Научная статья на тему 'NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA SUBYEKTGA XOS RANG-TUS SIFAT LEKSEMALARINING SEMANTIK VA LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI'

NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA SUBYEKTGA XOS RANG-TUS SIFAT LEKSEMALARINING SEMANTIK VA LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lingvokulturologik / leksik-semantik / pragmatika / kognitiv / ekspressiv-emotsional / stilistik bo‘yoqdorlik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shodiyev Rahimjon Safarovich

Nemis va o‘zbek tillaridagi sifatlarning kategoriyasini ilmiy tahliliga bag‘ishlangan mazkur maqolada subyektga xos rang-tus sifatlarning umumiy xarakteristikasi, uning semantik turlari ilmiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek maqolada rang-tusni bildiruvchi sifatlarning qo‘llanishi va ularning tahlili haqida ma’lumotlar berilgan. Aynan, mazkur maqola subyektga xos rang-tus sifat leksemalarning tavsiflanishi, yasalishi, inventari, leksik-semantik tasniflari, boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishda semantik-sintaktik, nominativ so‘z birikmalari tarkibidagi funksiyalari ilmiy jihatdan tadqiq qilinishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NEMIS VA O‘ZBEK TILLARIDA SUBYEKTGA XOS RANG-TUS SIFAT LEKSEMALARINING SEMANTIK VA LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

NEMIS VA O'ZBEK TILLARIDA SUBYEKTGA XOS RANG-TUS SIFAT LEKSEMALARINING SEMANTIK VA LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Shodiyev Rahimjon Safarovich

Toshkent amaliy fanlar universiteti „Chet tillar" kafedrasi katta

o'qituvchisi

(Tashkent University of Applied Sciences Senior teacher of "Foreign

languages" department) https://doi.org/10.5281/zenodo.11382663

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 29- May 2024 yil

KEY WORDS

lingvokulturologik, semantik, pragmatika, ekspressiv-emotsional, bo'yoqdorlik..

leksik-kognitiv, stilistik

Nemis va o'zbek tillaridagi sifatlarning kategoriyasini ilmiy tahliliga bag'ishlangan mazkur maqolada subyektga xos rang-tus sifatlarning umumiy xarakteristikasi, uning semantik turlari ilmiy asosda o'rganiladi. Shuningdek maqolada rang-tusni bildiruvchi sifatlarning qo'llanishi va ularning tahlili haqida ma'lumotlar berilgan. Aynan, mazkur maqola subyektga xos rang-tus sifat leksemalarning tavsiflanishi, yasalishi, inventari, leksik-semantik tasniflari, boshqa so'zlar bilan bog'lanishda semantiksintaktik, nominativ so'z birikmalari tarkibidagi funksiyalari ilmiy jihatdan tadqiq qilinishga qaratilgan..

Til inson va borliq o'rtasidagi ko'prik, inson olamni idrok etishidagi eng muhim vosita sif atida xarakterlanadi. Shu jumladan qiyosiy va chog'ishtirma tilshunoslik- da juda ko'p ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan bo'lsada, filologik bilimning ushbu sohasida hal qilinmagan muammolar biz yashab turgan borliqda hamon uchrab turmoqda.

O'zbek tilshunosligida belgi bildiruvchi so'zlarning muloqotdagi o'rni, xorijiy tillardagi belgi xususiyat leksemalariga munosabati, xorijiy tillar leksemalarini chog'ishtirishga bag'ishlangan tadqiqotlar yuzaga kelmoqda.Belgi bildiruvchi tushunchalar tilning shakllanish jarayoni bilan bog'liq. Inson biror bir shaxsni tilida tasvirlar ekan, dastavval, u shaxsning belgilariga - tashqi ko'rinishi, rangi va qiyofasiga e'tibor qaratadi.

