MILLIY MA'NAVIY MEROSIMIZNI O'RGANISH VA TADBIQ ETISHDA XATTOTLIK SAN'ATINING AHAMIYATI
Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev israilO 109@gmail.com Azizbek Jabbarovich Jabbarov azizbek.jabbarov@list.ru Andijon davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarda saqlanib qolgan tarixiy qo'lyozma asarlarni o'qish-o'rganishda ulardagi o'ziga xos yozuv qoidalarini o'zlashtirishda xattotlik san'atining (kalligrafiya) ahamiyati haqida so'z boradi.. Qo'lyozma kitoblarni o'qish uchun esa kishida yetarli malaka, saviya, boy tajriba bo'lishi kerakligi va ma'naviy merosimizni o'rganish, tadqiq etish, uning ilg'or g'oyalarini keng xalq ommasiga, ayniqsa yoshlarga yetkazish kerakligiga e'tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: Xattot, tasviriy san'at, amaliy san'at, arab yozuvi, naqqoshlik, qobiliyat, eski o'zbek yozuvi, ta'lim, innovatsiya, kitobat san'ati, miniatyura
THE IMPORTANCE OF THE ART OF CALLIGRAPHY IN STUDYING AND IMPLEMENTING OUR NATIONAL SPIRITUAL HERITAGE
Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev israilO 109@gmail.com Azizbek Jabbarovych Jabbarov azizbek.jabbarov@list.ru Andijan State University
Abstract: This article talks about the importance of the art of calligraphy (calligraphy) in learning the specific rules of writing in the reading and learning of historical manuscripts preserved in Central Asia and other countries. In order to read written books, one should have sufficient skills, level, and rich experience, and attention is paid to the need to study and research our spiritual heritage, to convey its advanced ideas to the general public, especially to the youth. .
Keywords: calligraphy, fine art, practical art, Arabic script, painting, skill, old Uzbek script, education, innovation, book art, miniature
"Andalusiyadan bizda bor-yo'g'i o'ttizta kitob qoldi va bu atomni parchalashimizga imkon berdi. Agar yondirilgan yarim million kitob saqlanib
qolganida edi, biz allaqachon fazoda galaktikalar orasida sayohat qilayotgan bo'lar edik." (Fizika bo 'yicha fransuz Nobel mukofoti sovrindori Pyer Kyuri)
Ma'lumki, Turon zaminida yashab o'tgan xalqlarning ilm-fan va ma'naviy madaniyat soxasida yaratib qoldirgan ming yillik madaniy meros durdonalari bizning davrimizgacha, asosan, avloddan-avlodga qo'lyozma shaklida o'tib kelgan. Shu nodir qo'lyozma kitoblar tufayligina Markaziy Osiyo xalqlarining ajdodlari yaratib qoldirgan boy madaniy merosdan bahramand bo'lganlar. Shu qo'lyozmalar tufayli har bir xalq, har bir millat o'z tarixiga ega bo'lgan. Nihoyat, shu qo'lyozmalar va o'ziga xos me'moriy obidalari hamda amaliy san'at durdonalari tufayli O'rta Osiyo xalqlari jahon madaniyatining taraqqiyotiga va tarixiga salmoqli xissasini qo'sha olgan.
Ayni vaqtda ma'naviy-ma'rifiy sohadagi islohotlar samarasini oshirish zarurati bu yo'nalishdagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni talab etmoqda. Bu borada nafaqat mamlakatimiz, balki jahon miqyosida g'oyat noyob hisoblangan, YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan qo'lyozmalar hamda 75 mingdan ziyod hali to'liq o'rganilmagan nodir qo'lyozmalar fondiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, shuningdek, qadimiy yozma manbalar fondiga ega bo'lgan muassasalar faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida ta'kidlanganidek, Sharq xalqlarining uzoq asrlik tarixida yaratib qoldirgan madaniy merosida xattotlik va kitobat san'ati alohida o'rin egallaydi. O'rta Osiyo xalqlari tomonidan islom dinini qabul qilinishi jarayonida VIII asrdan ilm-fan va davlat ishlarida rasmiy yagona yozuv sifatida Arab yozuvi o'rin oldi.
