Научная статья на тему 'NEFTNI QAYTA ISHLASH KORXONALARI FAOLIYATI BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH'

NEFTNI QAYTA ISHLASH KORXONALARI FAOLIYATI BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
84
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Neftni qayta ishlash / boshqaruv tizimini takomillashtirish / modellashtirish. / Oil refining / management system improvement / modeling.

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Uzakov Barxayotjon Muhammadiyevich

О‘zbekiston iqtisodiyotida neftni qayta ishlash sanoatlarida mahsulot tannarxini aniqlashda oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida samarali mamlakatlararo elektron tizimlari xamda ishlab chiqarish xarajatlarini xisobini ichki standartlar asosida yuritishni yо‘lga qо‘yish. Neftni qayta ishlash korxonalari faoliyatini boshqaruv tizimini takomillashtirish, xо‘jalik yurituvchi subyektlar raqobatbardoshligini oshirishga moslashtirilgan eng munosib mahsulot tannarxi aniqlash sxemalarini izlash, ishlab chiqarish tannarxiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish va bashoratlash, daval xomashyosi muomalalari xizmatlari sifatini oshirish va takomillashtirish dolzarb masalaga aylandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE MANAGEMENT SYSTEM OF OIL REFINING ENTERPRISES

To establish effective inter-country electronic systems and accounting of production costs based on internal standards in order to make rational management decisions in determining the cost of products in oil refining industries in the economy of Uzbekistan. Improving the management system of oil refining enterprises, searching for the most appropriate product costing schemes adapted to increase the competitiveness of economic entities, econometric modeling and forecasting of factors affecting production costs, and improving the quality and improvement of raw materials handling services have become urgent issues.

Текст научной работы на тему «NEFTNI QAYTA ISHLASH KORXONALARI FAOLIYATI BOSHQARUV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

NEFTNI QAYTA ISHLASH KORXONALARI FAOLIYATI BOSHQARUV TIZIMINI

TAKOMILLASHTIRISH

Uzakov Barxayotjon Muhammadiyevich

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti doktoranti barhayotuzoqov@gmail .com

Annotatsiya: O'zbekiston iqtisodiyotida neftni qayta ishlash sanoatlarida mahsulot tannarxini aniqlashda oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida samarali mamlakatlararo elektron tizimlari xamda ishlab chiqarish xarajatlarini xisobini ichki standartlar asosid a yuritishni yo'lga qo'yish. Neftni qayta ishlash korxonalari faoliyatini boshqaruv tizimini takomillashtirish, xo'jalik yurituvchi subyektlar raqobatbardoshligini oshirishga moslashtirilgan eng munosib mahsulot tannarxi aniqlash sxemalarini izlash, ishlab chiqarish tannarxiga ta'sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish va bashoratlash, daval xomashyosi muomalalari xizmatlari sifatini oshirish va takomillashtirish dolzarb masalaga aylandi.

II Kalit so'zlar: Neftni qayta ishlash, boshqaruv tizimini takomillashtirish, modellashtirish.

Kirish: Bugungi kunda neft resurslari narxining o'zgarib turishi neftni qayta ishlash korxonalari faoliyatini boshqaruv tizimini takomillashtirishni taqozo etmoqda. O'zbekiston iqtisodiyotida neftni qayta ishlash sanoatlarida mahsulot tannarxini aniqlashda oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish maqsadida samarali mamlakatlararo elektron tizimlari xamda ishlab chiqarish xarajatlarini xisobini ichki standartlar asosida yuritishni yo'lga qo'yilmoqda.

Geosiyosiy vaziyat keskin o'zgarib turgan bir sharoitda neftni qayta ishlash korxonalarining rivojlanish istiqbollari, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishi, elektron tizimlarni amalda joriy etishga e'tibor qaratilmoqda. Neftni qayta ishlash korxonalari faoliyatini boshqaruv tizimini takomillashtirish, xo'jalik yurituvchi subyektlar raqobatbardoshligini oshirishga moslashtirilgan eng munosib mahsulot tannarxi aniqlash sxemalarini izlash, ishlab chiqarish tannarxiga ta'sir etuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish va bashoratlash, daval xomashyosi muomalalari xizmatlari sifatini oshirish va takomillashtirish dolzarb masalaga aylandi.

O'zbekiston iqtisodiyotdagi davlatning ishtirokini qisqartirish maqsadida neftni qayta ishlash korxonalarida rakobatbardosh muxitni shakllantirish xamda mahsulot bozorida monopoliyani bosqichma-

bosqich kamaytirish muximdir. Respublikada «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, maxalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jixatidan yangi bosqichga o'tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish» vazifasi belgilangan. Neftni qayta ishlash korxonalarida resurslardan samarali foydalanilish, mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish omillarini aniqlash, korxona faoliyatini boshqaruv tizimini takomillashtirish, ichki standartni joriy etish, tannarxni xisoblash uchun elektron tizimlardan foydalanish talab etilmoqda.

Neft-gaz tarmog'ida xo'jalik yuritishning ishlab chiqarishga xarajatlarni tasniflash, mahsulot tannarxini aniqlash usullari, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olish va taksimlash metodikalari, neftni qayta ishlashda xisobni yuritishning uslubiy asoslarini tanlashga, eng asosiysi, tarmoq korxonalariga boshqaruv xisobini to'g'ri va asoslangan tarzda tadbiq etishga mutlaqo yangicha yondashuvlar zarur.

