Научная статья на тему 'NOTIQLIK MADANIYATI – RAHBAR AXLOQIY-ESTETIK MADANIYATINING MUHIM MEZONI SIFATIDA'

NOTIQLIK MADANIYATI – RAHBAR AXLOQIY-ESTETIK MADANIYATINING MUHIM MEZONI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

60
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat va jamiyat taraqqiyoti / islohotlar jarayoni / boshqaruv tizimi / rahbar / muloqot madaniyati / yuksak axloqiy madaniyat / notiqlik va zamonaviy voizlik / notiqlik san’ati / развитие государства и общества / процесс реформ / система управления / лидер / культура общения / высокая нравственная культура / ораторское искусство и современная проповедь / ораторское искусство.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Inoyatxon Madimarovna Arzimatova

Maqolada jamiyat taraqqiyoti bosqichida boshqaruv tizimi rahbar kadrlarining muloqot madaniyatini yuksaltirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi birinchi navbatda rahbar kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog‘liq javob bera olishiga bog‘liqligi, eng muhim talablardan biri esa notiqlik mahoratini egallash, jonli so‘zning ta’sir kuchidan foydalana bilish ekanligi haqida so‘z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье речь идёт о необходимости повышения культуры общения руководителей системы управления на этапе развития общества, об эффективности проводимых в стране реформ, зависящих, прежде всего, от уровня руководящих кадров, одним из важнейших требований – овладение навыками публичных выступлений, умение использовать силу живого слова.

Текст научной работы на тему «NOTIQLIK MADANIYATI – RAHBAR AXLOQIY-ESTETIK MADANIYATINING MUHIM MEZONI SIFATIDA»

NOTIQLIK MADANIYATI - RAHBAR AXLOQIY-ESTETIK MADANIYATINING MUHIM MEZONI SIFATIDA

Inoyatxon Madimarovna Arzimatova

Farg'ona davlat universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi [email protected]

Annotatsiya Maqolada jamiyat taraqqiyoti bosqichida boshqaruv tizimi rahbar kadrlarining muloqot madaniyatini yuksaltirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi birinchi navbatda rahbar kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog'liq javob bera olishiga bog'liqligi, eng muhim talablardan biri esa notiqlik mahoratini egallash, jonli so'zning ta'sir kuchidan foydalana bilish ekanligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: davlat va jamiyat taraqqiyoti, islohotlar jarayoni, boshqaruv tizimi, rahbar, muloqot madaniyati, yuksak axloqiy madaniyat, notiqlik va zamonaviy voizlik, notiqlik san'ati.

Аннотация В статье речь идёт о необходимости повышения культуры общения руководителей системы управления на этапе развития общества, об эффективности проводимых в стране реформ, зависящих, прежде всего, от уровня руководящих кадров, одним из важнейших требований - овладение навыками публичных выступлений, умение использовать силу живого слова.

Ключевые слова: развитие государства и общества, процесс реформ, система управления, лидер, культура общения, высокая нравственная культура, ораторское искусство и современная проповедь, ораторское искусство.

Abstract The article talks about the need to improve the culture of communication among managers of the management system at the stage of development of society, about the effectiveness of the reforms carried out in the country, which depend, first of all, on the level of management personnel; one of the most important requirements is mastering the skills of public speaking, the ability to use the power of the living word.

Key words: development of the state and society, reform process, management system, leader, culture of communication, high moral culture, oratory and modern preaching, oratory.

