Научная статья на тему 'TARBIYASI OG’IR O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH'

TARBIYASI OG’IR O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
9928
636
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qiziqarli ish / oilaviy sharoit / nazoratga olinish / tarbiyasi og’ir bolalar. / interesting work / family conditions / control / difficult children.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — X. Rasulova

Tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WORKING WITH STUDENTS WITH DIFFICULT EDUCATION

In order to succeed in working with students with difficult upbringing, first of all, we need to have information about their family and friends. We will focus on this issue in this article.

Текст научной работы на тему «TARBIYASI OG’IR O’QUVCHILAR BILAN ISHLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TARBIYASI OG'IR O'QUVCHILAR BILAN ISHLASH Rasulova Xilolaxon Sardorjon qizi

Toshkent Shahar Bektemir tumani 293-maktabning psixologi https://doi.org/10.5281/zenodo.7217546

Annotatsiya. Tarbiyasi og 'ir o 'quvchilar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do 'stlari to 'g 'risida ma 'lumotga ega bo 'lishimiz lozim. Mazkur maqolada shu masalaga to'xtalib o'tamiz.

Kalit so'zlar: qiziqarli ish, oilaviy sharoit, nazoratga olinish, tarbiyasi og'ir bolalar.

РАБОТА СО СТУДЕНТАМИ С ТРУДНЫМ ОБРАЗОВАНИЕМ

Аннотация. Для успешной работы со школьниками с трудным воспитанием, прежде всего, нам необходимо иметь информацию об их родных и близких. В этой статье мы сосредоточим внимание на этом вопросе.

Ключевые слова: интересная работа, семейные условия, контроль, трудные дети. WORKING WITH STUDENTS WITH DIFFICULT EDUCATION

Abstract. In order to succeed in working with students with difficult upbringing, first of all, we need to have information about their family and friends. We will focus on this issue in this article.

Key words: interesting work, family conditions, control, difficult children.

KIRISH

Jamiyatimizda yoshlar tarbiyasida ayrim bo'shliqlar vujudga kelayotganini dunyoqarashi past, bilimi zaif, yosh bo'lsada, jinoyatga qo'l urgan, giyohvandlikga moyil, ichkilik va chekishga ruju qo'ygan, o'qishga qiziqmaydigan, tarbiyasi og'ir bolalarning borligi tashvishli holdir. Bolaning maktab vaqtida shakllanishida o'qituvchi, mutaxassis pedagog xodimlar, ya'ni sinf rahbarlari va boshlang'ich sinf o'qituvchilarining roli kattadir.

Ta'lim muassasasida tarbiyasi og'ir o'quvchilar bilan amalga oshiriladigan ishlar tartibi:

Tarbiyasi og'ir bolalar va noqobil oila farzandlari uchun alohida kuzatuv ishlarini olib borish;

♦Tarbiyasi og'ir bolaning yashash joyida ham nazoratga olinishini ta'minlash;

♦Voyaga yetmagan oquvchilarning ijobiy yoki salbiy tomonga o'zgarishini doimiy nazorat qilib borish;

♦Mahallada hamda maktabda tarbiyasi og'ir bolaning qiziqarli ish bilan shug'ullanishini ta'minlash.

♦ Mahallada tarbiyaning ta'sirini oshirish;

♦ Darslarga sababsiz kelmay qolgan o'quvchilar haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lish, ular bilan darhol profilaktik ishlarni amalga oshirish;

♦ Har bir o'quvchining oilaviy sharoiti bilan birga psixik, fizik rivojlanishini kuzatib borish;

♦ O'quvchilarning oilaviy sharoitini o'rganib, ularning ota-onalari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lish;

♦ Maktab psixologi bilan hamkorlikda tarbiyasi og'ir o'quvchilarning psixik holatlarini kuzatib borish.