Ishlab chiqarishga xarajatlarni guruhlash xamda bozor iqtisodiyoti chuqurlashgani sayin yuzaga keladigan o'zgarishlarni ochib berish zarurati yuzaga keladi.

132

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

Xarajatlarni iqtisodiy elementlari va kalkulyatsiya moddalari bо'yicha ilmiy yondashuvlar asosida tasniflangan bо'lib, u 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlar tasnifi

Mahsulotiiiiig ishlab chiqarish tannarxi

Iktisodiy elementlar bo'yicha: Kalkulyatsiya moddalari bo'yicha:

1. Asosiy va qo'shimcha materiallar 1. Asosiy va qo'shimcha moddiy xarajatlar

1.1. Xom ashyo va asosiy materiallar 2. Qlzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar

1.2. Qo'shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar 3, Bevosita va bilvosita mexnat xaki xarajatlari

1.3, Chetdan sotib olingan barclia turdagi energiya resurslari 4. Ishlab chiqarishga tegishli boügan ijtimoiy sug'urta va ta'mino t xarajatlari

1.4. Ishlab chiqarish soxasida moddiy qiymatliklarning yolgotilishi, buzilishi va kamomadi 5. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish axamiyatiga ega bollgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi

2. Ishlab chiqarish xodimlariga ish xaki to'lash xarajatlari 6. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tayyorlash va uzlashtirish xarajatlari

3. Ishlab chiqarishga tegishli hollgan ijtimoiy sue'iirtaga xarajatlar

4, Asosiy vositalar va ishlab chiqarish axamiyatiga ega bo'lgan nomoddiy aktivlar amortiza tsiya si

5. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar

Neftni qayta ishlash tarmog'i uchun eng maqbul bo'lgan tasniflash uchta belgi bo'yicha axborot to'plash va qayta ishlashni nazarda tutadi: moddiy xarajatlar, mexnat xaki xarajatlari va umumishlab chiqarish xarajatlari. Shu tariqa umumlashtirilgan xarajatlar xisob yo'nalishlari bo'yicha taqsimlanadi: Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish va baxolash uchun; rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun; nazorat va tartibga solish uchun. Neft mahsulotlarining ishlab chiqarish tannarxida xarajatlarni tasniflash, ularning tarkibi va tuzilmasi bilan bir qatorda, boshqa tarmoqlardagidan farq qiladi va neftni qayta ishlash mog'ura xos bir qator xususiyatlar negizida shakllanadi. Tashkilot ma'muriyati ishlab chiqarish xarajatlarni qaysi bo'limlarda tasniflashni, xarajatlarning paydo bo'lish joylarini batafsil bayon qilishni belgilaydi. Bu asosan korxona faoliyati doirasi, mahsulotlarning maqsadi, ularning assortimenti, texnologik jarayonning tabiati va boshqa bir qator omillarga bog'liq. Ushbu xususiyatlar Xo'jalik operatsiyalarini

xujjatlashtirishdagi farqlarni, ma'lumotlarni

tizimlashtirishni, ishlab chiqarishning analitik va sintetik xisobini olib borishni va mahsulot (ishlar, xizmatlar) narxini xisoblash usullarini aniqlaydi.

Neftni qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni nisbatan aloxida ajratilgan, ammo bir vaqtning o'zida o'zaro bog'langan ko'p sondagi qurilmalarda kechadi. Xarajatlar asosan bosqichlar bo'yicha xisobga olinsada, neft mahsulotlarining turlari bo'yicha mahsulot tannarxini aniqlashning o'zini xususiyatlariga ega, shuning uchun xarajatlar aloxida turlarga nisbatan bilvosita xisoblanadi va taqsimlanadi, jarayonlarning faqat arzimagan qismigina oddiy bo'lib, ulardagi xarajatlarni mahsulot turiga olib borish mumkin. Bular: neftni qayta ishlashga tayyorlash jarayoni, moyli fraksiyalarni tozalashning ba'zi bir turlari, tovar mahsulotini ishlab chiqarishda komponentlarni aralashtirish.

Neft mahsulot tannarxi bo'yicha umumiy tasniflash qabul qilinmagan, shuningdek, mahsulot tannarxni aniqlash u yoki bu usulini qo'llash bo'yicha yo'riqnomalar xam yo'q, shu munosabatda bozor narxlarini shakllantirish va korxonalar moliyaviy axvolini mustaxkamlash uchun tarmoqqa oid ichki xo'jalik standartini ishlab chiqish maqsadga muvofiq.

Xo'jalik yuritish sharoitlari va buxgalteriya xisobi tizimining moliyaviy xisobotning xalqaro standartlariga muvofiq islox qilinishi boshqaruv xisobi moxiyatini va maqsadlarini belgilashga xozirgi tadqiqotchilarning qiziqishini oshirdi. Boshqaruv xisobining vazifasi - ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish bo'yicha samarali, maqbul va muxim qarorlarni qabul qilish uchun mos (relevant) axborotni to'plash bo'lib, bu shuningdek boshqaruv jarayonining o'zini xam jiddiy va kechiktirmasdan yaxshilashga yordam beradi.

Boshqaruv xisobini tashkil qilish uchun xisob-taxliliy axborotni olishni yengillashtirish maksadida neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarni xisobga olish va mahsulot tannarxini aniqlash modellarini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Bu o'z navbatda mahsulot tannarxini aniqlash jarayonini takomillashtirishga yordam berish uchun ishlab chiqilgan model 2-jadvalda taqdim etilgan.

