Научная статья на тему 'NAVRO‘Z OBRAZI GENEZISI VA NAVRO‘Z SYUJETIDAGI DOSTONLARNING POETIK TAHLILI'

NAVRO‘Z OBRAZI GENEZISI VA NAVRO‘Z SYUJETIDAGI DOSTONLARNING POETIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
235
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jamshid jomi / “yangi kun” / Avesto / Umar Xayyom “Navro’znoma” / “Shohnoma” / Navoiy asarlari / Atoyi / Jalol Tabib / “Gul va Navro’z” / Jamshid Jomi / “new day” / Avesta / Omar Khayyam “Navruznama” / “Shahnama” / Works of Navoi / Atoi / Jalal Tabib / “Flowers and Navruz”

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — O’Ralova, Nargiza

Maqolada Navro’z etnosi,navro’zning eng qadimgi yozma va og’zaki asarlarda, xalq og’zaki ijodida uchrashi, Navro’z sujetining qahramonlik dostonlariga ko’chishi hamda, bu asarlarning poetik tahlili borasida mushohadalar beriladi .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE GENESIS OF THE IMAGE OF NAVROZ AND THE POETIC ANALYSIS OF THE EPICS IN THE PLOT OF NAVROZ

The article provides observations on Navruz ethnos,the meeting of Navruz in the oldest written and oral works ,the transfer of the Navruz subject to heroic epics,and the poetic analysis of these works.

Текст научной работы на тему «NAVRO‘Z OBRAZI GENEZISI VA NAVRO‘Z SYUJETIDAGI DOSTONLARNING POETIK TAHLILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

NAVRO'Z OBRAZI GENEZISI VA NAVRO'Z SYUJETIDAGI DOSTONLARNING POETIK TAHLILI

O'ralova Nargiza

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat universiteti Filologiya fakulteti 2-bosqich magistranti

Maqolada Navro 'z etnosi,navro 'zning eng qadimgi yozma va og 'zaki asarlarda, xalq og'zaki ijodida uchrashi, Navro 'z sujetining qahramonlik dostonlariga ko 'chishi hamda, bu asarlarning poetik tahlili borasida mushohadalar beriladi.

Kalit so'zlar: Jamshid jomi, "yangi kun", Avesto,Umar Xayyom "Navro'znoma", "Shohnoma", Navoiy asarlari, Atoyi , Jalol Tabib, "Gul va Navro 'z "

The article provides observations on Navruz ethnos,the meeting of Navruz in the oldest written and oral works ,the transfer of the Navruz subject to heroic epics,and the poetic analysis of these works.

Keywords Jamshid Jomi, "new day",Avesta, Omar Khayyam "Navruznama", "Shahnama ",Works of Navoi,Atoi, Jalal Tabib, ".Flowers and Navruz "

Navro'z- Sharq xalqlarining jumladan, O'rta Osiyo xalqlarining qadimiy an'anaviy bayrami. Besh ming yillik tarixga ega ushbu bayram inson ichki olamining yosharish yangilanishi va tabiat uyg'unligi ramzidir. Afsonalarning aksariyati Navro'zni vujudga kelishini afsonaviy Jamshid nomi bilan bog'laydi. Qadimgi Eron afsonalarning birida hikoya qilinishicha, Navro'z Jamshid podsho bo'lib taxtga o'tirgan kundir. U o'ziga shohona taxt yasatib, har xil qimmatbaho toshlar bilan jilo berilgan necha turli dur-javohirlar qadalgan qimmatbaho tojini kiyib, tong mahali taxtga o'tiribdi. Shu payt quyosh chiqib oftobning zarrin nurlari Jamshidning toj-u taxtini yoritibdi. Butun tevarak atrof munavvar bo'lib ketibdi. Bu g'aroyibotni ko'rgan ulus ajablanib Jamshid taxtga o'tirgan kunni "Navro'z" ya'ni "yangi kun" deb e'tirof qilishgan ekan.

Shunga o'xshash ma'lumotlar qadimgi yodgorliklarimiz Avestoda shuningdek, xalq qo'shiqlari, bahor madhiyasi Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk''asaridan qolaversa, Abu Rayhon Beruniy ham "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" kitobidan joy olgan.Beruniy mazkur asarida Quyosh yili hisobida yilning birinchi oyi deb sanalgan Farvardin oyi to'g'risida so'zlab :"Bu oyning

ANNOTATSIYA

ABCTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

birinchi kuni Navro'zdir,-deydi.-Navro'z olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan" deya izoh berib o'tgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Navro'z bayramiga bag'ishlangan dastlabki yozma badiiy asar fors tojik adabiyotining yetuk namoyondasi Umar Xayyom ijodiga mansub bo'lgan "Navro'znoma" deb qaraladi. Bu haqida Hamidjon Homidiyning "Daholar davrasi" da berilgan quyidagi ma'lumotga ko'zimiz tushadi.

