Научная статья на тему 'Nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash yuzasidan xorijiy davlat tajribasi tahlili'

Nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash yuzasidan xorijiy davlat tajribasi tahlili Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Tafakkur manzili
Ключевые слова
dizartriya / kognitiv komponent

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Yo‘ldoshxonova Mahinabonu Baxtiyor Qizi

maqolada nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash yuzasidan xorijiy davlat tajribasi tahlili nutqida og‘ir nuqsonlari bo'lgan bolalarni maktabga tayyorlash uchun maxsus dasturiy ta'minotni tahlil qilishning dolzarbligi asoslanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Nutqida og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalarni maktabga tayyorlash yuzasidan xorijiy davlat tajribasi tahlili»

Nutqida og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalarni maktabga tayyorlash yuzasidan xorijiy

davlat tajribasi tahlili

Annotatsiya: maqolada nutqida og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalarni maktabga tayyorlash yuzasidan xorijiy davlat tajribasi tahlili nutqida og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalarni maktabga tayyorlash uchun maxsus dasturiy ta'minotni tahlil qilishning dolzarbligi asoslanadi.

Kalit so'zlar: dizartriya, kognitiv komponent, ikkilamchi buzilish, bolalar serebral falajidagi, maktabga tayyorlash.

Jahon ta'lim tashkilotlarida nutqida og'ir nuqsonlari bo'lgan bolalarni maktabga nutqiy jihatdan tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitni modellashtirish texnologiyalari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Shu bilan birga, bolalarning bilish, nutq qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning morfologik, funksional va aqliy rivojlanish darajasini oshirish, nutqiy vaziyatga mos yangi tushunchalarni yaratish, nutqiy tayyorgarlikning kognitiv komponentlarini kuchaytirishga doir amaliy loyihalarni tatbiq etish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugungi kunda logopediya fanining oldida turli toifadagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarda kuzatiladigan nutq nuqsonlarini ularning tuzilishi va mexanizmlaridan kelib chiqibm bartaraf etishning differensiallashgan usul va metodlarini ishlab chiqish vazifasi dolzarb bo'lib turibdi.

L.S.Vigotskiy tomonidan bolaning nuqsonli rivojlanishining murakkab tuzilishi qonuniyatlari haqidagi ta'limot asoslangan. Ushbu ta'limotga ko'ra, har qanday funksional tizimda buzilishning mavjudligi bu funksiyaning yakkalanib borib, yo'qolmaydi, balki ularning butunlay atipik, o'ziga xos rivojlanish haqidagi yaxlit tasavvurni belgilovchi bir qator o'zaro bog'liq og'ishlarga olib keladi. Anomal rivojlanish tuzilishining murakkabligi biologik omil tufayli kelib chiqadigan birlamchi buzilish keltirib chiqaradigan birlamchi oqibat natijasida paydo bo'lgan ikkilamchi buzilishlarning mavjudligi zamirida yotadi. L.S.Vigotskiy o'zining ta'limotida birlamchi va ikkilamchi buzilishlarning o'zaro ta'sir va munosabatda bo'lishiga e'tibor qaratadi, bu esa nuqsonli bola rivojlanishining o'ziga xosligini belgilab beradi.

Nutqiy rivojlanish bilan bola ruhiyati o'rtasidagi uzviy bo'liqlik ko'pgina olimlar tomonidan isbotlab berilgan. L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.R.Luriya va boshqa mualliflarning ko'rsatishicha, boladagi barcha ruhiy jarayonilar: idrok, xotira, diqqat, tasavvur, tafakkur nutq jarayonining to'g'ridan-to'g'ri ishtiroki bilan rivojlanadi.

Nutq yordamida bola nafaqat yangi ma'lumotlarni oladi, balki ularni yangicha talqin qilish imkoniyatiga ham ega bo'ladi.

Qator mualliflar olib borgan tadqiqot natijalariga ko'ra, serebral falaj bilan kasallangan bolalarda turli xil nutqiy nuqsonlar kuzatiladi. N.A.Bernshteyn, M.O.Gurevich (1949), N.I.Ozeresskiy (1938), M.B.Edinova (1959), E.N.Pravdina- E.N.Vinarskaya

Yo'ldoshxonova Mahinabonu Baxtiyor qizi

KIUT maxsus pedogogika yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI Bffi

JIFactor: 8.2

(1959), E.N.Vinarskayaning fikricha, bolalar serebral falajida kuzatiladigan nutqiy kanchiliklar talaffuz kamchiliklaridan to afaziyagacha bo'lgan shakllarda uchrashi mumkin.