133

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

2-jadval

Neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarni xisobga olish va mahsulot tannarxini aniqlashning taklif etilayotgan bosqichlari.

Bosqichnmg nomi Bosqichning ta'rifi

1. Xarajatlar xisobining ob'yektlarim aniqlash Asosiy ishlab chiqarish turlari (neftni qayta ishlashga tayyorlash, atmosferada vakuumli xaydash va x.k.); bosqichlar, texnologik jarayonlar, trurilmani umatish: shartli obyektlar.

2. Ishlab chiqarish xarajatlar ining dastlabki, analitik va sintetik xisobini yuritish 1. Xom ashyo va asosiy materiallar: neft. gaz kondensati.. shuningdek, texnik yotaar. Yondosh mahsulotlar. yarim tayyor mahsulot xamda chet tashkilotlaming ishlab chiqarish tusidagi xizmatlari. 2. O'zida ishlab chikarilgan yarim tayyor mahsulotlar (vakuumli gazoylf tugridan-tugri xaydalgan benzin). 3. Qaytariladigan chiqindilar qiymati (chegiriladi) va boshqalar.

j. a) Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullarioi tanlash Yarim tayyor mahsulot tipidagi bosqichli usul. Barcha bosqichlarda (bundan oxirgi bosqich mustasno) o'zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot olinadi. korxona ulardan keyingi bosqichlarda texnologik jaravonni davom ettirish uchun foydalanadi.

b) Xarajatlarni chegirish usuli Turli ishlab chiqarish jarayonlarida olingan yondosh mahsulotlarni sotish paytida kullaniladi. Xarajatlarning umumiy so'mmasidan ikki usul yordamida yondosh mahsulot qiymati chegiriladi: yondosh mahsulotning xaqiqiy ishlab chiqarish tannarxi asosida xisobot davridagi sotish baxosi bo'yicha; neft quvurlaridan yetkazib beriladigan asosiy xom ashyo qiymatiga nisbatan reja-moliya hollimi tomonidan belgilangan koeffitsiyentlar asosida yondosh mahsulot qiymati xisoblab chiqiladi.

v) Asosiy bulmagan mahsulot turlari va ishlab chiqarish chiqindilari Asosiy hollmagan mahsulot turlariga kislorod va ichimlik suvi kiritiladi. Xosil bo'lgan kislorod xarajatlarini xisobga olishda nc-rmativ usul qcullaniladi, unda tannarx tasdiqlangan normativ kalkulyatsiya bo'yicha aniqianadi va kislorod xosil qiladigan ishlab chiqarish sexi xarajatlarini kamaytiradi. Kelgusida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari rejalashtirish va xisob yuritishda: chetga sotilganda - shartnomada belgilangan narxlarda: korxonaning o'zida ishlatilganda - material va ynqilp'itiitig qiymati (rejali tannarx yoki uni urnini bosadigan xom ashyo, material va yokilFining narxi) bo'yichabaxolanadi.

4. Kalkulyatsiya ob'yektlarini korxonaning xisob siyosatiga kiritish 1 Tonna asosiy neft mahsulotlari: Benzin (Ai-80391 va x.k_); dizel yoqilg'isi EKO. YE\T10 4, 5; aviakerosin JET-Al: vakuumh gazoyL tug'ridan-tug'ri xaydalgan benzin. Yondosh mahsulotlar (siqilgan neft gazi (SNG). gazolin pirolizli, xladagent propanlL nefras va x.k.) Qoishimcha mahsulot (mazut. parafln. oltingugurt.)

5. Mahsulot tannarxini xisoblash va moliyaviy natijani aniqlash Neftni qayta ishlash korxonalarida mahsulot tannarxini xisoblash: Sotish baxolari bilan xaqiqiy tannarxni solishtirish orqah moliyaviy natijani aniqlash; Xoijalik subyektining biznes-rejasiga tuzatishlar kiritish; Strategik rejalar va prognozlar to'zishda kalkulyatsiyalardan fovdalanish

2-jadvalda keltirilgan bosqichlarda bayon etilgan tamoyillar asosida neftni qayta ishlash korxonalarida boshqaruv xisobini shakllantirish maqsadga muofiq. Xarajatlar xisobi bosqichlarini mazmuni muayyan korxona sharoitlariga moslashtirilgan xolda ishlab chiqilgan.

Xarajatlarning xisobi va mahsulot tannarxini aniqlashda boshqaruv xisobini yagona tizimini yaratish maqsadida neftni qayta ishlash korxonalarida ichki xo'jalik standartini ishlab chiqish xamda undan foydalanish oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga olib keladi.

O'zbekistonda neftni qayta ishlovchi ikkita yirik zavod bor: «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» va «Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi» ma'suliyati cheklangan jamiyatlari. Korxonalarning vazifalari uglevodorod xom ashyosi (neft)ni qayta ishlash, hamda neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta'minlash uchun zarur

xajmlarda va assortimentda ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni va ijtimoiy soxani rivojlantirish, dividendlar to'lash uchun foyda olishdan iborat.

Neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish quvvati 11,2 million tonna neft va gaz kondensatini tashkil qiladi. Zavodning bunday ishlab chiqarish quvvatlari turli markadagi avtomobil benzini, aviatsiya yoqilg'isi Djet A-1, turli markalardagi dizel yoqilg'isi, mazut, pirolizli gazolin, siqilgan neft gazi, uglevodorodli erituvchi, texnik oltingugurt, moylar va xokazolarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

O'zbekiston neftni qayta ishlash korxonalarining asosiy muammosi - neft xomashyosini korxona quvvatiga yetarli xajmda yetkazib berish bo'lib, qayta ishlash xajmi oldingi yillarga nisbatan pasaygan. Neftni qayta ishlash korxonalarining faoliyat yuritishi uchun respublikada qazib olinadigan neft xajmi kamlik qiladi. Neftni qayta ishlash korxonalarini rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlaridan biri mahsulot xajmini oshirish, kelgusida esa xorijiy investitsiyalarni jalb etish xisobiga yangi ishlab chiqarish quvvatlarini uzlashtirish xisoblanadi. Korxonalarda mahsulot tannarxini aniqlashda Brent markali xom neftning 1 barrelini narxi qo'llaniladi. 1-rasmda 2017-2021 yillar davomida qayta ishlangan xomashyolar dinamikasi keltirilgan.

1-rasm. «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» ma'suliyati cheklangan jamiyatda xomashyoni qayta ishlash dinamikasi, ming tonna.

Korxonalarga neft yetkazib berishdagi o'zilishlar ko'pincha butun texnologik zanjirda xom ashyo bilan keskinlikni yuzaga keltiradi, bu esa, o'z

134

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

navbatida, uskunalarning ko'p vaqt bekor turib qolishi, ishlab chiqarish quvvatlarining to'liqishga solinmasligi va ishlab chiqarish dasturining bajarilmasligi sabablaridan bittasidir. Neftni qayta ishlash zavodlarining texnologik darajasi neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash ikkilamchi jarayonlari quvvatining neftni birlamchi xaydash qurilmalari quvvatiga nisbati bilan belgilanadi. So'nggi yillarda «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» va «Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi» ma'suliyati cheklangan jamiyatlari quvvatlari tegishlicha 60 foiz va 40 foizga ishga solingan. Mahsulotlar ishlab chiqarilishi 2-rasmda keltirilgan.

2000

1800 ■

IfiOO ■

1400

1200

1СЮ0 Ш

800 ■ _ r-, ■ _

6Û0 Fi W 1

400

200 ■lJ ■■J ■■J ы Ь J

0

2017 й. 20 IS Й. 2019 H. 2020 Я. 2021 Й.

■ Бемаин 796,7 710.4 751,2 S43,7 677,8

■ Днмл ё*ил*мен 5S4.5 594,7 725,4 604.7 135,7

■ Au Hd керосин 136,7 139,3 137,5 89,3 99,5

■ Углеводород эритгичи 7,S 11,4 12Л 20,1 8,5

■ Боищалар » 106,3 137,4 169 143,2

■ )Ками 1624,4 1362,1 1763,7 172 6,a 1064,7

2-rasm. «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» ma'suliyati cheklangan jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish sur'atining uzgarishi, ming tonna

2-rasm ma'lumotlarini taxlil qilish asosida xulosa qilish mumkinki, korxonada asosan benzin mahsulotlari ishlab chiqiladi (64 foiz umumiy xajmdan). Dizel yoqilg'isi va aviakerosin ishlab chiqarish xajmi 2021 yilda 13 va 9 foizni tashkil etadi.

Neft mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha xarajatlarning umumiy xarajatlardagi ulushi xar xil. «Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi» ma'suliyati cheklangan jamiyatining «Tashkilot xarajatlari xakida» xisobot ma'lumotlarini tannarxga ta'sir qiluvchi omillar yuzasidan taxlil qilsak, ularning tarkibi quyidagicha namoyon bo'ladi: 2020 yilda xom ashyo va materiallar (sotib olingan) 88,4 foiz, ishlab chiqarish tusidagi ish xaqiga xarajatlar 3,8 foiz, ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar - 1 foiz, asosiy vositalar va ishlab chiqarish maqsadlaridagi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi - 1,5 foiz, ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar - 3,5 foizni tashkil qilgan (3 rasm).

3-rasm. «Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi» va «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» ma'suliyati cheklangan jamiyatlarning 2021 yilda ishlab chiqarish tannarxi tuzilmasi

«Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» ma'suliyati cheklangan jamiyatdagi vaziyat shu bilan farq qiladiki, 2021 yilda xom ashyo va materiallar (sotib olingan) 95 foizni, ish xaqiga xarajatlar taxminan 2 foizni, ishlab chiqarishga tegishli ijtimoiy sug'urtaga ajratmalar - 0,2 foizni, asosiy vositalar va ishlab chiqarish maksadlaridagi nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi - 0,7 foiz, ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlari - 2,1 foizni tashkil kilgan. Shuningdek, tannarxni taxlil qilganda import kilingan xom ashyoga xarajatlar 62 foizni tashkil kilgani ma'lum bo'ldi, 2020 yilda maxalliy xom ashyoga xarajatlar esa 30 foizni tashkil kilgan. Mahsulot tannarxining boshqa tarkibiy qismlari - material xarajatlar, sotib olinadigan materiallarga xarajatlar, barcha turdagi energiyaga xarajatlar, shuningdek mexnatga xak tulashga xarajatlar, yuklama xarajatlarga 1-2 foizdan tug'ri keladi, umumiy yigindisi esa ishlab chiqarish xarajatlarining 8 foizini tashkil qiladi. Shundan bois, mexnatga xak tulashga xarajatlarni kamaytirish maksadida ishlab chiqarish xodimlari sonini kiskartirish, yoki elektr energiyasi sarflarini qisqartirish maqsadida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish xisobiga ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish sezilarli samara bermaydi.

