Научная статья на тему 'METONIMIYA STILISTIK VOSITASINING UCHQUN NAZAROVNING «CHAYON YILI» ROMANIDA QO’LLANILISHI'

METONIMIYA STILISTIK VOSITASINING UCHQUN NAZAROVNING «CHAYON YILI» ROMANIDA QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
247
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metonimiya / stilistik vosita / ko‟chimlar / ma‟no ko‟chishi / ta‟sirchanlik / aniq va tushunarli tasvirlash / boshqacha nom berish / sinekdoxa / mantiqiy bog‟liqlik / tahlil qilmoq. / metonymy / style figure / tropics / transmission / expressive / illustrative / renaming / synecdoche / the logical connection / analyze.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Chamangul Yusubova Mamutjonovna, Umida Yusubova Mamutjonovna

Maqolaga Uchqun Nazarovning “Chayon yili” romani asosiy manba sifatida olindi. Asarni nemis tiliga Ingeborg Baldauf tarjima qilgan. Bu yerda nemis tilidagi nom ko‟chish usullaridan biri bo‟lgan metonimiya qatnashgan gaplar to'planildi va ular leksik va semantik jihatdan tahlil qilindi. Metonimiyalar tilning ifoda qudratini va ta‟sirchanligini oshirgan. Buni yaqqol maqolada keltirilgan misollarda kuzatish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

APPLICATION OF STYLISTIC TOOL OF METONYMY IN THE NOVEL "YEAR OF THE SCORPION" BY UCHKUN NAZAROV

Uchkun Nazarov's novel "Year of the Scorpion" was taken as the main source for the article. The work was translated into German by Ingeborg Baldauf. Here, sentences involving metonymy, one of the methods of name transfer in the German language, were collected and analyzed lexically and semantically. Metonymy increased the expressiveness and effectiveness of the language. This can be clearly observed in the examples given in the article.

Текст научной работы на тему «METONIMIYA STILISTIK VOSITASINING UCHQUN NAZAROVNING «CHAYON YILI» ROMANIDA QO’LLANILISHI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

METONIMIYA STILISTIK VOSITASINING UCHQUN NAZAROVNING «CHAYON

YILI» ROMANIDA QO'LLANILISHI Chamangul Yusubova Mamutjonovna

Urganch davlat Universiteti, „Roman-german filologiyasi" kafedrasi o'qituvchisi

Umida Yusubova Mamutjonovna

Bog'ot tumani 19-son maktab nemis tili o'qituvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.6817537 Annotatsiya. Maqolaga Uchqun Nazarovning "Chayon yili" romani asosiy manba sifatida olindi. Asarni nemis tiliga Ingeborg Baldauf tarjima qilgan. Bu yerda nemis tilidagi nom ko'chish usullaridan biri bo'lgan metonimiya qatnashgan gaplar to'planildi va ular leksik va semantik jihatdan tahlil qilindi. Metonimiyalar tilning ifoda qudratini va ta'sirchanligini oshirgan. Buni yaqqol maqolada keltirilgan misollarda kuzatish mumkin.

Kalit so'zlar: metonimiya, stilistik vosita, ko'chimlar, ma'no ko'chishi, ta'sirchanlik, aniq va tushunarli tasvirlash, boshqacha nom berish, sinekdoxa, mantiqiy bog'liqlik, tahlil qilmoq.

ПРИМЕНЕНИЕ СТИЛИСТИЧЕСКОГО СРЕДСТВА МЕТОНИМИИ В РОМАНЕ УЧКУНА НАЗАРОВА «ГОД СКОРПИОНА» Аннотация. В качестве основного источника для статьи взят роман Учкуна Назарова «Год Скорпиона». Произведение было переведено на немецкий язык Ингеборгой Бальдауф. Здесь были собраны и проанализированы лексически и семантически предложения с метонимией, одним из способов передачи имени в немецком языке. Метонимия повысила выразительность и действенность языка. Это хорошо видно на примерах, приведенных в статье.

