Научная статья на тему 'O‘QUV JARAYONIDA O‘QUVCHILAR VA O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA KELIB CHIQADIGAN PEDAGOGIK NIZOLARNI BARTARAF ETISH YO‘L-YO‘RIQLARI'

O‘QUV JARAYONIDA O‘QUVCHILAR VA O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA KELIB CHIQADIGAN PEDAGOGIK NIZOLARNI BARTARAF ETISH YO‘L-YO‘RIQLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘quv jarayoni / o‘quvchi va o‘qituvchilar / pedagogik nizolar / muammoli xulq-atvorning motivlari / pedagogik ta’sir usullari / o‘zaro munosabatlar qoidalari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Musurmonov Raxmatilla

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar va ularni bartaraf etishga doir tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUV JARAYONIDA O‘QUVCHILAR VA O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDA KELIB CHIQADIGAN PEDAGOGIK NIZOLARNI BARTARAF ETISH YO‘L-YO‘RIQLARI»

O'QUV JARAYONIDA O'QUVCHILAR VA O'QITUVCHILAR O'RTASIDA KELIB CHIQADIGAN PEDAGOGIK NIZOLARNI BARTARAF ETISH YO'L-YO'RIQLARI

Musurmonov Raxmatilla

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti "Maktab menejmenti" kafedrasi

dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214660

Annotatsiya. Maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvjarayonida o'quvchi va o'qituvchilar o'rtasidapedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar va ularni bartaraf etishga doir tavsiyalar berilgan.

Аннотация. В статье представлены факторы, вызывающие педагогические конфликты между учащимися и учителями в ходе образовательного процесса в общеобразовательной школе, и рекомендации по их устранению.

Annotation. The article presents factors that cause pedagogical conflicts between students and teachers during the educational process in a secondary school, and recommendations for eliminating them.

Kalit so'z va iboralar: o'quv jarayoni, o'quvchi va o'qituvchilar, pedagogik nizolar, muammoli xulq-atvorning motivlari, pedagogik ta'sir usullari, o'zaro munosabatlar qoidalari.

Ключевые слова и фразы: учебный процесс, ученики и преподаватели, педагогические конфликты, мотивы проблемного поведения, методы педагогического воздействия, правила взаимодействия.

Keywords and phrases: Educational process, students and teachers, pedagogical conflicts, motives ofproblematic behavior, methods of pedagogical influence, rules of interaction.

Tajribalarimizdan ma'lumki, o'qituvchilar o'z faoliyatlarida o'quvchi-larning dars intizomi bilan bog'liq muammolarga duch keladilar. Ko'pchilik o'qituvchilar o'quvchilarga ma'lum talablarni qo'yib, unga qat'iy rioya qilishni talab qiladilar. Bunday talablar esa o'quvchilarga yoqmaydi. Natijada, o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida nizo kelib chiqadi.

Aslida, intizomni buzgan o'quvchi o'zining xatti-harakati noto'g'ri ekanligini biladi, lekin u o'z xulqining motivini tushunmaydi. Sinfdagi har bir bola uchun bu xatti-harakatning turli sabab va maqsadlari mavjud bo'ladi. Pedagog-o'qituvchilar bu motivlarning qanday bo'lishiga qaramay, ularga ta'sir etish usullarini topishlari zarur. Agar o'qituvchilar xulq-atvorning buzilish maqsadlarini aniqlashga qodir bo'lsalar,u holda o'quvchi bilan konstruktiv munosabatlarni o'rnata oladilar. Bunda to'g'ri strategiyani tanlash qadamma-qadam muammoni yechimini topish imkonini beradi. O'quvchining xulq-atvoriga samarali ta'sir etishning rejasini tuzish maqsadga muvofiq bo'ladi [1]. Bu reja quyidagicha bo'lishi mumkin:

• "yomon" xulq-atvorning sababini aniqlash;

• Uni bartaraf etish usullarini tanlash;

• O'quvchini qo'llab-quvvatlashning kelgusi taktikasini ishlab chiqish;

• Muammoni hal etishga ota-onalarni va pedagoglarni jalb etish.

