PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz
NAVOIYSHUNOSLIKDA QO'LYOZMALAR BILAN ISHLASHNING O'RNI
VA AHAMIYATI
Sultonmurod Olim
filologiya fanlari doktori, Toshkent amaliy fanlar universiteti professori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.13194225 Annotatsiya: Hozirga qadar buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy asarlari to'liq holda kirill yozuvi asosidagi eski va lotin yozuvi asosidagi yangi o'zbek alifbolarida chop etildi. Bunda arab yozuvi asosidagi o'rta asrlar o'zbek alifbosida bitilgan qo'lyozmalar matnlari transkripsiya qilindi. Ammo ba'zan muammoli nuqtalar ham uchraydiki, mutaxassis bunday holatlarda, albatta, manba bilan ishlashiga to'g'ri keladi. Ushbu ma'ruzada navoiyshunoslikda qo'lyozma bilan ishlashning o'rni va ahamiyati ko'rsatiladi. Bunda Navoiy asarlarining kirill yozuvi nashrlarini qo'lyozma bilan qiyosan o'qish zarur bo'lgan nuqtalar tahlilga tortiladi Kalit so'zlar:Navoiy, "Xamsa", ruboiy, qo'lyozma, matn, arab tili, harf, tovush, yozuv, ma'no, mazmun, mohiyat, ahamiyat.
O'zbek mumtoz adabiyotining XI asrdagi Yusuf Xos Hojib qalamiga mansub "Qutadg'u bilig" dostoniyu Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'ot it-turk" asaridagi she'riy parchalardan tortib to 1929 yilga qadar yaratilgan namunalari arab yozuvi asosidagi eski o'zbek alifbosida bitilgan.
Ana shu ulkan meros orasida buyuk o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy asarlari alohida va xos o'rin tutadi. Hozirga qadar uning asarlari to'liq holda kirill yozuvi asosidagi eski va lotin yozuvi asosidagi yangi o'zbek alifbolarida chop etildi. Bunda arab yozuvi asosidagi o'rta asrlar o'zbek alifbosida bitilgan qo'lyozmalar matnlari transkripsiya qilindi.
Ammo ba'zan shunday muammoli nuqtalar ham uchraydiki, bunday holatlarda mutaxassisning, albatta, asl manba bilan ishlashiga to'g'ri keladi. Navoiyshunosning arab yozuvi asosidagi eski o'zbek alifbosini bilmaslik esa xato talqinlarga sabab bo'lib qolishi hech gap emas.
Aynan shuning uchun ham o'zbek filologiyasi yo'nalishidagi fakultetlarda eski o'zbek tili, shuningdek, hozirgacha arab yozuvi asosidagi alifbodan foydalanadigan fors tili ham o'qitiladi. O'zbek mumtoz adabiyoti namunalarini bekamu ko'st tushunishda fors-tojik tilining ahamiyati ham - katta.
Biroq ochiq tan olib aytish - kerakki, mumtoz adabiyotimiz tarixi tadqiqi bilan
shug'ullanadiganlarning ko'pchiligi arab yozuvini yetarli darajada bilmaydi. Bu esa kirill yoki lotin yozuvi asosidagi matnni talqin etishda xatoliklarga yo'l qo'yish xavfini paydo qiladi.
Fikrimizni misollar orqali isbotlashga harakat qilamiz.
Shoirning mashhurdan-mashhur mana bu ruboiysini kirill yozuvchi asosidagi alifboda o'qiymiz:
Jondin seni ko p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko 'p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki, sevmak ondin ortuq bo 'lmas,
Ondin seni ko 'p sevarmen, ey umri aziz [1, 572].
Ruboiydagi bosh so'z - "umr". Bugungi o'zbek tilida "umr" - kishiga bir borgina taqdim etiladigan ne'mat, ya'ni uning bu dunyodagi yashash davri.
