Научная статья на тему 'O’QITUVCHI AVVALO O’ZINI VA ONGINI O’ZGARTIRISHI KERAK'

O’QITUVCHI AVVALO O’ZINI VA ONGINI O’ZGARTIRISHI KERAK Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baxtli onlar / ong osti / samarali dars / ongni dasturlash / shior / o’qituvchi qasamyodi / tabaqali bilim

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Zoxidova Muhayyoxon Baxtiyorjonovna

O’qituvchiliksharafli kasb.Inson o’qituvchi bo’lar ekan bu kasbga har tomonlama munosib bo’lishi kerakligini hattoki ong darajasida o’zgarishi muhim ekanligini anglatish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHI AVVALO O’ZINI VA ONGINI O’ZGARTIRISHI KERAK»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "SCIENCE, EDUCATION AND INNOVATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTS"

MAY 17-18, 2024

O'QITUVCHI AVVALO O'ZINI VA ONGINI O'ZGARTIRISHI

KERAK

Zoxidova Muhayyoxon Baxtiyorjonovna

Farg'ona Davlat Universiteti Zoologiya yo'nalishi bo'yicha PhD 1 kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214873

Annotatsiya. O'qituvchilik- sharafli kasb.Inson o'qituvchi bo'lar ekan bu kasbga har tomonlama munosib bo'lishi kerakligini hattoki ong darajasida o'zgarishi muhim ekanligini anglatish.

Kalit so'zlar: baxtli onlar, ong osti, samarali dars, ongni dasturlash, shior, o'qituvchi qasamyodi, tabaqali bilim.

Annotatsiya. Преподавание-почетная профессия.Чтобы быть учителем, важно быть достойным этой профессии во всех аспектах, даже на уровне сознания, важно измениться.

Ключевые слова: счастливые люди, подсознание, эффективный урок, программирование разума, слоган, клятва учителя, многоуровневые знания.

Annotation. Teaching is an honorable profession.It means that a person should be fully qualified for profession when he becomes a teacher, and that it is important to change even at the level of consciousness.

Keywords: happy learning, subconscious, effective lesson, mind programming, slogan, teachers oath, classified knowledge.

"Mening birgina fazilatim bor—hech qachon ruhiy tushkunlikka tushmayman."

Marshal Fosh

Hurmatli o'qituvchilar avvalo dars o'tish uchun o'zingizda hohish va istak kuchli bo'lishi kerak.Shundagina darsingiz samarali chiqadi.Oiladagi har qanday tashvishlarni va muammolarni albatta maktab ostonasidan kirayotganda uniting.Siz shuni his qilingki necha yuzlab bolaning bugungi taqdiri sizning qo'lingizda ma'lum vaqtlarda bo'ladi va sizning bu holatingiz ularga ta'sir etmasligi kerak.Yaqinda internet tarmog'ida shunday video tarqaldi, unda boshlang'ich sinf o'qituvchisi bir ayol o'quvchini urib shunday so'zlarbilan haqorat qilardiki, odam o'z farzandini ham shunday so'zlar bilan haqorat qilmaydi yana hamma o'quvchining oldida.O'zingiz o'ylang, bu bola endi hech qachon bu ustozni hohlamaydi va unda ustozga nisbatan butunlay mehr yo'qoladi.Keyin u ustozni muxbirlar surishtirdi.Ustoz uyida bugun muammoli holat bo'lganligini, darsga bu ta'sir qilib o'zini bosa olmaganligini tan oldi.

Ustozlar siz kunda uyda dars qilish uchun vaqt toping va ertangi kun rejalarini tuzib chiqing.Hech qanday holat sizning darsingizga ta'sir qilmasin.Men yaqinda bir o'qituvchi bilan suhbatlashib qoldim.U to'satdan menga iltimos yordam bersangiz, shu kunlarda men kuchli bosim ostida yuribman, atrofdagilarning salgina gapi ham menga yomon ta'sir qilyapti deb qoldi.U bu holatdan chiqish uchun kuchli domlaga o'qitishga ham bordim, lekin ta'siri bo'lmadi deb qoldi.Men unga shunday maslahatlar berdim:

1.Avvalo siz hech qachon atrofdagilarning siz haqingizdagi gaplariga e'tibor bermasligingiz kerak.(Ular siz haqingizda nima deyishidan qat'iy nazar)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "SCIENCE, EDUCATION AND INNOVATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTS"

MAY 17-18, 2024

2.Siz oldingizga ishingiz bilan bog'liq bo'lgan, yuksalishga aloqador rejalaringizni 10 tasini yozib chiqing.