Rejani amalga oshirishda pedagog ketma-ketlikdagi 5 ta vazifani bajaradi.

1-vazifa. Muammoli xulq-atvorni xolisona izohlash.

2-vazifa. Yomon xulq-atvorning sababini tushunib olish.

"Yomon" xulq-atvorning motivlari quyidagicha bo'lishi mumkin:

• E'tibor talab etish;

• O'z so'zini o'tkazishga harakat qilish;

• Qasd olish istagi;

• Omadsizlikdan qochish.

3-vazifa. O'qituvchining nuqtai-nazari va munosabatining o'zgarishi. O'qituvchi o'quvchi bilan ma'lum qoidalar doirasida munosabat qilishlari lozim.

1-qoida. O'quvchi shaxsiga emas, balki uning ayni vaqtdagi xulq-atvoriga diqqatni qaratish. Uning xulq-atvorini muhokama qilayotganda xolisona baho berishga harakat qilish.

2-qoida. O'qituvchi o'zining negativ his-tuyg'ularini nazorat qilish.

3-qoida. Vaziyatni yanada keskinlashtirmaslik choralarini ko'rish.

4-qoida. O'quvchining xatti-harakatini butun sinf oldida emas, balki darsdan so'ng bir o'zi bilan muhokama qilish.

5-qoida. Odatda o'quvchilar o'qituvchining barcha aytganlarini "o'zlari xohlagandek", ya'ni aftlarini bujmaytirib, shoshmasdan, bajaradilar. Agar o'qituvchi bunga ahamiyat bermasa, o'quvchi o'z-o'zidan qoidaga bo'yso'nishi mumkin, o'rtada qarama-qarshilik paydo bo'lmaydi.

6-qoida. O'quvchiga do'q-po'pisa qilish, baqirish, uni ayblash kabi agressivlikni namoyon qilmaslik.

Muammoli xulq-atvorda pedagogik ta'sir usullari. Agar bola e'tiborni talab etsa, quyidagi usulni qo'llash mumkin [2]:

1. E'tiborni kamaytirish:

• unga e'tibor bermaslik;

• ko'zlar orqali aloqa o'rnatish;

• hech qanday qarashlarsiz va so'zlarsiz uning oldiga kelib turish;

• bolaning ismini dars mavzusiga bog'lab aytib o'tish;

• yozma tarzda ogohlantirish;

• o'z noroziligini to'g'ridan-to'g'ri izhor etish.

2. Dars davomida o'quvchilarga birmuncha vaqt xohlagan ishlari qilishga ruxsat berish. "Hamma narsani qo'llash mumkin" usulini qo'llash.

3. O'quvchilarning yomon xulq-atvorini ular kutmagan tarzda to'satdan to'xtatish: kulgu va yumordan foydalanish; past va yoqimli ovozda gapirish; darsni birmuncha vaqt to'xtatib turish.

4. O'quvchilarni chalg'itish.

5. Sinf diqqatini intizomga rioya qilmayotganlarga qaratish.

6. O'quvchlarning joyini o'zgartirish.

4-vazifa. O'quvchini qo'llab-quvvatlash strategiyasi. O'qituvchi bolani qanday bo'lsa shundayligicha, uning ahmoqona qiliqlari, kamchiliklari, nojo'ya xatti-harakatlariga qaramay qabul qilish kerak. Xulq-atvoridagi kichik ijobiy o'zgarishlarni ham maqtash, uning intizomini yaxshilashga imkon beradi.

5-vazifa. Ota-ona va boshqa fan o'qituvchilarini jalb etish... Ota-onalar bilan o'zaro munosabatlarning qoidalari.

Ota-onalarga bolasining xulq-atvorini umumiy tarzda emas, balki aniq dalillar keltirgan holda bosiqlik bilan ehtiroslarga berilmasdan ma'lum qilish kerak.

