Научная статья на тему 'NAVOIY OBRAZI (ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANI MISOLIDA)'

NAVOIY OBRAZI (ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1273
140
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
“Alisher Navoiy“ romani / intertekstuallik / ”Xazoyin ul-maoniy“ / portret / peyzaj. / роман «Алишер Навои» / интертекстуальность / «Хазайн ул-Маони» / портрет / пейзаж.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ro‘Zmetova Shahodat Durdiyevna, Madaminova Dilnura Bahodir Qizi

Ushbu maqolamizda Isajon Sultonning “Alisher Navoiy“ romanida Navoiy obraziga to’xtalib o’tilgan. Shuningdek asarning mohiyati, kompozitsiyasi, strukturasi, boblari, yozuvchi mahorati, obrazlar, tarixiy voqealar, peyzaj, portret haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ОБРАЗ НАВОИ (НА ПРИМЕРЕ РОМАНА ИСАДЖАНА СУЛТОНА "АЛИШЕР НАВОИ")

Данная статья посвящена образу Навои в романе Исаджона Султана «Алишер Навои». Также рассказывается о сути, композиции, структуре, главах, навыках письма, образах, исторических событиях, пейзаже, портрете произведения.

Текст научной работы на тему «NAVOIY OBRAZI (ISAJON SULTONNING “ALISHER NAVOIY” ROMANI MISOLIDA)»

NAVOIY OBRAZI (ISAJON SULTONNING "ALISHER NAVOIY" ROMANI

MISOLIDA) Ro'zmetova Shahodat Durdiyevna,

Urganch tumanidagi 39-sonli maktab

I toifali o'qituvchisi Madaminova Dilnura Bahodir qizi

Urganch davlat universiteti 2-bosqich talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo. 7430946

Annotatsiya: Ushbu maqolamizda Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" romanida Navoiy obraziga to'xtalib o'tilgan. Shuningdek asarning mohiyati, kompozitsiyasi, strukturasi, boblari, yozuvchi mahorati, obrazlar, tarixiy voqealar, peyzaj, portret haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: "Alisher Navoiy" romani, intertekstuallik, "Xazoyin ul-maoniy", portret,

peyzaj.

ОБРАЗ НАВОИ (НА ПРИМЕРЕ РОМАНА ИСАДЖАНА СУЛТОНА "АЛИШЕР

НАВОИ")

Аннотация: Данная статья посвящена образу Навои в романе Исаджона Султана «Алишер Навои». Также рассказывается о сути, композиции, структуре, главах, навыках письма, образах, исторических событиях, пейзаже, портрете произведения.

Ключевые слова: роман «Алишер Навои», интертекстуальность, «Хазайн ул-Маони», портрет, пейзаж.

IMAGE OF NAVOY (IN THE EXAMPLE OF THE NOVEL "ALISHER NAVOY" BY

ISAJAN SULTON)

Abstract: This article focuses on the image of Navoi in Isajon Sultan's novel "Alisher Navoi". It also talks about the essence, composition, structure, chapters, writing skills, images, historical events, landscape, portrait of the work.

Key words: "Alisher Navoi" novel, intertextuality, "Khazayin ul-Maoni", portrait, landscape.

