Научная статья на тему 'LIDERLIK PSIXOLOGIYASINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI. MUVAFFAQIYATLI LIDER SIRLARI'

LIDERLIK PSIXOLOGIYASINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI. MUVAFFAQIYATLI LIDER SIRLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5177
445
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rahbar / lider / yetakchi / optimistik ruh / liderlik psixologiyasi / demokratik tamoyil / liberal tamoyil / intellektual salohiyat. / boss / leader / manager / optimism / leadership psychology / democracy / liberal trendency / intellectual capacity.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sevinch Sardorbek Qizi Jangirova

Ushbu maqola hozirgi kunda liderlik psixolosiyada uchrayotgan muammolarni yoritishga va ularga yechim topishga qaratilgan. Shuningdek, muvaffaqiyatli liderning o’ziga xos xususiyatlarini hamda ularning majburiyatlarini tahlil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTEMPORARY ISSUES OF LEADERSHIP PSYCHOLOGY. SECRETS OF SUCCESSFUL LEADERS

This article is about exploring current issues of leadership psychology and finding solutions to them. Moreover it analyzes special features and responsibilities of successful leader.

Текст научной работы на тему «LIDERLIK PSIXOLOGIYASINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI. MUVAFFAQIYATLI LIDER SIRLARI»

LIDERLIK PSIXOLOGIYASINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI.

MUVAFFAQIYATLI LIDER SIRLARI

Sevinch Sardorbek qizi Jangirova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola hozirgi kunda liderlik psixolosiyada uchrayotgan muammolarni yoritishga va ularga yechim topishga qaratilgan. Shuningdek, muvaffaqiyatli liderning o'ziga xos xususiyatlarini hamda ularning majburiyatlarini tahlil qiladi.

Kalit so'zlar: rahbar, lider, yetakchi, optimistik ruh, liderlik psixologiyasi, demokratik tamoyil, liberal tamoyil, intellektual salohiyat.

CONTEMPORARY ISSUES OF LEADERSHIP PSYCHOLOGY. SECRETS OF

SUCCESSFUL LEADERS

ABSTRACT

This article is about exploring current issues of leadership psychology and finding solutions to them. Moreover it analyzes special features and responsibilities of successful leader.

Keywords: boss, leader, manager, optimism, leadership psychology, democracy, liberal trendency, intellectual capacity.

Bugungi kunning eng zo'r yetakchisi, lideri, bugungi kunning eng zo'r fikrlovchisi

hamdir.

"Robin Sharma"

Jamiyatimizda "rahbar", "lider", "yetakchi", "sardor" kabi tushunchalar mavjud. Aslida ularning barchasi bir ma'noni anglatadi hamda bir maqsad yo'lida xizmat qiladi. Shuning uchun rahbar va lider tushunchalari o'rtasida katta tafovutni aniqlash mushkul. Ularning vazifasi ham, mas'uliyati ham, xususiyatlari ham teng. Shunday bo'lishiga qaramasdan ulardan biri rasmiy boshqasi esa norasmiy hisoblanadi. Rahbar rasmiy, ya'ni qonunga muvofiq shu lavozimga tayinlangan. Lider bo'lsa norasmiy, ya'ni biror bir guruh tomonidan ularning xohishiga binoan saylangan shaxsdir. Bular liderlikning ikki xil ko'rinishlari. Ko'p hollarda, rahbar dastavval lavozimga, so'ngra shu lavozimi ortidan hurmatga erishsa, lider aksincha hurmat ortidan lavozimga erishadi. Lavozimi yuqori shaxs, ya'ni rahbar o'z-o'zidan liderlikka erishadi va qo'l ostidagilariga nima qilish kerakligini ta'kidlab turadi. Haqiqiy lider, undan farqli o'laroq, o'zining ortidan ergashuvchilarga nima qilish kerakligini ko'rsatib va unda o'zi ham ishtirok etib boradi.

Qachonki lideming safdoshlari uning borligiga, kuch-qudratiga va iste'dodlariga shubha bilan qarashmasa, unga ishonch bildirishsa lider eng katta kuchga ega bo'ladi. Liderni boshqalardan ajratib turuvchi tomonlari uni yuksaklikka olib chiqish yo'lida xizmat qiladi.

Liderni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy tomonlaridan biri - bu liderning eng avvalo, o'ziga va unga ergashayotgan safdoshlariga bo'lgan ishonchi. Buyuk allomalarimiz aytganidek, o'z kuchingni his etishing kuchingga kuch qo'shadi. Lider hamma vaqt biror bir ishni boshlashdan avval atrofidagilar bilan maslahatlashishi va unga yuklatilgan topshiriqlarning bir qismini ularga ishonib topshirishi darkor. Bu bilan u o'z izdoshlariga bo'lgan ishonchi yuqorida darajada ekanligini isbotlab bergan bo'ladi.

