Научная статья на тему 'O’QITUVCHI – O’QUVCHI O’RTASIDAGI KONFLIKTLAR'

O’QITUVCHI – O’QUVCHI O’RTASIDAGI KONFLIKTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1345
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
talablar / konflikt va muammoli xulqatvor / konstruktiv ta’sir / hurmatni shakllantirish. / demands / conflict and problem behavior / constructive influence / respect formation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — K. Abrorxonova, Ch. Ulug‘Ova

O‘qituvchilar o’z faoliyatlarida o’quvchilarning dars intizomi bilan bog’liq bo’lgan muammolar, ya’ni o’quvchilarning ta’limiga, bilim olishiga nisbatan salbiy munosabatiga duch kelishadi. Ular o’quvchilarga ma’lum talablar qo’yishadilar va o’quvchilar bu talablarga so’zsiz amal qiladilar deb o’ylaydilar. O’quvchi va o’qtuvchi o’rtasidagi munosabatlarni ko’chadagi qarama -qarshi harakatga qiyoslash mumkin, chunki o’quvchining o’qituvchiga munosabati konflikt va muammoli xulq atvor shaklida namoyon bo’ladi. Intizomga rioya qilmaydiganlarga nisbatan konstruktiv ta’sir samarali bo’lishi uchun bu xatti-harakatning asl motivlari nimadan iborat ekanligini aniqlash va shundan kelib chiqib, muammoning yechimini topish usullarini tanlash lozim. Bunday yondashuv o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro hurmatni shakllantiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONFLICTS BETWEEN TEACHER STUDENT

In their activities, teachers face problems related to the discipline of students, that is, the negative attitude of students to education and training. They make certain demands on students and expect the students to follow those demands unconditionally. The relationship between a student and a teacher can be compared to a conflict on the street, because the student's relationship with the teacher manifests itself in the form of conflict and problematic behavior. In order to have a constructive impact on those who do not comply with discipline, it is necessary to determine what are the true motives for such behavior and, based on this, choose methods for finding a solution to the problem. This approach creates mutual respect between teacher and student.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHI – O’QUVCHI O’RTASIDAGI KONFLIKTLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'QITUVCHI - O'QUVCHI O'RTASIDAGI KONFLIKTLAR

K.A.Abrorxonova

PhD. Dotsent Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang 'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasi mudiri

Ch.Ulug'ova

Nizomiy nomidagi TDPU 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7443833 Annotatsiya. O'qituvchilar o'z faoliyatlarida o'quvchilarning dars intizomi bilan bog'liq bo'lgan muammolar, ya'ni o'quvchilarning ta'limiga, bilim olishiga nisbatan salbiy munosabatiga duch kelishadi. Ular o'quvchilarga ma'lum talablar qo'yishadilar va o'quvchilar bu talablarga so'zsiz amal qiladilar deb o'ylaydilar. O'quvchi va o'qtuvchi o'rtasidagi munosabatlarni ko'chadagi qarama -qarshi harakatga qiyoslash mumkin, chunki o'quvchining o'qituvchiga munosabati konflikt va muammoli xulq atvor shaklida namoyon bo'ladi. Intizomga rioya qilmaydiganlarga nisbatan konstruktiv ta'sir samarali bo'lishi uchun bu xatti-harakatning asl motivlari nimadan iborat ekanligini aniqlash va shundan kelib chiqib, muammoning yechimini topish usullarini tanlash lozim. Bunday yondashuv o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida o'zaro hurmatni shakllantiradi.

Kalit so^zlar: talablar, konflikt va muammoli xulq- atvor, konstruktiv ta'sir, hurmatni shakllantirish.

КОНФЛИКТЫ МЕЖДУ УЧИТЕЛЕМ - СТУДЕНТОМ Аннотация. В своей деятельности учителя сталкиваются с проблемами, связанными с дисциплиной учащихся, то есть с негативным отношением учащихся к воспитанию и обучению. Они предъявляют к учащимся определенные требования и думают, что учащиеся будут безоговорочно следовать этим требованиям. Отношения между учеником и учителем можно сравнить с конфликтом на улице, ведь отношение ученика к учителю проявляется в виде конфликтности и проблемного поведения. Для того чтобы оказать конструктивное влияние на несоблюдающих дисциплину, необходимо определить, каковы истинные мотивы такого поведения и исходя из этого выбрать методы поиска решения проблемы. Такой подход создает взаимное уважение между учителем и учеником.