Musulmon Sharqi, jumladan, o'zbek mumtoz she'riyatida ishq - eng asosiy tasvir obyekti. Ishqiy mavzuda ko'p ruboiylar ham yozilgan. Oddiy o'quvchi bu she'rni mutolaa qilib, uni, umri lirik qahramon uchun aziz bo 'lgan yorga bag 'ishlangan, deb tushunishi hech gap emas. Bunga ikki jihat sabab yoki asos bo'ladi. Birinchisi - biz "umr" so'zini, avvalo, "biror kishining yashagan yillari" ma'nosida tushunamiz. Ikkinchisi - lirik qahramon "ey umri aziz" deb undalma bilan murojaat qilyapti. Demak, undalinayotgan shaxs yor bo'lishi - mumkin.
Lekin arab tilida "umr" bizda faol bo'lgan keng ma'nodagi "hayot" tushunchasini ham anglatadi. Bunda biror kishining yashagan yillari emas, umuman, hayot ko'zda tutiladi. Unda lirik qahramon yorga emas, aynan hayotga: "Ey aziz hayot!" - deb murojaat qilyapti.
Ko'rinib turibdiki, ruboiydan ikki bir-biriga qarama-qarshi ma'no-mazmun kelib chiqyapti. Xo'sh, qaysi biri - to'g'ri? Shoir bulardan qay birini ko'zda tutgan?
Bu nozik masalani kirill yoki lotin yozuvi asosidagi alifbolarimizda ifodalangan matn asosida hech ham hal qilib bo'lmaydi. Mutaxassis oldida shunday vazifa ko'ndalang bo'lsa, albatta, u - qo'lyozmani ko'rishga majbur. Bunda fors-tojik tilini bilish ham talab etiladi. Chunki agar shoir "men uchun umri aziz bo'lgan yor" demoqchi bo'lsa, "umri aziz" so'zlari arab yozuvi
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
asosidagi eski o'zbek alifbosida " jij* jj** " tarzida, ya'ni "umr" so'ziga "yo" (" j") harfini qo'shish orqali bitiladi. Chunki o'zbek tilidagi egalik qo'shimchasi bo'lmish "i" yozuvda, albatta, aks etishi - kerak. Mabodo, "umri aziz" birikmasi "aziz umr" ma'nosida forsiy izofa bilan kelgan bo'lsa, "i" izofasi yozilmaydi, ya'ni bu so'zlar qo'lyozmada " jij* j** " shaklida ifodalanadi.
Biz qo'lyozmani ko'rganimizda, ruboiyda bu birikma aynan ana shu forsiy izofa bilan kelgani aniqlashdi. Demak, ruboiy lirik qahramon uchun umri aziz bo'lgan yorga emas, aynan hayotga murojaat tarzida bitilgan.
Ruboiy mazmuni noshoyon qolmasligi uchun satrlardagi ma'no-mazmunni aytib o'tishga to'g'ri keladi. Bu esa mazkur she'r, chindan ham, aziz hayot ta'rifiga bag'ishlanganini yana bir karra isbotlagan ham bo'ladi.
Lirik qahramon aziz hayotni jonidan ham ortiq sevadi (1-misra). Jon nima bo'libdi?! Bordi-yu, hayotga mehr-muhabbat miqdorini o'lchash uchun son ishlatiladigan bo'lsa, uning bu ishqini hisoblashga son yetishmaydi, u hayotni sondan ham ko'proq sevadi (2-misra). Biron narsani sevishning bundan ortiq darajasi bo 'Imasa, ey aziz hayot, men ana o 'shandan ham ziyod yaxshi ko 'raman seni, deydi shoir (3 - 4-misralar).
Bu ruboiy mazmunan shoirning "Sab'ayi sayyor" dostonidagi:
Xushdurur bog 'i koinot guli,
Borchadin yaxshiroq - hayot guli [2, 1088], -
baytiga yaqin keladi va u Navoiy hayotsevarligining oliy bir ifodasi yanglig' jaranglaydi. Shuning uchun bu ruboiyni past ohanglarda o'qishning iloji - yo'q.
Modomiki, biz bu yerda qo'lyozma bilan aloqador masalani muhokama etayotgan ekanmiz, bu ruboiyning Alisher Navoiy "Mukammal asarlar to'plami"dagi variantida yo'l qo'yilgan yana bir o'ta jiddiy xatoni ham qayd etishga to'g'ri keladi.