119

April 24, 2024

Davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan har bir rahbar oldiga ma'lum talablarni qo'yadi. Bu talablarga rioya etmaslik muvaffaqiyatsizlikka, belgilangan maqsad yo'lida amalga oshirilayotgan ishlarning samarasizligiga sababchi bo'ladi. Hozirgi sharoitda boshqaruv tizimida ishlayotgan har qanday rahbar uchun, u biron bir korxona, tashkilot, jamoa rahbari bo'ladimi yoki siyosiy arbob bo'ladimi, odamlar bilan muloqot madaniyatini o'zlashtirish, jonli so'z vositasida kishilarga O'zbekiston hukumati siyosatini to'g'ri tushuntira olish, mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar jarayonida faol ishtirok etish va fuqarolik burchlarini chuqur anglab yetishlariga yordam berish muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida og'zaki targ'ibot boshqaruv tizimi faoliyatining muhim qismini tashkil etish bilan birga hokimiyat bilan xalq o'rtasida doimiy muloqotning eng faol shakli, xalqni milliy mafkura bayrog'i ostida birlashtirish, jamiyatni boshqarishning eng maqbul quroli bo'lmog'i lozim va bundan keyin ham shunday bo'ladi.

Notiqlik va zamonaviy voizlik odamlar bilan jonli muloqotga asoslangan bo'lib, rahbarga nafaqat o'z vakolati doirasidagi ishlarni samarali tashkil etish, balki odamlarga tushunarli bo'lgan aniq, yorqin fakt va misollar yordamida mustaqil O'zbekistonda kechayotgan islohotlarning yutuqlarini ko'rsatish, hukumat olib borayotgan siyosatni, Prezident farmonlari va hukumat qarorlarini to'g'ri tushuntirish, xalqning ongi va qalbiga ta'sir o'tkazish imkoniyatini beradi. Bunda hayotdagi ayrim kamchiliklar, qiyinchiliklar xususida ochiq-oydin gaplashish, ularni bataraf etish yo'llarini muhokama etish, har bir shaxs bilan muloqotga kirishish alohida ahamiyatga ega. Qolaversa, hozirgi sharoitda muloqotga bo'lgan munosabat keskin o'zgardi. "Afsuski, ba'zi rahbarlar xalq bilan, matbuotchilar bilan muloqotda oddiy muomala madaniyatini, ma'naviyatni unutib qo'yishmoqda" [1]. Huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish yo'lidan borayotgan O'zbekiston sharoitida haqiqatni bilishga barcha haqli bo'lgan muhit qaror topib, muloqotda monolog o'rnini dialog, yakkahokim fikr o'rnini fikrlar xilma-xilligi egallamoqda. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan tizim negizini ishontirish tashkil etuvchi demokratik muloqot bilan almashmoqda.

Chinakam muloqot madaniyati yuksak axloqiy madaniyatni nazarda tutadi, ya'ni o'zga kishida o'zi uchun o'z maqsadiga erishish uchun kerakli odamnigina emas, balki to'laqonli shaxsni ko'ra bilish zarur.

Rahbar va u muloqotga kirishgan shaxs yoki auditoriya bir-biri bilan uzviy bog'liq va u yoki bu masalani hal etishda o'ziga xos tandemni tashkil etadi. Rahbarning muloqot o'rnatish mahorati, o'zgalarni ishontirish qobiliyatining

April 24, 2024

120

ahamiyati va zaruriyati mamlakatimiz hamda butun jahon miqyosidagi murakkab mafkuraviy jarayonlar bilan ham belgilanadi. Taraqqiyotning asosiy sharti mamlakatdagi barqarorlikdir. Davlat va jamiyatdagi barqarorlikni saqlashning bosh omili esa turli guruh, tashkilot va davlatlar tomonidan uyushtirilayotgan mafkuraviy xurujlardan odamlarni asrashdan iborat. Inson ongi va qalbi uchun kurash kechayotgan sharoitda har bir rahbar zimmasiga u davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida ishlaydimi yoki biron-bir korxonani boshqaradimi, bundan qat'iy nazar, fuqarolarimizni xalqimizning asl manfaatlarini ifodalaydigan haqqoniy milliy g'oyamiz bilan qurollantirish vazifasi ham yuklatilgan. Demak, zamonaviy rahbar uchun kasbga oid bilimlarning, xo'jalik ishlarini yuritish mahoratining o'zi kamlik qiladi. U targ'ibot-tashviqot ishlarining o'ziga xos qonun-qoidalarni bilishi, odamlar bilan muloqotda ularni qo'llay bilishi ham lozim. Va aksincha, odamlarning ongini o'zgartirish, ularni oliy maqsadlar sari yo'naltirish kabi murakkab ijtimoiy vazifalarni uddalay olmagan kishi rahbarlik lavozimini egallashi mumkin emas. Mamlakat va xalq taqdiri, amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi birinchi navbatda rahbar kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog'liq javob bera olishiga bog'liq. Eng muhim talablardan biri esa notiqlik mahoratini egallash, jonli so'zning ta'sir kuchidan foydalana bilishdir. "Sir emas, bugun ayrim rahbarlarimizning ma'naviy dunyosi tarbiyaga muhtoj. Ba'zi rahbarlar fuqarolarga, qo'l ostidagi xodimlarga, jamoatchilikka nisbatan qo'pol muomalada bo'layotir. Bu ham barchamizni birdek o'ylantirmoqda" [2].