O'zbek va nemis tili morfologiyasida ham boshqa so'z turkumlari qatori sifat ham katta o'rinni egallaydi va o'zining leksik-grammatik va semantik xususiyatlariga ko'ra mustaqil so'z turkumi sifatida o'rganilgan. So'z turkumlari tizimida o'zining sermahsul va qo'llanilish doirasi bilan ajralib turadigan sifat so'z turkumining atash ma'nosi predmet, voqea-hodisa, holat va qisman ish-harakatning belgisini bildirishdir. Belgining o'zi bir necha xil bo'ladi. Masalan, xarakter-xususiyat, shakl-ko'rinish, holat, rang-tus, maza-ta'm, hid, o'rin va payt kabi belgilardir. Belgi ifodasi nafaqat sifatlarga, balki boshqa so'z turkumlariga ham xosdir. Masalan, ot ham matnda sifat kabi belgi ifodalashi mumkin: farishta qiz, arslon yigit, burgut ko'zli va hokazo. Ayrim sifat xarakteridagi olmoshlar ham sifat kabi belgi ifodalsh imkoniga ega: hamma o'quvchi, barcha xalq, hech bir inson kabi. Ravish belgi bildirishiga ko'ra sifat

bilan mushtaraklik hosil qiladi, ya'ni

ravish ham sifatlardek predmet belgisini ifodalab keladi: mardona jang, do'stona uchrashuv, beto'xtov harakat va hokazo.

Sifat so'z turkumining o'ziga xos lingvistik xususiyatlaridan biri uning polesemantik xususiyatidir. Polesemantika bu -formai tilshunoslikda bir ma'noli va ko'p ma'noli so'zni farqlaganligi kabi nazariy leksikologiyada bir sememali va ko'p sememali leksema farqlanadi. Nutqda qo'llangan so'z har doim bir ma'noli. Chunki, so'z leksemaning bir martalik ko'rinishi bo'lib, u leksemaga zid ravishda betakrorlik tabiatiga ega. Nutqimizni boyitib turgan leksemalar tarkibida ma'lum narsa asosida shakllangan sifatlar ham ko'pchilikni tashkil etadi. Shu jumladan buni insonga xos rang-tus bildiruvchi sifatlar misolida ham ko'rishimiz mumkin. So'z turkumlari tizimida o'zining sermahsul va qo'llanilishi bilan ajralib turadigan sifat so'z turkumi predmet, voqea-hodisa, holat va rang-tus belgisini bildirishi bilan asoslidir [2; 43 b.].

Masalan, qoravoy, malla, oqbosh, oqpadar va b.

Tilshunoslikda sifat so'z turkumiga oid so'zlarning o'rganilish tarixi, sifatlarning belgi xususiyatlari, ularning turli tashbehlar va badiiy asarlarda belgi bildiruvchi so'zlar tasvirlovchi vosita sifatida e'tirof etilishi tadqiq qilingan. Sifat leksemalarni yoritishda funksional-semantik xususiyatlar so'ngi yillarda dolzarblashmoqda. Sifatlarni turli aspektlarda tasniflash muammolari hamon dolzarb vazifalardan biri bo'lib qolmoqda. Har qanday pragmatik ma'noda madaniy sema aks etadi. Leksik ma'no sememadir, semema esa semalardan iborat bo'ladi. Semalar tarkibida tashqi muhit bilan bog'liq, pragmatik ma'no orqali ifodalanuvchi madaniy semalar bo'ladi. Leksema semantikasidagi semalar tahliliga asoslangan holda badiiy matn misolida o'zbek va nemis tillaridagi belgi bildiruvchi leksemalarning lingvokulturologik xususiyatlari yoritildi.

Insonda rang har xil tuyg'ularni uyg'otadi: hayajonlanish, jo'shtirish, osoyishtalik, loqaydlik, norozilik va quvonch, sovuq va issiqni sezish kabilar fiziologiyaga va ruhiy holatga ta'sir qiladi. Ranglarning emosional ta'siriga ko'ra insonlar ularga ba'zi bir ramziy ma'nolar baxsh etgan. Qadimdan boshlab barcha xalqlar madaniyatida sevimli ranglar yig'indisi paydo bo'lgan. Milliy ranglar tarixan izohlanadi va ular an'anaviy xarakterga ega, ular xalqlar xarakteri va temperamentiga, o'rab turgan tabiatiga mos bo'ladi: oq-moviy ranglar tinchlik, osudalik ramzi sifatida belgilangan. Insonlarni o'rab turgan tabiat, xalqning temperamenti, urf-odat, an'analari, estetik normalari va diniy qarashlari u yoki bu rangning kiyim-kechak, maishiy predmetlar, san'at asarlarida, nutqida keng tarqalishiga zamin yaratgan; shuningdek, ular o'sha xalq idiomalarida, maqol va matallarida ham keng tarqalgan. Nemis xalqi bayrog'ining milliy rangi qora, qizil, sariq, ehtimol shu sababli ham nemis tilidagi ko'pgina frazeologizmlar ushbu ranglar bilan bog'langan. Insonni ifodalovchi frazeologik birliklarlarning nemis zabon xalqlarda har xil ma'nolarda qo'llanishini qayd etamiz:

Oq rangning qadimiy ramziy ma'nolari asosan ijobiy: yaxshilik, quvonch, tozalik, gunohsizlik, halollik: Oq rang-oliyjanoblik, oliy tabaqalilik, ulug'vorlik, imtiyozlilik ramzi. Shu sababli ham davlat ramzlari ushbu rang bilan bezatilgan.Oq rang orqali ham salbiy ma'no bildirish holatlari mavjud masalan: Kasallik "oqqon", "oqdog", "la'natlash", "oqpadar". Oq rang har doim ham go'zallikni ifodalamaydi. Zero, kafan oqdir, ammoa qo'rqinchlidir.Ko'k rang, shuningdek, «eng g'amgin», «jiddiy», «xafaxon» ma'nolarini ham bildiradi.

U tinchlantiruvchi, ba'zan xavf soluvchi, ezuvchi ma'nolarida ham qo'llaniladi. Ushbu rang shubha va depressiyani, g'amginlik va ma'yuslikni kasallkni ham bildiradi: Kasallik "ko'kyo'tal". Qizil rang kishilar ongida qon, olov, quyosh va boshqalar bilan assosiasiya

qilinadi. Qadimgi miflarda qizil rang bilan insonning yaratilishi bog'lanadi. Qizil rangning dastlabki ma'nolari-bu hayot, muhabbat va uyatchanlik bo'lib, ushbu hodisalarga nima hamrohlik qilsa, ularning barchasi ushbu ma'nolarda o'z aksini topgan: «to'laqonli», «hayot barhayotligi», "qiziqqonli", "sovuqqonli",«tuyg'ulilik», «otashinlik», "rangi qiaqrishi".Qora rang sifati «qora», «yovuz» «xunuk ko'rinmoq», «yomon kayfiyatda», «qayg'u», «yomon kayfiyat», «g'amginlik» ma'nolarini bildiradi. Zero, ka'ba qoradir,lekin go'zallikda tengsizdir. Shunday qilib, ranglar milliy xususiyatlar bilan tig'iz bog'langan va mentalitetni bildirish vositasidir.

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, bir xil rang ikki mentalitet doirasida umuman boshqa-boshqa dunyo qarash orqali baholanadi. To'g'ri, o'xshash fikrlar ham mavjud, lekin ramziy tushuncha xohlaymizmi, yo'qmi, millatning turmush tarziga bog'liq jarayondir. Rang haqidagi tushuncha va so'z o'rtasidagi bog'liqlik har birmillat vakilida o'ziga xosdir. Insondagi ranglar tili tabiatan, uning yashash tarziga bog'liq. Ranglar ortida insonlar ma'no qidirishadi. Frazeologizmlarni o'rganish jarayonida esa alohida olingan millatning nafaqat tarixiy rivojlanishi, balki qadriyatlari, turmush tarzi, urf-odati va fikran yondoshuvini tadqiq qilishimiz mumkin. Nemis va o'zbek tili frazeologizmlarini taqqoslash orqali ranglarning ramziy ma'nolarini o'rganish bilan birga, ulardagi ayni mental tushunchani anglab olish mumkin bo'ladi.

