Научная статья на тему 'BORCHADIN INSONNI SHARIF AYLADING (ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA INSONNING BUYUKLIGI)'

BORCHADIN INSONNI SHARIF AYLADING (ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA INSONNING BUYUKLIGI) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
226
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson / asar / hayrat / shoir / bob / maqolat / so’z / o’jiza / qarash / talqin. / person / work / surprise / poet / chapter / article / word / miracle / view / interpretation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M. Fozilova

Mazkur maqolada Alisher Navoiyning durdona asari “Xamsa” tarkibiga kiruvchi “Hayrat ul-abror” dostonida insonni komillik darajasida ko’rish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, inson haqidagi mulohazalar talqin etilgan. Shuningdek, maqolarlarda aks etgan mavzularning mazmun -mohiyati borasidagi fikrlar ham o’rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

YOU MADE EVERY MAN NOBLE (THE GREATNESS OF MAN IN THE EPIC OF ALISHER NAVOI "KHAIRAT UL-ABROR")

In this article, special attention is paid to the issue of seeing a person at the level of perfection in the epic "Khairat ul-Abror", which is part of Alisher Navoi's masterpiece "Khamsa", and comments about a person are interpreted. There are also opinions about the content and essence of the topics reflected in the articles.

Текст научной работы на тему «BORCHADIN INSONNI SHARIF AYLADING (ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA INSONNING BUYUKLIGI)»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

BORCHADIN INSONNI SHARIF AYLADING (ALISHER NAVOIYNING "HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDA INSONNING

BUYUKLIGI) Fozilova Mehriya O'ktamovna

Buxoro viloyati Buxoro shahar 6-IDUM ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6975023

Annotatsiya. Mazkur maqolada Alisher Navoiyning durdona asari "Xamsa" tarkibiga kiruvchi "Hayrat ul-abror" dostonida insonni komillik darajasida ko'rish masalasiga alohida e 'tibor qaratilgan bo'lib, inson haqidagi mulohazalar talqin etilgan. Shuningdek, maqolarlarda aks etgan mavzularning mazmun -mohiyati borasidagi fikrlar ham o'rin olgan.

Kalit so'zlar: inson, asar, hayrat, shoir, bob, maqolat, so'z, o'jiza, qarash, talqin.

ТЫ СДЕЛАЛ КАЖДОГО ЧЕЛОВЕКА БЛАГОРОДНЫМ (ВЕЛИЧИЕ ЧЕЛОВЕКА В ЭПОСЕ АЛИШЕРА НАВОИ «ХАЙРАТ УЛЬ-АБРОР»)

Аннотация. В данной статье особое внимание уделяется вопросу видения человека на уровне совершенства в эпосе «Хайрат ул-аброр», входящем в шедевр Алишера Навои «Хамса», и интерпретируются комментарии о человеке. Также есть мнения о содержании и сути тем, отраженных в статьях.

Ключевые слова: человек, произведение, удивление, поэт, глава, статья, слово, чудо, взгляд, интерпретация.

YOU MADE EVERY MAN NOBLE (THE GREATNESS OF MAN IN THE EPIC OF ALISHER NAVOI "KHAIRAT UL-

ABROR")

Abstract. In this article, special attention is paid to the issue of seeing a person at the level of perfection in the epic "Khairat ul-Abror", which is part of Alisher Navoi's masterpiece "Khamsa", and comments about a person are interpreted. There are also opinions about the content and essence of the topics reflected in the articles.

Keywords: person, work, surprise, poet, chapter, article, word, miracle, view, interpretation.

KIRISH

Inson Alloh taolo yaratgan barcha mavjudotlar ichida eng aziz va mukarram xilqat.Islom nazdida barcha insonlar barobar, bir-biriga birodardirlar. Ulardan biri boshqasidan hech narsada-na boylik, na mansabda, na chiroyi yoki xushbichim gavdasi bilan na jamiyatda tutgan o'rni bilan ustun bo'la oladi.

Tangriki , insonni qilib ganji roz, So'z bila hayvondin anga imtiyoz.

