Научная статья на тему 'SO‘ZLASH MAHORATI YUKSAK NUTQIY SAN’AT NAMUNASI SIFATIDA'

SO‘ZLASH MAHORATI YUKSAK NUTQIY SAN’AT NAMUNASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq madaniyati / notiqlik mahorati / komil inson / notiqlikning lisoniy-uslubiy xususiyatlari. / speech culture / oratorical skills / perfect person / linguistic and stylistic features of oratory.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aripova, Aziza Xasanovna

Chiroyli va badiiy saviyada nutq so‘zlash, mazmun mohiyati jihatidan qisqa, mazmundor nutq odobini saqlash ham bir san’at. Notiqlik bu nutqiy mahorat, noyob qobiliyat ham. Nutqiy mahoratni egallash uchun notiq, avvalo, o‘z oldiga talab qo‘yadi va shu talablarga rioya qiladi. Har bir notiq o‘z ustida xolis ishlab, nutqiy mahoratini oshiradi. Mazkur maqolada o‘sib kelayotgan avlodning ma’naviy tarbiyasida nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish muhimligi haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPEAKING SKILLS AS AN EXAMPLE OF HIGH SPEAKING ART

Speaking at a beautiful and artistic level, maintaining short and meaningful speech manners in terms of content is also an art. Oratory is a speaking skill, a unique ability. In order to master speaking skills, a speaker first of all sets requirements for himself and complies with these requirements. Every speaker works objectively on himself and improves his speaking skills. This article talks about the importance of forming speech skills in the spiritual education of the growing generation.

Текст научной работы на тему «SO‘ZLASH MAHORATI YUKSAK NUTQIY SAN’AT NAMUNASI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

SO'ZLASH MAHORATI - YUKSAK NUTQIY SAN'AT NAMUNASI

SIFATIDA

Aziza Xasanovna Aripova

JIDU O'zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti, f.f.n. PhD mumtozim@mail .ru

ANNOTATSIYA

Chiroyli va badiiy saviyada nutq so 'zlash, mazmun mohiyati jihatidan qisqa, mazmundor nutq odobini saqlash ham - bir san 'at. Notiqlik - bu nutqiy mahorat, noyob qobiliyat ham. Nutqiy mahoratni egallash uchun notiq, avvalo, o'z oldiga talab qo 'yadi va shu talablarga rioya qiladi. Har bir notiq o 'z ustida xolis ishlab, nutqiy mahoratini oshiradi. Mazkur maqolada o 'sib kelayotgan avlodning ma 'naviy tarbiyasida nutqiy ko 'nikmalarni shakllantirish muhimligi haqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlari: nutq madaniyati, notiqlik mahorati, komil inson, notiqlikning lisoniy-uslubiy xususiyatlari.

ABSTRACT

Speaking at a beautiful and artistic level, maintaining short and meaningful speech manners in terms of content is also an art. Oratory is a speaking skill, a unique ability. In order to master speaking skills, a speaker first of all sets requirements for himself and complies with these requirements. Every speaker works objectively on himself and improves his speaking skills. This article talks about the importance of forming speech skills in the spiritual education of the growing generation.

Key words: speech culture, oratorical skills, perfect person, linguistic and stylistic features of oratory.

KIRISH

Mamlakatimizda o'sib kelayotgan avlod ma'naviyatini shakllantirish masalasi bugungi kun - ya'ni, jamiyat poydevorini barpo etishda g'oyat katta ahamiyatga ega. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning samaradorligi, avvalo xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosining chuqur o'rganilishi, madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o'zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog'liqdir. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jamiyatning siyosiy faolligi ortib borishi hamda barcha sohalarda chuqur islohotlarni ta'kidlab, ajdodlarning donishmandlik an'analariga amal qilinishini teran anglagan holda, qat'iy islohotlar amalga oshirilishi lozimligini va mamlakatning yangi qiyofasi shakllantirilishi dolzarb masalalardan biri ekanligi haqida nutq so'zladi. Xususan: "

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

....bugungi kunda O'zbekiston jadal rivojlanmoqda. Ulardan ko'zlangan maqsad -inson manfaatlari hamma narsadan ustun, degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish, ustuvor, ahamiyatga molik demokratik-huquqiy davlat va adolatli jamiyat barpo etishdan iborat. Bugungi dunyo yoshlari - son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil etmoqda. Sayyoraning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, o'z fikrini erkin va teran ifodalay olishi uchun yo'llanma berish..."1 muhimligini aniq belgilab berdi.