Nemis va o'zbek tillarida rang-tus sifatlar keng tarqalgan va olam lisoniy manzarasining o'ziga xosligini bildiradi. Ushbu hol nemis va o'zbek madaniyatida ko'pgina subyekt, predmet, hodisaga xos jarayonlarning milliy ahamiyatga ega sifatlar ekanligini ko'rsatadi va subyekt faoliyatini, xalq turmush tarzini va mazkur xalqning milliy madaniyatini aks ettiradi. Subyektga xos rang-tus sifatlar ijobiy, salbiy va neytral komponentlarga ajratiladi. Rang-tus sifatlar asosida biror hodisani qoralash, ma'qullash yoki biror hodisaga ijtimoiy barqarorlashgan bahoni qayd etish tarzidagi aniq munosabat holatlari ifodalanadi. Shunga muvofiq, inson xarakterini ifodalovchi, tarkibida rang-tus komponentiga ega bo'lgan sifatlar 3 ta asosiy guruhga taqsimlandi. Qiyoslanayotgan tillarda mazkur guruhlar ijobiy, salbiy va neytral baholash ma'nolariga ega bo'lgan sifatlarga taqsimlandi.

Maqolani yoritishda chog'ishtirma, qiyoslash, , sintez, tavsifiy, statistik va komponent tahlil usullaridan foydalanilgan. Turli tillardagi belgi bildiruvchi leksemalar semantikasida olam va subyektni tasvirlash bilan bir qatorda milliy-madaniy xususiyatlar bilan belgilanuvchi mental ifodasi ham namoyon bo'ladi.

O'zbek tilida sifat kategoriyasiga xos so'zlar biror narsa-predmet, voqea-hodisa, holat va subyektning belgisi (rang-tusi, hajmi, shakli, xarakteri, vazni, qiyofasi, xulq-atvori) ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan, subyektga xos rang-tus sifat leksemalar ham shular jumlasidandir: oq kongil, qora ko'z, sariq soch, qora yurak, qoraqo'l, oqyuzli, ko'kko'z, qora niyatli kishi va h.k.

Olimxon o'rta bo'yli, yuzlari oq, qoshi qop-qora, ixcham qirtishlangan soqol-mo'ylovi

mosh-guruch, ohorli kiyim-boshi o'ziga yarashgan viqorli odam edi. (Nabi Jaloliddin, Cho'lpon )

Boshlayman oydan-da seni so'rmoqqa.

Ul-da aytadur: bir qizil yanoqqa

Uchradim tushimda, ko'milgan oqqa.

Oqqa ko'milganda shunchalar go'zal, Mendan-da go'zaldir, kundan-da go'zal (Nabi Jaloliddin, Cho'lpon )

Dunyo xalqlarining rang tasavvurlarida tayanch o'ringa ega oq, qizil, qora ranglarining ramziy, timsoliy ma'nolari tadrijida bu ranglarning har biri ichki o'z-o'ziga zid keluvchi ma'noda qo'llanilishini kuzatish mumkin. Ayni holat oq va qora ranglari misolida yorqin namayonbo'ladi. Jumladan Navoiyshunos I.Haqqulov qora rangning turkiy xalqlar dunyoqarashida ijobiy ma'noda keng qo'llanilganligini bir qator tarixiy va mifologik faktlar va Navoiy ijodi misolida o'rganar ekan, bu rangning muqaddas sanalganligini, qadimdan, ya'ni turklardagi "Qoraboshtug"', "Siyah po'shlar" kabi e'tiqodlarda namoyon bo'lganligini va Abbosiylar xalifasining bayrog'i ham qora rangda bo'lib, bu rang ularning xususiy rangi sanalganligini bildirib o'tadi. Umuman aytganda, har bir xalqning ranglarni o'rganish bo'yicha orttirgan ma'lum bir tajribasi bor. Rang bilan bog'liq mifologik tasavvur- tushunchalar folklor tarkibidaqanchalik keng qo'lanilgan bo'lsa tadrijiy ravishda yozma adabiyotda ham an'anaviy o'rin egallaydi, yangi-yangi talqinlar, ma'no qatlamlarini namoyon etadi. Bir so'z bilan aytganda insoniyatning rangga doir qarashlari oddiydan murakkabga qarab, bosqichma bosqich o'sib, rivojlanib, boyib boradi.