Agar biz Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi o'rta asr me'morchiligiga oid binolarga ko'z tashlar ekanmiz, ulkan binolarning gumbazlari, peshtoqlari va binoning ichki bezaklarida va xattoki kandakorlik, kulolchilik buyumlarida ham arab xusnixati bezak sifatida asosiy o'rinlardan birini ishg'ol etganini ko'ramiz. Kishi ko'zini qamashtiruvchi koshinlar orasiga yozilgan turli o'lchov, rang-barang bo'yoqlardagi yozuvlar o'zining rang, chiziq va shakliy mutanosibligi, jozibadorligi bilan kishini maftun qiladi.
Arab yozuvi asrlar davomida ikki vazifani bajarib keldi:
1) Barcha xalqlar yozuvi singari islom dini yaratgan ma'naviy madaniyati taraqqiyoti uchun xizmat qilgan hamda ilm-ma'rifat va madaniy yodgorliklarni bizning davrimizgacha saqlab kelgan asosiy vositalaridan biri bo'lgan;
2) Arab yozuvining grafik asoslari bir xil bo'lishiga qaramasdan, harflar shakl jihatdan turli uslublarda taraqqiy etgan. Bu holat arab harfalriga husn kiritish va ularni tobora go'zallashtirishga bo'lgan intilishlari natijasida arab yozuvi dunyodagi ko'p xalqlar yozuvidan farqli o'laroq ma'no tashish vositasidan tashqari yuksak estetik zavq beruvchi san'at turiga aylangan.
Jumladan, mashhur shoiru nosirlar, muarrixu mutarjimlarimizdan: Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy, Bobur va Ogahiylardan tortib, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho'lponlarning eng yaxshi badiiyat durdonalarigacha, Beruniy, Juvayniy, Muhammad Narshaxiy, Rashididdin Votvot, Nasaviy, Bayxaqiy singari muarrixlar yaratgan o'lkamiz tarixiga oid mumtoz asarlarning barchasi arab yozuvida bitilgan. Bundan tashqari, tibbiyot, riyoziyot, xandasa, kimyo, ilmi nujum, jug'rofiya kabi fanlar tarixi haqida qimmatli ma'lumotlar beruvchi manbalar ham ana shu yozuvda saqlanib qolgan.
Arab yozuvining rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, uzoq o'tmishga borib taqaladi. Arab sahrolaridagi xalqlar haqida, ya'ni arablar to'g'risida dastlab Ossuriyaning harbiy yilnomalarida (miloddan avvalgi VIII-VII asrlar), Injildagi matnlarda qayd etilgan (miloddan avvalgi IX-asr), shuningdek, qadimgi antik davr qo'lyozmalarida (masalan, Gerodot, miloddan avvalgi V-asr). Arab manbalarida arab tilining ilk bor tilga olinishi Qur'onda miloddiy VII-asr o'rtalarida qayd etilgan.
Milodiy II-III asrlarning eng mashhur yozuvlari Numar (Damashqning janubi) oromiy yozuvlaridir, bu til arab tiliga o'xshash bo'lganligi bilan e'tiborni tortadi.
Ularda IV-VI-asrlarda yozilgan arab yozuvi namunalari mavjud. Ushbu yozuvlar juda qisqa va lingvistik ahamiyatga ega emasdir, biroq, shunga qaramay, ular arab tili rivojlanishining dastlabki bosqichlari haqida ozgina tasavvurga ega bo'lish imkonini beradi. Nabatiy yozuvining asosiy xususiyatlaridan biri harflarning bir-biriga bog'lab yozilishi tufayli, ko'plab tadqiqotchi olimlar arab tili Nabatiy yozuvidan kelib chiqqanini ta'kidlashadi.
Shunday qilib, eramizning dastlabki yuz yilliklarida Arabiston yarim orolining Markaziy va Shimoliy hududlarida arab tili bir-biri bilan chambarchas bog'liq qabilaviy lahjalarning umumiy to'plamidan iborat bo'lgan. Shu asnoda qabilalar va hududiy lahjalar bilan bir qatorda she'riy shakli shakllandi. Keyinchalik vaqt o'tishi bilan arab tilining og'zaki shakllari yagona qabilalararo adabiy va yozma umumarab tilining shakllanishiga asos bo'ldi.