TADQIQOT NATIJASI

Kuzatishlarimizdan bilamizki, oilaning to'liq yoki noto'liqligi ham bolalar va o'smirlar nazoratsizligining kelib chiqishiga u yoki bu ko'rinishda ta'sir qiladi. Shu boisdan oilada ota-onalarning birgalikda ahil, inoq yashashligi bolalar va o'smirlar xulqidagi og'ishlarning oldini olishda muhim hisoblanadi. Oilada nizoli vaziyatlar ko'plab uchrab turadigan nosog'lom oilada o'sayotgan o'smir uchun ham ota-ona mehri turli xil oilaviy urush janjallardan, muammolardan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ustun turadi. Demak, bolalar xulq-atvoriga kuchli ta'sir ko'rsatuvchi omil bu ota-ona, oila a'zolari va maktab jamoasi ta'siridir.

Ta'lim tizimida tarbiyasi og'ir o'quvchilar bilan olib boriladigan tuzatish ishlar:

m maktab ichki nazoratiga olish va ular bilan davra suhbatlari tashkil etish; o'quvchilarni qiziqishlariga qarab to'garaklarga jalb etish;

m o'quvchilarning oilaviy sharoitini o'rganish;

m ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;

m maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan o'quvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish;

m o'quvchilarning ushbu ro'yhatga olingaligini o'ziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan holda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglarga biriktirish;

Muhim masalani hal etishda guruh rahbari quyidagi vazifalarni majmuali hal qilish lozim:

O'smir shaxsini shakllantirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Chunki o'smirda muayyan narsalarga nisbatan munosabat shakllangan bo'ladi. O'smir xulq atvorini baholashda (rag'batlantirish yoki jazolashda) kattalarning qat'iyatliligi, prinsipialligi sinchkov o'quvchi tomonidan tahlil qilinadi. Shuning uchun rag'batlantirish va jazolash usullari oqilona, o'z vaqtida qo'llanilishi kerak.

Psixologik adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o'smir psixologiyasida keskin o'zgarish yasashi ifodalangan. Ma'lumki, hamma o'quvchilarga mehnatning qahramonlik, yaratuvchilik ekanligi uqtirib, kelinadi. Favqulodda mehnatdan jazo sifatida foydalanish ularga mutlaqo yomon ta'sir ko'rsatadi.

MUHOKAMA

Bola tarbiyasida birinchi galda oilaviy tarbiyani, ya'ni oiladagi sog'lom munosabatni qaror toptirish "oila-maktab" hamkorligini to'g'ri yo'lga qo'yish, bolani balog'at yoshiga xos xususiyatlarini to'g'ri anglagan holda, tarbiya jarayoniga maqsadli yondashish, ko'plab salbiy omillarni kelib chiqishining oldini oladi. Ma'lumki, oilaning ijtimoiy-psixologik sog'lomligi iqtisodiy omillar bilan ham bog'liq. Oilada ota-onaning egallagan kasbhunari, jamiyat hayotining rivojiga qo'shayotgan hissalari, ularning kasbiy faol harakat qilishlari kabilar oila byudjetiga o'z ta'sirini ko'rsatishi barobarida, farzandlar tarbiyasida ham o'z aksini topadi. Oiladagi o'zaro hurmat, hissiy bir-biriga intilib yashash, oilaviy yakdillik, oilani barqaror bo' lish omilidir.

Maktab sharoitida o'qituvchi-ustozlarning shirin so'zi, bolaga nisbatan kamtarona muomalasi, hamisha bolani o'ziga yaqin olib, o'z vaqtida to'g'ri maslahatlar berib borishlari, bola qalbiga yo'l topish omili hisoblanadi. Shunday ekan, o'quvchilar orasida, ya'ni turli xarakterli bolalarning har biriga yakka tartibdagi yondashuvlar asosida ularning xatti-harakatlarida kuzatilayotgan nojo'ya holatlarning oldini olish mumkin. Bolani anglash, uning qalbiga yo'l topish, dunyoni anglash bilan barobardir.

O'zicha bir olam bo'lgan bola ham o'z navbatida ota-onasi, o'ziga yaqinlari hamda ustozlarini anglashda o'z- o'zini tarbiyalash orqali tegishli xulosalar chiqarib oladi. O'z-o'zini tarbiyalash orqali bolada nojo'ya qiliqlar qilish o'rniga o'ylab fikr yuritadigan, kirishimli, lozim paytda boshqalarga yordam qo'lini cho'zadigan, kelgusida biron kasb-hunar egasi bo'lib, jamiyat rivojiga hissa qo'shish haqida orzu qiladigan darajada faoliyat yuritadi. Ma'lumki, sho'x bola bilan nojo'ya harakatlar qiluvchi bolalar o'rtasida farq bo'ladi. Sho'x bolalarning xatti-harakatlari ko'proq zararsiz, ba'zan kutilmaganda yuzaga chiquvchi, ba'zan biron tashabbusni ko'zlab uni bajarishga kirishish bilan bog'lanib ketadi.

