Научная статья на тему 'NODAVLAT TA’LIM XIZMATLARINING RIVOJLANTIRISHDA ILG’OR XORIJ TAJRIBALARI'

NODAVLAT TA’LIM XIZMATLARINING RIVOJLANTIRISHDA ILG’OR XORIJ TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xususiy sektor / nodavlat ta’lim tashkiloti / xorij tajribasi / biznes / xamkorlik / BRICS davlatlari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — To’ychiyeva Ohistaxon Ravshan Qizi

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida xususiy sektor faoliyatini rivojlantirish, xusussan, nodavlat ta’lim tashkilotlari tashkil etishda yurtimizda amalga oshirilgan choratadbirlar hamda ushbu choratadbirlarni amalga oshirishda foydaalanilgan xorij tajribasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NODAVLAT TA’LIM XIZMATLARINING RIVOJLANTIRISHDA ILG’OR XORIJ TAJRIBALARI»

NODAVLAT TA'LIM XIZMATLARINING RIVOJLANTIRISHDA ILG'OR XORIJ TAJRIBALARI

To'ychiyeva Ohistaxon Ravshan qizi

QDPI, ta'lim muassasalari boshqaruvi magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.11182435

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida xususiy sektor faoliyatini rivojlantirish, xusussan, nodavlat ta'lim tashkilotlari tashkiletishdayurtimizdaamalgaoshirilgan chora- tadbirlar hamda ushbu chora- tadbirlarni amalga oshirishda foydaalanilgan xorij tajribasi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: xususiy sektor, nodavlat ta'lim tashkiloti, xorij tajribasi, biznes, xamkorlik, BRICS davlatlari.

O'zbekistonda ta'lim tizimini rivojlantirish sharoitida uzluksiz ta'lim tizimini barpo etish, mazmunini tubdan yangilash va ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish masalalariga keyingi yillarda ijobiy yondashilmoqda. Bugungi kunda xususiy sektor hamkorligining dolzarbligi, ahamiyati, modellari, shakllari hamda mexanizmlari bir qator olimlarning olib brogan tadqiqot ishlarida namoyon bo'lmoqda. Davlat sektori va xususiy sektorning o'zaro hamkorlikdagi faoliyati bozor iqtisodiyotining ajralmas sharti bo'lib xizmat qilmoqda. Davlat va biznesning bunday o'zaro hamkorligining shakllari va uslublari bozor munosabati sharoitining yetilganlik darajasiga va uning milliy xususiyatiga bog'liqdir. Qayd etish lozimki, bunda davlat hech qachon umummilliy manfaatlar bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy mas'uliyatli funksiyalarini bajarishdan ozod bo'lmaydi.O'z navbatida biznes ham jamiyat boyligining yaratilishi va iqtisodiyot rivojlanishining manbasi va asosi bo'lib qolaveradi.So'nggi o'n yillikda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida davlat va xususiy sektorning o'zaro hamkorlik faoliyati mutlaqo yangi bosqichga ko'tarildi.

Prezidentimiz SH. M. Mirziyoev ham prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarori ijrosini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasida ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha nodavlat sektorning salmog'ini kengaytirish borasida tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2019 yil 24 dekabrdagi 1028-sonli"Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi[1]. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi va nodavlat ta'lim tashkilotlariga amaliy yordam ko'rsatish orqali ularning faoliyatini yanada takomillashtirish, nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish bilan bog'liq jarayonlarni aholi orasida keng targ'ib qilish, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim tashkilotida ta'lim olganlik to'g'risida davlat namunasidagi hujjatlarning yagona shaklini tasdiqlash va ularning qat'iy hisobini yuritib borish to'g'risidagi takliflari berildi.