Mazkur maqolaning asosiy o'rganish obyekti bo'lgan, o'zbek va nemis tilidagi subyektga xos rang-tus sifat leksemalarning tavsiflanishi, yasalishi, leksik-semantik tasniflari, boshqa so'zlar bilan bog'lanishda semantik-sintaktik, nominativ so'z birikmalari tarkibidagi funksiyalari, muloqot jarayonidagi pragmatik xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq qilish zarurati kuchaymoqda.

Nemis va o'zbek tili morfologiyasida boshqa so'z turkumlari qatori sifat ham katta o'rin egallaydi. Sifat o'zbek tilida o'zining leksik-grammatik xususiyatlariga ko'ra mustaqil so'z turkumi sifatida ajratilgan.

Masalan, Otlashgan sifatlar ko'chma, emotsional-ekspressiv ma'nolarida qo'llanilib, aniqlovchi vazifasini o'taydi. M., Anvar birinchi qarashdayoq Alpqomat, ko'zga do'ndiq va ko'rkam ko'rinar edi. Qora surmalik ko'zi Ra'noda ekan, o'ziga yugurib kelguchi Mansurga yo'l ustida cho'nqayib quchog'ini ochti.

Bir qator turkologlar o'zlarining tadqiqot kuzatuv natijalari asosida turkiy tillar sistemasida sifatlarning alohida so'z turkumi ekanligiga shubha bilan qaraganliklari haqida fikr mavjud. Masalan, nemis olimi V. Glushak sifat va ot kategoriyalarini tashqi formalariga asoslanib, biri o'rniga qo'yib tekshirgan. Shuningdek, nemis turkolog olimi S.Hartlmayer ham ot va sifatni bir-biridan ajratmagan [5; 201, 218 b.].Tilning tahlili va elementlarini o'rganishda uning asosini tashkil qiluvchi tomonlardan biri leksikani, ikkinchi tomondan grammatik qurilish - morfologiya va sintaksisni doimo bir-biriga bog'lab tadqiq qilish muhim hisoblanadi. Tilning deyarli barcha hodisalariga ham leksik, ham grammatik nuqtai nazardan yondashish joiz, chunki leksikada so'zning ma'nolar uzviy aniqlansa, har bir kategoriyada leksemalarning grammatik mohiyati, mantiqiy jihati kuzatiladi.

Subyektga xos rang-tus sifat kategoriyasini tahlil qilishda so'zlarning birgina tomonini emas, balki leksik-semantik va grammatik xususiyatlarini nazardan qochirmaslik lozim.

Inson tashqi ko'rinishiga xos rang-tus sifatlarning ma'noviy guruhlari insonning turli belgi-xususiyatlari ya'ni tashqi ko'rinish, intellektual, ijtimoiy belgilarini ifodalashda faol qo'llanadi. [4; 71 b.] Tashqi ko'rinishga xos rang-tus sifat leksemalar, odatda inson tashqi tuzilishi bilan bog'liq belgilarni bildirib keladi. Tashqi ko'rinish rang- tus sifatlaridan bir turkumi faqat inson tashqi ko'rinishi yoki predmet xossasini ifodalashga xos bo'lib qolgan.

Bunday rang-tus sifatlar ijobiy va salbiy yoki neytral holatda bo'lishi mumkin [2; 91]:

Insonning tashqi ko'rinishiga xos rang-tus sifatlarni quyidagi leksik-semantik guruhlarga bo'lib o'rganish yanada uning ma'noviy xususiyatlarini oydinlashti- rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

1. Insonning tana qismini ifodalovchi rang- tus sifatlar: qora tanli kishi, oq tanli kishi, qizil tanli kishi va h.k.: Maxdum bo'ychan, olago'sht, siyrak mo'y, oq tan, istarasi issiq domla edi.

2. Insonning yuzini ifodalovchi rang-tus sifatlar: oq yuzli, qop-qora bashara, oq-sariq yuzli, qoramtir yuzli, oqsoqol va h.k.: Yuzi cho'ziq ham emas, oy kulcha ham deb bo'lmas, kishiga kulib qaraganda qizil olma ostlarida ikkita zamma ravishlik shakl hosil bo'lar, go'yo bizga chin ra'no guli ochilg'an holatda ko'rinar edi.