Ключевые слова: метонимия, стиль, тропы, передача, экспрессивный, наглядный, переименование, синекдох, логическая связь, анализ

APPLICATION OF STYLISTIC TOOL OF METONYMY IN THE NOVEL "YEAR OF THE SCORPION" BY UCHKUN NAZAROV Abstract. Uchkun Nazarov's novel "Year of the Scorpion" was taken as the main source for the article. The work was translated into German by Ingeborg Baldauf. Here, sentences involving metonymy, one of the methods of name transfer in the German language, were collected and analyzed lexically and semantically. Metonymy increased the expressiveness and effectiveness of the language. This can be clearly observed in the examples given in the article.

Keywords: metonymy, style figure, tropics, transmission, expressive, illustrative, renaming, synecdoche, the logical connection, analyze.

KIRISH

Ma'lumki til bilan uning ifoda qudratini oshirish bilan uning rang-barangligini kuchaytirish bilan bog'liq bo'lgan tilda kechayotgan har bir hodisani o'rganish doimo dolzarb bo'ladi yohud uni hamma til egalari anglashi va tushunishi kerak. Shu ma'noda til rivojiga qo'shilayotgan shaxsiy (individual) munosabatlarni o'rganish va ularga baholi qudrat ijodiy, tanqidiy yondashish tilshunos uchun yana muhimdir. Binobarin bu borada bildirilgan yahshi-yomon fikr-mulohazalar birinchi navbatda har bir milliy til uchun bo'lsa, ikkinchi navbatda tilshunoslar (til egalari) uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqolada yozuvchi Uchqun

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Nazarovning «Chayon yili» romanidagi metonimiyalarni tahlil qilishga harakat qilindi. Tahlil jarayonida mazkur asarning nemischa tarjima varianti ham keltirib o'tildi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Asarni o'zbek tilidan nemis tiliga Ingeborg Baldauf tarjima qilgan. Biz misollarni nemis tilidagi metonimiya stilistik vositasi va uning turlari bo'yicha tahlil qildik. Metonimiya stilistik vositasining eng ko'p tarqalgan turlaridan biri butun va qism munosabatlari asosida nom ko'chishidir. Bu tur sinekdoxa deyiladi va buning ham ikkita ko'rinishi mavjud: qism o'rnida butunni tushunish yoki butun o'rnida qismni tushunish holatlari mavjud. Masalan, „ Er ist ein kluger Kopf" (U aqlli inson). Bosh so'zi bu yerda insonga ishora beryapdi. „Mein Fuß wird deine Schwelle nie betreten" (Ostonanga hech qachon qadam bosmayman) gapini „Ich werde dein Haus nie betreten" deb ham ifodalash mumkin. Sinekdoxa boshqa tillarda ham ko'p uchraydi. Masalan rus tilida „штык" so'zi soldat, bosh ma'nosi o'rnida, „голова" so'zi esa jonli mavjudotga nisbatan qo'llaniladi. Sinekdoxaga Bahuvrihi (qadimiy hind termini bo'lib, ko'p sayohat qiladigan odam degan ma'noni anglatadi.)lar ham kiradi. Bahuvrihi aniqlovchili (attributiv) qo'shma so'zlarning bir turi bo'lib, uning ostida inson shaxsi nomlanishi bilan bog'liq holda yasalgan qo'shma so'zlar tushuniladi. Bularga Schreihals (ko'p baqiradigan odam), Langohr (eshak va quyonga nisbatan), Rottkäpchen (qizilishton), Grünschnabel (yosh, tajribasiz, ishlarga burnini suqib, aralashib yuradigan bolalarga nisbatan ishlatiladi) kabilarni mosol qilib keltirishimiz mumkin.

Nom ko'chishining yana bir turi idishning ichidagi tarkib o'rniga idish so'zi ishlatilishidir. Masalan, Flasche (shisha) so'zi Bier (piva), Wein (vino) ning o'rniga; Glas (stakan) so'zi Tee (choy), Kaffee (qofe), Bier (piva) so'zlarining o'rniga ishlatilgan.

Er trank rasch sein Glas leer, weil Klemm auch seins leer trank. (A. Seghers)

(Klem o 'z idishini ichib tugatganligi sababli u ham tezda ichib qo'ydi)

Joy va vaqt munosabatlariga asoslanib ham nom ko'chishi mumkin. Masalan, die ganze Universität kam zur Jubiläumsfeier. Alle Professoren und Studenten kamen... - Barcha professor va talabalar keldi deyish o'rniga bu yerda butun universitet keldi deyilyapdi. Das Zeitalter der Technik fordert... . Texnika davrining insonlari talab qilyapdi deyish o'rniga texnika davri talab qilyapdi deyilgan.