O'zbek xalqining ulug' shoiri va mutafakkir Alisher Navoiy jahon adabiyotining yetuk siymolaridan biri. Shoir ijodining yuksak cho'qqisi "Xamsa" asari hisoblanadi. Olim birinchilardan bo'lib, turkiy tilda to'liq "Xamsa " yaratdi va turkiy tilda shunday ko'lamdor asar yozish mumkinligini isbotlab berdi. "Alisher Navoiy "Xamsa"sidagi dostonlar: "Hayrat ul-abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun", "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy" xamsa janri talablari asosida ijod etilgan bo'lib, o'zaro bog'liq yaxlit turkumni tashkil etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Shoir "Xamsa" asarida insonni komillik darajasida ko'rish masalasiga alohida e'tibor qaratgan. Shu boisdan ham ulug' shoir ushbu asarning muqaddimaviy dostoni sanalgan "Hayrat ul-abror" ni yuksak insoniy fazilatlar talqiniga bag'ishlagan, deyish mumkin. Dostondagi maqolatlarda insonning ma'naviy kamolotiga xizmat qiluvchi fazilatlar shunchaki ulug'lanmay, balki ularning mohiyati Qur'oniy oyatlar va hadislar, shuningdek, mutafakkir ijodkorning hayotiy kuzatishlari asosida badiiy talqin etiladi. Ayni chog'da maqolatlarda ilgari surilgan muhim ijtimoiy-siyosiy, ilohiy-irfoniy axloqiy- ta'limiy g'oyalar , hikoyatlar misolida yanada rivojlantiriladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Ulug' shoir "Hayrat ul-abror" ning nomlanishi va yozilishi tarixi haqida dostonda qu-yidagi baytlarni bitadi:

Hayrati abror ko'rub zotini, "Hayrat ul-abror" dedim otini. Nuqtai ta'rixi ahsanki edi, Sekkizu sekkiz yuzu seksan edi. (6,34) Ulug' shoir asarni o'qiydigan yaxshi kishilar undan hayratga qolishlarini nazarda tutib, dostonning nomini "Hayrat ul-abror", ya'ni "Yaxshi kishilarning hayratlanishi" deb ataganligini bayon qiladi.. Alisher Navoiy an'anaga ko'ra "Xamsa"da insonning ko'p qirrali faoliyatini yoritishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Shu bois ulug' shoir "Hayrat ul-abror" ning hamd va munojotga bag'ishlangan fasllarida "Bismillohir rahmonir rahim" ilohiy kalimasini badiiy sharhlash Allohning buyuk yaratuvchanlik xususiyatini vasf etish bilan bir qatorda insonni ham madh etadi. Jumladan, ulug' shoir "Avvalgi munojot"da Allohni vasf etarkan, dunyoning avvaliyu oxiri ham, asosi ham Uning O'zi ekanligiga diqqatni qaratadi:

Avval o'zung, oxiru mabayn o'zung, Barchaga xoliq boriga ayn o'zung. (6,19) Buyuk mutafakkir bir vaqtlar bu jahon pinhon, ya'ni yashirin ekanligini na yer, na ko'k, na kun, na tun- hech narsa mavjud bo'lmaganligini e'tirof etadi. Shoir Allohni vasf etarkan, olamda Undan boshqa hech kim, hech narsa bo'lmaganligi, nozir ham, manzur ham Uning o'zi bo'lib, o'z ishqidan mast, ,husnidan masrur bo'lganligini so'zlaydi. Alloh husnining jilvasiga chek-chegara bo'lmay, unga bir ko'zgu zarur bo'lib qolgani va shu maqsad bilan dunyo vujudga kelganini bayon etadi. Ayonlashadiki, dunyo Allohning jamoliga bir oynadir. Ulug' shoir "Avvalg'i munojot"da mavjudot olamidagi barcha narsalar Allohning mahsuli ekanligini ta'kidlaydi. Konlardagi javohir, tabiatning xushmanzara go'shalari, tog'larning samoga bo'y cho'zishi, shamolning harakati, xullas barcha barchasi Alloh xohish-irodasining samarasi va uning farmoniga ko'ra ish tutadi. Mehribon va rahmdil Alloh mo'jiza ko'rsatib Insonni yaratadi:

Ganjing aro naqd farovon edi, Lek baridin g'azar inson edi. Turfa kamolingga dog'i komil ul, Sirri nihoningga dag'i homil ul. Ko'nglig'a qilding chu yaqin ganji qism, Jismini ul ganjiga qilding tilsim.(6,21) Alisher Navoiy Allohning qudratli, har narsani yaratmoqqa qodir xazinasida narsalar juda ko'p bo'lsa-da, bularni yaratishdan maqsad inson bo'lganini ayon qiladi. Allohning turfa

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

yetukliklari-mo'jizalari ichra inson yana bir mo'jiza sifatida yaralgan. Alloh nigohining yetukligini dalili ham insondir.

