish nafaqat bugungi kunning balki qadimda ota bobolarimizning ham dolzarb vazifalaridan biri bo'lgan. Bolajonlarimiz ertangi hayotning ma'lum bir sohasining yetuk mutaxassisi bo'lib ulg'ayishlari, o'qishlari

www.onens.uz

Vatan ravnaqiga munosib hissa qo'shishlari bu barchamizning oliy maqsadimiz hamda burchimizdir. Bolalarni o'qitish o'rgatish ota-onalar bilan bir qatorda o'qituvchi murabbiylarning ham burchlaridir. Bolalarda nutqni, fikrlashni va o'zganing fikri to'g'ri yoki notug'ri ekanligini bilish qobiliyatini shakllantiruvchi oddiy va samarali metodlardan biri bu savol-javob medotidir.O'quvchilarga eng avvalo bog'lanishli nutq nima ekanligini tushuntiib olishimiz kerak?

Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni ifodalaydigan logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tugallangan va o'zaro bog'langan ma'noli qismlarga bo'linadigan nutq -bog'lanishli nutq deyiladi. Bog'lanishli nutq -mavzuni tushunish,chegarasini aniqlash,mavzuni yorita olish ko'nikmasni , inshoni asosiy fikrga bo'ysundirish ko'nikmasini,hikoya va inshoga taaluqli bo'lgan zaruriy materiallar yig'ishni,materiallarni tartibga solishni, fikrni adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda to'g'ri ifodalay olish ko'nikmalarini, yozilgan matnni takomillashtirish ko'nikmasini shakllantiradi. Boshlang'ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq 2-sinfda (30-40 so'zli) matn yuzasidan o'qituvchi yordamida bayon yozishga o'rgatiladi,3-sinf 40-60 so'zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo'lib tuzilgan 3-5 ta reja asosida bayon yozish,4-sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70-90 so'zli) bayon yozish ko'zda tutiladi.Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta. Bayon bolalarda adabiy nutqni to'g'ri shakllantirishga yordam beradi,nutq madaniyatini yaxshilaydi,tilga sezgirlikni oshiradi. Bayonda o'quvchi kishilarning mehnatini, hayotini, tabiat manzaralarini, fan-texnika bo'yicha yangiliklarni aks ettiradigan g'oyalar asosida bayon mavzusi yoritib beriladi. O'quvchilar bayon yozish orqali nutqni to'g'ri shakllanishiga erishsa, mantiqiy fikrlaydigan rasmlar orqali esa gaplarni bir-biriga bog'lashni va fikrlash malakalarini oshiradi.

XULOSA

Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo'l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.) ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o'rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo'yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan rivojlanish tarzida ro'y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda nutq rivojlanishini rag'batlantiruvchi yoki unga to'sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko'zlagan holda pedagogik ta'sir ko'rsatishni tashkil etish kalitidir. Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta'minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq o'z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik o'zlashtirganligining ko'rsatkichi

www.onens.uz

hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. Ravonlikning asosiy ko'rsatkichi sifatida so'zlar, gaplar va fikrlarning qismlari o'rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan to'g'ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan. O'quv

matnlarini modellashtirish orqali ta'lim berilsa ta'lim oluvchilarga ta'lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta'lim tizimi vositalari rolini multimediyalar, kompyuter, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta'lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg'ulotlar o'tkazish ta'lim sifatini oshirishni ta'minlaydi. Onlayn darslarda raqamli ta'lim texnologiyalari bilan birga o'quv matnlarini modellashtirish asosida qo'llanilishi yaxshi samara berishi hammamizga ma'lum. Masalan, yangi tahrirdagi Singapur ta'limi asosida chiqarilgan darsliklarimizda ko'plab matnlar, rasmlar va telivedinya orqali berib borilgan onlayn darslar ham o'quvchi yoshlarni tanqidiy va ijobiy fikrlashga undaydi. Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta'minlash imkonini beruvchi bolalar o'quvini tashkil etishning maqbul shaklini qidirish ishlari olib borilmoqda. Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo'lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko'p asrlik tajribasini o'zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin. Til -hayotimizning ajralmas qismi bo'lib, biz unga o'z-o'zidan bo'lishi shart bo'lgan narsa sifatida qaraymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.:O'zbekiston, 2017.

3. Qosimova K,S Matchonov Ona tili o'qitish metodikasi Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari uchun darslik.- Toshkent."Nosir"nashriyoti 2009.

4. M.Hamroev,D.Muhammedova Ona tili.-Toshkent,2008.

5. Atabayeva G.F. The sign content of "Ffu" novel // Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, USA. 2022. - P.139-142. (Impact Factor - 8.0).

6. Atabayeva.G.F. "Humanizm in the novel of A. Yakubov" aктуальные проблемы тюркологии: россия и тюрко-мусульманский 2021 МИР

7. Pardaeva Nigora BILINGUALPOET - ANBAR OTIN. Актуальное в филологии. № 3 2021/6/11

www.onens.uz

8. Omanova, M. A. (2020). Updating views on literary heroes and glory in the novels of the period of independence. Novateur publications JournalNX-A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal, 6(10), 415-419.

9. Omanova MA, H. (2020). The place of traditional motives and symbols in the plot and composition of national novels. Journal of critical reviews. Malaysiya, 2903-2910.

10. Kalandarova D. "Attitude to uzbek folklore in the research of karl reichl". ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 500-503.

11. Kalandarova D. "Issues of Uzbek Folklore and its Research in Germany". Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 4395-4398.

12. M.N.Kadirova. The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore. International Scientific-Online Conference: Intellectual Educationtechnological Solutions And Innovative Digital Tools. Netherlands.

13. Mashkhura Kadirova. "The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore In Distance Learning" Lecturer, Department of Uzbek language and literature of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Uzbekistan,

14. Ypa36aeBa, M. K (2023). AE.H XAPAKTEPHHH OWffl^A EA^HHH HYTKPHHr YPHH. GOLDEN BRAIN, 7(1), 193-199.

15. O'razbayeva M. XX asr ozarbayjon adabiyotida Ganjaviy obrazi tasviri. Nizomiy Ganjaviy va xamsachilik an'anasi nomli ilmiy konferensiya materiallari to'plami. - Toshkent. 2024 -yil.

16. Kahramanov K. Naim Karimov Is a literary scholar, Scholar and critic. Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior. 2023, Vol 14. ISSN: 2037-4445.

17. Urazbayeva, M., Feruza, B., Nigora, P., Go'zal, A., & Mashhura, Q. (2023). Issues of Distribution of Bear Image in Uzbek Novels. Journal of Advanced Zoology, 2184-2192.

18. Achilov, N. K. (2022). The image of a historical person and its epical interpretation. Open Access Repository, 5(05), 126-132.

19. Achilov, N. (2022). EPIC KNOWLEDGE DECLINE AND FACTORS OF THE EMERGENCE OF FAKE EPOS. Journal of Integrated Education and Research, 7(2), 192-202.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.