MASHHUR SHAXSLARNING LIDERLIK QIYOFASI
Nigora Ulug'bek qizi Najimova
E'zoza Nuriddin qizi Karimova Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyat hayotida muhim o'rin egallaydigan liderlik tushunchasiga to'xtalib o'tilgan bo'lib, muallifning shaxsiy dunyoqarashi va ilmiy izlanishlari natijasida liderlikka xos xususiyatlari bir nechta bo'limga bo'lib o'rganilgan. Shuningdek Ruzvelt, Martin Lyuter King, malika Diana, Garriyet Tabmen kabi mashhur shaxslarning faoliyatidagi liderlik xususiyatlarining ahamiyati misol tariqasida keltirib o'tilgan.
Kalit so'zlar: liderlik, boshqaruv, rahbarlik, yetakchilik, jasorat, notiqlik, maqsadlar uyg'unligi, matonat, emotsiya, yumor,haloskor, notiqlik madaniyati
THE LEADERSHIP OF FAMOUS PERSONS
Nigora Ulug'bek kizi Najimova Ezoza Nuriddin kizi Karimova National Pop Art Institute named after Botir Zakirov Academic supervisor: Muminmirzo Zokir oglu Xolmuminov
[email protected] Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article focuses on the concept of leadership, which occupies an important place in the life of society, and as a result of the author's personal worldview and scientific research, the characteristics of leadership are studied in several sections. Also, the importance of leadership qualities in the activities of such famous people as Roosevelt, Martin Luther King, Princess Diana, Harriet Tubman is cited as an example.
Keywords: Leadership, management, leadership, leadership, courage, eloquence, harmony of goals, tenacity, emotion, humor, eloquence, culture of eloquence.
Lider - umidsotuvchisi!
(Napoleon Bonapart)
Lider! Bu tushunchani anglash uchun mashhur yozuvchi Jon Maksvelning "Buyuk rahbarning o'z maqsadlarini amalga oshirishdagi jasorati mavqeidan emas,
I icclT^^^^H 260 http://oac.dsmi-qf.uz
balki ishtiyoqidan kelib chiqadi", - degan so'zlarini keltirish joiz. Binobarin, haqiqiy yetakchilik unvon yoki lavozimingiz bo'lmasa ham kishilarni ixtiyoriy ravishda o'zingizga ergashtirish va shu yo'sinda maqsadlaringizga erishishdir! Insoniyat yaralibdiki, boshqaruv tushunchasi ham asrlar davomida ijtimoiy-siyosiy hayotning ajralmas qismi sifatida o'z ta'sir kuchini ko'rsatib kelmoqda. Bugun liderlikning rasman rahbarlik tushunchasidan farqi ko'pchilik tomonidan bot-bot ta'kidlanmoqda, ularni rad etmagan holda yana shuni qo'shimcha qilish mumkinki, liderlik yosh va mansab chegarasi, ma'lum muddatlik tajriba hamda diplom talab qilmaydi! Liderlik bu shunchaki - yetakchilik! Yetakchilikka erishguncha o'z ustingizda ishlasangiz, unga erishgach nafaqat o'zingiz, balki yetaklagan jamoangiz ustida ham ishlashingiz, ularni-da o'stirishingiz kerak bo'ladi. Qo'shimcha o'rnida meni tasirlantirgan yana bir gaplarni keltiraman. Rahbar o'ylaydiki, qattiqqo'llik doimo nazoratda ushlash - bu o'z natijasini beradi. To'g'ri, natija beradi, biroq u tashkilotga yangilik, kreativlik va innovatsiya bo'lmaydi. Lider bor tashkilotda hamma o'z maqsadini biladi. Unga yetish uchun bor kuchi bilan xizmat qiladi. Uning ustiga liderga 10 nafar nazoratchi kerak emas, u kutib o'tirmaydi - qachon rahbar xonasining chirog'i o'chishini va uning ortidan ketishni. Uning uchun nazoratchi bu uning o'z vijdonidir [1:2]. Maqolada liderlik kategoriyalarini 3 qismga bo'lgan holda o'z fikrlarimni bayon etmoqchiman.