Zamonaviy lotin yozuvi i \ \ r A B G D E F Z H 1 K L M N 0 P Q R S t]
Dastlabki lotin yozuvi A * < t> f F z H * K L n N o r Q P <7 T
Dastlabki yunon yozuvi A A V A 3 A z B 7 >1 1 1 1 0 n ® l> I T
Finikiya yozuvi
Dastlabki oromiy yozuvi K 1 \ ? J e> \ 7 i J ) o 0 r V 1 r
Nabatiy yozuvi a J ) V J 1 7 I *] ) J V V 3 p P 1 r N
Dastlabki arab yozuvi I is (LS J y _ I J -O J M) L. 5 JO S j Ml
270-milodiy yilda Nabatiy yozuvi vujudga keldi. Ko'fa yozuvi yuzaga kelguncha bir qancha yozuv turlari vujudga kelgan. Bular xiriy, hijoziy, yozuvlaridir. Bu yozuvlar asosida yana nimara, zayd, xiron yozuvlari ham paydo bo'ladi.
Nimara yozuvi Xira shahri yaqinidagi Duruz tog'i yozuvi hisoblanadi. Uning vujudga kelish sanasi 323-milodiy yiliga to'g'ri keladi.
Zayd yozuvi Firot daryosi bo'yida yashovchi xalq yozuvi hisoblanadi. Bu yozuv 512 yilada vujudga kelgan. Xiron yozuvi esa zayd yozuvidan kam farq qilib, 568 yil paydo bo'lgan. Undan so'ng Maqaliy xati vujudga keladi.
Ma'qaliy xati - kufiy xatigacha bo'lgan qadimgi yozuvlardan biri bo'lib, harflarning to'g'ri chiziqligi bilan kufiy xati ajralib turadi.
Ma'qaliy va kufiy yozuvlari asosida arab yozuvining san'atkorona yaratilgan olti asosiy uslubi maydonga keladi. Bular: Muhaqqaq, Rayxoniy, Tavqe', Suis, Nasx va Riqo yozuv uslublaridir.
Ba'zi tilshunos olimlar "ta'liq" xatini bu olti xat yoniga qo'shib yetti tur qilib ko'rsatadilar. Bu xat forsiy matnlarni yozish uchun ixtiro qilingan, keyinchalik bu xat turi nasx xati bilan qo'shilib, "nasta'liq" xat turi yaratilgan. Bu xat turida forsiy va turkiy matnlar bitilgan.
Arab yozuvining taraqqiyoti Arab dunyosi va albatta Islom dini bilan chambarchas bog'liqdir. Mamlakat sarhadlarining kengayishi bilan ma'muriy boshqaruv tizimini arablashtirish natijasida arab tilini isloh qilish zarur bo'lib qoldi, hamda xalqlararo hamkorlik va har qanday madaniy almashinuv uchun yagona til zarurati tug'ildi. Shu sababli 696-yilda arab tili musulmon dunyosining rasmiy ma'muriy tili deb e'lon qilindi. Arab tilini rasmiy til sifatida birinchi davlat Iroq, keyin 700-yilda Suriya va 705-yilda Misr qabul qilgan.
Yuqorida aytganimizdek, Arab tilining birinchi yozma yodgorligi Qur'ondir. U Arab tilining barcha lingvistik xususiyatlarini hozirgi kungacha saqlab qolgan manbadir. Bundan tashqari, milodiy VIII-IX-asrlarda og'zaki qabila she'riyati yodgorliklari qayd etilgan. Ilmiy-ma'rifiy doiralarda tilning adabiy shakli takomillashtirildi. Bir vaqtning o'zida, Arab adabiyoti mustaqil o'rganiladigan grammatika, lug'at va ritorika kabi alohida fan sifatida ajralib chiqdi. X-asrning boshlarida grammatik terminologiya paydo bo'lib, bir tizimga keltiriladi.
Abbosiylar davrida arab yozuvining keyingi rivojlanish davri alohida ajralib turadi. VIII asrning ikkinchi yarmida she'riyat bo'yicha risolalar paydo bo'ldi. IX asrdan xuddi shu Arab adabiyotshunoslari arab sheriyatida ritorik shakllari va bosqichlarini, shuningdek, turli xil uslubiy bezaklarini o'zida mujassamlashtirgan yangi "badia" ("yangi uslub") tushunchasini kiritdilar.
Xalqimiz tarixi, ijtimoiy-siyosiy va moddiy-ma'naviy ahvoloti 1300 yil mobaynida arab alifbosiga asoslangan yozuvda yozib kelingan. Arab alifbosini har xil xat turlarida yoza olish va o'qiy bilish chinakam iste'dod. Yozganda ham go'zal
yozish, qog'oz yuziga so'zlarni chiroyli joylashtira olish asl iqtidorli xattotlarga nasib etadi. Qalam bilan, siyoh bilan, qog'oz bilan sirlasha olish oson ish emas. U yuksak did, malaka va ko'nikma talab etadi.
