Научная статья на тему 'NIZOMIY GANJAVIY ASARLARI BADIIYATI'

NIZOMIY GANJAVIY ASARLARI BADIIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
22
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nizomiy Ganjaviy / so‘z ta’rifi / oqil / hikmatlar / nuri ziyo. / Nizami Ganjavi / definition of words / wisdom / wisdom / light of wisdom.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Pardayeva, Nigora Qo‘Ysinboyevna

Maqolada Nizomiy Ganjaviy hayoti va asarlari haqida ma’lumot berilgan. Adibning so‘z haqidagi qarashlari haqida mulohaza yuritilgan. Shoir hikmatlari to‘g‘risida ma’lumot keltirilib, ayrim hikmatlari tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ARTISTIC WORKS OF NIZIMI GANJAVI

The article provides information about the life and works of Nizami Ganjavi. The views of the writer on the word are discussed. Information about the poet's wisdom is provided, and some of his wisdom are analyzed.

Текст научной работы на тему «NIZOMIY GANJAVIY ASARLARI BADIIYATI»

www.onens.uz

NIZOMIY GANJAVIY ASARLARI BADIIYATI

PARDAYEVA Nigora Qo'ysinboyevna

Nizomiy nomidagi TDPUdotsent v.b.,

f.f.f.d (PhD)

Annotatsiya: Maqolada Nizomiy Ganjaviy hayoti va asarlari haqida ma 'lumot berilgan. Adibning so'z haqidagi qarashlari haqida mulohaza yuritilgan. Shoir hikmatlari to 'g 'risida ma 'lumot keltirilib, ayrim hikmatlari tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: Nizomiy Ganjaviy, so 'z ta 'rifi, oqil, hikmatlar, nuri ziyo.

Abstract: The article provides information about the life and works of Nizami Ganjavi. The views of the writer on the word are discussed. Information about the poet's wisdom is provided, and some of his wisdom are analyzed.

Key words: Nizami Ganjavi, definition of words, wisdom, wisdom, light of wisdom.

Sharq adabiyotida bugungi kunda ham sevib mutolaa qilinib kelinayotgan "Xamsa" asarlari orasida Nizomiy Ganjaviy asarlari o'z badiiyati, tasvirlarning originalligi hamda yangilikka boyligi bilan ajralib turadi. Nizomiy nafaqat "Xamsa" asari orqali balki, teran mazmunga ega hikmatli so'zlari orqali ham mashhurdir. Shuningdek, adib Qur'onni yod olgan, fiqh, tarix, geografiya, falsafa, mantiq va adabdan ta'lim olib, ularning har birida ustod darajasiga yetishgan. Tabiiy fanlar, xususan, tabobat va ilmi nujum (astronomiya)ni ham yaxshi bilgan. Zamonaviy ilmlardan tashqari, yunon falsafasi va adabiyoti, eroniy xalqlarning islomdan oldingi so'z san'ati, xalifalik davri ilmiy-adabiy asarlari, yahudiy va nasroniy xalqlari tarixi, Kavkaz xalqlarining o'tmishidan yetarli ma'lumotga ega bo'lgan. U yetuk matematik sifatida ham e'tirof etilgani ma'lum.

Nizomiy Ganjaviyning 20 ming baytdan iborat she'riy devoni bo'lib, lirik she'rlari turli bayoz va to'plamlardan tarkib topib, jamlangan. Lekin undan ayrim parchalar: 16 qasida, 192 g'azal, 5 qit'a, 68 ruboiy va 17 bayt saqlanib qolgan, xolos. Adibning ijodining gultoj asari "Xamsa" asari bo'lib, u quyidagi dostonlarni o'zida jamlaydi: 1. "Mahzan ul-asror» ("Sirlar xazinasi", 1173 yoki 1180)da muqaddima va xotimadan tashqari 20 maqola bo'lib, har maqolaga oid 20 hikoya mavjud. Asarda shoir yashagan davrning muhim ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta'limiy masalalari aks etgan. Keyinchalik bu asarga javoban forsiy va turkiy adabiyotlarda 40 dan ortiq dostonlar (Navoiy, "Hayrat ul-abror") yaratilgan. 2. "Xusrav va Shirin" (1181) sevgi va sadoqat mavzusida; 3. "Layli va Majnun" dostoni (1188) arab rivoyatlari asosida yaratilgan; 4. "Haft paykar" dostoni (1196) Bahrom Go'r va uning nomi bilan bog'liq