Birinchidan har qanday shaxsning qilgan amallari bilan birgalikda notiqlik qobiliyati ham yetakchilikka olib chiqadigan asosiy qurol bo'lib xizmat qiladi. Notiqlikni yillar davomida shakllantirib borish, shu bilan birgalikda ulug' bir donishmandning "ovozingizni emas, so'zlaringizni balandlating", - degan purma'no so'zlarini unutmaslik lozim. Ma'nosiz so'z qanchalik baland va chiroyli ovozda aytilmasin, ta'sir kuchi bo'lmasligi tayin, ustiga ustak quloqni og'ritgani qoladi. Bugun ham jamiyatimiz mana shunday "notiq"larning balandparvoz gaplaridan aziyat chekmoqda. Haqiqiy lider "so'z bo'stonidan terilgan alvon gullar"dan ko'ra "haqiqat sahrosidan yulingan yantoq" afzalligini biladi va uni ham malham, ham yegulik, ham o'tin sifatida ishlata oladi. Dunyo so'z bilan yaralgan ekan, demak, uning o'rni yuksakda va har qanday holatda ham do'stona, samimiy va kamtarlik ila so'zlash, eng muhimi haqiqatparvar bo'lish buyuklar tabiatiga xosdir. Rahbarlik qilish uchun maxsus bilimlar va ko'nikmalardan tashqari, muomala madaniyati, qo'l ostidagilar bilan til topisha olish, topqirlik, hozirjavoblik, ahil va jipslashgan jamoa tuzish kabi qirralar bir kishining o'zida mujassam bo'lishi lozim. Zero hatto eng aqlli texnika vositalarini boshqarishdan ko'ra uch to'rt nafar ishchi xodimga rahbarlik qilib, ularni umumiy maqsadga yo'naltirish mushkulroqdir[2:5]. Nutq va notiqlikning lider faoliyati uchun muhimligini isbotlovchi katta bir dalilni Amerika prezidentlaridan biri, butun Amerikaliklar xotirasida ochiq harakatlar odami va shijoat bilan hayot kechirish tarafdori bo'lgan odam sifatida qolgan Teodor Ruzvelt hayoti misolida ko'rish mumkin. Ruzvelt o'z lavozimidan ketgandan keyin bir necha yil o'tib Miluokidagi chiqishga
I jbÄÜ^^Bl ^61 http://oac.dsmi-qf.uz
tayyorlanish jarayonida bir qotil tomonidan otilgan o'qdan yaralanadi. Qovurg'asi singani va ko'ksida o'q bo'lgani holida ham baribir u bor soatlik nutqini oxirigacha yetkazib qo'yadi. Keyin uni kasalxonaga olib ketishadi - "shunday qilishim kerak edi" deb turib olganidan bo'ladi bu. Shuningdek vitse-prezidentlikka nomzod sifatida 1900-yilgi saylovlarda o'sha paytdagi prezident Mal-Kinlining kompaniyasida bo'lib saylovchilar bilan uchrashuvlarda yo'l-yo'lakay 673 marta nutq so'zlaydi va yigirma ming mildan ortiq masofani bosib o'tadi. Darhaqiqat, haqiqiy lider gapirsa odamlar uni albatta eshitadi! [3:6] Shuningdek, afroamerikalik babtist rohibi, Amerika inson huquqlari yetakchisi hisoblangan, Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti laureati M artin Lyuter Kingni olaylik. O'z hayoti davrida juda ko'p hurmat va ehtiromga loyiq ko'rilgan bu odam qachon va qayerda nutq so'zlashidan qat'iy nazar odamlarning barchasi oq tanlimi, qora tanlimi uni diqqat bilan eshitishar edilar. U AQSHda qora tanli aholining fuqarolik huquqlari uchun kurash olib boradi va tinch yo'l bilan, kuch ishlatmasdan kurashishga boshlaydi
Ikkinchi kategoriyani esa jasorat deb nomlangan bo'lardim. Malika Diana timsoli bunga yaqqol misol bo'ladi, nazarimda. 1981-yilda Angliya taxt vorisi shaxzoda Charlzga turmushga chiqqan bu ayolni yer yuzidagi eng mashhur ayollardan biri desak bo'ladi. Ammo uni deyarli lider deb atashmagan. Jon Maksvel uni birinchi marta lider deb ataydi va eriga xiyonatda ayblangan malika haqida shunday deydi: "uning erida hammasi bor edi: boylik, imtiyoz, yuksak maqom va qirollik unvoni. Lekin malika Diana bularning o'rniga boshqa bir olamni tanladi". Jasorat kishilarning har bir harakatini boshqaradi va uning asosida qiyinchiliklardan qo'rqmaslik, xatolar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olish va ulardan xulosa chiqarish kabi fazilatlar yotadi. O'rganishga bo'lgan ishtiyoq har bir insonning shaxsiy kamolotiga ulkan hissa qo'shadi. Liderning yo'qotishdan qo'rqadigan lavozimi yo'q va u mavqega erishish uchun emas, maqsadga erishish uchun ishlaydi. Siz hoynahoy, afroamerikalik qullikni bekor qilish uchun kurashgan ayol - Garriyet Tabmen haqida eshitgandirsiz! Bu ayolning jasorati haligacha e'tirofda. 