Kiyim qismlarining inson ta'na azolarini anglatishi ham metonimiyaning yana bir ko'rinishlaridan biri hisoblanadi. Masalan Schoß (etak) so'zi kiyimning pastki qismini bildiradi, ko'chma ma'noda Knie (tizza) ma'nosida keladi.

Die weiße Katze kam und blickte Mathilde an. Sie nahm sie auf den Schoß. (L. Frank)

(Oq mushuk keldi va Mathildaga qaradi. U mushukni etagiga oldi)

Kiyim qismlari inson tana a'zolarining nomlari o'rniga ishlatiladi. Kragen (yoqa) so'zi bo'yinni anglatadi. Jemandem den Kragen kosten- boshi bilan javob bermoq.

TADQIQOT NATIJASI

Narsaning, mahsulotning nomi o'rniga, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatilgan material yoki mahsulot nomi ishlatiladi. Masalan: Traube (uzum) Wein (vino) ning o'rniga yoki Stahl (po „lat) Dolch (xanjar)ning o'rniga ishlatiladi.

Ja, schwinge deinen Stahl, verschone nicht. (Goethe, Iphigenie auf Tauris).

Asarning nomini aytish o'rniga uning muallifini aytish ham metonimiya tasviriy vositasining ko'rinishlarida biri hisoblanadi: "Men Dostoevskiyni o'qiganman". „Navoiyni oldim

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qo'limga". Quyida Uchqun Nazarovning „Chayon yili" romanida metonimiya tasviriy vositasidan unumli foydalanilgan va bu yerda bir qator misollarning tahlilini ko'rishingiz mumkin.

"Ko'plarga ofat, uqubat, ajal keltirgan urush Murodxo'ja akaga boylik to'kdi, muayyan davralarda uning obro'yi yanada oshdi". (S.30)

„Der Krieg, der so vielen Menschen Leid, Unglück und Tod brachte, schüttete über Murod Khoja sein Füllhorn aus. In gewissen Kreisen stieg sein Ansehen noch höher". (S. 38)

Bu misolda „urush olib keldi" deyilyapdi, bunda jarayonning nomi aytilyapdi, lekin biz unda qatnashgan odamlarni va ularning qilayotgan mudhish ishlarini tushunishimiz mumkin. Metonimiyaning asosiy xususiyatlaridan biri, bu stilistik birlikning ortida odam turadi. Masalan, „Schönheit" (Go'zallik) tushunchasi ortida ham bir go'zal ayolga ishora qilinyapdi. Yuqoridagi misoldagi davra so'zi ham insonlarga nisbatan qo'llanilyapdi.

„Bu jozibali o'rmonga kim birinchi qadamini qo'ygan bo'lsa, yana nariroq bo'lishni orzu qiladi..." (S.82)

„ Wer erst einmal den Fuß in diesen lockenden Dschungel gesetzt hat, der möchte immer weiter gehen". (S. 40)

Bu yerda biz metonimiyaning sinekdoxa turini ko'rishimiz mumkin. Butun nomi bilan qismni yoki, aksincha, qism nomi bilan butunni ifodalash asosida nomlarning ko'chishi sinekdoxa deyiladi. Masalan, "Besh qo'l barobar emas", "Chorva tuyoqlarini ko'paytiramiz" va boshqalar.

"Den Fuß setzen" (oyoq qo'ymoq, qadam qo'ymoq) birikmasida oyoqni aytish bilan inson tushuniladi.

„Yo'q, zudlik bilan amalga oshirilgan tadbir shubha qo'zg'aydi, onasi, yengiloyoq, nomussiz ekan deydi" (S.82)

„Nein, so eine eilige Unternehmung würde nur Verdacht auslösen, seine Mutter würde sagen, sie ist ein leichtes Mädchen und hat keine Ehre". (S. 40) MUHOKAMA

Bu yerda nemis tilida berilgan gapda ko'chim ishlatilmagan, lekin asarning asl matn tilida sinekdoxa ishlatilgan. „Yengiloyoq" so'zida ta'na a'zolaridan birini aytish bilan bu yerda biz bir insonni tuhshunyapmiz. Yengil oyoq yomon (noshar'iy) yo'llarga yuradigan, suyug'oyoq ma'nolarini anglatadi.