Shu boisdan ham, o'z haq-huquqini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan, har jihatdan barkamol yosh avlodni tarbiyalash vazifasi - o'ta muhim, hal qiluvchi masalaga aylandi. Zero, o'sib kelayotgan avlodga, uning ma'naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish - dolzarb vazifa.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bugungi kunda umumjahon xalqlar o'rtasida komil inson, ma'naviy barkamol insonga talab yuqoridir. Komil inson - bu o'zligini, tarixini bilgan, o'z urf-odatlarini o'zlashtirgan, erkin, mustaqil fikrga ega, bilimdon odamlargina emas, balki o'z fikrlarini ravon, aniq va go'zal ifodalaydigan kishi hamdir. Komil inson ma'naviyati yuksak darajaga yetsa, kamol topgan shaxsdir: «Ma'naviyat - uzluksiz harakatdagi jarayon. Man'aviyat deganda, avvalambor, odamlarni ruhan poklanishga, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan kuchdir...»2.

Insonning kimligi uning ikki jihati - xatti-harakati va so'zi (nutqi), odamlar bilan o'zaro muomalasida ayon bo'ladi.3 Mana shu ikki jihat fikrni to'liq va mukammal ifodalashga yordam beradi. Fikrni go'zal ifodalash-nutq madaniyatini egallashga bog'liq. Bu masala bilan odamlar juda qadimdan qiziqib kelganlar.

Nutq madaniyati va notiqlik mahorati qadimdan shakllanib kelgan ijtimoiy hodisa. Qadimgi Yunon mamlakatida bu ta'limot nazariy jihatdan asoslandi: epos, she'riyat, drama, musiqa va boshqa san'at namunalari qatorida ritorika (so'zlash mahorati) yuksak nutqiy san'at namunasi hisoblangan. Markaziy Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati va uslubiyat muammolari bilan shug'ullanish qadimdan mavjud bo'lgan va o'ziga xos xususiyatlarga egadir. Mashhur turkiyshunos Mahmud

1 O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqidan (19.09.2017).

2 Karimov I. O'z kelajagimizni o'z qo'limiz bilan qurmoqdamiz.-T.: O'zbekiston, 1999, 17-b.

3 Mo'minov S. O'zbek muloqot xulqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari. Avtoreferat. 2000 y., 1-b.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Koshg'ariyning «Devonu lug'otit turk» asaridagi bu masalaga oid ba'zi mulohazalari, keltirilgan lisoniy dalillari, nutq madaniyati va nutq odobi masalalari juda qadimdan o'rtaga qo'yib kelinganligidan dalolat beradi.

Nutq madaniyati ifodasining taniqli tadqiqotchisi E.Begmatov bu haqida quyidagilarni yozadi: «...Mahmud Koshg'ariyning mashhur «Devoni lug'atit turk» asarida «kuy so'zini tushunib bo'lmaydi, qattiq toshni yiqitib (sindirib) bo'lmaydi», «odam so'zning shirinligi bilan lazzatlansa, unga asir bo'lib ketadi», «Odobning boshi til» singari aforizmlarini uchratish mumkin».4 Nutq odobi masalasi XI asrda yashab ijod qilgan xorazmlik buyuk olim, alloma Abu-l-Qosim Mahmud ibn Umar az-Zamahshariyning «Navobig' ul-kalim» («Nozik iboralar») nomli asarida yoritilgandir.

Chiroyli va badiiy saviyada nutq so'zlash, mazmun mohiyati jihatidan qisqa, mazmundor nutq odobini saqlash ham bir san'atdir.

Qadimda Sharqda notiqlik san'ati - voizlik deb atalgan. «Va'z» so'zi arabcha targ'ib qilish, pand-nasihat degan ma'nolarni anglatadi, «voiz» so'zi esa va'z aytuvchi, nutq so'zlovchi shaxs ma'nosini bildiradi.