Ma'lumki, "alif" (""') harfi o'zbek alifbosida o'rni bilan "a", ba'zan esa "o" tovushini ifodalaydi. Faqat "o" ko'zda tutilgan bo'lsa, "alif' ustiga "mad" qo'yish orqali "" tarzida bitiladi. Hozirgi "undan" ma'nosidagi "andin" so'zi vazn, qofiya yoki ichki ohangdoshlik talabi bilan ba'zan "ondin" tarzida bitiladi. Navoiy asarlari qo'lyozmalarida kotiblarning dangasaligi yoxud e'tiborsizligi orqali ba'zan "mad" qo'ymay ketilgan bo'lishi ham - mumkin. Biroq bunday o'rinlarda mutaxassis matnning shakliy-poetik mohiyatidan kelib chiqib ish tutishi - shart.
Tahlil etilayotgan ruboiy 1-, 2- va 3-satrlarining har biri 7 so'zdan tashkil topgan. Shundan 6 tasi radif
tarkibida takrorlanib keladi ("seni ko'p sevarmen, ey umri aziz"). Bu misralarning faqat birinchi so'zlarigina - qofiya: "jondin " - "sondin " - "ondin ".
Afsuski, nashrda 4-misradagi "ondin" so'zi farosatsizlarcha "andin" tarzida bitilgani uchun ruboiyda qofiya yo'qolib qolgan. Boz ustiga, 3-satrdagi "ondin" so'zi ham "andin" tarzida ifodalangan. Holbuki, bu ham qofiyadagi so'zlar bilan ichki ohangdoshlikni yuzaga keltirishga xizmat qilib turgan edi.
Qo'lyozma bilan ishlash - "Xamsa"ning "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Sab'ayi sayyor" va "Saddi Iskandariy" dostonlarini to'g'ri o'qish va tushunish uchun ham - juda zarur. Chunki ularning kirill va lotin yozuvi asosidagi o'zbek alifbolarida bosilgan nashrlari asosida ayrim so'zlarning aynan qaysi ma'noda kelganini aniqlashning aslo imkoni bo'lmaydi. Bu, asosan, arab tilidagi ikki va ba'zan undan ortiq tovush uchun bizda bitta harf qo'llanishidan kelib chiqadi. Gap shundaki, arab tilida bir-biriga yaqin, lekin o'zaro farq qiluvchi bu tovushlarning ayrimlari - bizning tilimizda, umuman, yo'q. Shuning uchun biz - kirill yozuvi asosidagi alifbomizda ham, lotin yozuvi asosidagi alifbomizda ham ularning barchasi uchun bitta, ya'ni shunga yaqinroq harf qo'llashga majburmiz. Masalan, kirill va lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbolarida arab tilidagi "¿>", " va " tovushlarining uchalasini bitta "c" (yoki "s") bilan ifodalaymiz. Xuddi shuningdek, "j", "£" va " harflarini ham bitta "3" (yoki "z") "c" hamda "»" harflarini ham bitta (yoki "h") bilan yozamiz. Yoki arab tilidagi "¿" uchun ham, " " uchun ham ba'zan bitta "a"ni ishlatamiz.
Oqibat nima bo'ladi? Arab tilida paronim, ya'ni talaffuzi, eshitilishi, ohangi bir-biriga o'xshash, ammo ayrim tovush(harf)lardagina farq qiluvchi (masalan, o'zbek tilidagi "afzal" - "abzal"; "tarif' - "ta'rif'; "enlik" - "ellik" va hokazo kabi) so'zlar o'zbek tilida omonimga aylanib qoladi. O'zbek o'quvchisi ona tildagi "ot" ("ism", "hayvon turi", "otmoq" fe'lining birinchi shaxs birlikdagi buyruq mayli), "o't" ("olov", " o'simlik", "o'tmoq" fe'lining birinchi shaxs birlikdagi buyruq mayli) omonimlari muayyan ma'nolarini tagmatn(konteskt)dan bilib olaveradi. Ammo "ota" ma'nosidagi "ato" arab yozuvi asosidagi eski o'zbek alifbosida " №, "bag'ishlash", "hadya berish", "muruvvat qilish" ma'nosidagi "^" so'zi ham "ato" tarzida bitiladi. Shuningdek, "ona" ma'nosidagi "L"' ham, "mashaqqat", "qiyinchilik", "azob", "uqubat" ma'nosidagi - "t^" ham "ano", asli forscha-tojikcha bo'lgan "yo'l" ma'nosidagi "°U" ham, asli arabcha bo'lgan "shodlik" va majozan "may" ma'nosidagi "cU" ham "roh " tarzida yoziladi.