Maktablarimizda qiyin bolalar muammosi bor, avval ham bo'lgan va doim ham bo'ladi. Xo'sh uning mohiyati nimada? Sabablari nimalardan iborat? Bir tarbiyasi og'ir o'quvchi boshqasidan nimasi bilan farq qiladi? Tarbiyasi qiyinlikni yengib o'tishda ta'sir ko'rsatish yo'llari nimalardan iborat? O'qtuvchining tarbiyachilar, sinf rahbarlari va maktab direktorlarining o'rinbosarlari seminarida: "Kimni, qanday belgilariga qarab tarbiyasi og'ir

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME I ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 j ISSN: 2I8I-3337

o'quvchi deb hisoblaysiz?"- degan savolga 500 ga yaqin tarbiya qilish qiyin bo'lgan belgi ko'rsatib o'tildi. Pedagoglar tomonidan tez-tez qo'llaniladigan ba'zi belgilarnigina qayd etamiz: o'quvchi maktab kun tartibiga bo'ysunmaydi, o'qishga yomon munosabatda, qo'pollik qiladi, mushtlashadi, darslarda e'tiborsiz, tengdoshlarini xafa qiladi, hech narsa o'qimaydi, ko'p kuladi, dangasa, so'kinadi, qizlarga tegajoglik qiladi va xokazo.

Pedagoglarning tan olishiga qaraganda bemavrid ovqatlanish, uxlash, bekorchilik, sayr qilish, ko'chada sandiroqlab yurish, shiyponchada o'tirish, urishish, kishining g'ashini keltiradigan kiyimlar kiyish, qiliqlar qilish, pardoz-andoz qilish ularning sevimli faoliyat turlaridandir. Bu chetga chiqishlarning paydo bo'lishiga asos bor. Oilada ota yoki onaning yo'qligi, bolaning yolg'iz ota yoki yolg'iz onaning tarbiyalashi, tashqi o'quv tarbiya muasassalari ta'siri yo'qligi (bola bo'sh vaqtida biron bir faoliyat bilan shug'ullanmaydi) bunday sabablardan hisoblanadi.

O'quvchi-yoshlar o'rtasida axloqiy me'yorlarga mos xulq-atvorni shakllantirishda ta'lim muassasasi, oila va mahalla o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish lozim. Insonning birinchi ustozi onasidir. Islomda "mening yaxshi muomala qilmog'imga kim haqlidir, degan savolga uch marotaba "Onang" deyilgandan keyingina to'rtinchi marta "Otang" deb javob berilgan. Oiladagi tarbiya muhiti bolaning individualligi uning o'qishidan tashqaridagi faoliyatlarida kitobxonlik, tabiatga, dinga va boshqalarda aniq ko'rinadi.

XULOSA

Aziz ustozlar va ota-onalar farzandingizga psixologik muammolarni bartaraf etishda, ulg'ayish azobining oson kechishini istasangiz quyidagilarga ahamiyat bering:

"Go'zal sifat va husni xulq siyratlari bezamagan kishini hech qanday chiroyli kiyimlar ko'rkam qilolmas, gunoh va xatolardan saqlanmagan kimsaning qalbi sira aybdan forig' bo'lmas!"

REFERENCES

1. Doston Xolmatov "Hikoyalarda davr va qahramon masalasi" maqola. SCIENTIFIC PROGRESS Farg'ona davlat universiteti

2. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. -T., "Ma'naviyat", 2000. -II2 bet

3. B. Shukurova "Yangi davr hikoyachiligining o'ziga xos xususiyatlari" "O'zbekistonda ilmiy- amaliy tadqiqotlar" Respublika ilmiy konferensiyasi

бЗ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.