Научная статья на тему 'NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA NUTQ MADANIYATI VA MULOQOT ODOBINING TALABLARI HAQIDAGI QARASHLARI'

NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA NUTQ MADANIYATI VA MULOQOT ODOBINING TALABLARI HAQIDAGI QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

716
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
"Hayrat ul-Abror" saga / responsibility of words / review of verses. About subtleties of meaning in words. / “Hayrat ul-abror” dostoni / so„z mas‟uliyati / misralar sharhi.So„zdagi ma‟no nozikliklari haqida.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zumrad Normurot Qizi Abduraxmonova, O. Islamov

Maqolada Navoiyning so„z mas‟uliyatli bo„lish, so„z qadrini anglash, undan oqilona foydalanish haqida so„z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article talks about Navoi being responsible, understanding the value of words, and using them wisely.

Текст научной работы на тему «NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA NUTQ MADANIYATI VA MULOQOT ODOBINING TALABLARI HAQIDAGI QARASHLARI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

NAVOIYNING "HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDA NUTQ MADANIYATI VA MULOQOT ODOBINING TALABLARIHAQIDAGI QARASHLARI

Zumrad Normurot qizi Abduraxmonova

Chirchiq pedogogika unversiteti 2-kurs magistratura talabasi zumradadurahmonova121 @gmail .com

Maqolada Navoiyning so'z mas'uliyatli bo'lish, so'z qadrini anglash, undan oqilona foydalanish haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: "Hayrat ul-abror" dostoni, so'z mas'uliyati, misralar sharhi.So'zdagi ma'no nozikliklari haqida.

The article talks about Navoi being responsible, understanding the value of words, and using them wisely.

Keywords: "Hayrat ul-Abror" saga, responsibility of words, review of verses. About subtleties of meaning in words.

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda barcha sohalar kabi tilshunoslik sohasi ham rivojlanib, bu sohada qilinishi lozim bo'lgan ishlar yechimini topmoqda. Shu sohaning eng muhim yo'nalishlaridan biri bu nutq madaniyati sohasidir. Nutq va til munosabati doimo biri ikkinchisini taqazo qilgan .Til va nutqning dialektik aloqasi insoniyatni bir necha asrlardan buyon qiziqtirib kelgan masaladir.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o'zek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag'ishlangan tantanali marosimda ,, Dunyo hamjimiyatidan munosib o'rin egallashni maqsad qilib qo'ygan har qaysi davlat, avvalo, o„z xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi "Buning uchun esa har birimiz bu ulkan vazifani dildan his qilishimiz kerak.

Har bir inson uchun dunyoda tengsiz narsalalar va bebaho ne'matlar bo'ladi,albatta. Shunday inomlardan biri bu tildir.

O„. Islamov

Madaniyat va san'at unversiteti f.f.n.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Haqiqatdan ham, insonning boshqa mavjudotlardan, yaratiqlardan

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ustuvor tomoni uning tili va tengsiz tafakkuridir. Darhaqiqat, insoniyatning o'tmishi va bugunini bog'lovchi uzilmas ko'prik bo 'lib xizmat qilib kelayotgan, asosiy poydevor ham shu tildir. Til orqali kishilar bir-birlari anglaydilar. Shu nodir xazina bois biz ajdodlarimiz qoldirgan ulkan xazina sirlaridan voqif bo'lamiz. Aynan til tufayli bir millatga mansub xalq sifatida birlashamiz. Har bir xalqning birinchi belgisi uning ona zabonidir.

Ona tilini e'zozlash unga chin ma'noda muhabbat qo'yish insonning shu yashab turgan diyoriga birinchi galda o'zini hurmat qilishiga bog'liq nazarimda. Chunki kimki, olloh bergan bu tortiqni qadrini bilmas ekan, u inson hayotida faqatgina til ne'matini qadrini tushurgan emas, aslida o'zining saviyasini ko'rsatgan bo'adi ,xalos .

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Til yashasa, millat ham yashaydi. Jamiyatning taraqqiyoti ona tilimizga bog'liq. Bundan bir necha asr ilgari yashab o'tgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tilning ahamiyatini hayotimizda tutgan muhim o'rnini chuqur his etganlar. Ul zotning birgina ,,Tilga extiyorsiz - elga e'tiborsiz '„ degan o'gitining zamirida ham bir olam ma'no mujassamdir.

O'z millatining tilini mukammal bilgan inson boshqa tilni tez o'rganadi. Boshqa tilni o'rganish jarayonida tilimizning boyligini his etadi.

Bu boy merosni asrash kelgusi avlodlarga sof yetkazish esa bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda biz insonlar zimmasiga ulkan mas'uliyat yukini yuklaydi. Navoiy merosini o'rganish uning tilning asosiy quroli bo'lgan so'zdan oqilona foydalanish, uning har biri anglatgan ma'nosini chuqur anglab so 'ng nutqqa chiqarish kerakligini yetkazish orqaligina biz bu o'z burchimizni bajargan bo'lamiz.

Navoiy bobomizning tilshunoslik va til ilmi nazariyasiga daxldor bir qancha manbalari bor . Shular orasdida besh xazinaning birinchisi bo'lgan ,,Hayrat ul-abror '' dostonida til va uning quroli so'z o'ziga xos talqin qilingan.