IX asrgacha Sharqda voizlik vazifasini xalifalar, shohlar bajarganlar5.

IX asrdan boshlab davlat hukmdorlari bu tadbirni o'z ixtiyorlaridagi maxsus so'z ustalariga yuklab, ularning ism-shariflariga "Voiz" so'zini qo'shib aytganlar.

XII asrdan boshlab voizlik san'ati nazariyasi va amaliyotini talqin va tavsif etadigan ko'plab ilmiy, tarixiy, uslubiy risolalar yozilgan. Bular qatoriga Muhammad Rafiq Voizning «Avbob ul-inon», Voiz Qazviniyning «Zilolu maqol» Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-ahodis», Muhammad Voizning «Hidoyat ul-taqvim», Quraysh Saidiyning «Anis ul-voizin», Voiz Samarqandiyning «Ravzat ul-voizin», Qozi O'shiyning «Miftoq ul-najjih», Voiz Koshifiyning «Dah Majlis», «Mahzan ul-insho» kabi asarlari kiradi6. Shuningdek, tarixchi, shoir, muhaddislarning asarlarida ham voizlik san'atiga aloqador ba'zi fikrlar bayon etilgan.

Nutq madaniyati, notiqlik san'ati masalasi bilan so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy ham jiddiy shug'ullangan. Alisher Navoiy davrida o'zbek tili mavqei, notiqlik san'ati ancha yuksak darajaga ko'tarildi. Alisher Navoiy «Mahbubul-qulub» asarining 24-bobini voizlikka bag'ishlagan. Ushbu asarida Xo'ja Muayyad Mehnagiy, Mavlono Riyoziy, Mavlono Irshod, Hotam Asom, Voiz Koshifiy, Muin Voiz kabi o'nlab voizlarning nutq mahoratlari haqida so'z yuritilgan.

4 Begmatov E. Nutq, odobi. -T, O'qituvchilar gazetasi, 1969, 25 may, 3-bet.

5 Ortiqov A. va b. Oliy maktab pedagogining nutq madaniyati. -T.:IIB Akademiyasi, 2001 y, 5-bet.

6 Ortiqov A. O'sha asar. 6-bet.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'sha davrda notiqlik san'ati va unga yaqin sohalar bilan shug'ullanuvchilarni «nadimlar, qissago'ylar, masalgo'ylar, badi-hago'ylar, qiroatxonlar, muammogo'ylar, voizlar, go'yandalar, maddohlar, qasidaxonlar»7 deb yuritilgan.

Voizlik san'ati asosan uch shaklda bo'lgan: dabirlik, xatiblik, muzakkirlik. Dabirlik - davlat maqomidagi yozishmalarni qiroat bilan o'qish, xatiblik - xutba o'qish, muzakkirlik - juma kunlaridagi, hayit va boshqa tantanalardagi nutqlardan iborat bo'lgan.

Voizlik san'ati tinglovchilarning, voizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqe va lavozimlarini hamda boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda ham uchga ajratilgan: sultoniyot - yuqori tabaqa a'yonlari uchun; jihodiya-janggoh ishtirokchilari uchun; g'aribona - oddiy fuqarolarga mo'ljallangan nutqlar. Har birining yozilishi, o'qilishi, shuningdek, va'z etilish shartlari, usuli har xil bo'lgan.

Nutq va nutq madaniyati muammolari bilan ilmiy asosda jiddiy shug'ullanish lozimligi masalasi birinchi marta Praga lingvistik to'garagi vakillari tomonidan o'rtaga tashlandi. Ular 1929-yilda Pragada bo'lib o'tgan slavistlarning I se'zdi uchun tayyorlangan maxsus tezislari va keyingi asarlarida bu masalaga alohida to'xtalib o'tganlar.