Liderning o'ziga xos muhim jihatlaridan biri - bu optimistik ruhda fikr yuritishida, ya'ni har bir ko'zlagan maqsadni faqat yaxshi tomonlarini o'ylab ish ko'rishidadir. Yana u to'g'ri qaror qabul qilish qobiliyatiga ega hisoblanadi. Ba'zilar uzoq o'ylab qarorlarini bir necha marta o'zgartirishsa, lider bir marotaba qaror qabul qiladi va o'z qaroridan hech qachon shubhalanmaydi. Shu sababdan liderlarni kelajakni ko'ra olish qobiliyatiga ega deyishadi. Ammo ular bunday kuchga ega emaslar. Yetakchilar shunchaki o'zlari uchun kelajakni yaratishga intilishadi va ba'zida dunyoni o'zgartirishga qodir qarorlar qabul qilishadi.

Lider o'zining kuchli va ustun jihatlarini yaxshi biladi hamda imkon qadar ulardan unumli foydalanishga intiladi. Shu bilan birga u o'zining kuchsiz tomonlarini ham tan ola biladi va ularni zaifligicha qoldirmaslik yo'lida to'g'irlashga harakat qiladi.

Buyuk odamlar shunday odamlarki, ular boshqalarni ham buyuk bo'la olishlarini his qilishga yordam berishadi.

"Mark Tven"

Lider atrofdagilarga ta'sir o'tkazish qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. Unda boshqalarni o'z ortidan ergashtirish, to'g'ri yo'lga yetaklash, safdoshlariga o'z iste'dodini topishda va rivojlantirishda ko'maklashish, yordamini ayamaslik kabi xususiyatlar jam bo'ladi.

Hozir kundan kunga rivoj topib kelayotgan davrda liderlarga bo'lgan talabning kuchayganligini tan olmasdan ilojimiz yo'q. Liderlik psixologiyasining zamonaviy va ko'p uchraydigan muammolari safiga muloqotga kirisha olmaslik, javobgarlik va mas'uliyat hissining yetishmasligi, kelishuv va murosa qila olmaslik, reja qilingan ishda qoniqarli natijaga erisha olmaslik, rag'batlantirish va jazolashning me'yori kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin.

Demokratik va liberal tamoyillardan unumli hamda to'g'ri foydalana bilish ham liderlikning ko'p uchraydigan muammolaridan hisoblanadi. Lider ko'p hollarda liberal tamoyil asosida ish ko'radi, ya'ni barcha rejalari-yu, maqsadlaridan safdoshlarini xabardor qiladi, ular bilan maslahatlashadi, ularning barchasiga birdek ishonadi va hech biridan shubhalanmaydi. Bu guruh a'zolarining liderga bo'lgan hurmatini oshiradi.

Lekin shunday vaziyatlar bo'ladi-ki, lider o'z guruhi uchun o'zi qaror qilishi, hech kimga tayanmasligi talab qilinadi.

Demokratik tamoyilda ish olib boradigan lider esa aksincha, faqat o'ziga tayanadi, hech kimga ishonmaydi va maslahatlashmaydi. Qarorlar lider tomonidan o'rnatiladi va hammadan ularga bo'ysunish talab qilinadi. Bu guruh a'zolarining o'ziga bo'lgan ishonchi pasayishiga olib keladi. Lekin ba'zida boshqalarning fikrini ham tinglay bilish, ular bilan fikr almashish foyda beradi.

Bundan kelib chiqadi-ki, lider demokratik va liberal tamoyillarning har ikkalasidan o'z vaqtida oqilona foydalana bilishi darkor.

Lider oldiga qo'ygan maqsadga erishish yo'lida barcha kamchiliklarni bartaraf etishi va shu bilan birga muammolarga qarshi o'zida immunitet hosil qila olishi kerak. Muammolardan qochmaslik, ularni kelishilgan holda oz muddatda hal qila olish ham samarali liderning kuchli jihatlaridir.

Liderning asosiy qurollaridan biri uning muloqotni to'g'ri yo'lga qo'ya olishidadir. Lider, ham safdoshlarining bir-biriga bo'lgan, ham o'zining ularga bo'lgan muloqotini ta'minlab bera oladigan kuchga ega shaxs bo'lishi darkor. Muloqot orqali lider guruhdoshlarini ruhlantira olishi va ulardagi "men"ni "biz"ga aylantira olishi kerak. Bu orqali u izdoshlarini guruh uchun qayg'urishga va ularni birlashtirishga erishgan bo'ladi. Guruh qanchalar ahil, kelishuvchan va hamfikr bo'lsa, o'z oldiga qo'yilgan maqsadlariga shunchalar tez va oson erisha oladi. Marralarni zabt etishda esa muloqotning o'rni beqiyosdir.

Muloqot to'g'risida fikr yuritar ekanmiz, o'z navbatida xushmuomalalikni ham unutmaslik darkor. Lider har qanday muammoni xushmuomalalik va muloyimlik bilan hal qilsa, atrofidagilarning unga bo'lgan mehri, hurmat-e'tibori shunchalar ortib boradi.