Notiqlik san'atini yaxshi egallagan rahbar so'z qudratidan foydalanib, odamlarni o'ziga qarata oladigan haqiqiy yo'lboshchiga aylana oladi. Bu esa, yuqorida aytganimizdek, oson ish emas. Rimning buyuk notig'i sitseron shunday degan edi: "Suxandonlik shunday sifatki, unga osonlikcha erishib bo'lmaydi va u juda ko'p bilim va mehnatdan tug'iladi" Bu so'zlar hech qachon o'z dolzarbligini yo'qotmaydi.

Notiq uchun eng muhim va uning mahoratini namoyon etuvchi xususiyat tinglovchilar bilan muloqot o'rnata olishdir. Albatta, nutqning ilmiy-nazariy mazmundorligi, amaliy natijalarga qaratilganligi birlamchi ahamiyatga ega. Ammo notiq gaplariga quloq solishmasa, auditoriya nutq so'zlanayotgan paytda o'z xayoli yoki ishlari bilan band bo'lsa, boshqa so'zlar bilan aytganda, nutq auditoriya diqqatini jalb etmasa, u mutlaqo samarasiz bo'ladi.

Siyosiy arbobning va har qanday rahbarlik lavozimini egallagan kishining faoliyati ham notiqlik faoliyati bilan chambarchas bog'liq, chunki siyosiy arbob o'z siyosiy platformasi, ma'lum mafkurasi, ijtimoiy konsepsiyasini bayon etish orqali odamlarni o'ziga tarafdor qiladi. "Hech bir qobiliyat insonni jamiyat tomonidan

April 24, 2024

121

zudlik bilan tan olinishi va yuqori mavqelarga erishishida notiqlikdek imkon bera olmaydi" [3]. Afsuski, hozirgi vaqtda ko'pchilik siyosiy partiya vakillari va rahbarlar notiqlik san'atini puxta egallamaganligi tufayli, o'z oldilarida turgan masalalarni hal etishda yetarli samaraga erisha olmayaptilar.

Tug'ma notiqlik iste'dodiga ega bo'lgan va bu iste'dodini maxsus bilim olib rivojlantirgan siyosiy arboblar odamlar orasida mashhurlik kasb etib, katta siyosiy nufuzga ega bo'lganlar. Bunday siyosiy arboblar faoliyatini kuzatish shuni ayon etadiki, ular professional notiq sifatida notiqlik san'atining bir qator qoidalariga rioya etadilar. Xususan, ular odamlarga kutgan va eshitishni istagan narsalar haqida gapiradilar, shuning uchun ularni tinglayotgan konkret tinglovchilarning mentalitetidan kelib chiqib, odatda turli masalalar haqida gapiradilar. Bu esa nutqning o'rinli bo'lishi haqidagi notiqlik san'ati tamoyiliga mos keladi. Darhaqiqat, notiq nutqi shunchaki turli manbalardan olingan ma'lumotlarning oddiy yig'indisi emas, balki ijodiy mehnat samarasi bo'lgan o'ziga xos san'at asaridir. Unda notiq o'z fikrini qaysi odamlar oldida, qanday sharoitda bayon etayotganini e'tiborga olgan holda shularga mos dalil, asoslarni, vaziyatga muvofiq so'z va ohang tanlaydi. "Nutq jamiyat a'zolarining mushtarak quroli sifatida barcha uchun bir xilda tushunarli, foydalanishga qulay bo'lishi, ko'pchilikka maqbul va ma'rifatli bo'lishi lozim. Ana shunda har bir samarali nutq nafaqat nafosat va axloqiy barkamol, balki o'zida xalqning estetik va axloqiy, badiiy va falsafiy, diniy, tarixiy va ijtimoiy, keng ma'noda mafkuraviy va ma'naviy qarashlarni, ular haqidagi tushuncha, tasavvur va mushohadalarini o'zida ifoda etib, ularni avloddan-avlodga olib o'tuvchi, ularni asrovchi va saqlovchi ma'naviy qadriyatga aylanadi" [4].