Bolalar serebral falajida kuzatiladigan asosiy nutq nuqsoni dizartriya hisoblanadi. Hozirgi kunda dizartriyaning bir nechta tasnifi mavjud bo'lib, muammoga doir adabiyotlarda ushbu tasniflar to'liq talqin etilgan. Ushbu tasniflar orasida M.S.Margulisning etiopatogenetik tasnifnomasi, I.I.Panchenko, L.A.Shcherbakovaning nevrologik tasnifnomasi, E.N.Vinarskayaning neyrolingvistik tasnifnomasi eng ommalashgan tasniflardir.

Dizartriya og'ir nutq nuqsoni sifatida turli shakllarda namoyon bo'lishiga ko'pgina mualliflar o'z e'tiborini qaratdi. V.A.Muratovning ko'rsatishicha, bolalar serebral falajida dizartriya spastik va paretik xarakterda bo'ladi. S.A.Chugunov, N.Gutsmann va M.M.Prismanning fikriga ko'ra, bolalar serebral falaji, odatda, giperkinezlar bilan birga namoyon bo'ladi, ular hozirda dizartriyaning giperkinetik deb nomlanuvchi shaklini ta'riflab berdir.

M.B.Eydinova, E.N.Pravdina-Vinarskaya, E.M.Mastyukovaning fikricha, dizartriya serebral falaji bilan kasallangan bolalarning 65-85% ida kuzatiladi. Harakat faoliyatining buzilish darajasi bilan dizartriyaning og'irlik darajasi o'rtasida bog'liqlik mavjud.

Dizartriyaning kelib chiqish sabablari L.T.Jurba, E.M.Mastyukova, L.I.Belyakova, N.N.Voloskova tomonidan o'rganilgan va dizartriya bolalar serebral falajining bir belgisi sifatida kelishi ta'kidlangan[38]. M.B.Eydinova, E.N.Pravdina, E.M.Mastyukova, M.V.Ippolitova M.S.Margulis, L.B.Litvak, R.A.Belova-David, M.Palmer, X.Rif dizartriyani tasniflash, dizartriyani fonetik tomondan o'rganish bo'yicha tadqiqotlar olib borgan.

D.N.Isayev, I.V.Ippalitova, E.M.Mastyukova, T.B.Filicheva aqli zaif (gidrotsefaliyali) bolalarda dizartriyaning namoyon bo'lishini tadqiq etgan.

I.V.Ippalitovaning ma'lumotiga ko'ra, maxsus tashkilotlarda tarbiyalanuvchi bolalar serebral falaji bilan kasallangan bolalarning 60-70 % ida dizartriyaga xos nutq buzilishlari kuzatiladi[89]. M.V.Eydinova va E.N.Pravdina-Vinarskaya nutqning har qanday buzilishini psevdobulbar falajning eng asosiy belgisi, deb hisoblaydi. Lab muskullarining zaifligi natijasida bola "u, b, v, p, f ' tovushlarini yomon talaffuz qiladi yoki umuman talaffuz qila olmaydi, til muskullarining zaiflashuvida esa "o, i, d, f, s, r"; yumshoq tanglay falajlanishida "g, x, k" tovushlarining talaffuzi buziladi.

N.Gutsman bolalar serebral falajiga oid tekshiruvlar o'tkazib, birinchi bo'lib nutqiy nuqsonlarning psevdobulbar falaga bog'liq ekanini ko'rsatib berdi. Muallif bolalar serebral falajining spastik shaklidagi bolalar maxsus maktablarida o'quvchilar orasida tovushlar talaffuzidagi buzilishlar asosida kinestetik idrok va artikulyatsion (talaffuz) apparat muskullari harakatining yetishmovchiligi yotadigan bolalarni tasnifladi. Bunda artikulyatsiya o'rniga ko'ra yaqin bo'lgan tovushlar talaffuzi buziladi. Ushbu toifaga mansub bolalar uchun tovushlar talaffuzining xarakterli xususiyatlaridan biri affrikatlarni buzib talaffuz qilish va almashtirish hisoblanadi.