24 yoshida u qora tanli ozod odam Jon Tabmenga turmushga chiqdi. Lekin yosh xotin, ikkisi birgalikda Shimolga qochib ketish istagini aytganida eri bunga qarshi bo'ladi. Shunga qaramay u qochib ketdi. Har yili yozda va qishda Tabmen cho'ri bo'lib ishlab, Janubga qarab va undan keyin ortga qarab yo'lga chiqish harajatlari uchun pul topardi. Har bahor va kuzda esa u hayotini tavakkal qilib, janubga borardi va u yoqdan ko'plab odamlarni boshlab ortga qaytardi. U qo'rqmas, jasur edi, uning liderligi esa - bukilmas, sinmas edi. Bu haddan ortiq xavfli ish edi, ammo u bu ishdan chekinmadi. Jasorat haqida gap ketganda mana shu ikki ayolni keltirishni o'ziyoq yetadi, nazarimda. Aynan jasorat yetishmasligi ortidan, egallab turgan lavozimidan ayrilib qolishdan qo'rqib, jamoani olg'a yurgizish o'rniga uni siljitishga ham harakat qilmaydigan, hatto orqaga tortadigan rahbarni haqiqiy lider deyish mumkinmi axir?! Shavkat Razzoqovda shunday gap bor: "Rahbar uchun avvalo
I [ccñ^^BI 262 http://oac.dsmi-qf.uz
nafrat tuyg'usidan saqlanish eng katta jasoratdir. Oddiy odam yomon fikrli odamdan qochishi, unga to'qnash kelishdan saqlanishi mumkin. Ammo rahbar bu kabi himoya vositalaridan foydalanish imkonidan mahrum. Chunki uning qo'l ostida ishlayotgan ko'plab kishilarning barchasini ezgu fikrli odamlar deb hisoblash amri mahol. Ular orasida hech bo'lmaganda bir ikki nafar salbiy xislatlarga moyil odamlar bo'lishi mumkin. Bular oz sonli bo'lsa-da, bitta yetakchining asablarini yemirishga, sog'ligiga zarar yetkazib, umrini qisqartirishga yetib ortadi." Buni aslida quyidagi uchinchi kategoriyaga kiritsak ham bo'lar edi.
Navbatdagi - uchinchi muhim jihat - hissiyot! Bugungacha dunyoning eng ilg'or liderlarida shakllangan yumorga ustalik, jamoani his qilish, munosabatlar jarayonidagi emotsiyalar, kechirimlilik, ilhomlanish va ilhomlantira olish kabi sifatlar ularning ustunligini ta'minlab bergan. Asl insoniy hissiyotlarga ega sardorgina mardlik bilan do'st yoki raqibning haqligini tan oladi - o'z yo'lidan emas, haqiqat yo'lidan yuradi! Tashqaridan kuchli va dadil insonga mehribonlik fazilati yarashmaydigandek ko'rinsada, aslida esa jamoadoshlar liderdan mehr ko'rishni xohlashadi. Va bu mehr o'z navbatida qo'llab-quvvatlash, ruhlantirish va hazil-mutoyibaga boy jarayonlar orqali egalariga yetkaziladi. Hissiyotlar harakterdan kelib chiqadi. Shunday bir gap o'qigan edim: "Liderlik - strategiya va xarakterning qudratli birligidir. Agar siz bu ikki xususiyatning biridan voz kechishingizga to'g'ri kelib qoladigan bo'lsa, xaraktersiz qolganda ko'ra strategiyasiz qolganingiz yaxshiroq bo'ladi"[4:7]
Xulosa o'rnida aytish joizki, haqiqiy liderlar o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi, ularni davr va vaziyatning o'zi kashf etadi. O'ylashimcha, insonlar omadsiz boshliqlarning hafsalani pir qiladigan ishlariga allaqachon ko'nikishgan va oxir-oqibat bu ularga og'ir botmay qo'ydi. Chunki ular qaysidir burchakdan, o'zlarining orasidan haqiqiy lider chiqib kelishiga ishonishadi va ana shu liderga tassavurlaridagi narsalarni amalga oshiruvchi kishi sifatida umid bog'lashgan. Demakki, boshqalarni muvaffaqiyat tomon yo'naltirar ekan, lider - har bir va'da uchun javobgar!
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Otabek Xasanov nutqi. https://tme/liderlar1
2. Razzoqov. Shavkat. Rahbarlik san'ati.- Tashkent: Lesson press, 2017. 120b
3. Jon.K.Maksvel. Liderlikning 21 muqarrar qonuni: tarjima. - Toshkent: "Info Capital Group", 2018. - 304 b.
4. O'sha manba:7-bet
263
http://oac.dsmi-qf.uz