Ключевые слова: требования, конфликтное и проблемное поведение, конструктивное влияние, формирование уважения.

CONFLICTS BETWEEN TEACHER - STUDENT Abstract. In their activities, teachers face problems related to the discipline of students, that is, the negative attitude of students to education and training. They make certain demands on students and expect the students to follow those demands unconditionally. The relationship between a student and a teacher can be compared to a conflict on the street, because the student's relationship with the teacher manifests itself in the form of conflict and problematic behavior. In order to have a constructive impact on those who do not comply with discipline, it is necessary to determine what are the true motives for such behavior and, based on this, choose methods for finding a solution to the problem. This approach creates mutual respect between teacher and student.

Keywords: demands, conflict and problem behavior, constructive influence, respect formation.

2097

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Muammoli xulq -atvorining motivlari. Intizomni buzgan o'quvchi bu xatti -harakat noto'g'ri ekanligini tushunadi, lekin u o'z xulq -atvorining motivini tushunmaydi. Har bir bola uchun bu xatti -harakatning turli sabab maqsadlari mavjud. Pedagoglar bu motivlarning qanday bo'lishiga qaramay ularga ta'sir etish usullarini topishlari zarur. Agar pedagoglar xulq -atvorning buzilish maqsadlarini aniqlashga qodir bo'lsalar, u holda o'quvchi bilan konstruktiv munosabatlarini o'rnata oladilar, unumsiz muloqat samarali muloqatga aylanishi mumkin. Bunda strategiyani tanlash qadamma-qadam muammoning yechimini toppish imkonini beradi. Bunday vaziyatga pedagogik aralashuv natijasida shunday sharoitlar yaratiladiki, bolalar o'z intizomlarini to'g'irlash borasidagi ma'lum qaror qabul qiladilar. O'quvchilarning xulq borasidagi tanlo'vi, uning yomon xulq atvorining maqsadi o'qituvchi tomonidananiqlanishi va inobatga olinishiga bog'liq. Har bir o'qituvchi o'quvchiga o'zini maktab hayotining to'liq ishtirokchisi ekanligini anglashiga yordam berishi lozim . Bu borada pedagogga mazkur muammoga individual yondashish bo'yicha amaliy reja tuzish tavsiya etiladi. Bu reja o'quvchining xulq- atvoriga samarali ta'sir etishning usulidan iboratdir. Rejani tuzishda o'qituvchi o'zining strategiyasi va taktikasini ishlab chiqadi. Allbatta bunda vaqt va vaziyatni tahlil etish talab etiladi, lekin natijalar o'zini oqlaydi. O'qituvchining qarashlari, ya'ni ustanovkasi o'zgaradi, xavotirlik yo'qoladi, avvallari muammoli o'quvchidan faqatgina yomon xul-atvorni kutgan bo'lsa, endi yutuqqa erishishga ishonchi komil bo'ladi. Ushbu rejani quyidagilar tashkil etishi mumkin

- yomon xulq - atvorning sababini aniqlash

-uni bartaraf etish usullarini tanlash

- o'quvchini qo'llab - quvvatlashning kelgusi taktikasini ishlab chiqish

- muammoni hal etishga ota onalarini va pedagoglarni jalb etish.

