Научная статья на тему 'OʻQIB TUSHUNISH MALAKASINI BAHOLASHNING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI'

OʻQIB TUSHUNISH MALAKASINI BAHOLASHNING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2372
253
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oʻqib tushunish / psixologik / fiziologik / psixofiziologik / dekodlash / vizual kirish leksikoni. / Reading comprehension / psychological / physiological / psychophysiological / decoding / visual input lexicon

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdiraimov, Shohruh Samad Oʻgʻli

Maqolada matnni oʻqib tushunish koʻnikmasini baholashning fiziologik, psixik, umuman psixofiziologik xusususiyatlari haqidagi mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOPHYSIOLOGICAL FEATURES OF READING COMPREHENSION ASSESSMENT

The article discusses the physiological, mental, and psychophysiological features of reading comprehension.

Текст научной работы на тему «OʻQIB TUSHUNISH MALAKASINI BAHOLASHNING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor

О

O'QIB TUSHUNISH MALAKASINI BAHOLASHNING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Abdiraimov Shohruh Samad o(g(li Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti

Annotatsiya: Maqolada matnni o'qib tushunish ko'nikmasini baholashning fiziologik, psixik, umuman psixofiziologik xusususiyatlari haqidagi mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar. O'qib tushunish, psixologik, fiziologik, psixofiziologik, dekodlash, vizual kirish leksikoni.

PSYCHOPHYSIOLOGICAL FEATURES OF READING COMPREHENSION ASSESSMENT

Abdiraimov Shohruh Samad ugli Lecturer, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature

named after Alisher Navoi

Abstract. The article discusses the physiological, mental, and psychophysiological features of reading comprehension.

Keywords. Reading comprehension, psychological, physiological, psychophysiological, decoding, visual input lexicon.

ПСИХОФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОЦЕНКИ

ЧТЕНИЯ Абдираимов Шохрух Самад угли Преподаватель Ташкентского государственного университета узбекского языка и литературы имени Алишера Навои.

Аннотация. В статье рассматриваются физиологические, психические и психофизиологические особенности понимания прочитанного.

Ключевые слова. Понимание прочитанного, психологический, физиологический, психофизиологический, декодирование, лексика визуального ввода.

Psixolingvistikaga oid ilmiy tadqiqotlardan ma'lumki, insonlar o'rtasidagi muloqot jarayoni to'rt xil kognitiv malakalar asosida amalga oshadi, mazkur nutqiy

o 'qituvchi

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

O

malakalar o'zaro bog'liqlikda rivojlanadi. Bu malakalar og'zaki va yozma nutq bilan bog'liq hisoblanadi. So'zlash va eshitib tushunish malakalari og'zaki nutq bilan bog'liq bo'lsa, yozish va o'qib tushunish yozma nutq bilan bog'liq tarzda amalga oshadi. Shuningdek, mazkur ko'nikmalar muloqot jarayonida mazmunni ifodalashi yoki idrok qilishi nuqtayi nazaridan ham bir-biridan farqlanadi. Umuman, bu jarayonlar psixolingvistikada kodlash(fikrni signallar: tovush yoki grafemalar bilan ifodalash) va dekodlash(grafemalar yoki tovush bilan ifodalangan ma'lumotlarni idrok qilish) jarayoni deb yuritiladi. Bu tushunchalar psixolingvistik tadqiqotlarda o'rganilgan, ilmiy asoslari isbotlangan. Dekodlash jarayoni psixologiyada nutqiy persepsiya deb ataladi. Persepsiya - inson borliqni idrok qilishi jarayoni hisoblanadi. Nutqiy persepsiya - bu verbal va vizual birliklar yordamida borliqdagi hodisalarni idrok qilish, talqin qilish va tushunish jarayonidir. Idrok qilish jarayoni eshitib tushunish yoki o'qib tushunish tarzida amalga oshadi. Eshitib tushunish og'zaki nutqda ifodalangan ma'lumotlarni anglash, fahmlash jarayoni hisoblanadi. O'qib tushunish - grafemalarda, tasvirlarda, chizmalarda, rasmlarda ifodalangan ma'lumotlarni anglash, idrok qilish jarayonidir.