KIRISH

Alisher Navoiy ijodini, uning shaxs sifatidagi kamolotini tilga olar ekansiz, beixtiyor ko'z oldingizda mislsiz ummon gavdalanadi. Shunday ummonki, na tubi ko'ringay, na yakuni. Bu sirli tilsim javohirotlarga limmo-lim, har safar varaqlaganingizda yangi jilo kasb etadi. Bu durdona asarlar zamon va makon tanlamaydi. So'zni sevish, undan ehtiyotkorona foydalanish zarur. Alisher Navoiy butun umrini xalqning farovonligiga, jamiyatninig istiqboliga, ilm-fanning rivojiga o'zining hissasini qo'shgan mutafakkirdir. Navoiy badiiy ijodda shunday yuksaklikka bo'y cho'zdiki, hali hanuz hech kim Navoiy dahosidan yuqori bo'y cho'zmayotir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Navoiydek buyuk insonni asrlardan asrlarga barhayot o'tishining boisi, uning asarlaridir. Hazrat Navoiy haqida filmlar, teatrlar, badiiy asarlar yaratilgan. Lekin Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" romani yuqoridagi yaratiqlardan farqli ravishda Navoiy qalbini, Navoiy tuyg'usini, Navoiy his etgan dardlarni kengroq ochib berishga qaratilgan. Shuningdek, Navoiy davri va XV asr hayoti uchun tipik bo'lgan voqea-hodisalar turli obrazlar zanjiriga birlashtirilgan. Yozuvchi bu o'rinda juda ko'p izlanishlar olib borganligi, o'nlab tarixiy, badiiy asarlarga murojaat qiladi. Dunyo adabiyotshunosligida intertekstuallik degan adabiy hodisa bo'lib, unda yozuvchi uning mohiyati yozilgan asar tarkibida boshqa mualliflar asarlaridan parchalar olib foydalanadi. Isajon Sulton esa bu jarayonda tarixiy hodisalarning ifodalanishida aynan Navoiy asarlaridan olingan

parchalardan, voqealardan foydalanadi. Roman kompozitsiyasi Alisher Navoiyning "Xazoyin ul-maoniy" devoni ichki strukturasiga mos: "G'aroyib us-sig'ar", "Navodir ush-shabob", "Badoe' ul-vasat", "Favoid ul-kibor" deb atalgan to'rt qismdan iborat. Alisherning bolaligi, yoshlik yillari, o'rta yoshda ko'rgan-kechirganlari va keksalik pallasidagi foydalar romanda batafsil bayon qilinadi. To'rtinchi qism nisbatan katta o'rinni egallaydi. "Xamsa"ni tugallanishi, "Muhokamat ul-lug'atayn" muhokamalari, "Lison ut-tayr" — bularning barchasi ushbu romanda o'z ifodasini topadi. Boblarning har biri esa voqea va hodisalar jo etgan bo'limlardan iboratdir. Bo'limlarning qisqaligi, nomlanishdagi ajoyibliklar ham kitobxonni befarq qoldirmaydi. Asarda Navoiyning bolaligidan toki umrining so'nggi kunlarigacha bo'lgan voqealar tarixiy faktlar bilan yoritilgan. Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, asarga tarixiy voqealar asos qilib olingan. Badiiylik, ifodaviylik yuqori. Asar boshida Navoiy tog'oyisi Muhammad Ali bilan kaklik ovida gavdalanadi. Yosh bo'lishiga qaramasdan qalbida hayvonot va nabodot olamiga muhabbati sezilib turadi. Bolakayninng "Yo'q -yo'q otmang" deya kaklikni ottirmaganligi, uning polaponlariga rahmi kelishi yoshgina Navoiy qalbida mehr-muhabbat tuyg'ulari barq urganligidan dalolatdir. Yozuvchi Navoiy portretini quyidagicha tasvirlaydi. "Yoshgina kalta olacha to'n hiyol qiyiq ko'zli g'ayratli bolakay."