Praga lingvistik to'garagining nutq madaniyati va adabiy normaga oid ilmiy fikrlari E.Begmatovning ba'zi ishlarida batafsil tahlil qilingan. U o'z tahlillari tufayli shunday xulosaga kelgan: «Adabiy til, adabiy norma va nutq madaniyati haqidagi Praga lingvistik to'garagi oldiga surgan qarashlar barcha xalq adabiy tillari uchun umumiy qonuniyat deyish mumkin. O'z navbatida, ushbu ta'limot o'zbek adabiy tili va o'zbek nutq madaniyatining ham bir qator masalalarini ilmiy hal etishda dastur bo'la oladi...»8

Hozirgi paytda jahoning turli mamlakatlari, jumladan, Amerika, Angliya, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlardagi olimlarning e'tiborida nutq madaniyati va notiqlik alohida o'rinda turadi. Bunga Pol. L.Soper, Edgar I.Uillis, D.Karnegi, M. Berkli-Alen, Kris Styuard, Mayk Uilkinson kabilarning ishlarini misol qilib ko'rsatish mumkin.

O'zbek tilshunosligida nutq madaniyati hamda notiqlik muammollari bilan jiddiy shug'ullanish 1969- yilda Toshkentda o'tkazilgan 1 Respublika anjumanida ta'kidlandi. Afsuski, o'zbek tili nutq madaniyati va notiqlik san'ati, notiqlik uslubiga oid ishlarda uni nazariy jihatdan o'rganishga jiddiy e'tibor berilgan emas. O'zbek tilshunoslaridan E.Begmatov, S.Inomxo'jaev, L.Xo'jaeva, T.Qudratov, X.Jalilov, R.Qo'ng'urov, Yo.Tojiev, B.O'rinboev, A.Soliev, M.Mukarramov ishlarida

7 Inomxo'jaev S. O'sha asar. 111-b.

8 Begmatov E. va b. O'zbek nutqi madaniyati ocherklari.-T.: Fan, 1988, 27-b.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

notiqlikka oid ba'zi izlanishlar olib borilgan. Shunga qaramasdan, «nutq madaniyati va notiqlik, notiqlik san'ati tushunchalari orasidagi umumiylik va farqli tomonlarni tadqiq qilish, notiqlik san'atida nutqiy madaniyatning o'rni va rolini belgilash» dolzarb muammolardan biri bo'lib turibdi.

Notiqlikning lisoniy-uslubiy xususiyatlari uslubiyat fanining hali to'liq nazariy asoslanmagan muammolaridan bo'lib, notiqlikning lisoniy-uslubiy amaliyoti ustida hali tugal bir qo'llanma yaratilmagan. Shu paytgacha o'zbek filologiyasida notiqlikka san'at sifatida qaralib, uning ijtimoiy yo'nalishi o'rganilib, xususiyatlari lisoniy aspektda yoritilmagan.

Notiqlik san'atining o'ziga xos lisoniy birliklari, vositalari mavjudki, aynan, shu vositalar notiqlik mahoratini yuzaga keltiradi. Notiqlik san'atining yuzaga kelishida notiqlikning lisoniy-uslubiy vositalari ahamiyatini isbotlash hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Jonli so'zning beqiyos qudratidan bahramand bo'lish o'zbek xalqining xislatlaridan biridir. Notiqlik - chiroyli va ta'sirchan nutq so'zlash ilmi, badiiy yetuk so'zlangan nutq san'atidir. Notiqlik nutqi daliliy materiallarga boy bo'lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 1. O'z fikrini isbotlash, ya'ni keltirilgan dalillarning to'g'riligini ko'rsatib berish; 2. Tinglovchilarga estetik zavq bag'ishlash; 3. Tinglovchilarning ongiga, qalbiga, kayfiyatiga ta'sir etish, kishilarni faollikka undash. Qayd etilganidek, jonli so'z, notiqlik san'atiga qadim zamonlardan buyon alohida e'tibor berib kelinadi. Hozirgi vaqtda esa bu soha kishilariga talab kattadir. Notiq oldida o'z nutqining sifatini yaxshilash va takomillashtirish vazifasi turadi. Nutqning muvafaqqiyatli chiqishida, nutqning shakliy tomoni ham katta ahamiyatga ega.

Nutqning ta'sirchan bo'lishi uchun aniq va ravshan talaffuz, to'g'ri, o'z o'rnida qo'yilgan to'xtamlar bo'lishi shart. Shuningdek, nutq sur'ati, ovoz kuchi, nafas, tinglovchilar bilan izchil aloqa bog'lay olish, qo'l harakati va shu kabi nolisoniy va boshqa lisoniy vositalarga ham alohida ahamiyat berish talab qilinadi.