Nutq madaniyati va notiqlik san'ati inson ma'naviy kamolotining omillaridan biri bo'lib, tilning imkoniyatlari, shuningdek, inson bilimi, saviyasi, axloqiy-estetik madaniyatining ko'rsatkichidir. "Notiqlik san'ati mamlakatimizda aholi, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni yetuk insonlar etib tarbiyalash, adolatni qaror toptirish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilib kelmoqda"[5]. Shuning uchun azal-azaldan bu san'atning mohiyati, uni egallash yo'llari insoniyatni qiziqtirib kelgan. Qadim zamonlardan beri jamoat oldida so'zga chiqib, odamlarga o'z fikrini tushuntirish, biror narsa, voqea-hodisa haqida gapirganda ishontirish va isbotlab berishga intilish, insonlar orasidan so'zamol notiqlarning chiqishiga zarurat tug'dirgan hamda notiqlik san'atining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. Sharqda so'zning qadri, buyukligi masalalariga qadimdanoq e'tibor qaratilgan, uning yozma shakli ham san'at darajasiga ko'tarilgan. Shu sabab ham bizning mingyillik madaniyatimiz va ma'naviyatimiz tarixida notiqlik san'ati, voizlik san'ati, nutq odobi o'zining teran ildizlariga ega.

April 24, 2024

122

iOzbekistonMil^^

Tarixdan ma'lum bo'lishicha, bundan besh ming yillar avval vujudga kelgan ilk maktablardayoq bolani to'g'ri, aniq gapirish va yozishga o'rgatish o'qituvchining eng muhim vazifasi bo'lgan. Zardo'shtiylikning muqaddas manbai bo'lgan "Avesto"da qobiliyatsiz, yomon o'qituvchi haqida shunday deyiladi: "Rostini aytsam yomon ustod hayotni g'amgin qiladi, johillarni ulug' sanab, buyuk ayolu erkaklarni Yazdon ne'matlariga yetishidan mahrum etadi. Bunday ustodlar o'z nodurus ta'limi bilan xalqni eng yaxshi yumushlarda bezdiradilar, noto'g'ri pandlar bilan xalqni tirikchilik yo'lidan urib, yomon yo'lga boshlaydilar. Hayot chirog'ini so'ndiradilar. Johillarni buyuk bilib, eng mo'tabar ayolu erkaklarni Tangri yo'lidan qaytaradilar. O'z nodonliklari bilan xalqni eng yaxshi xislatlaridan yuz o'girtiradilar, jahon xalqlari hayotini yolg'on so'zlar bilan parishon qiladilar" [6] deyiladi. "Avesto"da ezgu so'z, ezgu fikr, ezgu amal uch muhim tushuncha xususida ta'kidlanadi. Zero, ezgu so'zning ezgu fikrga, ular esa ezgu amalga aylanishi notiqlikda muhim ahamiyatga egadir. Chunonchi sharq notiqligining o'ziga xosligi ham so'z va uning odobi muammolariga borib taqalishi bilan belgilanadi.