"Navro'znoma" asari juda katta tarixiy,ma'rifiy ahamiyatga ega. Zeroki, unda muallif Sharq xalqlarining qadimiy udumlarini, xususan, Navro'zning xalq bayrami sifatida rasm bo'lishi tarixini batafsil yoritgan,u bilan bog'liq naql-u rivoyatlarni keltirgan. "Navro'znoma" omiyona til -xalq jonli tiliga yaqin bir ibora ifodalarda yozilgani uchun yengil o'qiladi. U XII asr forsiy tildagi nasrning eng yaxshi namunasi hisoblanadi.1

Yetuk mutafakkir, ulug' zot Alisher Navoiy ijodida ham Navro'z ta'rifini ko'p o'rinlarda uchratamiz .Jumladan, "Tarixi mulki Ajam", "Mahbub ul qulb'', "Holoti Pahlavon Muhammad", "Munshoat" kabi nasriy asarlarida ham Navro'z bilan bog'liq fikr-mulohazalar, ta'rif-u tavsiflar, obrazli iboralar, betakror qofiyalarga duch kelamiz. Navoiyning nasrda yozgan ma'lumotlari Firdavsiyning "Shohnoma"sida bitgan quyidagi baytlarni yodga soladi.

Yil boshi Xurmuzu edi farvardin, Dilda na g'am qoldi, na adovatkin Bu baxtiyor kunni o 'shandan buyon Shohlardan yodgor deb bilurlar hamon.2

Hazrat Alisher Navoiy o'z asarlarida bahor fasli bilan bog'liq tasvirlarni ham maroq bilan yozar ekan,Navro'zni ham tilga olgan va buning yorqin misoli"Layli va Majnun" dostonida bitgan bahor vasfi nomli bobidir.Uni qaysidir ma'noda ulug' shoirning bahor va Navro'z haqidagi hayratlari deyish mumkin.

Bu damki esib nasimi Navro 'z, Gul atrini qildi majlisafro 'z. Bog ' o'ldi bahordin gulafshon Sunbul bu gul uzra kokulafshon, Bu faslda azmi gulshan etgay, Bo 'ston haramini maskan etgay.3

1 H. Homidiy .Daholar Davrasi."O'qituvchi"nashriyot -matbaa ijodiy uyi. Toshkent:2011 ,102-bet.

2Abulqosim Firdavsiy.Shohnoma.G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti.T.;1984,30-bet.

3 Alisher Navoiy.20 tomlik,MAT.Xamsa.Layli va Majnun.T; "Fan",1992,59-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Navro'z nasimi esib turgan shu damda Majnun o'zining va jismoniy holatini birma-bir sharhlaydi.

"Saddi Iskandar" dostoning 19-bobida shoir Navro'zni butun borliqni birdek saxiylik bilan yashnatuvchi bahor fasli hamda tog'-u toshga yog'uvchi bahorning serob qut yomg'irlari va butun xalq umid-u shukrona bilan orziqib kutadigan yilboshi bayrami ma'nolarida san'atkorona qo'llagan adolat barchaning tengligidir degan ijtimoiy fikrlariga tamsil qilib keltirgan va ulug' shoir Navro'z so'zini qofiyaga chiqarib "navro'zdek" "jahonso'zdek" kabi qofiyalar yaratgan.

Adolat aro fasli Navro'zdek Siyosatda balki jahonso'zdek.4 Bunday go'zal o'xshatish va betakror poetik mahorat faqat Navoiy ijodida uchraydi.Yana bir o'rinda Navoiyning eng yetuk,go'zal g'azallaridan.U navro'z bayrami munosabati bilan hayotsevarlik, yaxshilik, shodlik, quvnoqlik, go'zallik targ'ibiga bag'ishlab yozilgan.

Muvofiq kiydilar, bo 'lmish magar Navro 'z ila bayram, Chaman sarvi yoshil xil'at, mening sarvi ravonim ham. Mazkur g'azal 20 jildlik Mukammal asarlar to'plami 6-jildidan o'rin olgan "Favoid ul-kibar" devoniga kiritilgan 420-g'azal. U 7 baytdan iborat.Asar Navoiyning musajja g'azallaridan biri.U yuksak mahorat bilan,betakror badiiyat namunasi sifatida yaratilgan.5

Musaffo nafosat va dilkash go'zallik shaydosi Atoyi "Navro'zi olam" tashrifini quyidagi g'azalda tarannum etadi.