Til boyligidan mohirlik bilan foydalanish, matn mazmuniga moslab qo 'llash, ularni asosiy maqsad va vazifalarga bo'ysundira olishning o'zi nutq madaniyatidir. Notiqlik o'zida mantiqiylik, ta'sirchanlik, obrazlilik, hissiylik va shu orqali ishontiruvchanlik kabi xususiyatlarni mujassamlashtiradi.

Notiqlik nutqida ritorik savol-javoblar, ko'tarinki so'z va so'z birikmalari, bo'yoqdor so'zlar, xitob qilish, murojaat etish kabi va yana boshqa bir qator usullar qo'llanadi.

Tinglovchi bilan notiq o'rtasida aloqa o'rnatilishida ritorik savol usulining qo'llanishi ahamiyatlidir. Bu usulning qo'llanishi tinglovchilarni nutq mavzusi ustida

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'ylashga, fikr yuritishga undaydi. Masalan, ritorik savol: «Hayotni kim sevmaydi?! Undan kim zavqlanmaydi-ya?!» kabi.

Notiqlik - bu nutqiy mahorat, noyob qobiliyat ham. Nutqiy mahoratni egallash uchun notiq, avvalo, o'z oldiga talab qo'yadi va shu talablarga rioya qiladi. Har bir notiq o'z ustida ishlab, nutqiy mahoratini oshirib borishi shart. Qadimgi Rimning mashhur notiqlaridan sanalgan Mark Tulliy sitseron shunday degan edi: «Kishi shoir bo'lib tug'iladi, notiq bo'lib yetishadi».9 sitseron fikricha, notiqqa qo'yiladigan talablar quyidagilardan iborat:

1. Notiq nutq jarayonida dadil bo'lishi, nutq mavzusini chuqur bilishi kerak;

2. Nutq to'la isbotlanishi kerak;

3. Nutq oldi-qochdi so'zlardan, ahamiyatsiz fikrlardan holi bo'lishi lozim;

4. Nutq materiallarini sidqidillik bilan to'plash, bu materiallar o'z mavzusi bilan tinglovchilarda qiziqish uyg'otishi kerak;

5. Manbalarni reja asosida joylashtirish, tushunishga oson bo'lishini ta'minlash lozim.

Notiq o'z tinglovchisini topa olishi va so'ziga qarata olishi kerak, buning barchasi notiqning aytayotgan so'ziga, yuritayotgan fikriga bog'liq: «Behuda so'z aytmagilkim, behuda so'z devonalarning so'zidir. Har kishiga gapirmoqchi bo'lsang, qaragilkim, u sening so'zingning xaridorimi yo yo'qmi:.. eshitkuvchiga yoqadigan so'zni gapir, toki sening so'zingga xaridor bo'lsin».10

Keltirilganlardan xulosa qilib shuni aytish lozimki, notiqlik nutqi lug'aviy, sintaktik nuqsonlar, mantiqiy murakkablik va chalkashliklardan holi bo'lgan, o'ziga xos talaffuz, ohang, ritorik shakllar kabi xususiyatlarga ega, lug'aviy, grammatik, sintaktik hamda nolisoniy vositalar bilan ifodalanadigan chin ma'nodagi nutqiy kamolatdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR(REFERENCES):

1. Khasanovna, A. A. (2021). The Live Word Is An Important Tool That Constitutes The Content-Essence Of The Oratory Art. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 417-434.

2. Aripova, A., Khodjayeva, K., & Yuldasheva, N. (2020). Methods, aspects and components of teaching the Uzbek (Russian) language as a foreign language on the experience of foreign students. Journal of Critical Reviews, 7(4), 393-398.

3. Aripova, A. (2007). Hothk^hk Ba yHHHr nucoHHH-ycny6HH BOCHTanapu. Tashkent, University of World Economy and Diplomacy.

9 Об ораторском искусстве. -М.: Политиздат, 1973. -С. 67.

10 Kaykovus. Qobusnoma. -T.: O'qituvchi, 1973, 7-bob, 40-41-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.