Bu dostonda so'z xususida maxsus bitta bob ajratilgan. Unda so'zning nutqqa chiqqanda nutq egasining umumiy fazilatiga bog'liqligini ,chunki har qanday inson ham chiroyli nutq sohibi bo'lishi mumkin, ammo buning uchun u haqiqiy komil inson bo'lmog'i lozimligini eslatadilar. Quyida ularni sharhini ko'rish orqali bu tushunchani yana ham mazmunini chuqurroq anglab olamiz.

So'z guharig'a erur oncha sharaf ,

Kim bo'la olmas anga gavhar sadaf .

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Bu misrada Navoiy so'zga ta'rif berib, uni gavharga qiyoslaydi. Shu o'rinda yana fikrini izohlab, so'zni sadafdan ham sof bo'lishini izohlaydilar.

Buyuk so'z ustasi so'zning makoni qalb ekanligiga, ko'ngildan chiqqan har bir so'z insonning kim ekanligini ko'rsatuvchi oyna ekanligini yana bir baytda shunday sharhlaydi.

So'zdin o'lukning tanida ruhi pok ,

Ruh dag' tan aro so'zdin halok .

Mutafakkir so'zning qiymatini, insonning qadrini ko'taruvchi ham, ayni bir paytda pasaytiruvchi ham u ekanligini shu misralarida ko'rsatib beradilar.

So'zni so'zlashda so'zlovchi quyidagilarga alohida e'tibor berishi lozim. So'z qisqa va mazmunli, takrorlardan xoli, tiglovchilarga yoqadigan mavzuda bo'lsa maqsadga muvofiq bo'lishini aytadilar. Haqiqatdan ham til qafasdagi she'r kabidir. Uning jilovi faqat jilovdorining izmida. Shunday ekan har birimiz o'z tilimizni jilovlashni, uning faqat yaxshiliklar ulashishga xizmat qilishini ta'minlashga bel bog 'laylik.

To'g'ri axir xalqimizda bir gap bor: "Odamlar bor tiriklikda o'likdir, Odamlar bor, o'iganda ham tirikdir." Yuqoridagi misralarda ham ayni insoning hayoti davomida qilgan, ezgu ish va so'zi orqali o'isa ruhi pok bo'lishi, aksincha, bo'lganda esa tirik yurgan bo'lsa ham, uning kishilar orasida qadr-qimmati bo'lmasligini izohlaganlar.

Ayniqsa Navoiyning so'zning olloh tomonidan in'om etilgan eng nodir tortiq ekanligi quyi misrada yaqqol ko'rsatib erilgan.

Tengriki, insonni qilib ganji roz ,

So'z bila hayvondin anga imtiyoz.

Yaratuvchi insonni yaratdi . Unga eng noyob hadya bo'lmish tilni sovg'a qildi. Bu imtiyozi bilan insonlar hayvondan farq qildi. Shuning uchun ham insonning insoniyligi bilindi.

Navoiy umri davomida shunga o'xshagan fikrlarni targ'ib qildi. Insonning insoniyligini go'zal husni emas, balki uning shirin kalomi belgilashini takror-takror ta'kidladilar.

O'zlari ham bunga amal qildilar. Shirin so'zli bo'lish ,qo'ldan kelgancha kishilarga yaxshilik ulashishi, kishilar qalbini shirin so'zi bilan davolash mumkinligi haqida bot-bot uqtirib asarlarida buni meros qilib qoldirdilar.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda Navoiy so'zning yaratuvchini in'omi

ekanligini, unga qilingan nopisandlik, isrofgarchilik,

January, 2023

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

o'rinsizlikning bir kun ,albatta ,jazosi borligi. Har kim o'z nutqida so'zning qudratini anglagan holda foydalanish ,kerakligini o'rinli tushuntiriganlar. Mulohazalar yuritib tavsiyalar berganlar. Navoiy umri davomida insonni sevdi va uni olamning gultoji sifatida har narsada o'rnak bo'lishini xohladi. Yozuvchi asarlarida insonlarni bilimli, donishmand komil shaxs bo'lishini istadi.

Shuning uchun ham Navoiy asarlari xalqni birdamlikka chorlovchi ezgulikka eltuvchi insonni shaxs sifatida kamol toptiruvchi nodir xazinadir. Bu merosni o'rganish orqali biz bugungi kun yoshlarini tarbiyalashda muhim manba bo'lib xizmat qilmoqda. Hozirgi kun yoshlari sifatida men ham ushbu maqolam orqali nutq madaniyatining bugungi kundagi ahamiyati hozirgi davr talabidan kelib chiqib muhim ekanligini yaxshi anglab, buning uchun yuksak so'z san'atkori Alisher Navoiy asarlarini o'qish orqali erishish mumkin. Chunki bu asarlar orqali insonni insoniy fazilatlarini shakllantirish muhim manbadir.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy .Mukammal asarlar to'plami .Yigirma tomlik. O'n to'rtinchi tom-Toshkent, Fan, 1998.

2. R. Rasulov . Umumiy tilshunoslik .-T.,2021.

3. R. Rasulov . O'qituvchi nutqi madaniyati va notiqlik san'ati.-T., 2020

4. Sh. Rahmatullayev . Hozirgi o'zbek adabiy tili. - T., 2006.

5. S. Usmonov. Umumiy tilshunoslik.- T., 1972.

6. I. Qo'chqartoyev. So'z ma'nosi va uning valentligi.-T. ,1977.

January, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.