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Hatto, arab tilining o'zida omonim bo'lgan so'zlar Navoiy asarlarida ishlatilsa, uning ma'nodosh ekanini bugungi o'zbek o'quvchisi aslo anglay olmaydi. So'zsiz, bunda mutaxassisning yordami kerak bo'ladi. Masalan, "bayon", "ma'lumot", "zorlanish", "yolvorish" ma'nosidagi "arz" ham, "en", "kenglik" ma'nosidagi "arz" ham arabchada bir xil, ya'ni "fj)" tarzida bitiladi. Yana arabchada "Yer", "Yer yuzi" ma'nosidagi "Arz" so'zi ham - bor. Biroq u "alif bilan "tJ" tarzida ifodalanadi. Biz bu uch so'zni ham bir xil qilib, "arz" tarzida yozamiz (Keltirilgan bu so'zlar va ularning arab yozuvi asosidagi eski o'zbek alifbosida ifodalanishi haqida qarang: 3).
Demak, qo'lyozmadan bexabar mutaxassis Navoiyning kirill yoki lotin yozuvi asosidagi o'zbek alifbolarida bosilgan nashrlarini o'qib, bunday nozik farqlarni aniqlashtira olmaydi.
Nima qilmoq - kerak?
Tabiiyki, navoiyshunos, zarurat tug'ilganida, qo'lyozmalar bilan ishlay olish salohiyatiga ega bo'lmog'i - lozim.
"Xamsa"ning ilmiy-tanqidiy matnini yaratgan Porso Shamsiyev bu beshlikning kirill yozuvi asosidagi alifbomizdagi nashrini tayyorlar ekan, shunday paronimlarni qavs ichida arabiy harflar bilan ifodalash yo'lini tutgan.
Masala muhim bo'lgani va ilmda ilk bor bu tarzda ko'tarilayotgani uchun ularni bir-bir keltirib o'tishga to'g'ri keladi.
"Hayrat ul-abror"da:
1. Arz(t j)u falakyo 'qidinu boridin, Borchaning ixfosiyu izhoridin [2, 17].
2. Aylamaging afvi xato, bas, qani?
Bahri karam birla ato (bas, qani? [2, 22].
3. "Ho "(" ^")i muhabbat anga-o 'qdur nasib, -
Kim ani Haq dedi o 'ziga "habib " [2, 24].
4. Ahliyu avlodiyu atboig'a,
Oliyu ahfodiyu ash 'yoig'a L^) [2, 31].
5. Chunki bu hayrat aro ranju ano ()),
Foniy etib xojani, balkim fano [2, 70].
6. Kunduz o 'kush ranj ila muzdurluq,
Kulbag'a bermak kecha ma'murluq (¿jljj*)) [2,
128].
7. Iz (Je) tilasang, ayla qanoat tama ',
Masnadi izzat uzadur "man qana'" [2, 130].
8. Har kishi hamkim, bu guhar bor anga,
Ranju ano ()) doim erur yor anga [2, 133].
9. Qilsa balo zaxmlari chorasi,
Butsa ano ()) o 'qlariningyorasi [2, 147].
10. Mahri muajjal (d*) bu dam ar jon bo 'lub,
Tongla muajjal (dp-j) anga iymon bo 'lub [2, 188].
11. Mehri muajjal (dp*)) tilabon jon olib,
So 'ngra muajjal (dpj) tilab, iymon olib [2, 188].
"Farhod va Shirin" dostonida:
1. Ketur ilgimga dog'i jomi tavfiq,
Yetur ko 'nglumga dog 'i roh(çIJi tahriq [2, 275].
2. So 'zum roh(ç J)in qilib ravshan safodin,
Shafoat jomi yetkur Mustafodin [2, 275].
3. Ki chun shah qildi Mulkoroni ma 'mur jj))),
Binolar mulkdin qilmoqda ma 'mur (jj-») [2,
326].
