Научная статья на тему '“NURXON”NING QAYTA TUG‘ILISHI'

“NURXON”NING QAYTA TUG‘ILISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
146
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
San’at / asar / drama / ijro / zulm / mehr-oqibat / jasorat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Madina Toshmatova, I.Habibjonov

O‘zbek san’ati, xususan o‘zbek teatri o‘zining ko‘p yillik tarixi, betakror asarlari bilan ko‘pchilik xalqlar orasida munosib o‘rin egallagan. Asarlarning to‘laqonli bo‘y-basti chin ma’noda ijodkorlarning betakror rollari orqali namoyon bo‘lgan. Maqola orqali “Nurxon” dramasining mazmun-mohiyati va uning X.Umarova talqiniga qisqacha to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“NURXON”NING QAYTA TUG‘ILISHI»

"NURXON"NING QAYTA TUG'ILISHI

Madina Toshmatova Ilmiy rahbar: I.Habibjonov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: O'zbek san'ati, xususan o'zbek teatri o'zining ko'p yillik tarixi, betakror asarlari bilan ko'pchilik xalqlar orasida munosib o'rin egallagan. Asarlarning to'laqonli bo'y-basti chin ma'noda ijodkorlarning betakror rollari orqali namoyon bo'lgan. Maqola orqali "Nurxon" dramasining mazmun-mohiyati va uning X.Umarova talqiniga qisqacha to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: San'at, asar, drama, ijro, zulm, mehr-oqibat, jasorat.

REBIRTH OF "NURKHAN"

Madina Toshmatova Scientific supervisor: I.Habibjonov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: Uzbek art, in particular, Uzbek theater, with its many years of history and unique works, has taken a worthy place among many nations. The full stature of the works was truly manifested through the unique roles of the creators. The content of the drama "Nurkhan" and its interpretation by H. Umarova are briefly discussed in the article.

Keywords: Art, work, drama, performance, tyranny, kindness, courage.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, akademik Komil Yashin qalamiga mansub "Nurxon" dramasi ko'pchilikning qalbidan munosib o'rin egallagan. Bu musiqali dramasi tarixiy biografik asar bo'lib, unda qisqa, ammo sermazmun hayot kechirgan aktrisa Nurxon Yo'ldoshxo'jayevaning ijodiy faoliyati yoritiladi. Nurxon Yo'ldoshxo'jayeva professional teatr sohasiga kirib kelgan birinchi o'zbek raqqosasi. 1928-yildan Muhiddin Qoriyoqubov rahbarligidagi konsert-etnografik ansamblida raqqosa bo'lib ishlagan. Ansamblning Marg'ilonga qilgan gastroli vaqtida radikal dindorlar tomonidan vahshiyona o'ldirilgan. Bu fojiaga bag'ishlangan "Nurxon" (Komil Yashin asari; To'xtasin Jalilov musiqasi) musiqali dramasi yaratilgan. Marg'ilon shahri madaniyat uyi oldida Nurxonga haykal o'rnatilgan.

Komil Yashinni o'sha yillarda yosh qizning eskirib qolgan tuzumlarga qarshi chiqib, teatr sahnasida obrazlar yaratgani, Nurxonning akasini ruhoniylar tomonidan