Uning qora zulfi par yostiqning turli tomoniga tartibsiz suratda to'zg'ib, tiniq yuzi, quyuq jingila kiprik ostidagi tim qora ko'zlari bir nuqtaga tikilgan-da, qop-qora, o'tib ketgan nafis, qiyiq qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho'chigan kabi... to'lgan oydek g'uborsiz oq yuzi bir oz qizillikka aylangan-da, kimdandir uyalgan kabi.... (A.Qodiriy).

Sifat leksemalar juda ko'p frazeologik, idiomatik iboralar, maqol, matallar tarkibida qo'llanib, ko'chma va qo'shimcha ma'nolar kasb etadi hamda pragmatik hodisani yuzaga keltiradi. Masalan, "...oppoq yuzlari paxtadek yumshoq" - ushbu frazema "beqiyos go'zal, nihoyatda dilrabo" ayollarga nisbatan ijobiy ma'noda qo'llaniladi [5; 87 b.].

3. Inson oyoq-qo'llarini tasvirlovchi rang-tus sifatlar: oqbilak, qoraqo'l, va b.: Xotin o'tirmoqchi bo'lgan edi, paranji ichidan uning atlas ko'ylaklari va nafis oq qo'llari ko'rinib ketdi. A. Qodiriy, O'tgan kunlar. Sifat leksemalar juda ko'p frazeologik, idiomatik iboralar, maqol, matallar tarkibida qo'llanib, ko'chma va qo'shimcha ma'nolar kasb etadi hamda pragmatik hodisani yuzaga keltiradi. Masalan: Aytish o'rinliki, qizil ko'zli qarg'a (ovqatga nisbatan nafsini jilovlay olmaydigan); oq bilak qiz (olifta, tannoz); qora qo'l (qo'li nimaga tegsa sindiradigan, buzadigan); rangi sovuq (xarakteri og'ir, urishqoq); rangi sarg'aygan (betob); inson tashqi ko'rinishiga xos sifat leksemalar turli lisoniy shakllar hosil qilishi natijasida muloqot jarayonida inson ongida turfa stilistik, pragmatik va kognitiv modellar yasalishiga zamin yaratadi.

Shuningdek M.Sodiqova sifatlarning belgi darajasining ortiqligini ko'rsatish- da to'rt: morfologik (affiksatsiya), leksik, leksik-semantik hamda fonetik usullarga bo'lib o'rganish ham muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi [99; 109].

Morfologik usulda belgining ortiqlik darajasini ifodalashda qo'llanuvchi intensiv forma biror predmet belgi-xususiyatini boshqa predmetdagi shunday belgi-xususiyat bilan qiyos etilmagan holda ortiqligini ifodalashga xizmat qiladi: oq (oppoq); qora (qop-qora):

Leksik usul bir necha turlarga bo'linadi. Ma'noni kuchaytirish uchun sifat leksemalar oldidan maxsus kuchaytiruvchi so'zlar qo'llaniladi: juda, g'oyat, nihoyatda, biram, benihoya, cheksiz, beqiyos, behad, naqadar: juda qora, nihoyatda ichiqora, benihoya oq yuzli, naqadar oqko'ngil kabilar.

Leksik-semantik usulda ma'noni kuchaytirish uchun belgi bildiradigan so'zlar qo'llaniladi. Ba'zan bu so'zlar takrorlangan, qo'shma, affiks olgan holda keladi: sariqqina odam - sarg'ish odam, oppoqqina qiz - oq yuzli qiz, ichiqora odam - yomon niyatli odam, qorachadan kelgan yigit - bug'doy rang yigit va h.k.

Uning qora zulfi par yostiqning turlik tomonig'a tartibsiz suratda to'zg'ib,

quyuq jinggila kiprak ostidag'i timqora ko'zlari bir nuqtag'a tikilgan-da, nimadir bir

narsani ko'rgan kabi... qop-qora kamon, o'tib ketkan nafis, qiyig' qoshlari chimirilganda, nimadir bir narsadan cho'chigan kabi... to'lg'an oydek g'uborsiz oq yuzi bir oz qizilliqg'a

aylangan-da, kimdandir uyalg'an kabi... (O'tgan kunlar A.Qodiriy)

Nemis tili komplimentlarida va yana ko'p holarda quyidagi sifat leksemalar qo'llanilishi kuzatildi: nett (das ist sehr nett von Ihnen), gutherzig (sie sind sehr gutherzig), hübsch (Sie sind sehr hübsch), lustig (Mein Kind ist sehr lustig), perfekt (du bist sehr Perfekt so wie du bist).