Muammoni xulq - atvorni xolisona izlash barcha o'qituvchilarga o'quvchining xulq -atvorini izlashda xolislik yetishmaydi. Intizomni buzganda o'quvchi aynan nimalar qilishi hissiyotga berilmay qisqa izlanish kerak. U juda yomon bola, uning fikri tarqoq, parishonxotir, uni boshqarish juda qiyin kabi izohlar o'quvchiga berilgan noto'ri bahosi hisoblanadi. Bu izohlar izohlar o'quvchining xulq - atvoriga berilgan baho bo'lmay, balki ayrim o'qituvchilarning o'quvchilar xulq - atvorini tuzatishda natijaga erisha olmaganligini bildiradi . lekin bitta o'quvchi hamma o'qituvchilarga nisbatan ham bunday xatti - harakatni amalga oshirmaydi. Yomon xulq - atvorning o'z sababini tushunib olish. Atrofdagilarning o'ziga e'tiborini xohlaydigan o'quvchilar o'zlarini xuddi haqiqiy artislarday tutadilar va ko'p hollarda bunday xulq - atvorning sababi shu ho'ladi. shunday bolalar borki, ular yoki butun sinfni jonlantirishlari mumkin yoki aksincha barcha ishlarni juda sekinlikda amalga oshiradilar. Bunday bolalarni barcha ishlarda faol bo'ladiganlarga nisbatan tuzatish qiyinroq kechadi, chunki ular intizomni deytarli rasman buzmaydilar. E'tiborga bo'lgan ehtiyoj psixologik jarayon bo'lib , ovqat va suvdek zarur. Uydagi e'tiborning kamligi uning maktabdagi xulq - atvoriga ta'sir etadi. Bunday bolalar ijobiy muloqot qilishni bilmaydilar. Pedagogdan bunday o'quvchilarga imkon qadar ko'proq e'tibor qaratish talab etiladi. Ular o'zlarini ko'rsatish uchun turli usullarda foydalanadilar, ya'ni barcha ishlarning aksini qilishga, masalan, nazorat ishini hammadan keyin bajaradilar yoki umuman topshirmaydilar sinf oldida o'qtuvchining obro'siga putur yetqazadigan so'zlarni aytadilar. Shunday o'quvchilar ham bor bir qaraganda juda intizomli, xushmomila bo'lib ko'rinadilar, lekin o'zlari xohlagan ishni qiladilar , diqqatlarining tarqoqligi va xotiraning pastligi, jismoniy

2098

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

holatlari bilan o'larini oqlaydilar. Ular o'zlaridan kattalarga bo'ysunishga tartib qoidalarga rioya qilishni to'liq anglab yetmaydilar. Agar o'qituvchi bunday o'quvchidagi xarakterni tuzatishga erishsa, bunday bolalrdan shaxsiy liderlar va mustaqil fikirlash qobilyatlari shakillanadi. Ular musaqil fikirlashni, qaror qabul qilishni, o'z hayotlarini nazorat qilishni hohlaydilar. Murakkabligi tomoni shundaki, bunday tomonlarni ular boshqalarga ham nisbatan qo'llashga, ularni boshqarishga ham harakar qiladilar. O'quvchi intizomini buzganda aynan qanday hatti -harakatni amalga oshirishi, qanday vaziyatlarda buni qilayotganini qayd etish va nima uchu bunday qilayotganini aniqlash muammoli xulq - atvorni xolisona izohlash imkonini beradi. Etibor va birinchilikni talab qilayotgan bolaalr o'ta yoqimli va xushmomila bo'lishadi . Nojo'ya xatti - harakatlarni qasd olish maqsadida amalga oshiradiga o'quvchilar esa agressiv, xo'mraygan, jahldor bo'ladilar. O'zingizning salbiy his - tuyg'ularingizni nazorat qilingan. O'quvchi bizning ayni vaziyatda unga jahl qilsak, g'azabimizni bildirsak, bunga javoban o 'zini qasdma - qasd yomon tutishi mumkin.

O'quvchilarning aybini xatti - harakatlarini butun sinf oldida emas, balki darsadan so'ng bir o'zi bilan muhokama qiling. O'quvchiga do'q - po'pisa qilish, baqirish , uni ayiblash kabi agressivlikni namoyon qilmang. Ular bu hatti - xarakatni sizga nisbatan ham, qo'llashi mumkin deb tushinadi. O'quvchilar odatda o'qituvchining barcha aytganini o'zlari hohlagandek, ya'ni aftlarini bujmaytirib, shoshmasdan, bajaradilar. Agar o'qituvchi bunga ahamiyat bermasa, o'quvchi o'z o'zidan qoidalarga bo'sunishi mumkin, ular o'rtasidagi qarama - qarshilik paydo bo'lmaydi. Ko'p hollarda bolaning namoyishkorona xulq - atvorini to'xtatishning eng samarali usuli - unga ahamiyat bermaslik. Ko'zlar orqali aloqa o'rnating . O'quvchiga razm solib qarab turing, ko'z qarashingiz orqali o'quvchi sizni uning xatti -harakatidan norozi ekanligingizni tushunadi. Hech qanday qarashlarsi va so'zlarsiz uning yoniga kelib turing. Bolaalr nimanidir noto'g'ri qilayotganlarini tushunadilar va ularni yoniga yaqinlashishingiz zahotiyoq nojo'ya harakatlarini to'xtatadilar. Dars davomida darsni buzmoqchi bo'lgan bolani dars mavzusiga bog'lab aytib o'ting. U tinchlanish kerakligini shu zahoti tushunadi . Yozma tarizda ogohlantiring. Ba'zida, hoziroq bas qiling deb baqirgingiz keladi. Lekin buni boshqa tarizda aytish mumkin, Lola, men darsni tushuntirayotganimda seni gaplashib o'tirishing mening hayolimni chalg'itadi, iltimos gaplashma, deb murosaga kelish o'z aro konflikni keltirib chiqarmaydi.