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Asarda ko'rishimiz mumkinki, juda ko'p g'azallarining yaratilishi va uning atrofidagi jarayon mohirlik bilan tasvirlangan. Navoiyning turkiy til uchun mardona kurashi har birimizga namuna bo'la oladi. O'zbek tilimiz yana bir Navoiyga muhtoj. Davr har birimizdan Navoiy bo'lishni talab etmoqda. Ulug'bek Hamdam aytganidek: "Binoyidek bo'lish oson, eplay olsangiz Navoiydek bo'ling". Navoiy chin ma'noda xalqni sevuvchi insondir. Navoiy hech bir insonning diliga og'ir gap aytmas, jamoatda mulzam qilmas edi. Navoiy xalq manfaatini har narsadan ustun qo'yadi. Mamlakat hukmdoriga eng to'g'ri maslahatni beradi, bir umrlik orzusi bo'lgan haj ziyoratidan ham qoladi. Alisher Navoiy obrazida, avvalo, odamiylik, sahiylik, do'stga vafo, ezgulik, yaxshilik, kamtarlik, xalq g'ami bilan yashash, so'zga ehtiyotkorlik tuyg'ulari jo etilgan. Asardagi boshqa obrazlar davrning mashhur kishilari pir-u, ulamolari bo'lsa hamki, go'yo Navoiy obrazini to'liqroq ochib berishga safarbar qilingan. Shuningdek Husayn Boyqaro va Navoiy orasidagi sadoqat, do'stlik o'zaro ishonch, ham fikrlik ularning umri davomida hamroh bo'ldi. Husayn Boyqaro santanat ishlarida oilaviy munosabatlarda, janglarda Navoiy bilan maslahatlashib ish yuritadi. Navoiy qalbida Husayn Boyqaroning mastlik chog'da o'z nabirasini qatl hukmiga imzo qo'yganligi, shahid ketgan 11 yashar Mo'minmirzoning o'limi chuqur qayg'uga soladi. Alisher Navoiy Sulton Husayn Boyqaro iltimosiga ko'ra shaxzoda Badiuzamonga nasihatlar beradi, saltanat osoyishtaligiga o'z hissasini qo'shadi, Navoiy asarda xalq g'ami bilan yashaydi, har bir harakati xalqning farovon yashashiga qaratilgan edi. Asarda Shayboniyxon, Abulhayrxon, Shohruh Mirzo, Abusaid Mirzo, Husayn Boyqaro, Jomiy, Lutfiy, Sharafiddin Al Yazdiy, Pahlavon Muhammad, Said Xasan Ardasher, Shayx Kamol Turbatiy, Mavlono Abulays, Abu Abdulloh Kulohiy kabi tarixiy obrazlar keltirilgan. Asardagi har bir obraz mohirlik bilan tanlangan. Har bir qahramon go'yoki Navoiy siymosini to'liqroq yaratishga safarbar qilingandek go'yo. Yozuvchi o'z maqsadini faqat qahramonlar xatti-harakati, nutqi bilan emas, tabiat manzaralarini tasvirlash orqali ham yoritib beradi. Peyzajni shunchalik mohirona tasvirlaydiki, go'yo o'zingizni asar ichida yurgandek tasavvur etasiz. Asarda "Havzi mohiyonda bir tantana" nomli bo'lim so'ngida quyidagi fikrlar keltirilgan: "Shu kichik jussali, tiniq nigohli bolakay kelajakda butun turk mamlakatlari uzra fikr qanotini keng yoyadigan, qushlar-u hayvonot olamlaridan to o'n sakkiz ming olam mo'jizalarigacha nazar

soladigan, ma'rifat vodiylarini kezib, Adam dashtidan xabar oladigan avliyo bo'lib yetishishidan Muhammad Ali tog'oyining ham, boshqalarning ham xayoliga kelmasdi" degan fikrlar bilan yakunlangan.

XULOSA

Isajon Sulton bu romanni 2016-2020-yillarda yozganligi ko'rsatilgan. Roman 2021-yilgacha qayta ishlanib, nashrga tayyorlandi. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Hazrat Alisher Navoiy asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o'zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo'lib kelgan. Isajon Sultonning "Alisher Navoiy" romani esa Navoiy shaxsini yanada chuqur anglashimizda turtki bo'la oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Isajon Sulton "Alisher Navoiy "romani .Toshkent : Adabiyot nashriyoti, 2021-

yil.

2. Bahodir Karim "Hazrat Alisher Navoiyga ehtirom yohud insoniyat quyoshi ta'rifida bitilgan roman to'g'risida bir-ikki og'iz so'z" https://yuz.uz/uz/news/insoniyat-quyoshi-tarifida-bitilgan-roman-

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.