MUHOKAMA

Insonning ko'ngli xazinaning bir qismi bo'lsa, jismi shu ganjga tilsimdir. Ulug' shoir o'z e'tiqodiy qarashlardan kelib chiqib, insonga olamning gultoji bo'lish nasib etganligiga, uning ko'nglidan o'rin olgan yana bir ilohiy ne'mat -"yaqin ganj", ya'ni ilmga o'quvchi e'tiborini qaratadi. Insonning mo'jiza ichra mo'jiza ekanligi uning vujudi shu ilm bilan idrok etiladigan tilsimligidadir. Ko'rinadiki, mutafakkir shoir insonga tuhfa etilgan ilohiy ne'matlar: aqlu idrok, fahmu farosatu ilm uning boshqa mavjudotlardan ustun bo'lishiga bois bo'lganini e'tirof etish bilan birga Allohning barcha mavjudotlarni yaratishdan maqsadi insonni yaratish ekanligiga yana bir karra e'tiborni qaratadi."Hayrat ul-abror" dostonining so'z ta'rifiga bag'ishlangan o'n to'rtinchi bobida so'zning ilohiy qudrat ekanligi badiiy ifodasini topadi. Ulug' mutafakkir so'zni gavharga qiyoslaydi, hatto so'z qiymatda gavhar to'la xazinadan ham ustun turishini bayon qiladi. Shoir talqinicha, necha-necha xazinalar taqdirini birgina so'z hal etishi mumkin. To'gri, bu fikr tagida katta hayotiy tajriba, chuqur falsafiy umumlashma yotadi. Chunki, shu birgina yaxshi va ta'bir bilan aytilgan so'z tufayli mamlakatda tinch hayot hukm surishi, muomala jarayoniga qo'pol, o'ylanmay aytilgan birgina so'z aralashsa,urush olovi alanga olishi, imoratlar vayron, ekinzorlar payhon,xalq xonavayron bo'lishi turgan gap. Ulug' shoir insonga in'om etilgan ilohiy ne'mat -unga ato etilgan so'zlashish imkoniyati ekanligiga e'tiborni qaratadi.

Tangriki, insonni qilib ganji roz, So'z bila hayvondin anga imtiyoz (6,58)

Alisher Navoiyning ushbu baytida inson olamning chinakam gultoji ekanligi o'z ifodasini topgan. Alloh insonni "ganji roz", ya'ni sir xazinasi, o'ziga xos mo'jiza sifatida yaratganiga ishora qilinishi shunday fikrga kelishga undaydi. Ayni choqda buyuk Yaratuvchi unga so'zlashish imkonini berib,uni boshqa mavjudotlardan qadrli qilganligi ham ahamiyatlidir. Mutafakkir shoir insonga berilgan so'zlashish imkoniyati nihoyatda katta in'om ekanligini dostonning keyingi baytlarida mantiqan dalillashga kirishadi:

Ulug' shoir ko'chirilgan satrlarda so'zni tariflash niyatida go'zal ma'shuqa obraziga murojaat etadi. Uning g'unchadek kichkina va may ichgandek qip-qizil lablari bir-biriga yopishib tursa-yu, so'zdan xomush bo'lsa, ya'ni doimo jim tursa, bir so'z demasa. Sanamning g'unchadek lablari qizilligi aqlni mast aylasa,nafaqat mast, balki ko'rgan kishini bodaparast qilib qo'ysa. Bu go'zal har qancha chiroyli ko'rklilikda osmonni oyidek bolsa-yu, biroq gapirmasa, devordagi suratdan farq qilmaydi-da! Buyuk so'z san'atkorining baytlarida keltirilgan hayotiy tamsillari o'quvchini befarq qoldirmaydi. Bu tamsillar inson ulug' mo'jiza ekanligini shuurimizga singdiradi. Uning chinakam mo'jizaligining bir qirrasi tabiiyki, so'zlay olishida namoyon boladi. Alisher Navoiy ana shunday so'zlash imkoniyatidan mahrum sanamning butun go'zalliklarini tariflarkan, doimo jim turishi uning malohatiga soya solishini aytib o'tadi. Inson

G'uncha og'izlik sanami no'sh lab, So'zdin agar aylasa,xomo'sh lab. La'li mayi aqlni mast aylasa, Mast nekim,bodaparast aylasa. Surat ila bo'lsa mahi osmon, Surati divor hamon, ul hamon.(6,58)

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

so'zi bilan go'zal bo'lganidek, o'sha no'shlab sanam ham takallumi bilan yanada go'zallashishiga urg'u beradi.