www.onens.uz

voqealarga asoslangan. Asar hikoya ichida hikoya tarzida yozilgan bo'lib, ularda inson tarbiyasi, xulq-atvori bilan bog'liq g'oyalar ilgari surilgan. Hikoyalarida xalq ertaklari ta'siri sezilib turadi; 5. "Iskandarnoma" dostoni (1190—1200)da Nizomiy Ganjaviy o'zining odil va ma'rifatli shoh, komil inson, ideal jamiyat haqidagi orzularini Iskandar obrazi va xayoliy tasvirlari orqali ifodalagan.

Adib o'zining "Mahzan ul-asror" asarida so'z qudrati, uning ta'sir kuchi, jozibasi haqida "So'z ta'rifída" bobida alohida to'xtalib o'tadi va shunday yozadi.

Oqil agar so'z bila so'zni topar,

Orif o'shal so'zda o'zuni topar.

Ulki bilur so'z guhari qiymatin,

So'zda topar so'zlaguvchining otin [1]

Misralardan ko'rinadiki, oqil, donishmand inson so'zni har bir narsadan ustun qo'yadi. So'z bilan kishilarga mehr-muhabbat ulashadi. O'z so'zida o'zining bilimi, odobi, andishasini, fazilatlarini, salohiyatini bayon etadi. So'zni e'zozlagan, qadrlagan inson uning qiymatining nechog'lik balandligini biladi. So'zni tushunmagan, uning qudratini his etmagan, mohiyatini anglamagan inson unga bee'tibor qaraydi. Uning uchun so'z oddiy harflar birikmasidek ko'rinadi. So'z boylikini bilmagan inson, albatta, ranj topadi. Bu haqida shoir quyidagicha fikr bildiradi.

Ul kishikim, topmadi so'z ganjini,

Qildi habou xadar o'z ranjini.

Keltirilgan ganj hamda ranj so'zlari bilan shoir misra ta'sirchanligini oshirishga harakat qilgan. Ushbu qofiyaga olingan so'zlar orqali mutlaq qofiya hosil qilingan.

Kimki nazar manzaridin yumdi ko'z,

Qo'ymadi meros o'zidin g'ayri so'z.

Ushbu misralarda adib o'zidan biron dono, ibratli fikr, so'z qoldirmagan kishilar bu o'tkinchi dunyoda tez unutilishiga ishora qilmoqda.

So'z qudrati, uning gavhardek qimmatbaho ekanligi xususida Ganjaviy an'analarini davom ettirgan Alisher Navoiy ham qimmatli fikrlar keltirib o'tganlar.

So'zki xabar berur, jonga jonondin,

So'zki nishon berur o'likka jondin.

So'z insonni judo qildi hayvondin,

Bilki guhari sharifroq yo'q ondin [2].

Keltirilgan misralardan shuni anglashimiz mumkinki, Alisher Navoiy so'zni insonni ham o'ldiruvchi, ham tiriltiruvchi kuchga ega ekanligiga, so'z orqali inson hayvondan ajralib turishiga urg'u bermoqda. Bu ayni haqiqatdir.

Nizomiy Ganjaviy hikmatlari ham purma'noligigi, hayotiyligi bilan ajralib turadi.

www.onens.uz

Har kecha so'nggida nuri ziyo bor, Har bardosh so'nggida zavqi safo bor.

Ushbu hikmatli so'zda shoir har bir qorong'ulik, azob-uqubat, g'am-alam, qiyinchilik ketidan, albatta, yorug' kunlar, shodlik va xursandchilikka to'la zavqli onlar kelishiga ishora qilmoqda. Shuningdek, sabrdan keyin shubhasiz, uning rohati bo'lishiga urg'u bermoqda. Zero, har bir bandaning boshida sinovli kunlar bo'lishini, uni chiroyli sabr bilan yengib o'tishini ta'kidlamoqda. Misralarda kecha-nuri ziyo, bardosh-zavqi safi so'zlarini qarama-qarshi qo'yish, ya'ni tazod san'ati orqali fikr ta'sirchanligini oshirishga erishgan.