"Sab'ayi sayyor" dostonida:
Subh rindi chu qildi mayli sabuh,
Roh(ç J)i mehr anga toza ayladi ruh [2, 1071].
"Saddi Iskandariy" dostonida:
1. Ato(^t)si qilib bahru kong 'a jafo,
Anga bahru kon dog 'i qilmay vafo [2, 1247].
2. Qilib ar birin lutfdin bahramand,
Ato birla ta'zimidin arjumand [2, 1394].
Bu misollarning barida paronim so'zlar ishlatilgani uchun o'quvchilar chalg'imasligi ko'zda tutilgan va qavsda arabiy shakl berilgan. Shunday qilinmagan nashrlar bilan ishlashda navoiyshunos so'zlarning ma'nosi va bayt mazmunini qo'lyozmalar bilan solishtirish asosidagina aniqlashga majbur bo'ladi.
Navoiyshunosning qo'lyozmalar bilan ishlashga to'g'ri keladigan jihatlar shulardangina iborat emas. Shoir o'z asarlarida harfiy san'atlardan ham mahorat bilan foydalanadi. Ular - shundayki, muallif arab alifbosidagi harflarning shaklidan kelib chiqqan holda badiiy ifodalar qo'llaydi.
Shoirning mana bu ruboiysini arab yozuvidan, ya'ni qo'lyozmalardan bexabar mutaxassis mutlaqo tushunmaydi:
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
"Jon "imdagi "jim" - ikki "dol"ingg 'a fido, Ondin so 'ng "alif' - toza niholingg 'a fido. "Nun "i - dag 'i anbarin Hilolingg 'a fido, Qolg 'an iki nuqta - ikki xolingg 'a fido [1, 563].
Chunki bu yerda lirik qahramon yorga murojaat qilib, "jon" deganda uning "jL" tarzida bitilishidagi harflardan kelib chiqib badiiy tafakkur qiladi. Bu so'zning birinchi harfi - "jim". U - arabiyda "z" tarzidagi ko'rinishga ega. Uni shoir ikkita "dol"ga o'xshatadi. "Dol" esa "" shaklida bo'ladi. Chindan ham, bir qarashda "jim" ikkita dolni birlashtirganga o'xshaydi. Lekin she'rda "dol" istiora bo'lib kelgan. Bu istiora esa yorning ikki gajjagini bildiradi. 2-satrda so'z o'rtasida kelgan "alif' (""') istioraviy yo'sinda yorning toza nihol kabi tik qomatini anglatib kelgan. 3-misrada "nun" ("j") yorning anbar hidli Hiloli, ya'ni yangi chiqqan Oy kabi qoshiga ishora qilingan. 4-qatorda esa "jL" so'zidagi "z"ning ostida va "j"ning ustida kelgan ikki nuqta yorning ikki xoliga fido ekani aytiladi.
Qo'lyozmalar bilan ishlay olmaydigan mutaxassis "Sab'ayi sayyor"dagi:
Ko 'z (uza nuqta qo 'ymay, aylab zo 'r, Mardumi bo'lmag'ondek aylasa ko'r (jj^) [2, 1192];
G'ayb(^))din nuqtaye yo 'nub amdo, Xatt aro ayb (hyj) aylasa paydo [2, 1192], -
baytlardagi badiiy go'zallikni to'la anglay olmaydi. Mazkur baytlarda shoir paronim so'zlarni qo'llagan: "ko 'r" - "ko 'z"; "g 'ayb " - "ayb ". Ammo bu yerda butun dardi pul topishdan iborat bo'lgan savodsiz xattotlar tanqid qilinyapti. Buni bulardan oldingi baytlardan bilib olamiz:
Yana kotibki, tez etib xoma, Istagay naqsh qilsa bu noma.
Neki men yozdim, uyla sursa qalam, Ne raqam qildim, oni qilsa raqam.
Baytlarda taxalluf aylamasa,
Lafzlarda tasarruf aylamasa.
Oq o 'lub anga nomayi a 'mol,
Tushsun ilgiga xomayi iqbol.
Kimki, yozmoqqa muzd qildi havas,
Borcha maqsudi muzd bo 'lsa-yu, bas,
Qora pul uzra mojaro qilsa,
Yuzidek safhani qaro qilsa [2, 1192].