O'qib tushunish jarayonida matndagi turli chiziqlar majmuyini qabul qilamiz, ular grafema deb ataladi. U vizual kirish leksikonidagi mavjud so'zlar bilan solishtiriladi va so'z chizmadan iborat tashqi shaklidan mazmundan iborat mohiyatiga aylanadi va idrok qilinadi. Ya'ni, mazkur tasvirga bog'langan ma'no faollashadi. Bir so'z bilan aytganda, yozma matndagi so'zni turli belgilar tizimi -grafemalar yig'indisi sifatida qabul qilamiz va uni mazmun parchasi sifatida idrok qila boshlaymiz.

Shuni ham ta'kidlashimiz kerakki, "matnni o'qish, uni tushunish jarayoni pedagogik (biror shaxs tomonidan takrorlab o'rgatish, ko'rsatish), psixologik (diqqatni yig'gan holda o'rganilayotgan narsaga qarash, tikilish), jismoniy (boshqa harakatlarni to'xtatgan holda ko'zni faqat harf, bo'g'in yo so'zga qaratish) va fiziologik (o'rgatilayotgan harf yo so'zni takrorlay olish, o'qiy olish qobiliyatining mavjud yoki mavjud emasligi) jarayon hisoblanadi"[5: 65]. Shuning uchun ham o'qib tushunish murakkab nutqiy psixofiziologik faoliyat hisoblanadi. Bu jarayon haqida ko'plab xorij va o'zbek olimlari ilmiy ishlar qilganlar, tajribalar o'tkazganlar va ularning tahlillari asosida natijalarni taqdim qilganlar.

Fiziologlarning ma'lumotlariga ko'ra, "miya po'stlog'ning ensa qismida ko'rish jaryonini boshqaruvchi nerv markazlari joylashgan" [6: 66], ya'ni o'qib tushunish bosh miyaning ensa qismidagi neyronlar ta'sirlanishi asosida amalga

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

oshadi, ko'z soqqasining harakatlanishi, ko'rish va sezgi qobiliyatlari bosh miya qismidagi o'rta miyaning tepasida joylashgan oraliq miya funksiyasi orqali boshqariladi. Oraliq miya bosh miya yarimsharlari bilan qoplangan bo'lib, u yerda ko'rish do'mboqlari joylashgan. Ko'rish do'mbog'i - tuxumsimon shakldagi bir juft kulrang modda bo'lib (nerv hujayralari to'plami), unda barcha sezgi a'zolari orqali seziladigan ta'sirlar oldin ko'rish do'mbog'i orqali qabul qilinib, keyin bosh miya yarim sharlari markazlariga o'tkaziladi. Bu jarayon sog'lom odamlarda deyarli bir xil kechadi.

Shuningdek, matnni o'qib tushunish murakkab psixolingvistik jarayon bo'lib, u tilshunos olimlar tomonidan bir qancha bosqichlarga ajaratiladi. Jahon tilshunosligida T.A. Apollonskaya, Y.V. Gleybman, I.Z. Manoli kabi olimlar qabul qilishning 3 ta asosiy darajasini belgilaydi:

- verbal-sintagmatik daraja;

- designativ daraja;

- dinatativ daraja. [7: 44]

O'zbek tilshunosligida esa olima I.Azimova matnni tushunishning beshta darajasini keltiradi:

a) assotsiativ daraja;

b) leksik-morfologik daraja;

c) kontekstual daraja;

d) struktural daraja;

g) matn darajasi. [1: 65].

O'rganishlarimiz natijasida, bizningcha, matnni o'qib tushunish, uni idrok qilish, o'zlashtirish quyidagi bosqishlardan iborat.

1-bosqich: grafik tasvirni tanish va so'zni o'qish;

2-bosqich: so'zning matndagi ma'nolarini angash;

3-bosqich: rasmlarda, chizmalarda, diagrammalarda ifodalangan ma'lumotni tushunish va so'zlarning o'zaro mazmuniy bog'lanishini, birliklarning matndagi vazifasini idrok etish;

4-bosqich: matnning qismlarini anglash va ular o'rtasidagi mazmuniy bog'liqliklarni idrok qilish;

5-bosqich: matndagi umumiyva yashirin ma'nolarni tushunish, matn maqsadini anglash, matndagi ma'lumotdan real hayotiy vaziyatda foydalana olish;

6-bosqich: matnga aynan shu mavzuda yozilgan boshqa matnlar bilan qiyoslab baho bera olish.