Kompliment tarkibida sifatlardan tashqari, xushomad darajasini oshirish maqsadida, richtig, komplett, absolut, wirklich kabi ravishlar ham qo'llaniladi: masalan: Deine Haare sind wirklich wunderschön. (Sochlaringiz juda chiroyli.)

So'z birikmasi, nominativ vazifasiga ko'ra, oddiy so'z kabi nominatsiya birligi hisoblanadi, lekin undagi tarkibiy qismlari alohida ravishda shakllangan. Nominatsiyalar nazariyasi asosida so'z birikmalari lisoniy va nutqiy turlarga ajratiladi. Lisoniy nominatsiyalar birligi - til tizimiga kiruvchi, aniq bir ob'ektni nomlaydigan tayyor lug'aviy birlikdir: Masalan, do'stlar orasida maqtovlar ro'yxati: Du hast wunderschöne Augen. (Senda chiroyli ko'zlar bor.) 1) "du bist einer der intelligentesten Menschen, die ich kenne." (sen men bilgan eng aqilli odamlardansan) 2) du bist ein sehr herzlicher Mensch. (sen juda samiymiy insonsan) 3) du kommst mit jeder neuen, noch so schwierigen Situation zurecht. (Senga qanchalik qiyin bo'lmasin, har bir yangi vaziyatni yengishing mumkin) 4) ich bewundere, wie fest du mit beiden Beinen im Leben stehst und auch in stressigen Situationen immer ruhig bleibst." (Hayotda ikkala oyog'ing bilan qanchalik mustahkam turishing va hatto stressli vaziyatlarda ham doimo xotirjam bo'lishingga qoyil qolaman.)

Nemis tilidagi achtsam, attraktiv, authentisch, aufmerksam, aufregend, atemberaubend, ausdrucksstark, ausgewogen hamda o'zbek tilidagi ehtiyotkor, jozibali, haqiqiy, diqqatli, hayajonli, hayratlanarli, ifodali, muvozanatli sifatlarida antonimlik belgilari mavjud. Ular ega bilan birikma hosil qilganlarida, eganing belgisiga, ko'rinishiga, xarakteriga akustik tavsifiga va boshqa xususiyatlariga qarab uni belgilab, aniqlab beradilar. Inson yoki bo'lmasa boshqa bir narsaning hatti harakatini, holatini aniqlashda mazkur sifatlar birikma hosil qilish imkoniyatlariga boy bo'lib, bir nechta ot so'z turkumi bilan birikmalar hosil qiladi hamda bu birikmalar turli xil ma'nolarni ifodalab keladi: va h.k. Nur ein wirklich erfahrenes Auge konnte all die Narben und Kratzer unter der schimmernden Farbe erkennen (A. Kent).

Qiyosiy tadqiq qilinayotgan tillardagi sifat leksemalarning derivation hususiyatlariga xos sifatlarning bu kabi qiziqarli tarjimalar asosidagi misol va ta'riftasniflar nemis tilidan nazariy va amaliy dars mashg'ulotlarida "Sifat so'z turkumi" mavzusini o'rganishda yordamchi, qo'shimcha va mustaqil ishlar uchun material sifatida qo'llanilishi mumkin. Darhaqiqat, komplimentning shakllanish darajasi har bir jamiyatdagi individumlarning madaniyati, lisoniy, milliy (etnik) o'ziga xosligi, mentaliteti, an'analari, urf-odati, rasm-rusmlari va boshqa bir qancha omillar bilan belgilanadi. Shunday qilib, nemis va o'zbeklardagi kompliment konseptining lisoniy tarkibida sifat so'z turkumiga oid so'zlarning qo'llanilishi - ular (sifatlar)ning oddiy, qiyosiy va orttirma darajasi mavjud ekanligidadir. Hatto oddiy mulozamat shaklida ham sifatning oddiy darajasi qo'llaniladi. Kognitiv grammatika nuqtai nazaridan tushuntirilganda, axborot beruvchi o'zining fikrini axborot oluvchiga grammatik jihatdan to'g'ri, ma'noviy-mantiqiy jihatdan esa aniq va batafsil yetkazib berish uchun nafaqat sodda til vositalari, balki eng murakkab kognitiv shakl va konseptlarni