Soqiyo, ketur mayi gulgunki xush damdur bukun Olami farxundayi Navro 'zi olamdir bukun6 Soqiyga murojaat bilan boshlangan mazkur to'qqiz baytli g'azalda gulgun may talab qilinib, bugun qutlug' Navro'z olam ekanligi e'tirof etiladi.

Shu bois bu xush kunni ishqsiz tasavvur etish mumkin emas. Shoir Iso Masihning jon baxsh etish amolini Navro'zi olam kelgan kundagi tong shamoliga ko'chirib, tabiatning uyg'onishini juda go'zal lavhalarda tasvirlaydi.

Navro'z keyinchalik qahramon obrazga aylandi, asarlar, dostonlardagi bosh qahramonga ko'chdi.Dostonchiligimizda "Gul va Navro'z" dostonining forscha turkiy tillarda yozilgan uchta go'zal namunasi ma'lum.Bu asarlar bir -biriga qiyoslansa mavzu va g'oya jihatidan yaqin .Jalol Tabib va Haydar Xorazmiy yozib qoldirgan "Gul va Navro'z" dostonlari ishqiy -qahramonlik ruhida bo'lib, Gulning

4 Navoiy.20 tomlik,MAT.Xamsa. Saddi Iskandar.T; "Fan",1992,81-bet

5 Nusratillo Ataullo o'g'li Jumaxo'ja,I.I.Adizova.O'zbek adabiyoti tarixi.T.; "N0SHIR"-2019,261-262-bet.

6 Vohidov R.,Eshonqulov H.,O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi.-T.;O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti,2006-yil,175-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ishqida mast bo'lgan Navro'zning qiyinchüiklarni yengib o'tishi va o'z sevganiga yetishi bilan yakunlanadi. Quyidagi bayt "Gulni Navro'zg'a qovushtirg'anlari" bobidan olingan:

Biri ming shevalar birla qilib noz, Birisi ham bo 'lub ul damg 'a damsoz. Ishonishmay biri-birning visolin, Tush ermish teb,sog'inib ittisolin.7 Shu o'rinda yana bir ma'lumotni, Ahmad Taroziyning "Funun ul-balog'a"sida "Nikoh kechasi tasvirig'a bag'ishlangan bu she'riy parcha, muallif aytganidek, Haydar Xorazmiyning "Gul va Navro'z" dostonidan keltirilgan bo'lib, asl matnida birinchi baytdan keyin kelgan:

Chu siymin huqqaning og'zi ochildi; To 'kuldi la 'lu injular sochildi bayti /Lutfiy :Sensan sevarim .Toshkent,1987,434-bet/bu o'rinda tushib qolgan",-deya ta'kidlab o'tgan.8

Dostonda mavzu va g'oya, obrazlarga xos xususiyatlar boshqa dostonlardagi kabi an'anaviylik hamda xalq og'zaki ijodining ta'siri yaqqol namoyon bo'ladi.Misol uchun, boy-u badavlat bo'lgan Navshod elining shohi Farruhning bir farzandga zorligi, Navro'z dunyoga kelib tug'ma istedod va zehnli bo'lishi, u ham o'zini ko'zguda ko'rgach o'ziga oshiq bo'lgani yoki sevgi o'tida yonib hushidan ayrilishi-yu Gulning visoliga yetishish uchun o'zini har qanday to'siqlarga fido qilganini ishqiy qahramonlik dostonlaridagi voqealar rivojiga muqoyasa qilamiz. Navro'z va Gul shunday ilohiy ishqning asiri ediki, unga erishish yo'lida hech qanday to'siqlarga qaramay o'z maqsadi sari kurashishdan to'xtamadi.Yaldo ismli qonxo'r zindoniga tushdilar, devlar manziliga duch keldilar, turli daryo to'fonlarida bir birlaridan ayro bo'ldilar, ammo har ikkisi ham segilisi visoliga yetmoqlik uchun jonini fido qilgudek tavakkal ish tutdilar.Asarda Gulning jasorati ham alohida o'rin tutadi.Gul obrazi nozik did va go'zal hilqat egasi bo'lsada:

Bute , ne but, magar huri parizod, Tani nozik,bo 'yi, chun sarvi ozod Parishon sochlari gul yaprog 'inda, Tuman ming shivalar har boqmog 'inda,9 mardlik bobida hech qaysi o'g'londan qolishmasdi.Dostonda qo'llangan barcha timsollar nomlari "Navro'z", "Gul", "Farruh", "Farxor", "Bahman", "Yaldo" va boshqalar ramziylik anglatadi.Shuningdek, ijodkorning markazlashgan davlat va

7Lutfiy.Gul vaNavro'z."O'qituvchi" nashriyoti.Toshkent-1974,77-bet.

