Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY TASHABBUSI'

ALISHER NAVOIY TASHABBUSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
627
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
lirik merosi / turkiy va fors tillaridagi devonlari / g‘azal / xronologik tartiboti / nodirlik / devon / janr.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Komiljon Niyazov

Maqolada buyuk alloma Hazrat Alisher Navoiyning serqirra ijodiy merosi haqida so‘z borib, dunyo olimlari tomonidan o‘rganilishi, asarlarini keng targ‘ib qilish xususidagi muhim vazifalar, shoirning davlat arbobi sifatidagi hayot tarzi, tillar qiyosi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY TASHABBUSI»

ALISHER NAVOIY TASHABBUSI

Komiljon Niyazov

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali

ANNOTASIYA

Maqolada buyuk alloma Hazrat Alisher Navoiyning serqirra ijodiy merosi haqida so'z borib, dunyo olimlari tomonidan o'rganilishi, asarlarini keng targ'ib qilish xususidagi muhim vazifalar, shoirning davlat arbobi sifatidagi hayot tarzi, tillar qiyosi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: lirik merosi, turkiy va fors tillaridagi devonlari, g'azal, xronologik tartiboti, nodirlik, devon, janr.

Kirish

Hazrat Alisher Navoiyni teran anglash uchun avvalo uning hayot yo'li va ijodi bilan yaqindan tanishib chiqish joiz. Shundagina shoirning falsafasini qisman anglab yetsa bo'ladi. Boisi Navoiy ijodi mazmunga juda boy. Uni anglash uchun katta bilim, keng dunyoqarashga ega bo'lish lozim.

Alisher Navoiy so'z mulkining sultoni deb atalishi sabablaridan biri bu bo'lsa, boshqa jihatdan mutafakkir ikki tilda ijod qila olgan [1]. Va har ikki tilni ham mukammal bilgan. Bizning hozirgi o'zbek tilimiz shakllanishiga ilk tamal toshini qo'ygan zot ham, aynan, Alisher Navoiy bo'ladilar.

Hazrat Alisher Navoiyning ijodiy merosi ulkan va ko'p qirrali: unga 30 ga yaqin yirik asarlar - she'rlar to'plamlari (devonlar), falsafiy va ilmiy risolalar kiradi. Markaziy Osiyo va O'rta Sharq musulmon xalqlarining ko'p asrlik madaniy an'analaridan foydalangan holda Alisher Navoiy butunlay o'ziga xos asarlar yaratadi.

Tahlil

Shoirning lirik merosi juda katta. Uning turkiy va fors tillarida devonlarga kiritilgan g'azal janridagi 3150 asari ma'lum. "Fikrlar xazinasi" shoirning o'zi tomonidan 1498-1499 yillarda xronologik asosida tuzilgan she'riy to'plam bo'lib, shoir hayotining to'rt davriga to'g'ri keladigan to'rtta devonni o'z ichiga oladi: "Bolalikning qiziqishlari", "Yoshlikning nodirligi", " O'rta yoshning qiziqishlari ", "Keksalik davri". Devonlarda boshqa janrlardagi she'rlarlar ham mavjud, bular: muhammas, musaddas, mustahzod, ruboiy va turkiy folklorga tegishli bo'lgan tuyuqlar ham bor [2].

Navoiy o'zining asosiy vazifalaridan birini adabiy turkiy tilni rivojlantirish deb bilgan. Aynan shoir she'riyatida turkiy bayt badiiy cho'qqiga ko'tarilgan: uning g'azallari detallar, rasmiy qoidalarga virtuoz muvofiqligi, semantik o'yinlari, obrazlar, allegoriyalar va metaforalarning yangiligi bilan hayratga soladi. Navoiy lirikasi tufayli forsiy til yagona adabiy til maqomini yo'qotgan.

Navoiy bobomiz yashab ijod qilgan turkiy til va hozirgi kunda ishlatadigan tilimiz o'rtasida ancha farq borligi hammamizga ma'lum. Masalan o'sha davrdagi g'azallarni o'qisak bir o'qishda tushunib olish anchagina qiyinchiliklar tug'diradi [3].

Keyin yordamchi izohli lug'atlarga ehtiyoj sezamiz. Aslida ham Alisher Navoiyni ona tillimizni tarixiga aloqadorligi borasida ulug'lashimiz qay darajada?

Muhokama

Biz maktab davrlarimizdan beri til masalasida Alisher Navoiy bobomizni birinchi o'rinda eslab o'tishimiz odatiy hol bo'lib qolgan. Tarixga yuzlanadigan bo'lsak arab tili Navoiy davrida davlatning rasmiy tili hisoblangan. Fors tili esa badiiy adabiyot sohasida rasmiy til hisoblangan. Turkiy til esa norasmiy til hisoblanib, ziyoli qatlam undan deyarli keng foydalanmagan. Hattoki, ba'zi tarixiy manbalarda kelishicha: "Arab tili asal til. Fors tili shakar til, Turk tili hunar til" deyilgan maqollar ham yetib kelgan.