„Kerakli aloqalariga ham putur yetadi" (S. 33) „Seine Beziehungen würden auch großen Schaden nehmen" (S. 42) „Aloqa " deyilganda uning do'stlari, tanish-bilishlari, hamkasblari tushuniladi. Bu ham metonimiyaning o'ziga xos ko'rinishlaridan biri hisoblanadi.

„Yaxshi bo'lsa oshini, yomon bo'lsa boshini yeydi" (S. 33)

„Stellte er sich artig an, würde er alles für ihn tun, und wenn nicht, würde er wissen, was er mit ihm zu tun hatte". (S. 42)

„Boshini yemoq" iborasida ham inson tana a'zosi boshni aytish bilan insonni tushunish mumkin. Bu fe'ling bo'lsa, yo murodingga yetasan, yo boshingni yeysan.S. Siyoyev, Yorug'lik. „Boshini yemoq" iborasi bu yerda o'zini badnom, halok qilmoq mazmunida kelyapdi. „-Yetimligiyaxshi,-dumiyo'q,-dediMurodxo'ja aka osoyishta tarzda". (S.34)

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

„ „Dass er eine Waise ist, ist mir gerade recht, da hängen nicht so viele mit dran", sagte MurodKhoja aufgeräumt". (S. 43)

Dum so'zi asl ma'noda hayvonning quyrug'i. Ko'chma ma'noda esa „doim birovga ergashib yoki unga xushomad qilib, birga ortidan yuradigan odam; shotir" degani ma'noni anglatgan: Abdurasul Tojiboyning majlisda o'z tarafini oladigan dumlar toplay boshlaganini gapirdi. P. Tursun, «O'qituvchi». Dum emish, xoja kelib menga dum bo'lsin. A. Qahhor, «Qo'shchinor chirokdari». Yuqoridagi misolda asar qahramonlardan biri Murodxo'ja aka Hoshimjonga nisbatan „ yetimligi yahshi, dumi yo'q" deydi. Bundan Murodxoja akaning romandagi salbiy obrazlardan biri ekanligini tushunishimiz mumkin, „Dum" deyilganda Hoshimjonning ota-onasi, yaqinlari, qarindoshlari aytilyapdi, ya'ni „uning dumi yo'q" jumlasi ko'chma ma'no kasb etib, uni izlab, yo'qlab keladigan ortida hech kimi yo'q deyilyapdi. Metonimiyaning sinekdoxa turi bu yerda mohirona qo'llanilgan. XULOSA

Misollarni tahlil qilar ekanmiz, muallif metonimiyalarni o'z o'rnida va o'zgacha yondashish bilan qo'llaganini ko'rish mumkin. Bu asar juda qiziqarli, tili ravon, individual stilda yozilgan bo'lib, unda avvalo o'zbek (nemis) tillarining aslan qudratini, qolaversa yozuvchining tilga bo'lgan shaxsiy munosabatini tilning qanchalik qudratli kuch ekanligini ko'rsata olishida va uning qudratini yanada oshirishda erishgan hissalarida sezish mumkin. Tahlil jarayonida biz shunga amin bo'ldikki, ko'chimlar orqali so'z ma'nosini yaxshiroq tushunishimiz, voqealar bayoni va uning tasvirini jonli obrazlar qiyofasida ko'rishimiz mumkin.

REFERENCES

1. Uchqun Nazarov. Chayon yili, G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, Toshkent 1990.

2. Uchqun Nazarov (Übersetzerin Ingeborg Baldauf).Das Jahr des Skorpions, der deutschsprachige Ausgabe: J & D Dag'yeli Verlag GmbH, Berlin 2018.

3. A. Iskos, A.Lenkowa. Deutsche Lexikologie, издательство «Просвещение» ленинградское отделение, Ленинград 1970.

4. E. Riesel, E. Schendels. Deutsche Stilistik, Verlag Hochschule, Moskau 1975

5. Professor Dr. Dieter Götz, Professor Dr. Günther Haensch, Professor Dr.Hans Wellmann. Langenscheidt Großwörterbuch Deutsch als Fremdsprache, Langenscheidt Verlag, München 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.