Neftni qayta ishlash korxonalarida xarajatlarni xisobga olish va tannarx aniqlashni bulinmali usulining yarim tayyor va yarim tayyor bo'lmagan turlari qo'llaniladi. Ayrim turdagi yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar ishlab chikaradigan xar bir bo'linma (qurilma) aloxida mustakil jarayon sifatida tan olinadi, bu esa keyinchalik tannarx xisoblash obyekti xisoblanadi.

135

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

Neftni qayta ishlash bo'yicha xar bir texnologik jarayon bo'yicha xarajatlarni aniqlash asosiy ishlab chiqarish hisobida xar bir aloxida jarayon (bosqich)ga yoki o'rnatishga subschyotlarni ajratish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish kompleks tusga ega, asosiy mahsulot tannarxini aniqlashda texnologik jarayon (bosqich) bo'yicha umumiy xarajatlar miqdoridan yondosh mahsulotlar qiymati chegiriladi, qolgan xarajatlar so'mmasi taksimlash koeffitsiyentlarini xisobga olgan xolda asosiy mahsulotning umumiy xajmiga bo'linadi.

Mahsulot tannarxini tarkibidagi boshqa ishlab chiqarish xarajatlari 3-jadvalda taxlil qilingan.

3-jadval

«Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi» ma'suliyati cheklangan jamiyatning boshqa_ishlab chiqarish xarajatlari taxlili, mln. so'm

Ko'rsatkichlar nomi 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y. Mutlaq o'zgarish O'sish sur'ati,%

Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. jami 69 184,4 65 125,3 41 195,4 49 622,4 10,427 137

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shu jumladan: ishlab chiqarish xodioilarmi va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy va ixtiyoriy sug'urtalash шя 492,8 210,0 260,3 50.3 134

Xizmat safari xarajatlari 371,0 120,5 53,2 105,4 52.2 200

bundan: kundalik xarajatlar 304,5 89,4 36,02 S8.3 42,28 172

Idoradan tashqari, yong'inga qarshi va soqchilik quriqlash xizmati xarajatlari 35 890,7 40 588,6 23 325,8 30283,4 6 957,6 140

Ishlab chiqarish xodimlariga vaqtincha mexnatga layoqatsizlik nafaqalanni to'[ash 3 350,9 3 790,0 2 532,9 6 843.5 3 310.6 240

Ishlab chiqarishjarayoniga □id boshqa xarajatlar 19 249,0 10 133,4 6 073.5 3 129.8 -1943.7 72

Ishlab chiqarish to'g'sidagi boshqa xarajatlar» moddasi bo'yicha xarajatlar 2019 yilda 31 195,4 mln so'mni, 2021 yilda 39 622,4 mln so'mni tashkil qilgan, ya'ni bu xarajatlar 127 foizga oshgan. Taxlil qilingan davrda boshqa xarajatlar ichida asosiy mikdorni «Idoradan tashqari, yong'inga qarshi va qo'riqlash muxofazasi» moddasi tashkil qiladi. Boshqa xarajatlar tarkibida ushbu modda 2020 yilda 78,8 foiz, 2023 yilda 86,5 foizni tashkil qildi.

Neftni qayta ishlash korxonasi ishlab chiqarish quvvatlaridan to'liq foydalanmasligiga yo'l qo'ymaslik variantlaridan bittasi - qayta ishlash

korxonalarining buyurtmachi xomashyosini qayta ishlash bo'yicha xizmatlarni ko'rsatish hisoblanadi.

Daval xomashyoni asosida xizmatlar ko'rsatish rentabelligi oshadi, chunki o'z aylanma mablag'lari sezilarli darajada tejaladi. Daval xom ashyosini qayta ishlash bo'yicha xizmatlarning buxgalteriya xisobini tashkil qilishga neftni qayta ishlash soxasining texnologik xususiyatlari qanday ta'sir ko'rsatishini taxlil qilish zarur. 2021 yil boshi xolatiga respublikaning neftni qayta ishlash zavodlarida daval xom ashyosini qayta ishlash ulushi korxonalarda 2022 yilda qayta ishlangan xom ashyo umumiy xajmining taxminan 20-35 foizni tashkil qilgan. 2023 yil «O'zbekneftegaz» aksiyadorlik jamiyati va neftni qayta ishlash korxonalari orasida daval xom ashyosi asosida shartnoma to'zilgan, natijada daval xom ashyosi asosida xizmat kursatish 90 foizgacha oshgan.

Yuqorida keltirilgan schyotlarning amaldagi schyotlar rejasiga kiritilishi xisob-kitob ishlarining aniq, ishonchli va tulik bulishiga, tezkor boshqaruv qarorlari qabul qilishga uslubiy asos yaratadi.

