Научная статья на тему 'NUTQIDA NUQSONI BOR MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI'

NUTQIDA NUQSONI BOR MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3384
126
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bolalar / jarayon / nutq / oila / nuqson / talaffuz / ong / aql / tarbiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdalimova Zilola Farxod Qizi

Ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq о‘stirishda ayrim muammo va kamchiliklari haqida yoritilgan.. Oilada ota – onaning farzand tarbiyasidagi ahamiyati keltirilib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NUTQIDA NUQSONI BOR MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR PSIXOLOGIYASI»

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

NUTQIDA NUQSONI BOR MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR

PSIXOLOGIYASI Abdalimova Zilola Farxod qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, pedagogika-psixologiya yo'nalishi, 2-kurs talabasi 21/3

guruh talabasi +998994440081 zilolaabd7@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7926392

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq o'stirishda ayrim muammo va kamchiliklari haqida yoritilgan.. Oilada ota - onaning farzand tarbiyasidagi ahamiyati keltirilib o'tilgan.

Kalit so 'zlar: Bolalarjarayon, nutq, oila, nuqson, talaffuz, ong, aql, tarbiya.

Kirish(Introduction). «Ta'lim to'g'risida»gi qonunda maktabgacha ta'lim to'g'risida shunday deyiladi; «Bu ta'lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bogchasida va mulk shaklidan qat'i nazar, boshqa ta'lim muassasalarida olib boriladi». Bu o'quv-metodik tadqiqotlarni yaratishda nafaqat bolalar borchasi, balki oila sharoitini ham xisobga olish zaruratini keltirib chiqaradi.

Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqati bilan uzviy bog'liqdir. Bola jumlalarning mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqat shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ - shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bog'cha yoshidagi bolaning nutqi ijtimoiy aloqalarni o'rnatish funksiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Maktabgacha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at boyligining o'sishida 2 ta muhim tomon - miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D. B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review). Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutqida rivojlantirish muammosini tadqiq eta borib, biz boshlangich sinf ta'limidagi izchillikni ham hisobga oldishga majburmiz. Umumiy o'rta ta'limning hozirgi bosqichida boshlangich sinflar o'quvchilarining umumta'lim tayyorligining mazmuni va darajasiga bo'lgan talablar ancha ortdi. Masalan, «O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi Nizom»da yozib qo'yilganidek: «Umumiy o'rta ta'lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik kabilarni va amaliy tajriba ko'nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yunaltirishga va ta'limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi». Buni esa bolalarning nutqini o'stirmasdan turib amalga oshirib bulmaydi. Shu bois maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o'rganishda nutqini rivojlantirishning samarador yo'llari hamda vositalarini ishlab chiqishning tadqiqot muammosi sifatida belgiladi.

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirishga oid vazifalarni hal etishga nisbatan quyidagicha yagona yondashuv zaruriyatini aniqlandi:

- tovushlarni to'g'ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo, nutq, eshitish shakllanadi, talaffuzni u keyinrok, egallaydi);

- aniq talaffuz hosil qilish (so'z va so'z birikmalarini dona-dona va aniq talaffuz qilish); -so'zni talaffuz qilganda urg'uni to'g'ri qo'yish ustida ishlash; - nutqning orfoepik

jihatdan to'g'riligi ustida ishlash (bu na'munaviy adabiy talaffuz qoidalarining jami; - nutq suratini rivojlantirish; - nutqning ifodaliligini shakllantirish (nutqning tabiiy, erkin, ya'ni nutqning ongli ifodalanishi);

- nutqiy nafas olishni shakllantirish (bunda to'g'ri nafas olishni o'rganadi); - oilada yoki bog'chada so'zlarni ota - ona va tarbiyachilar chiroyli va to'g'ri gapirishlari lozim;

- o'z fikrini erkin va izchil bayon etish malakasini shakllantirish.

Tahlil va natijalar (Analysis and results). Kuzatishlarimiz asosida shunday xulosaga keldikki, maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda tarbiyachi va ota -onalarning roli benihoya kattadir. Bolalar nutqi ustida ishlash jaryonida tengdoshlari bilan suhbatda xushmuomala bo'lishlariga, tabiiy ohangda gapirishlariga, so'zlashganda suhbatdoshining yuziga qarab turishlariga, qo'llari va yuz mimikalarini bamaylixotir holatda tutib turishlariga e'tibor berilishi kerak.

5 - 6 - 7 yoshli bolalarda lug'at boyligi 2500-3500 tagacha so'zlarni tushunishi va bilishi kerak, aks holda albatta mutahassis bilan maslahatlashish lozim bo'ladi. Bolalarni nutqi va aqlini rivojlantirishda hikoya, ertaklar juda foydali. Ularga ertak o'qib berilganda fikrlash qobilyatini ham o'stirgan bo'lamiz. Ayniqsa buvijon "Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №12 203 va bobojonlarimiz o'zlarini yoshliklarini va yoshlikda o'ynagan o'yinlarini gapirib berganlarida bolada albatta qiziqish paydo bo'ladi. Kecha aytib bergan ertakni qaytadan so'raganingizda bolada xotirasi mutahkamlanadi, fikrlash qobilyati shakllanadi. Bola psixologiyasi juda murakkab, ba'zi birlari injiq bo'lsa, ba'zi birlari odamovi bo'lishadi. Agar shunday holatlarga duch kelsangiz albatta ularga ko'proq vaqt ajratining, ular bilan ko'proq gaplashing, savollariga javob bering. Bolalar aqlini rivojlantirish uchun shaklli va rangli o'yinchoqlar juda muhim. Bolada rang ajratish va shakllarni farqlash qobiliyati rivojlanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizom.

2. Asqarxo'jayeva M. Bog'chalarda o'zbek tilini o'rganish. Bolalar bog'chalari tarbiyachilari uchun metodik qo'llanma. Toshkent: 2010.

3. Z.Irohimova, M.G'aybullayeva. bolalar bog'chalari uchun dasturlar. Tevarak - atrof bilan tanishtirish, nutq o'stirish, badiiy adabiyot. Toshkent: 2015.

4. D.R.Babayeva. Nutq o'stirish metodikasi. Toshkent: 2018.

5. BUYUK AJDODLARIMIZ TA'LIMOTIDA SOG 'LOM AVLODNI TARBIYALASH. RD Uchkunovna - PEDAGOG, 2022 - bestpublication.org PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 2 - SON / 2022 - YIL / 15 -OKTYABR www.bestpublication.org 186 Page 1 PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 2 - SON / 2022 - YIL / 15 - OKTYABR

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.