8 Ahmad Taroziy.Funun ul-balog'a."Xazina".Toshkent-1996,209-bet.

9 Lutfiy.Gul va Navro'z. "O'qituvchi"nashriyoti .Toshkent-1974,6-bet.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

adolatli shoh haqidagi qarashlari ham o'z ifodasini dostonning "Podshoh madhi bila kitob xotimasi" nomli so'nggi bobida doston muallifi Sulton Iskandarning kuch qudrati-yu adolatini o'zgacha badiiy tasvirlar orqali ta'riflagan.Asar yakunida to'rt : Navshod,Farxor,Adan,Yaman mamlakatining birlashuvi orqali Temur saltanatining inqirozga yuz tutganligini va uning kelajagini saqlash, temuriy shahzodalarni birlashtirishga da'vat etadi. "Navro'z va Gulning sevgi sarguzashlari orqali O'rta Osiyo va Xurosonning XV asrdagi hayoti uchun nihoyatda muhim bo'lgan markazlashgan davlat tuzish g'oyasi ilgari suriladi.Mamlakatni xarobaga aylantiruvchi g'oyalar qoralanadi. Adolatparvarlik, ilm-hunar, ma'rifatparvarlik, do'stlik ulug'lanadi.

Dostonda Navro'z bilan Gul yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lgan qahramonlar sifatida gavdalanadilar.Ular butun hikoya davomida johillik, munofiqlik, riyokorlikka qarshi kurashadilar .Doston xalq og'zaki ijodiyoti asarlariga xos optimistik xotima bilan tugaydi."10

"Gul va Navro'z" dostoni aruzning hazaj bahrida yozilib, asar sodda va o'quvchiga tushunarli uslubda yozilgan.Hamda istiora, tashbeh, mubolag'a va jonlantirish san'atlarining ishtiroki dostonni yanada adabiy qiymatini oshirgan.

XULOSA

Navro'z- muborak "yangi kun", bahorning ko'rkiga ko'rk qo'shuvchi fusunkor kun bo'lganligi bois, Navshod hukmdoriga baxtli va qutlug' kunni baxsh etadi.Dostonda ham kulminatsion va tadrijiy voqealar ortida turuvchi bosh qahramon.

Xalqimiz ma'naviyatining shakllanishida tariximizning uzoq o'tmishda yaratilgan badiiy adabiyot alohida qadr-qimmatga ega. Darhaqiqat, har bir asar zamirida muallif ichki kechinmalarini ifoda etuvchi ilmiy-falsafiy, ma'naviy axloqiy, ishqiy yoki qahramonlikning in'ikosi yashiringan bo'ladi.Ba'zilari razolat yoki jaholatni, adolatsizlik yoki qonxo'rlikni qoralasa,boshqalari esa dunyoning go'zalligini,ilohiy ishqni yoki ma'rifatparvarlik tuyg'ulari bilan komil insonni tarbiyalaydi.Dostonchiligimiz tarixiy merosining rivojiga sezilarli ta'sir ko'rsatgan "Gul va Navro'z" masnaviyi o'zbek mumtoz adabiyotining qimmatli yodgorligidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma. Adabiyot va san'at nashriyoti. T.; 1984 y.

2. Ahmad Taroziy. Funun ul-balog'a. "Xazina" T.;1996 y.

3. Alisher Navoiy. 20 tomlik. MAT.T.; "Fan", 1992 y.

4. Lutfiy. "Gul va Navro'z". "O'qituvchi"T.;1974 y.

5. Lutfiy.Sensan sevarim. Adabiyot va san'at . T.;1987 y.

10 Lutfiy.Sensan sevarim.T.;Adabiyot va san'at n.1987,8-bet.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

6. Vohidov R., Eshonqulov H.O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O'z. Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti.2006 y.

7. R.Orzibekov. O'zbek adabiyoti tarixi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti.2006 y.

8. N.Jumaxo'ja, I.I.Adizova. O'zbek adabiyoti tarixi. "NOSHIR", 2019 y.

9. H.Homidiy. Daholar Davrasi. "O'qituvchi" n.T.; 2011 y.

10. Xasanova M.J. XV asr turkiy she'riyatida qasida janri. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun yozilgan dissertatsiya. Samarqand - 2018

11. Tirkasheva, M., & O'Ralova, N. (2022). HAYDAR XORAZMIY HAYOTI VA IJODI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(6), 134-140.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.