Ishlab chiqarish xarajatlar xisobini yuritishni va mahsulot tannarxni xisoblashni ishlab chiqarish jarayonlari, mahsulot turlari va xarajatlar paydo bo'lishi joyi bo'yicha butun mahsulot va mahsulot birligiga tashkil qilishni talab etadi. Bunda tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olish va baxolashga, ishlab chiqarishdagi nuqsonlarga, shuningdek, chiqindilar va yondosh mahsulotga aloxida e'tibor berish kerak. Bularning xammasiga xarajatlarni xisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning tizimlari va usullarini tug'ri tanlash orqali erishiladi. O'zbekiston sanoat korxonalari «Direkt-kosting» usulidan foydalaniladi, unda xarajatlar uzgaruvchan va doimiy xarajatlarga ajratiladi. Agar xorijiy tajribani ko'rib chiqadigan bo'lsak, «target-kosting» bu kutilayotgan sotish qiymati usuli, kutilayotgan sof qiymat usuli va yalpi foydaning qat'iy belgilangan foizi usuliga ajratiladi».Tannarxni kutilayotgan sof qiymat usuli bo'yicha xisoblashga o'tish taklif etilgan bo'lib, uni quyidagi 4-jadvalda ko'rish mumkin.

136

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

4-jadval

Neftni qayta ishlash korxonalarida mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini xisoblash usullari samaradorligi taxlili, tonnasi ming so'mda

T. r- Mahsulot nomi Malisulotning amaldagi xisoblangan tannarxi Kutilayotgan sotish qiymati usuli bo'yicha Yalpi foydaning qat'iy belgilangan foizi usuli bo'yicha Kutilayotgau sof qiymat usuli bo'yicha

1. Benzin Ai-80 4 025,9 2 960,1 2 945,9 2 954,5

2. Benzin Ai-91 4 099,6 3 805,1 3 874,9 3 832,9

3. Benzin Ai-92 4 110,1 3 754,8 4 271,0 3 793,9

4. Benzin Ai-95 4 136,6 4 136,4 4 206,8 4 166,2

4-jadval ma'lumotlarini taxlil qilish asosida quyidagi bir necha muxim xulosalarni chiqarish mumkin: Ai-80 benzinining kutilayotgan foyda qiymati usuli bo'yicha xisoblab chiqilgan tannarxi zavodda xisoblangan tannarx qiymatidan 30 foizga kam, biz yana shuni kuzatishimiz mumkinki, tayyor mahsulotlar tannarxi bir-biridan zavodning tannarxi ko'rsatkichiga qaraganda ancha jiddiy farq qiladi. Tannarxning o'zgarishiga benzinning birjada ko'rsatilgan narxi va shunga ko'ra, umumiy ishlab chiqarish xajmida neft mahsulotining ulushi ta'sir kildi. Ammo shu bilan birga, xar bir faoliyat turi uchun mo'ljallangan chakana narxni aniqlashdagi qaltisliklar kabi usulning kamchiliklari bor, zero buning natijasida bozorni doim kuzatib borish va taxlil qilishga to'g'ri keladi. Shuning o'zi xam qo'shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.

Kutilayotgan sof qiymati usulida xisoblangan ishlab chiqarish tannarxida korxonaning qo'shimcha xarajatlari xisobga olinadi. Qoida tariqasida, qo'shimcha xarajatlar - bu olingan neft mahsulotlarini standartlarga mos keladigan sifatgacha yetkazish va tayyor mahsulotga bordik keyingi xarajatlar, ya'ni saqlash punktigacha transportda tashish, mahsulotni saqlash xarajatlari va boshqa xarajatlari. Shunga ko'ra, ishlab chiqarilgan mahsulot birligi tannarxi yanada past bo'ladi va 1 tonna Ai-80 benzin uchun 2 954 ming so'mni tashkil qiladi, chunki kutilayotgan tushum qo'shimcha xarajatdar miqdoriga kamaytiriladi. Kutilayotgan sof tushum qiymati usulining afzalligi: korxona mahsulotni saqlash shartlarini o'zgartirishi;

transportda tashishning muqobil usulini tanlashi; boshqa transport kompaniyasi xizmatlaridan foydalanishi mumkin, shuningdek korxona qo'shimcha xarajatlarni kamaytirish uchun korxona omborlaridagi tayyor mahsulot xajmlarini kamaytirishi mumkin.

Qat'iy belgilangan yalpi foyda usuli negizida barcha turdagi mahsulotlarga xarajatlar tushumda bir xil ulushga ega degan faraz yotadi. Bajarilgan xisob-kitoblarga ko'ra Ai-92 va Ai-95 markadagi benzin ishlab chiqarish tannarxi an'anaviy tannarxni xisoblash usullarida xisoblangan mikdordan yukori. Ushbu markadagi benzin sifati yukorirok, ammo respublikamizda unga talab katta emas, shuning uchun tannarxning oshib ketishi ishlab chiqaruvchi manfaatlariga zid. Chet el tajribasini urganish asosida shuni qayd etishimiz mumkinki, neftni qayta ishlash korxonalari uchun kompleks xarajatlarni bozor ko'rsatkichlari asosida taksimlash usullari afzalrok xisoblanadi, bunda sotishdan olinadigan sof tushumning qiymati usuli tanlanadi.

Aniqlangan mahsulot tannarxi mahsulot narxini shakllantirishda eng munosib va makbul variant xisoblanadi, bu korxonaga foydali ustama olish imkonini beradi. Ushbu kutilayotgan sof tushum qiymati usulini kullash kelgusida Boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun aloxida mahsulot turlari tannarxini xisoblashda xatolarning oldini olishi mumkin. Xisob-kitoblarga ko'ra, Ai-80 benzinining tannarxi 26 foizga, Ai-91 benzini tannarxi - 7 foizga va Ai-92 - 8,5 foizga kamaydi. Shunday qilib, ushbu usul O'zbekistondagi neftni qayta ishlash korxonalari uchun maqbul yechim bo'lishi mumkin.