REFERENCES

1. Abdullaeva Q.A, Safarova R.g', Bikbaeva N.U, Baxramov.

2. Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi. Boshlang'ich ta'lim jurnali № 6-1998 y.

3. Abdullaeva q. Ochilov M., K.Nazarov, S.Fuzailov, N.Bikbaeva «Boshlang'ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari. T.: 1999.

4. R.A.Mavlonova N.Raxmonqulova "Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi" T.: Ili-Ziyo 2009 y.

5. O'zbekiston Respublikasining «Boshlang'ich sinf tarbiya va sport to'g'risida» qonuni (Yangi taxrirda). 2000.

6. Educational issues in the works of enlightened intellectuals F Rahmatova, K Abrorxonova. Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar 1 (ApxHB№ 2) VIRTUAL TOUR IN PRIMARY SCHOOL K Abrorkhonova, S Khudoyberdieva

2099

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

7. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Organization of excursions in primary school classes K Abrorkhonova, S Khudoyberdiyeva International Scientific and Current Research Conferences, 139-14

8. BOSHLANG 'ICH SINF "TARBIYA" DARSLARINI TASHKIL ETISHNING USUL VA VOSITALARI KA Abrorxonova, SMS Qizi. Science and innovation 1 (1), 54-61

9. FORMATION OF A SENSE OF PATRIOTISM THROUGH TOURISM IN THE CURRENT TEXTBOOK" UPBRINGING" OF PRIMARY EDUCATION AK Abrorkhonovna British Journal of Global Ecology and Sustainable Development 5, 70-74

10. TECHNOLOGY OF FORMING THE VIRTUE OF TOLERANCE IN PRIMARY CLASS STUDENTS K Abrorxonova, F Rahmatova, M Dehqonboyev Science and Innovation 1 (7), 362-367

11. BOSHLANG'ICH SINFDA TA'LIM SAMARADORLIGINI AMALGA OSHIRISH METODIKASINI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TASHKIL ETISH. K Abrorxonova, M Karabayeva Science and innovation 1 (B7), 1282-1289

12. BOSHLANGICH SINF OQUVCHILARIDA TOLERANTLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI K Abrorxonova, F Rahmatova, M Dehqonboyev Science and innovation 1 (B7), 362-367

13. Hayitov, A. I., & Miltikboyeva, Z. (2022, May). METHODS OF ORGANIZATION OF NATIVE LANGUAGE CLASSES IN PRIMARY CLASSES ON THE BASIS OF INTERACTIVE METHODS. In E Conference Zone (pp. 11-13).

14. Hayitov, A. I., & Abdushukurova, D. (2022). EFFECTIVE WAYS TO ORGANIZE MOTHER TONGUE LESSONS IN PRIMARY CLASSES ON THE BASIS OF INTERACTIVE TECHNIQUES. Conferencea, 30-32.

15. Bakhtiyarovna, M. Z. (2021). INTEGRATED TEACHING OF PRIMARY EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1332-1336.

16. Anvar, H. Integrated Approach to Improving Pedagogical Abilities of Future Primary Education Teachers. JournalNX, 197-201.

17. Салаева М.С., Абдурасулова Ш.К. Педагог профессионализмининг шаклланиши касбий кадрият сифатида намоён булиши // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center. www.in-academy.uz. ISSN 2181-2888. With Impact Factor: 8.2. Volume 2 Issue 02, February 2022 Pages 183 -188. https://doi.org/10.5281/zenodo.6242575

18. Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab yoshdagi o'quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I March, 2022. ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 380-383. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20064.%20380-383.pdf

19. Бекназарова Х.Х. Формирование мобильности личности как педагогическая проблема // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 384-390. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20065.%20384-390.pdf

20. Shoyunusova F.S. Bola shaxsini shakllantirishda ota-onalarning o'rni // Международный научно-образовательный электронный журнал «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». ISSN: 2658-7998. Электронный журнал. Выпуск №22 (том 5) (январь, 2022). -