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

ham unumli qo'llaydi. Hozirgi ijodiy fikrlash zamonida shaxsni muloqot jarayoniga kompetentli darajada tayyorlash muhim muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Ushbu bo'limda tahlil qilingan material va xulosalardan nemis tili darslarida lingvodidaktik maqsadda foydalanish mumkin. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, zamonaviy tilshunoslik sohalaridan biri bo'lgan kognitiv tilshunoslik birligi konsept tilning va tafakkurning yanada boyitilishiga va ongimizning o'sishiga katta xizmat qiladi. Shu o'rinda nemis tilida va jamiki tillarda ham konsept mavjud. Konsept - tafakkurmiz va ongimiz oynasi.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek tili grammatikasida sifat gapning egasi, ega guruhiga bog'lagan holda o'rganiladi. Inson tashqi ko'rinishiga xos rang-tus sifat leksemalar nafaqat xususiyat, balki xossani ham aniqlaydi. Biror bir aniqlanmishning xossa-xususiyati, o'ziga xosligini belgilash uchun sifat leksemalarga murojaat qilinadi. Har qanday subyekt "o'ziga xosligi" yoki " ko'p-qirraligi"ni sifatlarsiz belgilay olmasligi bilan ahamiyatlidir. O'zbek tilshunos-ligida belgi bildiruvchi so'zlar sifat va uning leksik-morfologik xususiyatlarini o'rganish asosida tahlil qilingan, rang-tusga xos sifat leksemalarning matn bilan bog'liq holdagi konnotatsiyalari o'rganilgan.

Inson tashqi ko'rinishiga xos rang-tus sifat leksemalar darajalarga ega bo'lishi uning asosiy grammatik xususiyatlaridan biridir. Har bir narsa-predmet, holat, hodisa hamda ish-harakatning turli-tuman aniq, mavhum belgilari bo'ladi. Bunday belgilar normal yoki shu normallikka nisbatan oq-qora, ijobiy-salbiy, baland yoki past bo'lishi mumkin. Belgining bunday xususiyatlari sifatning daraja formalari yordamida ham ifodalanishi tahlil qilindi..

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Abdujaaborova F. "Qutadg'u bilig"dagi shaxs belgi-xususiyatini anglatuvchi leksika. Filol. fan. nom. diss. avtoref.-Toshkent, 2011.

2. Pardayev 3. O'zbek tilida sifatlarning semantik-uslubiy xususiyatlari. Samarqand: 2007. -132 b.

3. Tojimatov H. Sifat sememasining reallashuvida kontekst. filol. fan. nom. diss. -Toshkent, 2008.

4. Hartlmaier, Sarah Adjektive: Grammatik, Pragmatik,-Berlin, Boston, 2018. S. 201-219.

5. Glushak, Vasily Kognitive Grundlagen der Adjektive im Russischen, Deutschen und Litauischen [Verfasserin] - München, 2002/2017. - S. 123-134.

6. Baymanov X.A. Inson xarakteriga xos sifat leksemalarning funksional-semantik xususiyatlari (nemis va uzbek tillar misolida). Diss....avtoref. f.f.f. dok. (PhD). - Toshkent 2020

7. Ergash shoir va uning dostonchilikdagi o'rni. Tadqiqotlar 2-kitob, - Toshkent fan, 1971. B 124: 233

8. Safarov Sh. Kognitiv Tilshunoslik - Jizzax: Sangzor, 2006.

9. Karasik.V.I. O kategoriyax lingvokulturologiiyu// yazikovaya lichnost: problem kommunikativnoy deyatelnosti:Sb.nauchn.trudov. - Volgograd.: Peremena, 2001. S.3-16

10. Arutyunova N.D. Videniye // Logicheskiy analiz yazbika. Mentalniye deystviya. - M.: Nauka, 1993.-216

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.