Buyurtmachilarning toifalariga qarab zavoddan mahsulot tannarxni xisoblash uchun tabaqalashtirilgan yondashuvni qo'llash xizmat narxini uzgaruvchan xarajalar bo'yicha xisoblashni ko'zda tutadi, bu uz navbatida xizmat narxini pasaytiradi, ammo bir vaqtning o'zida zavodning ishlab chiqarish quvvatini oshiradi.

Neftni qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo'llariga aloxida e'tibor berilib, xarajatlarni kamaytirish va sof daromad ulushini oshirishning turli usullari va sxemalari ishlab chiqilgan. Shuning uchun mahsulot ishlab chiqarish

137

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

tannarxiga ta'sir qiluvchi omillarni taxlil qilish va ularni va qisqa xamda uzoq muddatli davrlarda ularni prognozlash uchun ko'p omilli ekonometrik modellar tuzish muxim axamiyatga ega.

Tadqiqot vazifalaridan kelib chiqqan xolda ko'p omilli ekonometrik model to'zish uchun quyidagi omillar tanlab olindi: natijaviy omil sifatida - neftni qayta ishlash korxonalari mahsulot tannarxi, mln so'm - (Y), ta'sir etuvchi omillar esa - xom-ashyo va materiallar xarajatalari, mln so'm- (X1), ishlab chiqarish xodimlarining mexnat xarajatlari, mln so'm, (X2), ijtimoiy suFurta xarajatlari, mln so'm, (X3), amortizatsiya xarajatlari, mln so'm, (X4) va elektroenergiya xarajatlari, mln so'm, (X5) olindi.

Ta'sir etuvchi omillar va vaqt omili o'rtasida to'zilgan trend modellar taxlili shuni ko'rsatadiki bu modellardagi barcha xisoblangan koeffitsiyentlarning statistik axamiyatliligi, parametrlarining ishonchliligi aniqlanadi. Demak, bu trend modellarini xisoblaymiz va ularning xisoblangan qiymatlarini ko'p omilli ekonometrik modelga qo'yib, avvalo, ta'sir etuvchi omillarning prognoz qiymatlarini, keyin esa natijaviy omilni prognoz xisob-kitoblarini amalga oshiramiz. Natijada, ko'p omilli ekonometrik modelga kiritilgan o'zgaruvchilarining O'zbekiston Respublikasi neftni qayta ishlash mahsulotlari tannarxining prognoz davridagi qiymatlariga ega bo'lamiz (6-jadval).

6-jadval

Neftni qayta ishlash korxonalarining mahsulot tannarxi va unga ta'sir etuvchi omillarning prognoz xisob-kitoblari qiymatlari.

Yiilar va yarim yilllik Malisulot tamiarxi Y, mln. ,i:>'m Xom ashyo va materiallar xarajatlari, XI, mln. so'm Ishlab chiqarish xodimlarining mexnat xarajatlari, X2, mln. so'm Ijtimoiy sug'urta xarajatlari X3, mln. so'm Amortizatsiya xarajatlari X4, mln. so'm Elektro energiya xarajatlari X5. mill, so'm

2016.1 735 521 336.4 61101.9 13687.76 37767.14 25246.87

2016.2 881 564 835,2 58705.8 16068,24 39308.66 20656.53

2017.1 1 625 1 054 119 89303.4 21108,96 27794.4 28745.84

2017.2 1 832 1 341 605 98703.7 22868.04 35374.7 27618.56

2018.1 3 406 3 280 298 68884.9 15596,19 28023.02 36171.63

2018.2 4 034 3 699 060 74625.4 19062,01 32896.58 29594.97

2019.1 3 30S 2729312 94S95.6 19043.2 29693.78 52031.36

2019.2 3 806 3 617 926 100765.4 21474,2 39361.52 48028.94

2020.1 3 318 2 855 977 158560.2 18812.2 43424.51 61880.73

2020.2 3 818 3 352 668 171773.5 19580,1 53074.4 54875.37

2021.1 3 558 3 140 228 174779.7 18968,2 48357.84 66176.83

2021.2 4 093 3401914 189344.7 22267,0 52387.66 54144.68

2022.1* 4 278 3493798 188631.4 27794,9 50867.02 48264.42

2022.2* 4 655 3807259 205392.9 29386.8 52705.76 49751.7

2023.1* 5 ots=; 4148843 223643.8 31069,7 54610.97 51284.82

2023.2* 5 51 1 4521073 243516.5 32849,1 56585.04 52865.17

2024.1* 5 997 4926700 265155.0 34730.4 58630.48 54494.22

2024.2* 6 5368720 288716.3 36719.4 60749.86 56173.48

2025.1* 7 100 5850397 314371.2 38822.3 62945.84 57904.48

2025.2* 7 725 63 75289 342305.8 41045,6 65221.21 59688.82

6-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, mahsulot tannarxi 2016 yilning yakunida 1 617,3 mlrd so'm, 2020 yilning 2-chi yarim yilligida 7 137,2 mlrd so'mni tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2025 yilning 2-chi yarim yilligida 14 826,2 mlrd so'm bulishi (2020 yildagiga nisbatan 2,15 baravar o'sish) kutilmoqda. Buning asosiy sababi bo'lib, neftni qayta ishlash tarmog'ida mahsulot ishlab chiqarishning tobora murakkablashib borishi, jaxonda neft mahsulotlariga bo'lgan talabning ortib borishi va boshqa omillar xisoblanadi.