Shundan kelib chiqqan holda,O'zbekistonRespublikasining 2020 yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risi"dagi qonunning bosh maqsadi ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonunida nodavlat ta'lim tashkiloti faoliyati nazarda tutilgan. Unga asosan nodavlat ta'lim tashkiloti — davlat ta'lim standartlari, davlat ta'lim talablari va o'quv dasturlariga muvofiq ta'lim

xizmatlari ko'rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini berishi belgilab o'tilgan. Bugungi kunda davlat sektori va xususiy sektorning o'zaro hamkorlikdagi faoliyati bozor iqtisodiyotining ajralmas sharti bo'lib xizmat qilmoqda[2.56b]. Ijtimoiy sohalar bo'lgan sog'liqni saqlash va ta'lim ham bu sohada juda muhim. 5 yilda bu sohalar bo'yicha ishlar amalga oshirilsa, O'zbekiston iqtisodiyotiga juda katta turtki bo'ladi. O'rta Osiyo hududida eng raqobatbardosh hududga aylanishi mumkin. Albatta, bu soha ba'zi davlatlarda yo'q, ba'zilarida yangi yoki oldindan mavjud. Mamlakatimizda buni yo'lga qo'yish uchun bir necha davlatlar tajribasidan foydalanildi. Rivojlangan mamlakatlarda xususiy sektorning rivojlanishiga turtki bo'lgan asosiy omillar quyidagilardir: xususiy tashabbusni rag'batlantirishga qaratilgan barqaror davlat iqtisodiy siyosati, shu jumladan, NTTni qo'llab-quvvatlash choralarini qo'llash: subvensiyalar, da'volarni tayinlash mexanizmlari va boshqalar; past siyosiy va ijtimoiy xavflar; qonundan samarali foydalanish.

Xususiy moliyalashtirish tashabbusi xususiy pudratchi ham loyihani moliyalashtirishda ishtirok etadigan nodavlat tashkiloti turidir. Xususiy sektor davlat amaldorlari tomonidan maxsus davlat ehtiyojlari uchun ajratilgan aktivlarni rivojlantiradi, quradi, moliyalashtiradi va boshqaradi. Ta'lim sohasida NTTning ta'minlanadigan tizimlari davlatning manfaatlariga qarab mo'ljal olishni nazarda tutadi. Ushbu kontseptual tizim mamlakatning ta'lim sohasida NTT bilan bog'liqlik darajasini aniqlashga yordam beradi

"XXI asrning boshiga kelib iqtisodiy adabiyotlarda rivojlanayotgan mamlakatlar guruhida iqtisodiy o'sish sur'atlariga, jahon iqtisodiyoti va savdosida katta ulushga ega Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoyning inglizcha talaffuzdagi (Brazil, Russia, India, China) nomlarining bosh harflaridan tashkil topgan BRIC mamlakatlari guruhi paydo bo'ldi. BRIC atamasini 2001-yilda "Goldman Sachs" iqtisodchisi Djim O'nil muomalaga kiritgan. 2011-yil yanvardan bu mamlakatlar guruhiga Janubiy Afrika Respublikasi (South Africa) ham kiritilganligi tufayli endilikda BRICS deb atalmoqda"[3. 125b]. Xususan, BRICS mamlakatlarida ko'rsatilayotgan ta'lim xizmatlari umumiy hajmi davlat, xususiy va NTT ta'lim muassasalarida amalga oshirilgani ijobiy natijalarga erishishda muhim rol o'ynaydi. Bu masala bo'yicha BRICS mamlakatlarining ilg'or tajribasini o'rganish shuni ko'rsatyaptiki, ta'lim xizmatlari umumiy hajmiga nisbatan mos ravishda davlat OTMda 40 % ni, xususiy OTMda 33 % ni, NTT OTMda 27 % ni tashkil etdi Xorij tajribalarining ko'rsatishicha, ta'lim sohasida NTTning hukumat hamkorlik (Government Relations - GR) ko'lamiga ko'ra quyidagi masalalarni qamrab oladi:

> moddiy ko'mak, akademik mablag' miqdori, korxonalar va stipendiyalarning moddiy ko'rinishlari;

> xususiy sektor tomonidan davlat ta'lim maskanlarini boshqarish;

> o'quv jarayonini tashkil qilishda xususiy biznes ishtiroki;

> professional xizmatlar bo'yicha shartnomalarni qo'llab-quvvatlash[4. 12b].

