Научная статья на тему 'NEMIS TILIDAGI BIR QANCHA INKOR VOSITALARINING TASNIFI VA ULARDAN NUTQ JARAYONIDA TO’G’RI FOYDALANISH'

NEMIS TILIDAGI BIR QANCHA INKOR VOSITALARINING TASNIFI VA ULARDAN NUTQ JARAYONIDA TO’G’RI FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
73
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so’zlar: inkor gaplar / “nein“ / “nicht“ inkor yuklamasi va “kein“ / “niemand“ inkor va bo’lishsizlik olmoshilari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Imomova Umida Muzafarovna, Davlatova Dildora Dilshod Qizi

Annotatsiya: Ma’lumki til inson fikrini obyektivlashtiruvchi, jamiyatdagi odamlarning muloqoti, fikr almashishi va o’zaro bir-birini tushunish quroli hisoblanadi. Har bir til, shu jumladan nemis tili ham o’ziga xos grammatik tuzilishga egadir.Maqolaning asosiy mazmuni nemis tilidagi inkor vositalarining tasnifi va ulardan nutq jarayonida to’g’ri foydalanishni ko’rib chiqish va o’rganishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NEMIS TILIDAGI BIR QANCHA INKOR VOSITALARINING TASNIFI VA ULARDAN NUTQ JARAYONIDA TO’G’RI FOYDALANISH»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

NEMIS TILIDAGI BIR QANCHA INKOR VOSITALARINING TASNIFI VA ULARDAN NUTQ JARAYONIDA TO'G'RI FOYDALANISH

Imomova Umida Muzafarovna

Termiz davlat umiversiteti Xorijiy filologiya fakulteti katta o 'qituvchisi Davlatova Dildora Dilshod qizi Termiz davlat umiversiteti Xorijiy filologiya fakulteti 313-guruh talabasi

Annotatsiya: Ma'lumki til inson fikrini obyektivlashtiruvchi, jamiyatdagi odamlarning muloqoti, fikr almashishi va o 'zaro bir-birini tushunish quroli hisoblanadi. Har bir til, shu jumladan nemis tili ham o'ziga xos grammatik tuzilishga egadirMaqolaning asosiy mazmuni nemis tilidagi inkor vositalarining tasnifi va ulardan nutq jarayonida to 'g'ri foydalanishni ko'rib chiqish va o'rganishdan iborat.

Kalitso'zlar: inkorgaplar, "nein", "nicht" inkoryuklamasi va "kein","niemand"inkor va bo'lishsizlik olmoshilari,

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7693565

Nemis tilida inkor ma'noni ifodalovchi vositalar o'zbek tilidagi inkor vositalariga qaraganda ko'p va turli xil ma'no ifodalaydi. Nemis tilidagi inkor vositalarining ma'nosini to'g'ri tushunish va uni nutq jarayonida to'g'ri qo'llay olish uchun ushbu inkor vositalari haqida ma'lum bir bosqichli bilimga va malakaga ega bo'lish kerak,aks holda tilning ma'lum bir qoidalariga va uning jozibasiga putur yetqazib qo'yish mumkin.Nemis tilida gaplarni inkor qilish uchun turli xil vositalardan foydalanishimiz mumkin. Misol uchun: Wir haben nimanden gesehen- Biz hech kimni ko'rmadik. Hier liegt nichts- Bu yerda hech narsa yo'q.

Am Wochenende haben wir keinen Unterricht- Hafta oxirida bizda dars yo'q. Wir haben den Text nicht gelesen-Biz matnni o'qimagan edik.

1."Nein" har doim "yo'q" degan ma'noni anglatadi va doim "nein so'zidan keyin vergul qo'yiladi. U asosan ta'kidlangan so'roq so'zli gaplarni inkor sifatida javob qaytarish uchun yoki taklifni rad etish uchun, rozi emasligini ifodalaydi.

Wollen Sie noch ein Stück Kuchen? -Nein, danke! (Yana bir bo'lak keks istaysizmi?-Yo'q rahmat!)

- Nein urg'uli va urg'usiz holatda qo'llanadi.Urg'uli holatda u hayrat ma'nosini ifodalaydi va gap oxirida undov belgisi qo'llaniladi bu holatda u ma'noni kuchaytiradi.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Das gefällt mir hundert-, nein, tausendmal besser! 1(Menga bu yuz marta, yo'q ming marta ko'proq yoqadi!)

- Neindan so'ng so'roq belgisi qo'yilsa bu kuchli ta'kidli ritorik so'roq gap hisoblanadi. Du bist mir doch nicht mehr böse, nein?

2. „Nicht" inkor yuklamasi ko'pincha butun jumlani emas, balki faqat ma'lum bir qismni yoki bitta so'zni ham inkor etadi.

Schnee ist nicht schwarz,sondern wiess( Qor qora emas, balki oq rangda)

Warum haben Sie nicht gesagt,dass du keine Pilze magst? (Nima uchun qo'ziqorinlarni

yoqtirmasligingizni aytmadingiz ?

- Yaxlit gapni inkor qilish uchun ishlatiladi:

Wer mag ein Stück Kuchen?- Ich nicht. (Kim bir bo'lak keks xohlaydi? - Men emas)

1. Inkor ma'noli so'zlardan oldin biron narsani ehtiyotkorlik bilan ifodalash uchun ishlatiladi: Der Aufsatz ist nicht schlecht,aber noch keineswegs sehr gut. (Insho yomon emas,lekin unchalik yaxshi ham emas)

- Hayron qolganlikni ta'kidlash uchun yoki kinoyali gaplarda qo'llaniladi va gap oxirida undov beldisi qo'yiladi!

Was du nicht sagst!? (Nima gapirmiysan!?)

1. Javob kutilmaydigan gaplarda qo'llaniladi:

Wie oft habe ich nicht schon hier gesessen und an dich gedacht!? (Qanchalik tez-tez bu yerda o'tirib, seni o'ylamaganman-a!?)

2. Gap oxirida suhbatdoshga rozilik bildirish uchun ishlatiladi: Sie bleiben,nicht wahr? (Siz qolasiz,shundaymi?)

- Suhbatdoshdan ijobiy javob kutilayotgan savollarda qo'llaniladi: Ist diese Aussicht nicht wunderbar? (Bu ko'rinish ajoyib emasmi?).

3. Kein inkor olmoshi odatda predmet va shaxslarni inkor qiladi va inkor qilayotgan otdan oldin keladi. Kein inkor olmoshi sifat o'rnida qo'llanganda birlikda noaniq ko'plikda esa xuddi aniq artikllar kabi turlanadi: Kein Offen, keine Frau, kein Buch.

Bu olmoshlardan tashqari inkorni ifodalovchi nichts, nie, niemals, nirgends, niemand ravishlari qo'llaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar :

1. Idiomatische Redewendungen von A-Z. Langenscheidt verlag Enzyklopädie. ISBn 3-32400597-3

2. Langenscheidt Großwörterbuch Deutsch als Fremdsprache für Android. Langenscheidt KG,

Berlin Paragon Software Group, 2012

3.Kuvanova Shahnoza. Nemis tili fanidan mukammal qo'llanma. Test savol va javoblari bilan."Navro'z". Toshkent-2012

1 . Idiomatische Redewendungen von A-Z. Langenscheidt verlag Enzyklopädie. ISBn 3-32400597-3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.