4-rasm. O'zbekiston neftni qayta ishlash sanoatida ishlab chiqarish tannarxi dinamikasi va kelgusi davr uchun prognoz qiymatlari, mln. so'm

Xomashyo va materiallar 2016 yilning 2-yarim yilligida 1 086,2 mlrd so'm, 2020 yilning yakunida 6 208,6 mlrd so'm (2016 yildagiga nisbatan o'sish 3,5 baravar)ni tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2025 yilning yakunida 12 225,7 mlrd so'm (2020 yildagiga nisbatan o'sish 196,9%) tashkil etgan.

Xulosa. Ilmiy ishda neftni qayta ishlash tarmog'ining hozirgi holati, ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari va ularni xarajatlarni shakllantirishga ta'siri taxlil qilingan, bu boradagi xalqaro tajribalar umumlashtirilib, mahsulot tannarxini pasaytirish bo'yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan. Neftni qayta ishlash korxonalarida mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini xisoblash usullarini afzalliklari qiyosiy taxlil qilingan. Bu usullardan kutilayotgan sof qiymat usuli bo'yicha tannarx aniqlashning samarali ekanligi aniqlangan, xususan, uni amaliyotga joriy etish natijasida, masalan, Ai-80 benzinning tannarxini o'rtacha 26%, Ai-91niki 7%, Ai-92 benzinning tannarxini esa urtacha 8,5%ga pasaytirish imkoniyati mavjudligi xisob-kitoblar asosida isbotlangan.

138

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 2 | 2024-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 2 | 2024 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2024 год

Respublika neftni qayta ishlash korxonalarining qayta ishlash quvvati taxminan yiliga 11,5 mln. tonna neft va gaz kondensatini tashkil etadi, biroq faoliyat yuritayotgan korxonalar amalda 50-60 foiz quvvat bilan ishlamokda. Ushbu quvvatlardan samarali foydalanish maqsadida ilmiy ishda tolling muomalalari va daval xomashyoni qayta ishlash asosida chetga xizmatlar ko'rsatish zarurligi asoslangan. Shu maqsadda daval xomashyosini qayta ishlash jarayonida rentabellikning turli senariylaridagi foydaning o'zgarishi variantlari ishlab chiqilgan.

Adabiyotlar.

1.Yakubov M.S, Uzakov B.M., Xoshimov B.M., Neft qayta ishlash jarayonini matematik modellashtirish va avtomatlashtirish haqida. // Poland. 2024. № Vol. 48 (2024): Miasto Przyszlosci С. 213216.

2.Uzakov B.M, Xoshimov B.M., O'zbekiston neft-gaz korxonalarida investisiya loyihalarini moliyalashtirish bo'yicha xorij tajribasini o'rganish. // Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 1 |10-19 betlarj 2024-yil.

3.Узаков Б.М. Хошимов Б.М. Исследование методов идентификации моделей виртуальных анализаторов показателей качества ректификационной колонны. // Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 1 | 2024 год.

4.Узоков Б.М. Адаптация моделей оперативного управления технологическими процессами по технико-экономическим показателям.// Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 21814252 Том: 1 | Выпуск: 2 | 2023 год.

5.Yakubov M.S, Uzakov B.M., Modeling of processes of oil refining under operational management on indicators of quality of products. // "Descendants of Al-Farghani" electronic scientific

journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181 -4252 Vol: 1 | Iss: 1 | 202З year.

6.М.С. Якубов, Б.М. Узоков Моделирование процесов нефтепереработки при оперативном управлении по показателям качества продуктов. // Scientific-technical journal (STJ FerPI, ФарПИ ИТЖ, НТЖ ФерПИ, 2023, Т.27, спец.выпуск №2).

7.Конторович А. Е., Коржубаев А. Г. Прогноз развития новых центров нефтяной игазовой промышленности на Востоке России и экспорта нефти, нефтепродуктов и газав восточном направлении // Регион: экономика и социология. 2007. № 1. С. 210-229.

8.Гимади Э. Х. О некоторых математических моделях и методах планирования круп-номасштабных проектов // Модели и методы оптимизации: Тр. АН СССР Сиб. отд-ние.Ин-т математики. Новосибирск: Наука, 1988. Т. 10. С. 89-115.

9.Гимади Э. Х., Гончаров Е. Н., Залюбовский В. В. Алгоритм решения задачи сетевого планирования в условиях ограниченных ресурсов // Перспективное планирование ЗападноСибирского нефтегазового комплекса. Новосибирск: Наука, 1987. С. 172-180.

10.Гимади Э. X., Пузынина Н. М. Задача календарного планирования крупномас-штабного проекта в условиях ограниченных ресурсов: опыт построения математического обеспечения // Управляемые системы. Новосибирск, 1983. Вып. 23. С. 24-32.

10. Харитонова В. Н., Вижина И. А., Коцебанова О. Ф. Экономические эффекты и риски в регионах формирования Восточно-Сибирского нефтегазового комплекса // Ре-гион. 2007. № 4. С. 170-185.

139

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.