Lek takallum chog'i aylab itob, Talx hadis o'lsavu,shirin javob. Fitna qilib va'dayu payg'om ila, Aqlni mast aylasa,dashtnom ila. Ko'rguzubon loba malohat uza, Lobasi tuz sepsa jarohat uza. Kim ekin bu shu'lag'a yoqilg'uchi, Yo bu jarohatqa davo qilg'uchi. Gar bo'lubon husn ila obid fireb, Bo'lsa malohat bila husniga zeb. Oytsa bu husna malohat bila, Nuqtani oyini fasohat bila. Solg'uchi jinsi baniodamg'a o't, Ne baniodam bari olamg'a o't.(6,59) Shoir ma'shuqa go'zalligi haqida haroratli satrlar bitgandan so'ng, uning chiroyi so'zi bilan yanada mukammallashishiga diqqatni qaratadi. To'g'ri, sanam gapirganda doimo yaxshi so'zlarni tanlamasligi mumkin. Keltirilgan parchaga avvalo,aynan ana shu jihatlarga e'tibor qaratiladi. Go'zal takallum chog'i ,ya'ni so'zlayotganda qahru g'azab qilib, achchiq so'z aytsa, unga shirin javob lozim bo'lsa. U turli va'dayu xabarlar bilan fitna qilib,kishini uyaltirib, aqlini mast qilsa, Go'zal husnu malohati bilan tilyog'lamalik qilib, o'zining yolvorishlari bilan jarohatga tuz sepsa. Bu shu'laga yoqilg'uchi kim bo'ladi? Yoyinki, bu jarohatga kim davo topadi? O'sha sanam husnu malohatiga zeb berib,taqvodor va namozxon kishilarni aldovchi bo'lsa-chi? Albatta, bu savollar kishini o'ylantiradi. Ammo u boshqacha ham bo'lishi mumkin. O'sha sanam husnu malohati bilan chiroyli va yoqimli so'zlashni odat qilsa. Unda uning vujudi barcha odamlarga, nafaqat bani odamga, balki olamga o't soladi. Ko'rinadiki, ulug' shoir go'zal sanamning nafaqat tashqi go'zalligi, balki uning so'zi botini go'zalligi bilan mukammallik hosil qilishiga o'quvchi e'tiborini qaratadi. Bunday go'zallik sohibi inson mukammalligining yana bir asosi bo'lmish uning mushtdek qalbida jo bolgan ishq deya ataluvchi tuyg'ularning junbushga kelishiga bois boladi:

Inson so'z bilan sarafroz etilganidan foydalanib, fusunkor san'at namunalarining ham ijodkoriga aylanadi. Ulug' shoir so'z vositasida vujudga keluvchi san'at namunalari xususida fikr yuritarkan, bulardan ham umrbod insonni sharaflash ekanini nazarda tutadi.

Alisher Navoiy dostonlarida isnonni shunchaki sharaflab qo'ymaydi. Uning tirikligi buyuk baxt ekanligini, yoyinki, mavjudotlar ichra alohidalik kasb etganini aytish bilan cheklanmaydi. Mutafakkir shoir masalaga islomiy e'tiqodlar nuqtai nazaridan yondashadi va rad etib bo'lmas dalillarni badiiylashtirsh bilan insonni sharaflaydi, uning ulug'ligiga shubha qilish mumkin emasligini o'quvchi shuuriga sindirishga harakat qiadi. Ayni chog'da ulug' shoirning inson hayoti bilan bevosita bog'liq lavhalarni badiiylashtirish bilan fikrlarini quvvatlashi

Hardam etib elni halok o'rtagay, Balki bashar haylini pok o'rtagay. (6,59)

XULOSA

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

badiiylikni oshirishga, tayanch g'oyani o'quvchi qalbida ehtiros bilan olib kirishga imkon yaratgan. Shoir yozganidek:

Barchasini garchi latif aylading, Borchadin insonni sharif aylading.

REFERENCES

1. Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror.Mukammal asarlar to'plami. XX tomlik,7-tom.Toshkent:"Fan",1991

2. Alisher Navoiy . Mahbub ul qulub .Munshaot.Vaqfiya.Mukammal asarlar to'plami. XX tomlik,14-tom.Toshkent:"Fan",1993

3. Vohidov R.Alisher Navoiy va ilohiyot.Buxoro, 1994

4. Vohidov.R.,Maxmudov.M.Iymon - qalb gavhari. Toshkent:

5. Vohidov R,Eshonqulov H .O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. Toshkent:O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti,2006

6. Komilov.N.Tasavvuf.Birinchi kitob.Toshkent "Yozuvchi" 1976

7. Mallayev N.O'zbek adabiyoti tarixi.Toshkent:"O'qituvchi"1976

8. Mallayev N.Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti.Toshkent:"Fan",1974

9. Vohidov R,Ne'matov H, Mahmudov M. So'z bag'ridagi ma'rifat.Toshkent:"Yozuvchi"2001

10. Maxmud Asad Jo'shon. Tasavvuf va nafs tarbiyasi. Toshkent "Cho'lpon"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.