K.A.Semenovaning fikricha, serebral falajli bolalarda asosan motor nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Ushbu bolalarda kuzatiladigan nutqiy kanchiliklar orasida miyachali va psevdobulbar dizartriya ko'p foizni tashkil etadi. K.A.Semenova M.I.Astvatsaturovning fikrlariga qo'shilgan holda serebral falajlangan bolalarda motorikaning buzilishi uzviy bog'liqlik holatida yuzaga kelib, u bolaning ham harakat, ham

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI Bffi

JIFactor: 8.2

nutqiy mushaklari, 12 juft nervlarga ta'sir ko'rsatishini ta'kidlaydi [152]. Yuzaga keluvchi spastik parezning bir xil ko'rinishda harakat tizimlarining a'zolari bilan birga mimik hamda artikulyatsion muskulaturani qoplab olishini M.B.Eydinova ham o'z tadqiqotlarida aniqlagan. Xuddi harakatda yuzaga keluvchi harakatlarning noaniqligi, so'nish xarakteriga ega ekani, tez toliqish nutqiy faoliyada ham xuddi shunday holatlarni keltirib chiqaradi. Harakat faoliyatidagi ixtiyorsiz qisqarishlar mushaklarning bo'shashishidagi qiyinchiliklar bilan birga keladi va bu ko'rinish og'ir hollarda fonemadan fonemaga, bo'g'indan bo'g'inga hamda; yengil ko'rinishda esa, so'zdan so'zga o'tishda muammolar hosil bo'lishiga olib keladi[165]. A.R.Luriyaning fikricha, bunga bir maromdagi nutqning hosil bo'lishini ta'minlovchi "kinetik kuy"ning rivojlanmagani sabab bo'lishi mumkin.

E.N.Pravdina-Vinarskaya va M.B.Eydinova turli ko'rinishdagi dizartriya nutqiy kanchiliklarni psevdobulbar falajlanishning alomati sifatida e'tirof etadi. Ularning fikricha, dizartriya bolalar serebral falaji 65-85% holatda aniqlanhan. Lab mushaklarining zaifligi holatida bola u, b, p, f tovushlarini, til mushaklarining kuchsizligida esa o, i, d, f, s, r hamda yumshoq tanglay falajlanganida esa, g, k, x tovushlarini noto'g'ri talaffuz etadi yoki umuman talaffuz eta olmaydi. "Bolalar serebral falajlanishishida artikulyatsion motorikaning buzilishi nafaqat tovushlar talaffuziga salbiy ta'sir ko'rsatadi, balki ikkilamchi kamchilik sifatida fonematik idrokdagi muammolar kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin. Bu esa o'z o'rnida so'zlarning tovushlar tahlili hamda tovush-bo'g'in tuzolmasini aniqlashga to'sqinlik qiladi. Shu bilan birga, bolaning tovushlar talaffuzidagi kamchiligiga fonematik idrokning yetarlicha rivojlanmagani sabab bo'ladi. Qator mualliflarning fikricha, kamdan-kam hollarda bolalar noto'g'ri talaffuz etadigan tovushlarini ham to'g'ri idrok eta oladi".

I.Y.Levchenko, O.G.Prixodko, L.V.Lopatina ishlarida bolalar serebral falajidagi ruhiy buzilishlarning asosiy turlari og'ir nutqiy kanchiliklar (50%gacha) bo'lib, ruhiy dizontogenezning kechikkan rivojlanish yoki kam rivojlangan turi bo'yicha namoyon bo'lishi qayd eilgan. Serebral falaj bo'lgan bolalarning og'ir nutq kamchiliklari tuzilishining xususiyatlari tahlili shuni ko'rsatdiki, bolalarda optik-fazoviy agnoziya, konstruktiv praksis, sanash kabi oliy funksiyalar yaqqol rivojlanmagani bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Optik-fazoviy gnozisning buzilishi geometrik shakllarni tanib olish va takrorlashdagi qiyinchiliklar, rasm chizish, loyihalash, qo'l mehnati vazifalarini bajarish, yozma nutq elementlarini o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarda namoyon bo'ladi (bolalar berilgan namunani qog'ozda qayta bajarib bera olmadi). Ular ob'yektlarning makondagi o'rnini aks ettiruvchi tushunchalarni shakllantirishga qiynaladi, shuningdek, bolalar qismlardan bir butunni yig'ish, ya'ni konstruktiv praksisda qiyinchiliklarga duch keladi. Abstrakt tafakkurning rivojlanmagani sanoqni o'zlashtirishda namoyon bo'ladi. Sanoqni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar ular uchun barqaror bo'lib qoladi va ta'limning keyingi bosqichlarida ko'proq darajada namoyon bo'la boshlaydi.