2100

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

C.1099-1103.

https://www.mpcareer.ru/_files/ugd/a62191_0b77bb588ae44c41874c43e8211ea9a8.pdf

21. Салаева М.С., Джумабаева М.Б. Педагогнинг кичик мактаб ёшидаги болаларни ижтимоий мобиллигини оширишга таъсири // IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, ISSN - 2181-2608. With Impact Factor: 8.2 SJIF: 5.426 - Б. 59-62. Retrieved from http://www.sciencebox.uz/index.php/jis/article/view/1552

22. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошлангич таълим укувчиларини ижтимоий мобиллигини ривожлантириш // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 www.in-academy.uz Volume 2 Issue 4, April 2022 ISSN 21812888. Pages 136-139. https://doi.org/10.5281/zenodo.6511330

23. Salaeva M.S., Koshnazarova M.A., Abdukodirov G., Radjabova D.A. Professionalism of the Teacher as a Pedagogical Credo in the Age of Innovation // SPECIALUSIS UGDYMAS / SPECIAL EDUCATION 2022 1(43). Pp. 10571 - 10576. https://www.sumc.lt/index.php/se/article/view/1637

24. Muxammadeva, X. K., Nurmuratova, I., Tulaganova, S., & Jumaniyazova, M. (2022). O 'QUVCHILARDAGI KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI ALTRUISTIK MOTIVLARNI RIVOJLANTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 1284-1288.

25. Мухаммадиева, Х. К., & Исматуллаева, Ф. Р. (2022). БОШЛАНГИЧ СИНФЛАРДА ДИДАКТИК ЖАРАЁНДА БОЛАНИНГ РИВОЖЛАНИШИНИ ТАЪМИНЛОВЧИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ИЛМИЙ-ПЕДАГОГИК ТАХДИЛИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(2), 77-82.

26. Muhammadiyeva, X. K., & Ergasheva, G. Z. (2021). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(2), 10-14.

27. Эргашева, Г. М., Мухаммадиева, Х. К., & Артикбаева, Н. Н. (2021). Синфдан ташкари машгулотлар оркали укувчиларни ижодий фаолиятга йуналтириш методлари. Science and Education, 2(5), 578-582.

28. Muhammadieva, K. (2020, June). The Idea "Personal Interests and the Priority of Education" in the Education as One of the Key Factors in Reforming School Education for Upbringing Perfect Individual. In Proceedings of International Multidisciplinary Scientific-Remote Online Conference on Innovative Solutions and Advanced Experiments (p. 22).

29. Абдуллаева, Ш. А., & Мухаммадиева, Х. К. (2016). Девиант хулкли илк успирин ёшидагиларни ижтимоийлаштириш ва профилактика ишларини олиб бориш. Современное образование (Узбекистан), (11), 48-53.

30. Мухаммадиева, Х. К. (2014). Начальные сведения о развитии арифметики в трудах учёных математиков Востока. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (3-2), 230-231.

31. Tuxtayevna, H. M., Mahkambayevna, E. G. Z., & Karamatovna, M. X. Methodological Bases of Development of Socially Active Competencies of Future Primary School Teachers

2101

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

in Students and Improvement of Its Methodology. International Journal of Health Sciences, (II), 10646-10654.

32. Furkatovna, A. M. (2022). INNOVATION YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(7), 99-106.

33. Furkatovna, A. M. (2022). Methods of Innovation Approach to Forming Communicative Competence of Future Educators. Eurasian Scientific Herald, 10, 53-58.

34. Adilova, M. (2022). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL FACTORS OF INNOVATIVE APPROACH TO THE FORMATION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE OF THE FUTURE TEACHER. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(04), 304-308.

35. Адилова, М. Ф. (2021). Формирование экологической культуры у учеников начального образования на основе медиатехнологий. Science and Education, 2(6), 543546.

36. Адилова, М. Ф. (2020). РЕФОРМЫ В ОБРАЗОВАНИИ УЗБЕКИСТАНА: СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ. Science and Education, 1(7), 452-455.

37. Ergasheva, G. M., Sotiboldieva, S. J., & Adilova, M. F. (2020). COMPREHENSIVE APPROACH TO ASSESSING STUDENTS KNOWLEDGE IN PRIMARY SCHOOL BASED ON THE INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Theoretical & Applied Science, (1), 56-62.

2102

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.