I icclT^^^^H 22 http://oac.dsmi-qf.uz

g'azablantirib o'z singlisini, qo'lidagi pichoq bilan o'ldirganligi dramaturgni hayratlantiradi. Bu ayanchli holat "Nurxon" musiqali dramasida o'z aksini topadi. Komil Yashin "Nurxon" dramasini 1940-yillarda yozgan. Asar birinchi bo'lib, Muqimiy teatrida qo'yilgan. Ko'pchilik teatrlar bu asarni Muqimiy teatri qo'llagan yo'lni o'zlarida sinagan bo'lsalar, ya'ni o'zbek xotin-qizlarini eskilikdan olib chiqib ozod qilish uchun olib borilgan kurashni ko'rsatib bergan bo'lsalar, Farg'ona teatri bu asarni sahnaga qo'yishda turli xil o'zgarishlar kiritishgan. Xususan, uning doirasini birmuncha kengaytirishgan. Spektakl rejissori Zunnun Madaliyev sovet hokimiyati dushmanlari qo'lida halok bo'lgan Nurxonning hayotini, ijodiga xos bo'lgan muhim omillarini saqlagan holda asarni chuqurroq ochib berishga harakat qilgan. Yozuvchining maqsadi: aktrisa Nurxonning hayoti orqali o'zbekning xotin-qizlarini eskilik iskanjasidan yangi hayotga olib chiqib, ularning ozod bo'lishini, haq-huquqlarini anglashlarini o'ylagan holda, ularni himoya qilish edi. Bu asarning ildizida ayollarning ozodligi, ularning "ozodligi" himoya qilinishi va sevgiga sadoqatli ekanliklari yotadi.

Haqiqatan ham o'sha davrlarda xotin-qizlar paranjida yurar edi. Ular ostona xatlab ko'chaga chiqishmas, kun bo'yi va har doim bir xil holatda hayot kechirar edi. Jadidchilar, dramaturglar ularning bu holatini ko'rib, ozod va erkin bo'lishlari uchun o'z asarlarida bunday vaziyatlarga urg'u berib, targ'ib qilib o'tishgan. O'zlarining yozgan asarlari orqali ularni himoya qilishgan.

Pyesaga kirishda Nurxon haqida asar qahramonlari tilidan ma'lumotlar berib o'tiladi. Pyesa Nurxonning hayoti haqida bo'lganligi uchun asar mavzusida ozodlik, sevgiga sadoqatli bo'lish kerakligi kuylanadi.

Asarning birinchi tuguni Nurxonning otasi Hojining bog'ga kelishi, o'yin-kulguni kesib, Nurxon va boshqalarni qahr-g'azab bilan uylariga jo'natib yuborishdan boshlanadi.

Ikkinchi tugunida esa yoshgina qizini badavlat, lekin qari chol Sarkorga uzatishga qaror qiladi. Voqealar rivojida Nurxonning onasi qizini bu qiyin vaziyatdan qutqarib qolishi uchun Haydar bilan birga qochirib yuborishga harakat qiladi. Ular Samarqandga qochib ketishadi. U yerda Nurxon ozodlikka erishib, qo'shiq ijro qilib, turli rollarni o'ynaydi. Nurxon haqida gazetaga maqolalar chiqara boshlashadi. Bu gazeta Hojining qo'liga ham yetib boradi. Hoji, Sarkor va Mullakamol bilan til biriktirib o'z qizi Nurxonni akasi Mamatxon orqali o'ldirish kerakligini reja qilib olishadi va Hoji Mamatxonni Nurxonga qarshi qayrab uni o'ldirishini aytadi va "shu bilan meni rozi qilgan bo'lasan", deydi.

Mamatxon unga qarshilik ko'rsatadi, chunki u singlisi Nurxonni juda ham yaxshi ko'radi. Hoji buni eshitib g'azablanadi, keyin yana Nurxon haqida yomon so'zlar aytib, "u bizni qaddimizni bukib qo'ydi, qilgan ishlari bilan xalq ichida boshimizni ko'tarib yurolmaydigan qilib qo'ydi. Bunday qizni bor bo'lganidan,

I ícclT^^^^H 23 http://oac.dsmi-qf.uz

yo'qligi yaxshi", deb aytadi. Mamatxon mening bunday gunoh ishlarga qo'lim bormaydi desa Hoji shunday qizni o'ldirish savob deb uni or-nomusi va g'ururini "qitiqlaydi" va jinoyat yo'liga olib kiradi. Nurxonni aldab, avrab uyga chaqirib olishadi. Uning kelganiga onasi Kimyo xola juda xursand bo'ladi, lekin bu xursandchiliklar uzoqqa bormaydi. Asardagi perepitiya Mamatxon Nurxonga qarab: ikki yo'l bor birini tanla! Yo sen hozir tavba qilasan va bu rasvo yo'ldan qaytasan! Haydardan kechasan! Paranjiga qayta kirasan yoki hozir joningga chang solaman.