Ta'lim sohasida NTTning GR-texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha yuqoridagi yo'nalishlar quyidagi ijobiy jihatlarga ega:

— investitsiyalarning samarali taqsimlanishini kuzatish;

— yaqin hamkorlar bilan tajriba almashish;

— davlat talabini qondirish va ta'limga innovatsiyalarni joriy etish jarayonini osonlashtirish uchun imkoniyatlarni taqdim etish.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda "NTTning GR-texnologiyalari joriy etilmasligining asosiy sabablari sifatida xatarlarni taqqoslash, NTT loyihalarini yetarli darajada moliyalashtirmaslik, korruptsiya va loyiha xarajatlarini oshirib yuborish kabilarni ko'rsatish mumkin. NTT

mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida asosiy istiqbolli yo'nalishlardan biri bo'lsa-da, GR-texnologiyalarining yuqoridagi to'siqlari Rossiya iqtisodiyoti uchun jiddiy zarar yetkazadi deb hisoblanadi" [5. 14b].

Mamlakatimizni milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, hududlarni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha ta'sirchan choralar ko'rilmoqda. Xorijiy mamlakatlar tajribasini o'rganish va umumlashtirish asosida ta'lim sohasidagi NTT tashkil etishda quyidagilarni taklif qilamiz:

— ta'lim muassasalariga nisbatan kontsessiya shartnomalari;

— shartnomalar tuzish bo'yicha (belgilangan ishlarni bajarish, boshqaruvni ixtiyoriga olish, texnik yordam ko'rsatish, xizmat ko'rsatish);

— aralash shartnomalar (ta'lim sohasidagi franchayzing);

— kadrlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash sohasidagi dasturlarni, qo'shma ta'lim loyihalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan o'quv markazlarini yoki boshqa o'quv tuzilmalarini yaratish;

— ilmiy yoki ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish uchun qo'shma ilmiy laboratoriyani yaratish; tadqiqot markazlari, texnoparklar, texnologiyalarni uzatish markazlarini rivojlantirishga ko'mak beradigan instituttsional tuzilmalarni hamda resurs markazlarini yaratish[6. 8b].

Shuni ta'kidlash joizki, yurtimizda ham NTT loyihalarini amalga oshirish bo'yicha qulay sharoitlar mavjud bo'lib, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish bugungi kunning dolzarb muammosidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. 2019 yil 24 dekabrdagi 1028-sonli "Nodavlat ta'lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-yhttps://lex.uz/docs/-4664567

2. Vaxabov A.V., Tadjibayeva D.A., Xajibakiyev Sh.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: darslik. - Toshkent.: Baktria press, 2015. - B.158.3.

3. Schwarzman S., Pinheiro R., Pillay P. Higher Education in the BRICS Countries. HEDY, volume 44. 2015. - 492 p.

4. Материалы круглого стола «Государственно-частное партнерство в сфере образования Свердловской области: проблемы, инновации, опыт» ФГАОУ ВПО «Уральский федеральный университет имени первого Президента России Б.Н. Ельцина» - 2016.

5. Ustadjalilova, X. (2023). PEDAGOGIK TADQIQOTLAR METODLARI VA STATISTIK GIPOTEZALARNING NAZARIY JIHATLARI. Scientific journal of the Fergana State University, (6), 21-21.

6. Umarovna, Radjabova Gavhar. "FEATURES OF THE MARKET OF EDUCATIONAL SERVICES AND THE PROBLEM OF INTERACTION OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS WITH EMPLOYERS." E Conference Zone. 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.