Lider o'zi istagan va kutgan natijaga erishishi uchun, avvalo, unda javobgarlik va mas'uliyat hissi yuqori bo'lishi kerak. Lider safdoshlarining har biri uchun javobgar shaxs bo'libgina qolmay, unga yuklatilgan vazifani mas'uliyat bilan ado eta olishi ham kerak. U safdoshlari haqida yetarli ma'lumotga ega bo'lishi va ulardan har birining kuchli va zaif tomonlarini, iste'dodini juda yaxshi bilishi kerak. Ularni har qanday vaziyatda ham qo'llab-quvvatlashi, ko'maklashishi va dalda bera olishi kerak. Qachonki lider har bir vazifani bajarishda mas'uliyatni his qilar ekan, uning har bir ishi unumli va o'z vaqtida hal bo'ladi.

Lider guruh a'zolari orasida kelishib ish ko'rishni ta'minlay olishi ham kerak. Undan guruhdagi har bir safdoshining fikri bilan qiziqish, ularni bir maqsad yo'lida murosaga keltira olish talab qilinadi. Zero, barcha bir maqsad yo'lida tirishar, hamfikr bo'lib ishlar ekan ularning marrani zabt etishi yo'lida duch keladigan qiyinchiliklari ham osongina yengib o'tiladi.

Guruhda yetakchilik qilayotgan shaxs har bir vazifani o'z vaqtida hamda tartib bilan bajarishi shart. Belgilab qo'yilgan maqsadlariga birma-bir sabr bilan erishishga intilishi

kerak. Hamma narsaga erishishga harakat qilayotgan inson oxirida hech narsaga erisholmaydi. Shuni inobatga olgan holda, rejaga tayanib ish ko'rishni maslahat berar edim.

Lider va uning izdoshlari ko'zlagan marraga erishar ekanlar, lider rag'batlantirishni unutmasligi kerak. Rag'batlantirish orqali u o'z safdoshlarini ilhomlantira va olg'a intilishga unday oladi. Rag'batlantirish haqida gap borar ekan, yetakchilar albatta, jazolashni ham chetlab o'tishmaydi. Lekin har bir narsaning me'yori bo'lganidek, lider ham buning me'yorini bilishi foydadan holi emas. Jazoni haddan ziyod ko'p qo'llash rivojlanish saviyasining pasayishiga sababchi bo'lishi mumkin. Agar lider kutgan natijaga erisha olmasa va bunday vaziyatda buning sababini topib uni yechishdan ko'ra, jazolashni ma'qul ko'rsa u guruh a'zolarini shunga ko'niktirib qo'yadi. Buning oqibatida esa guruhda oldinga intilish va o'sish kabi tushunchalar yo'qolib boradi.

Moslashuvchanlik hozirgi kunda lider uchun qo'yilayotgan eng zaruriy talablardan biri bo'lib kelmoqda va shu bilan birga bu liderlikning zamonaviy muammolari sirasiga kiradi. Lider har qanday vaziyatga va sharoitga tez hamda osonlik bilan moslashib keta olishi kerak. U har qanday davrada o'zini qanday tutishni bilishi va u yerga, u yerning shart-sharoitlariga moslashgan holda ish ko'rishi lozim. Moslashuvchanlik, eng avvalo, kommunikatsiya qobiliyatlarini ham talab qiladi.

Liderga xos bo'lgan har bir jihatning ahamiyati shundaki, ularning barchasi bir-biri bilan uzviy bog'liqdir, biri birini inkor qila olmaydi, aksincha, bir-birini to'ldirishga xizmat qiladi. Masalan, u o'ziga ishonsagina safdoshlariga ham ishona oladi. Bu uzviy bog'langan ishonch ulardagi optimistik ruhni keltirib chiqaradi. Har qanday positiv kayfiyatdagi inson esa to'g'ri va obdon o'ylangan qarorlar qabul qila olishi mumkin. Javobgarlik va mas'uliyatni his qila olish qobiliyati esa liderni yuksak cho'qqilar sari yetaklaydi.

Zamonaviy liderning intellektual salohiyati ham yuqori bo'lishi kerak, ya'ni u dunyoviy bilimlarga ega bo'lishi, kompyuter texnologiyalaridan xabardor bo'lishi, har bir jabhada o'zini sinab ko'rgan va yetarlicha ko'nikma hosil qilgan bo'lishi darkor. Har tomonlama rivojlangan, ma'nan va jismonan komillikka erisha olgan, liderlik xususiyatlariga ega bo'lgan shaxs jamiyatda o'z o'rnini topa olishiga ishonchim komil.

Lider - jamiyatning ertangi kuni to'g'risida qayg'uradigan eng buyuk insonlar sirasiga kiradi. Ular "Agar men bo'lmasa, kim?" degan fikrda hayot kechirar ekanlar, bizni porloq kelajak kutayotganiga aminmiz.

REFERENCES

1. Ziyonet.uz.

2. Hayitov O.E. Boshqaruv psixologiyasi. Chirchiq, 2020.

3. Robin Sharma. Muvaffaqiyatning 200 siri. Toshkent, 2017

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.