Adib o'zga insonlarning ayblarini ko'rish, ularni muhokama qilishda har bir narsaga diqqat qaratish lozimligi, ularning nuqsonlaridan ibrat olish, uni o'zida takrorlamaslikka chaqiradi va shunday yozadi. O'zgalar aybiga tetik nazar sol, O'z aybing ko'rgandek undan ibrat ol.

Haqiqatan, bir inson aybini ko'ra turib undan ibrat olmaslik, nodonlikning bir ko'rinishidir. O'zgalar qilgan noto'g'ri ishdan xulosa chiqarish, uni takrorlamaslikka harakat qilish chin insoniylik fazilatlaridan biridir.

Shoirning do'stlik haqida ham bir qancha hikmatlari mavjud bo'lib shulardan birida adib mana bunday yozadi.

Jonini o 'ylaguvchi xudbin do 'stingdan jonini yo 'lingga tikkan it yaxshi. [2] Keltirilgan misralardan ma'lumki, chin do'st hech qachon xudbinlik qilmaydi. O'zini o'ylab sizga xudbinlik qildimi demak, u sizga hech qachon do'st bo'la olmaydi. Uning o'rniga sizga vafodor bir it boqqaningiz yaxshiroq. Zotan, chin do'stlar har qanday vaziyatda ham, sharoitda ham, boshingizga musibat tushgan paytlarda sizni yolg'izlatib qo'ymaydi. Bu chin do'stlik nishonasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Nizomiy Ganjaviy. Mahzan ul-asror. Ziyonet. uz

2. Ziyo.uz

3. Atabayeva G.F. The sign content of "Ffu" novel // Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, USA. 2022. - P.139-142. (Impact Factor - 8.0).

4. Atabayeva.G.F. "Humanizm in the novel of A. Yakubov" йЕтуальные проблемы тюркологии: россия и тюрко-мусульманский 2021 МИР

5. Pardaeva Nigora BILINGUALPOET - ANBAR OTIN. Актуальное в филологии. № 3 2021/6/11

6. Omanova M.A. Updating views on literary heroes and glory in the novels of the period of independence //Novateur publications JournalNX-A Multidisciplinary Peer

www.oriens.uz

Reviewed Journal. Volume 6, ISSUE 10, Oct. 2020 - P 415-419. (Impact Factor -7.223).

7. Omanova М.А., Якубов И.А. The place of traditional motives and symbols in the plot and composition of national novels // Journal of critical reviews. Malaysiya. 2020. - P. 2903-2910.

8. Kalandarova D. "Attitude to uzbek folklore in the research of karl reichl" ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 500-503.

9. Kalandarova D. "Issues of Uzbek Folklore and its Research in Germany". Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 4395-4398.

10. M.N.Kadirova. The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore. International Scientific-Online Conference: Intellectual Educationtechnological Solutions And Innovative Digital Tools. Netherlands.

11. Mashkhura Kadirova. "The Need For Improving The Methodology Of Teaching Folklore In Distance Learning" Lecturer, Department of Uzbek language and literature of Tashkent State Pedagogical University named after Nizami, Uzbekistan,

12. Уразбаева М. Аёл характерини очишда бадиий нуткнинг урни. GOLDEN BRAIN. 2023, 193-199 b.

13. O'razbayeva M. XX asr ozarbayjon adabiyotida Ganjaviy obrazi tasviri. Nizomiy Ganjaviy va xamsachilik an'anasi nomli ilmiy konferensiya materiallari to'plami. - Toshkent. 2024 -yil.

14. Kahramanov, K. (2023). Naim Karimov Is A Literary Scholar, Scholar And Critic. Rivista Italiana di Filosofia Analitica Junior, 14(2), 135-141.

15. Urazbayeva, M., Feruza, B., Nigora, P., Go'zal, A., & Mashhura, Q. (2023). Issues of Distribution of Bear Image in Uzbek Novels. Journal of Advanced Zoology, 2184-2192.

16. Achilov, N. K. (2022). The image of a historical person and its epical interpretation. Open Access Repository, 8(05), 126-132.

17. Achilov, N. (2022). EPIC KNOWLEDGE DECLINE AND FACTORS OF THE EMERGENCE OF FAKE EPOS. Journal of Integrated Education and Research, 1(2), 192-202.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.