M.B.Mamatovaning ta'kidlashicha yengil dizartriyali bolalarda tovushlar talaffuzining rivojlanmasligi nuqsonning markaziy nerv sistemisiga bog'liqligi bilan xarakterlanadi. Shu bois, bu bolalarda tovushlar talaffuzini rivojlantirish maxsus pedagogik ta'limnni talab etadi, deb ko'rsatadi.

Bizningcha, dizartriya nutq buzilishlari guruhining umumiy nomi bo'lib, u bir necha shakllarga ega, ularning har biri nevrologik va nutq belgilari bilan tavsiflanadi. Dizartriya nutqni shakllantirish tizimi faoliyatining eng keng tarqalgan buzilishi sifatida, markaziy

ISSN 2181-2160 TA'LIM FIDOYILARI шш

JIFactor: 8.2

asab tizimining shikastlanish darajasidan qat'i nazar, ekspressiv nutqni shakllantirishning funksional tizimining yaxlitligi buzilishi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, dizartriyada ovozning balandligi, ohangi, nutqning ritmik intonatsiya darajasi buziladi va nutqning fonetik tuzilishi noto'g'ri amalga oshiriladi. Ushbu kamchilik asosan periferik nutq apparati mushaklarining innervatsiyasining buzilishi bilan bog'liq bo'lib, shu sababli markaziy asab tizimining organik yoki funksional shikastlanishi natijasida mushak tonusining neyromotor boshqaruvining buzilishi bilan namoyon bo'ladi.

Demak, dizartriya mushak tonusining neyromotor boshqaruvining buzilishi natijasida nutqning talaffuz tomonining buzilishini bo'lib, bunda tovush talaffuzi va nutqda tovushlar oqimining prosodik komponentlarining zararlanishi.

Dizartriya nutq talaffuzi tomonining nutq apparati innervatsiyasidagi yetishmovchilik bilan bog'liq holdagi buzilish bo'lib, markaziy xarakterdagi organik buzilishlarning oqibati hisoblalanadi. Dizartriya ko'pincha bosh miyaning erta falajlanishi neyroinfeksiya va miyaning boshqa kasalliklari oqibatida yuzaga keladi. Markaziy asab tizimi buzilishini lokalizatsiya va jarohatnng og'irligiga qarab darajalari farq qilinadi.

Logopediyada dizartriyani og'ir nutq nuqsoni sifatida o'rganishning ilmiy-nazariy asoslari тахлили асосида дizartriyali bolalarni maktab ta'limiga nutqiy tayyorlash mazmuni va ushbu jarayonning samarali omillari, qo'llanadigan usul, texnologiya, vositalarning samaradorligi аникланди. Миллий логопедияда ривожланишида нуксони булган болаларн мактабга тайёрлаш урганлаганлиги, лекин dizartriyani og'ir nutq nuqsoni булган bolalar bilan olib boriladigan korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning тадкикот обекти сифаида тадкик этилмаганлиги маълум булди. Dizartriyali bolalarni maktab ta'limiga nutqiy tayyorlash uchun ishlatiladigan lingvistik materialning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish muammosi уз ечимини топмаганлигиги даллиланди.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO' YXATI

1. Ачилова С.Д. Дизартрия нутк камчилигига эга болалар нуткининг фонетико-фонетик томонини коррекциялаш иш тизими Пед.фан.буйича. фалсафа док.(РЮ) ... дисс. Автореферати. - Т.:2021.-49 б.

2. Бабина Г.В. Дизартрия: учеб-метод. пособие / Г.В. Бабина, Л.И. Белякова, Р.Е. Идес. - М.: МПГУ, 2016. - 124 с.

3. Валошек Д. Формирование готовности детей к школьному обучению в республике Польша: дисс...д-ра пед.наук: 13.00.01 / Валошек Данута. - Москва, 1999.-278 с.

4. Гарёва Т.А. Формирования речеязыковых и двигательных процессов у детей с дизартрией: дисс. .канд. пед. наук: 5.8.3 - коррекционная педагогика (логопедия) / Гарёва Татьяна Александровна - М., 2021. - 232 с.

5. Данилова Л.А. Методика коррекции речевого и психического развития у детей с церебральным параличом / Л.А. Данилова. - М.: Просвещение, 1997. - 89 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.