Bularning hammasi bizdan, xususan, yuqorida sanab o'tilgan ajdodlarimiz qoldirgan merosimizni sohalar tarixi bo'yicha shug'ullanuvchilardan arab yozuvini mukammal o'rganishni taqozo etadi. Chunki xalqimizning ko'p asrlik ma'naviyati, ruhiy olami, ijodkorlik salohiyati ana shu yozuv vositasida aks etgan.
Shunday ekan, o'z xalqi tarixini, o'tmish adabiyotini bilish, uni chuqurroq idrok qilish istagida bo'lgan har bir o'quvchi arab alifbosi asosidan boxabar bo'lishi, mazkur yozuvning o'ziga xos nozik jihatlarini obdon o'rgangan bo'lishi zarur. Tarixiy manbalarni o'qish- o'rganish uchun qo'lyozma asarlarga xos yozuv qoidalarini yaxshi o'zlashtirgan bo'lishi lozim. Qo'lyozma kitoblarni o'qish uchun esa kishida yetarli malaka, saviya, boy tajriba bo'lishi kerak. Ma'naviy merosimizni o'rganish, tadqiq etish, uning ilg'or g'oyalarini keng xalq ommasiga, ayniqsa yoshlarga yetkazish uchun esa eski o'zbek yozuvi, ya'ni arab yozuvini puxta o'zlashtirish lozim.
Biz o'tmish merosimizni qanchalik puxta bilsak, bugungi kunimiz qadrini, mazmunini shu qadar teranroq anglab yetamiz.
< '
Albatta, keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va san'at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi voqeligimiz, hayotning taraqqiyot oqimi, ayniqsa, globallashuv jarayoni bilan bog'liq tobora keng yoyilib borayotgan "ommaviy madaniyat" deb nom olgan madaniyatning yoshlarga ta'siri, uning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlariga
ham alohida e'tibor qaratilmoqda. "Ommaviy madaniyat" ning bugungi kunda insonlarning ongi va tafakkurini egallashning, ularning azaliy, asrlar sinovidan o'tgan ma'naviy qadriyatlar tizimidan ayirishga qaratilganligi hamda uni yoyishga bo'lgan harakatlar eng xavotirli holatlardan biriga aylanib bormoqda. Shu bilan birga "Ommaviy madaniyat" insonlar uchun mutlaqo yot bo'lgan ma'naviy va axloqiy, tubanlik illatlari, hamda sharq xalqlari tasavvurlariga, tarixiy-madaniy an'analariga, sharqona odob va ahloq normalariga zid qarashlar va g'ayriaxloqiy asarlarining kirib kelayotganligi bilan bugun milliy madaniyatlarga, milliy o'zlikni anglashga katta xavf solmoqda.
Bu jarayonlar esa, o'tmish merosimizni har tomonlama o'rganishni taqozo etmoqda. Bu esa oldimizga o'tmish merosimizni atroflicha egallash bilan bog'liq muammolarni tezlikda hal etish vazifasini ko'ndalang qo'yadi.
Shuningdek, nufuzli ilmiy-tadqiqot muassasalari oldida qo'lyozmalarni saqlash, ta'mirlash, mavjud fondlarni boyitib borish, tarixiy manbalar bilan ishlash uchun mahalliy yosh tadqiqotchilarga qulay sharoitlar yaratishdan tashqari, tarixiy-madaniy merosimiz namunalarini har tomonlama chuqur o'rganish, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan beqiyos hissasini targ'ib etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodimizni xalqimizning buyuk ma'naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish bo'yicha dolzarb vazifalar turganini alohida ta'kidlash lozim.
Zero, yoshlarimiz qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abduqodir Murodov O'rta Osiyo xattotlik san'ati tarixidan Toshkent Fan nashriyoti 1971
2. Rahimboy Jumaniyozov "Eski o'zbek yozuvi" T.: "O'qituvchi" 1989 yil
3. A. B. Xalidov Рукописная книга в културе народов Востока Москва 1987 Издательство «Наука»
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori PQ-2995-son 2017 yil 24 may Toshkent
5. D. A. Nozilov O'rta Osiyo dizayni tarixidan Toshkent "O'zbekiston" 19988