Ota-onalar bilan ishlashda nimalarga e'tiborni qaratish kerakligi va pedagoglar tomonidan ularga tarbiya usullari to'g'risida tushunchalarni rivojlantirishni o'z oldilariga maqsad qilib

qo'yishlari zarur. Ayniqsa, yosh oilalarga pedagogik va psixologik bilimlarni berish, namunali oilalar tajribasidan o'rganishni tavsiya etish maqsadga muvofiq bo'ladi [3].

Topshiriqlar:

1. O'quvchilarning xulq-atvorida og'ishlar bo'lishi sababini ayting.

2. "Yomon" xulq-atvorli bolalar bilan ishlashda nimalarga e'tiborni qaratish kerak?

3. O'qituvchilardagi kamchiliklar ham nizoni keltirib chiqarishga sabab bo'ladi deb hisoblaysizmi?

4. Ota-onalar bilan ishlashda qanday qoidalarga amal qilish kerak?

5. Maktab psixologi qanday vazifalarni bajarishi kerak?

6. Bu sohada maktab rahbarining vazifasi nimadan iborat?

Test

1. Muammoli xulq-atvorning motivlari qanday bo'lishi mumkin?

A) Ko'pchilik o'qituvchilar o'quvchilarga ma'lum talablarni qo'yib, unga qat'iy rioya qilishni talab qilish oqibatida;

B) O'quvchiga nisbatan adolatsizlik oqibati;

V) O'quvchini mensimaslik oqibati.

2. Muammoli xulq-atvorni korreksiyalash uchun pedagogik ta'sir usullari nimadan iborat?

A) O'quvchining xulq-atvoriga samarali ta'sir etishning rejasini tuzish maqsadga muvofiq: "yomon" xulq-atvorning sababini aniqlash; Uni bartaraf etish usullarini tanlash; O'quvchini qo'llab-quvvatlashning kelgusi taktikasini ishlab chiqish; Muammoni hal etishga ota-onalarni va pedagoglarni jalb etish;

B) "yomon" xulq-atvorning sababini aniqlash; Muammoni hal etishga ota-onalarni va pedagoglarni jalb etish;

V) Uni bartaraf etish usullarini tanlash; O'quvchini qo'llab-quvvatlashning kelgusi taktikasini ishlab chiqish;

3. Ota-onalar bilan o'zaro niuiiosabatlariiiiig qoidalari.

A) Ota-onalarga bolasining xulq-atvorini umumiy tarzda emas, balki aniq dalillar keltirgan holda ma'lum qilish;

B) Ota-onaning farzandi hulq atvori uchun javob berishi;

V) O'zaro hamkorlikda ishlash.

O'qituvchining tajribasizligi, badjahlligi, o'z oilaviy muammolari ta'siridagi jizzakiliklari, betobligi, o'quvchini mensimasligi, ota-onalar bilan avvaldan kelisha olmasligi, o'z fanini mukammal bilmasligi, dars o'tish metodlaridan o'z o'rnida foydalana olmasligi, darsga tayyorgarlik ko'rmasdan kelishi kabi kamchiliklar ham sabab bo'lishi mumkin.

Bunday toifadagi o'qituvchilar oz bo'lsada uchrab turadi. Shuning uchun ham pedagoglik kasbi juda nozik va o'ta mas'uliyatli kasb ekanligini unutmaslik kerak. Bu kasbni tanlashdan oldin o'qituvchilikning mashaqqatlariga chiday olish to'g'risida tasavvurga ega bo'lishlari kerak. Kasb tanlashda adashmaslik zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Axmedova M. "Pedagogik konfliktologiya" o'quv-qo'llanma. - T.: 2005-y. B. 17.

2. Rashidov H., Musurmonov R. "Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan konstruktiv ta' sir etishning nazariy asoslari" monografiya. - T.: Noshirlik yog'dusi nashriyoti, 2015-y

3. R.Musurmonov "Ta'lim sifatini boshqarishga ijobiy ta'sir etuvchi omillar haqida", Kirgiziya Vestnik Batkentskogo gos. Univer. J. 2008. № 5.

4. R.Musurmonov "Sog'lom avlod tarbiyasi - jamiyat taraqiyotining asosi" O'zMU xabarlari jurnali. - T.: 2011 y. № 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.