Bir nuqtani tashlab ketish bilan "ko'z" so'zini "ko'r", "g'ayb" kalimasini esa "ayb" deb yozgan bunday xattotlarni shoir duoyi bad qiladi:
Xomasiga ko 'zi midod o 'lsun, Ul qarodin anga savod o 'lsun.
Tili shaq bo 'lsun, uylakim, xoma, Orazi tiyra, uylakim, noma [2, 1192].
Demak, bundaylarning qalami ko 'ziga qora rang tortsin, ular bundan savod (xulosa ham) chiqarsin, tili qalam uchi kabi o 'rtasidan kesilsin, yuzi yozilgan xat kabi qora bo 'lsin, deydi shoir.
Ayrim arabcha so'zlarda bir tovush ikki bor takrorlanadi: "durr", "xatt", "sirr" va hokazo. Holbuki, turkiy tillarda bir bo'g'inda ikki undosh deyarli uchramaydi. Faqat "tinch", "qo'nj", "sevinch". "quvonch", "to'rt", "mo'rt", "murch" kabi jami, nari borsa, 25 - 30 tacha turkiy so'zdagina bir bo'g'inda ikki undosh yonma-yon keladi, xolos. Shuning uchun tilimizda odatda "durr", "xatt", "sirr" kabi so'zlarni oxirgi undoshini tushirib qoldirgan tarzda qo'llayveramiz. Lekin Navoiy she'rda, vazn taqozosiga ko'ra, ularni sof arabiy shaklda, ya'ni ikki undosh bilan ishlataveradi ham. Noprofessional mutaxassis nashrda bu so'zlar oxiridagi undoshning bittasini qisqartirib yozadi va oqibatda vazn buziladi. Hatto, "Xamsa"ning 1958 yilgi nashrida ham shunday xatoga yo'l qo'yilib, yuqorida keltirilgan bir bayt:
Faü6(±)duH Hy^ae üyHu6 aMdo,
Xam apo aü6 aünaca naüdo [2, 1192], -
tarzida xato bitilgan. Bundagi "xamm" so'zining bitta "m" bilan yozilishi baytda vaznning buzilishiga olib kelgan. Bunday holatda o'quvchi noshirning xatosini Navoiyga to'nkashi hech gap emas. Holbuki, Navoiy vazniy saktalikka yo'l qo'ymagan edi.
Ulug' shoirning bu "qarg'ish"i - qo'lyozma bilan ishlashni bilmaydigan navoiyshunoslarga ham birday tegishli. Chunki biz keltirgan kabi misollar tahlilida mutaxassis yo adashadi, yo aynan tishi o'tmagani uchun ayni nuqtalarni ko'rib, ko'rmaslikka olib o'tish yo'lini tutishga majbur bo'ladi.
Shu tahlillar asosida taklif sifatida quyidagilarni bayon etamiz:
birinchidan, oliy ta'lim muassasalarining o'zbek filologiyasi o'qitiladigan fakultetlarida arab yozuvi asosidagi eski o'zbek alifbosini puxta o'rgatish;
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS ID THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
ikkinchidan, Navoiy asarlarining bundan keyingi ommaviy nashrlarining havolalarida ham shunday paronim so'zlar qo'llangani aytilib, ularning matndagi ma'nosini izohlab ketish usulidan foydalanishni yo'lga qo'yish;
uchinchidan, o'zbek adabiyoti tarixi mutaxassislari islom Sharqi mumtoz so'z san'atining o'ziga xos poetik xususiyatlaridan yaxshi boxabar bo'lishi;
to'rtinchidan, navoiyshunos fors-tojik tilini yaxshi bilishi;
beshinchidan, navoiyshunos, imkoni bo'lsa, arab tilini bilishi, hech qursa, bu lisonning eng muhim xususiyatlaridan boxabar bo'lishi - zarur.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Алишер Н а в о и й. Мукаммал асарлар туплами. 20 томлик. Т. 3. - Тошкент: Фан, 1988.
[2] Алишер Н а в о и й. Хамса. - Тошкент: УзССР Фанлар академияси, 1958.
[3] Навоий асарлари лугати. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1972.