Scientific Journal Impact Factor

o

Hammada ham matnni o'qib tushunish bosqichlar bir xil amalga oshavermaydi. Shuning uchun ham muayyan matnni bir xil o'qib chiqqan o'quvchilar tushunishining har xil bo'lishini guvohi bo'lamiz. Bu uning fiziologik va psixologik jihatlariga bog'liq bo'ladi, ya'ni qabul qilish qobiliyati yoki ruhiy-psixik holatiga, yoki jismoniy holatlariga bog'liq bo'lishi mumkin. Shuningdek, matnni o'qib tushunishga bir nechta omillar ta'sir etishimumkin.

Shuning uchun pedagogic o'lchovlarga doir tadqiqotlarda o'qib tushunish malakasini baholashda natijalarga salbiy ta'sir etuvchi omillar quyidagicha guruhlashtiriladi:

-matn omillari; -o'quvchi omillari; -vazifa omillari[2: 16].

Matn omillari - matn bilan bog'liq bo'lgan omillar: matn tilining og'irligi, berilish uslubining murakkabligi, matn turlari va unda mavzular tematikasi bilan bog'liq bo'lgan omillar.

O'quvchi omillari - o'qib tushunuvchi bilan bog'liq omillar: o'quvchining yoshi, fiziologik va psixologik holati, tajribasi, kognitiv darajasi bilan bog'liq bo'lgan omillar.

Vazifa omillari - topshiriq bilan bog'liq omillar: topshiriqlar hajmi, miqdori, mazmunining aniq va lo'nda ifodalanganligi bilan bog'liq bo'lgan omillar.

Shuning uchun ham o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash jarayonida o'qib tushunish malakasini baholash konstruktlarini belgilashga, baholash jarayonida foydalaniladigan matnlarni tanlashga, u asosida topshiriqlar tuzishga alohida e'tibor bilan yondashish talab etiladi. Shuningdek, "Shvetsariyalik psixolog J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o'sishi o'zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat jihatdan o'ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o'tadi"[4: 146]. Ya'ni bola fiziologik tomondan o'sib boradi, unda namoyon bo'luvchi holatlar, ko'nikmalar ham rivojlanib boradi. Shu bois baholash jarayonida ham o'quvchining yosh xususiyatidan kelib chiqib mezonlar belgilanishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, har bir o'quvchi fikrini og'zaki yoki yozma ifodalashi, o'zgalar fikrini, matndagi axborotlarni idrok eta olishi psixofiziologik jarayon bo'lib, baholashda foydalaniladigan savol va topshiriqlar uning nutqiy malakalarini va tafakkurini rivojlantirishga, ruhiy jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham mos bo'lishi, ularda mustaqil munosabatini bayon etishga, hayotni va o'zgalarni anglash ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

О

REFERENCES

1. Azimova I. O'zbek tilidagi gazeta matnlarining mazmuniy persepsiyasining psixolingvistik tadqiqi: monografiya. -T., 2019. 158 bet

2. Ismailov A. v.b,. Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning o'qish savodxonligini baholash. - Toshkent, «Sharq», 2019, 92 b.

3. J. Charles Alderson.Assessing Reading.Cambridge University Press 2000. Mavlonova K., Hakimova N.. Ona tili darslarida o'qish savodxonligini egallash imkoniyatlari. O'zbek tilshunosligini rivojlantirishning dolzarb muammolari. Res.ilm.amal.konf. mater. - Toshkent, O'zkitobsavdo nashriyoti, 2020. 340 b. -B. 217-224.

4. O'zbek tilini o'rganish va o'qitishni qayta qurish hamda takomillashtirish dolzarb masalalari. O'zbek tili doimiy anjumani birinchi yig'inining tezislari. -Samarqand,

5. БИагорсуа Б.У. 5-sinf o'quvchilarida matnni o'qib ^ЬИШБЬ ша1акаБ1п1 8Ьак11ап11г1вЬп1п§ пагаг1у уа ше1:оё1к авов1аг1. ped.fan.шagist. -Т., 2020. - 108 Ь.

6. Sodiqov B.,Oгipoуa,Shaxшu1oуa. Yosh fizio1ogiya уа gigiyena daгs1ik. -T.:Yangi asг aу1odi - 2009. 285 Ь.

7. Аполлонская Т.А., Глейбман Е.В., Маноли И.З. Порождающие и распознающие механизмы функциональной грамматики. -Кишинёв, 1987. -

1991.

С.42-47

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.