Rahbar kadrlar faoliyatida notiqlik madaniyati ularning axloqiy va estetik madaniyatini ko'rsatib berishda juda muhim omil hisoblanadi. Nutq madaniyati fikrni tugal, chiroyli ifodalashdir. Bir-biriga mantiqan bog'lanmagan fikr ta'sirchan bo'lmaydi, inson tomonidan chuqur anglashilmaydi. Zero, nutq madaniyati uning to'g'riligi va adabiy til me'yorlariga mos kelishidir. Nutq madaniyatining muhim belgilari adabiy til me'yorlariga mos bo'lmagan so'z va iboralar (jargon, ko'cha gaplari) ni qo'llamaslik bu nafaqat nutq madaniyati, balki axloqiy madaniyat belgisidir.

Notiqlik tinglovchi e'tiborini tortish asnosida chiroyli gapirish va mahliyo etish san'atidir. Ammo nutqning faqat chiroyli bo'lishi notiqlik degani emas. Notiqlik nutq vositasida kishilarga muayyan g'oya va maqsadlarni yetkazishni, ularni ma'lum maqsadlarga yo'naltirishni nazarda tutadi. Notiq nutqi keng auditoriyaga qaratilgan bo'ladi. Shu bilan birga, unda nutqning mazmuni, mantiqiy asoslariga, mundarijaviy tuzilishiga diqqat qilinadi. Shuning uchun nutq ta'sirchan, ma'no-mazmunli bo'lishi uchun mantiqiy asoslangan, dalil-isbotli faktlarga va hayotiy misollarga boy bo'lishi lozim.

Globallashuv jarayoni natijasida inson ma'naviy-ruhiy hayotida o'zgarishlar, axloqiy qadriyatlarga munosabatni ham o'zgartirmoqda. Bu esa ayrim salbiy holatlarni yuzaga keltirmoqda. O'zaro muomala jarayonida sun'iylik, nosamimiylik, xudbinlik kabi illatlarni keltirib chiqarayotganini ko'rish mumkin. "Ayrim hollarda rahbarlar tomonidan tanqidni qabul qila bilmaslik, nima qilib bo'lsa-da, uni tan olmaslikka bo'layotgan urinishlarda ham ko'zga tashlanmoqda [7]". Axloqiy-estetik

April 24, 2024

123

munosabat esa o'zaro insoniy munosabatlarni madaniylashtirishning muhim vositasidir.

Xulosa qilganda, boshqaruv kadrlarining kasbiy faoliyatida notiqlik madaniyati va yuksak darajadagi etiket ko'nikmalari samara beradi. Ularning ish samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Rahbar va u muloqotga kirishgan shaxs yoki auditoriya bir-biri bilan uzviy bog'liq va u yoki bu masalani hal etishda o'ziga xos tandemni tashkil etadi. Rahbarning muloqot o'rnatish mahorati, o'zgalarni ishontirish qobiliyatining ahamiyati va zaruriyati mamlakatimiz va butun jahon miqyosidagi murakkab mafkuraviy jarayonlar bilan ham belgilanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligidagi 2022 yilning 22 noyabr kuni qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta'minlashning yangi tizimini joriy etish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi ma'ruza.

2. "Yangi O'zbekistonda demokratik jamiyat va rahbar mas'uliyati". Yangi O'zbekiston gazetasi. 2023 yil 22 fevral, 36-son.

3. https://books.google.co.uz/books

4. Axmedova I.Sh. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar mas'ullarining notiqlik mahoratini oshirish. Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya avtoreferati -Andijon 2022. - B. 14.

5. Axmedova I.Sh. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar mas'ullarining notiqlik mahoratini oshirish. Falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya avtoreferati. -Andijon 2022. - B.16.

6. Avesto. Tarixiy-abadiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. - Toshkent: Sharq, 2001. - B. 56b.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligidagi 2022 yilning 22 noyabr kuni qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta'minlashning yangi tizimini joriy etish bo'yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi ma'ruza.

124

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.