Nurxon - Nima deysiz? Yo'lingdan qaytasan? Men ozodlikni shu yo'lda topdim. Hoy aka, o'zingiz ayting-chi, qafasdan bo'shalgan qush, yana qayta o'zini qafasga uradimi? Andisha qiling! O'zingizni ham, meni ham yosh halok qilmang. Dushman ig'vosiga uchmang! Qayting akajon, bu qo'rqinchli yo'ldan!

Nurxon bu yerga aldab chaqirib olishganini bilib, kelgani uchun afsuslanadi. Akasini bu yo'ldan qaytara olmaydi. Mamatxon g'ururini ustun qo'yib, o'z singlisini ko'ksiga pichoq uradi va shu payt asar kulminatsiyaga ko'tariladi. Nurxon bu olamdan ko'z yumadi.

Nurxon obrazini Muqimiy teatrida O.Nazrullayeva, M.Bekjonova, D.Safoyeva va T.Jafarovalar yaratganlar. Ularning talqinlari betakror. Lekin Nurxon obrazi Farg'ona teatrida Xursanoy Umarova tomonidan yangi talqin, yangi bosqichga ko'tarilgan. Chunki Xursanoy Umarovaning hayot yo'li ham Nurxonning hayotiga qaysidir hihatdan o'xshab ketadi. X.Umarovaning ota-onalari yoshligida vafot etishgan. Ularni 2 ta akalari bo'lgan, ular artistlikka o'qimaysan, deb turib olishgan. Keyinchalik akalari bunga rozi bo'lishgan. X.Umarova aktrisa bo'lib o'qishga kirgunlariga qadar uydan ko'chaga chiqmagan. Aktyor biror bir obrazni ijro qilishdan oldin, eng avvalo uning dardiga o'zining dardini yuklagan holda o'ynasa, ijro etgan obrazi ijodiy hamda ijobiy chiqishiga ko'makdosh bo'ladi. Nurxon ro'li X.Umarovaning o'z hayotiga bog'liq bo'lgani uchun yuqori cho'qqilarga yetisha oldi. Nurxon ro'lini yaxshi o'ynaganlari uchun diplomga ham sazovor bo'ldilar. Hattoki Nurxon obrazini o'ynab bo'lganlaridan keyin, ularni sahnaga chaqirib Komil Yashinning o'zi va ayoli Halima Nosirova aktrisaga qarab: "Nurxon qayta tug'ilibdi" deyishgan ekan. X.Umarova o'ynagan hamma rollarini yaxshi ko'radi, lekin eng yaxshi ko'rgan rollari Nurxon obrazi hisoblanadi. Aktrisa hayotida Nurxon obrazi o'zining bo'y-bastini baralla ko'rsata olgan. Ijodkor esa ushbu obraz orqali o'zining uzoq yillar qalbida saqlagan dardini ayta olgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Tursunov T. O'zbek teatr tarixi — T.:Toshkent 2008.

2. Abdusamatov H. Drama nazariyasi.— T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2000.

3. Tursunov T. Sahna va zamon. — T.: Yangi asr avlodi, 2007.

I jbÄÜ^^Bl 24 http://oac.dsmi-qf.uz

4. Cho'lpon. Adabiyot nadir? — T.: CHo'lpon, 1994.

5. Islomov T. Tarix va sahna. — T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1998.

6. Rahmonov M. Hamm. (O'zbek davlat akademik drama teatri tarixi.) Birinchi kitob (1914 — 1960 yillar). — T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2001.

7. Rahmonov M., To'laxo'jayeva M. T., Muxtorov I. A. O'zbek milliy akademik drama teatri tarixi. — T., 2003.

25

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.