3.Rejalaringizni eng asosiy uchtasini tanlab oling.Ularni qanday amalga oshirishingiz haqida o'ylahni boshlang.

4.Siz ong ostingizdagi barcha noto'g'ri dasturlangan fikrlaringizni, o'ylaringizni chiqarib tashlang.Albatta bu qiyin ish, lekin bilaman siz bunga erisha olasiz.Shunchaki yana o'sha o'ylar kelganida darrov yaxshi narsalarni o'ylashga ya'ni eng baxtli onlaringizni, farzandlaringiz bilan bo'lib o'tga kulgili voqealarni o'ylashga kirishing.Buni ko'p bora takrorlab turing ,shunda siz ong ostingizni o'z tomoningizga dasturlay olasiz.

5.Siz ongingizga ushbu shiorni yozib oling: " Bu voqea xafa bo'lishimga arzimaydi." Har kuni bir necha marotaba bu shiorni o'zingizga o'zingiz takrorlab boring.Ong ostingiz bunga ishonadai va sizni yomon o'ylardan xalos eta boshlaydi.

Ba'zi o'qituvchilar maktabga faqat oylik uchun borishadi.Yangiliklar qilish, chiroyli kechalar o'tkazish,maktabning faol o'qituvchilardan bo'lish ularga begona.Ularning o'ylashicha bugun maktabda amallab darsini tugatib olsa bu uning yutug'i.Bir kuni men ancha tajribali yoshi kattaroq ustoz bilan gaplashib qoldim.Undan maslahat bering,mening guruhimda bir o'quvchim bor ,uni hech a'lochilar safiga qo'sha olmayapman dedim.Bilasizmi u menga nima dedi? -Qo'ysangizchi, boshingizni qotirib nima qilasiz, axir bunday oquvchilar har qanday sinflarda bo'ladi, bu tabiiy holat.Pulingizni olib, o'qiganlarini o'qitib yuravermaysizmi dedi.Lekin men undan umuman boshqa javob kutgan edim.Haligacha uni ko'rsam, negadir hafa bo'laman.Jamiyatimizda shunday o'qituvchilar bor ekan, o'quvchilarimiz orasida "tabaqali bilimga" ega bo'lish holati kuzatilib qolyapti.Ya'ni a'lochilar, o'rtacha o'quvchilar va ikkichilar toifasi.O'qituvchi ular bilan shug'ullanmas ekan ikkichilar yanada dangasalashib boraveradilar.Holbuki, ularni o'zgartira olish ularning sharfli burchi.Meditsina xodimlari ishlashdan oldin Gippokrat qasamyodi qilishadi kasbi uchun, halollik uchun. O'qituvchilarning qasamyodi bu o'quvchilar emasmi? Agar hamma o'qituvchilar birday harakat qilsalar.O'zbekistonimizni gullab yashnashi uchun hissa qo'shadigan eng yaxshi kadrlarni tayyorlab bergan bo'lardilar.Bizning ishimiz ham ibodatday gap qanchalik yaxshi va chin dildan o'qitishimiz ibodatimiz qadrlanishiga sabab bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O.Mavlonov Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinf Biologiya darsligi. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" .Toshkent -2017 yil

2. G'ofurov A.T. va boshqalar. Biologiyani o'qitishning umumiy metodikasi. (O'quv-metodik qo'llanma). - T. TDPU. 2005.

3. Tolipova J.O. Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar. Pedagogika oliy ta'lim muassasalari ta'lim oluvchilari uchun darslik. Toshkent, 2014.

4. Niyozov Q. Biologik ta'lim jarayonida o'quvchilar kompetentliligini rivojlantirish asoslari.-Namangan. 2017 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.