Navoiy bobomiz turk tilining ham o'ziga xos xususiyati borligini, ya'ni xalq ishlatayotgan til o'z xususiyatlariga ega ekanligini, turk tili ham badiiy adabiyotga yaray oladigan til ekanligini isbotlagan. Navoiyning ko'p madrasalarda o'qib tahsil olganligidan kelib chiqib fikr qiladigan bo'lsak, hadis, tavsir, fikhga oid ma'lumotlar turkey talqini aynan alloma yashagan vaqtdan boshlangan. Navoiy bobomizning "Xamsa"ni yozishga 5 marotaba urinishi, turkiy tilda buyuk asarlarni yozish mumkinligiga asosiy e'tibor qaratilganligi guvohi bo'lamiz [4]. Ya'ni asosiy vaqt va kuch shunga sarflangan. Tilni o'zlashtirishlik va tilni hamma ishlatadigan darajaga olib borishlik katta mehnat va e'tiborni talab qiladi. Shuning uchun ham bobomizning til muhofazasiga bo'lgan harakatlari birinchi planda ko'zga tashlanadi. Navoiyning tilga bo'lgan so'z boyligi ancha ko'pligini quyidagi satrlar orqali misol keltirishimiz mumkin. Ya'ni sof turk tilning xususiyatlari bo'yicha.....

Dilbar erur tengsiz jahonda Erur anga xushdor-u banda Tengsiz xushdor-u, shaydosi men man Jahonda bandaman men anga..

Natija

To'rt qatorgina jumla deyarli barchasi turkiy tilda yozilgan. Endi bir ahamiyat qaratib shu to'rtlikni faqat to'rtta qator boshidagi ilk birinchi so'zlarini qo'shib ketma ketlikda o'qib ko'ringchi....keyin esa faqat qatorlardagi ikkinchi so'zlarni ketma

ketlikda o'qib ko'ring.....keyn uchinchi va to'rtinchi qatorlarni... Ya'ni gorizontal va

vertikalga qarab ham bir xil o'qiladi. Bu Navoiy bobomizning qobiliyatidir. Turk tili arab tili bilan ham va boshqa tillar bilan ham badiiy adabiyotda bellasha olishligini isbotlab berganlar. Navoiy bobomiz o'z davrlarida turkiy tilning bugunga qadar yetib kelishligiga va uning rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar.

Hammamiz bilamizki, "Navoiy"- bu tahallus, buyuk bobomizning asli ismi Nizomiddin Mir Alisherdir. Ular hozirgi Afg'onistonning Hirot shahrida tavallud topganlar.

Vengriyalik sharqshunos olim, sayyoh Arminius Vamberi 1863-yilda Markaziy Osiyoga tashrif buyurganida Alisher Navoiy haqida shunday yozgan edi: "Eng buyuk o'zbek shoiri Navoiy hamma va barchaga ma'lum".

Navoiy olimlar, hattotlar, mutafakkirlar, rassomlar, musiqachilar va shoirlarga homiylik qilgan va shu bilan birga ularga moliyaviy yordam ham ko'rsatgan. Uning qo'l ostida Hirotda olimlar va ijodkorlar doirasi shakllandi, ular qatorida Husayniy tahallusi bilan she'rlar yozgan sulton Husayn Boyqaro, tarixchilar Mirxond, Xondamir, Vasifiy, Davlatshox Samarqandiy, rassom Kamoliddin Behzod, me'mor Kavam-ad-din singarilar bor [5].

Navoiy tashabbusi bilan Hirotda ko'pgina qurilish ishlari olib borildi: Injil kanali bo'yida madrasa, xonaqoh, kutubxona va kasalxona barpo etildi. Ulardan tashqari, Navoiy umri davomida 380 dan ortiq ommaviy binolar barpo ettirgan. Navoiyning shaxsiy kotibi Abduljamil ham she'rlar yaratgan.

Alisher Navoiy mutafakkir sifatida Naqshbandiyning darvish so'fiylar yo'nalishi a'zosi bo'lgan. U faqat Rabbiyni (Allohni) sevar edi. U bu haqida "Lison ut-tayr" ("Qushlar tili") da yozadi: "Humo qush singari men ham sevgi otashida tug'ildim. Va u faqat olovda tug'iladi va unda o'ladi. U faqat yonib kuyish uchun tug'ilgan".

Xulosa

Xulosa o'rnida aytib o'tish kerakki, Alisher Navoiy o'z hayoti davomida o'z maqsadlarini aniq ko'ra olgan va ularga hech narsaga qaramay intilgan. Uning maqsadlari orasida ilm-u-fan, san'at va tilni rivojlantirishlar ham bor edi. Albatta bu ma'noda u o'z maqsadini amalga oshira oldi.

Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi misolida o'zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o'rganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi [6]. Alisher Navoiy ta'lim-tarbiya to'g'risidagi fikrlarini ko'proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qilgan.

Hozirda u asos solgan o'zbek tili davlat tili maqomiga ega. Ilm-fan bo'yicha O'zbekiston dunyoning rivojlangan mamlakatlari safiga kirishni maqsad qilib odimlar ekan, Navoiy yaratgan o'zbek tili hamisha unga hamnafas bo'lishda davom etadi.

REFERENCES

[1]. PQ-4865-son 19.10.2020 // O'zR PQ "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to'g'risida"

[2]. Aripova A. Notiqlik va uning lisoniy-uslubiy vositalari. Toshkent, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2007.

[3]. Aripova, A., Khodjayeva, K., & Yuldasheva, N. (2020). Methods, aspects and components of teaching the uzbek (russian) language as a foreign language on the experience of foreign students. Journal of Critical Reviews, 7(4), 393-398.

[4]. Khasanovna, A. A. (2021). The Live Word Is An Important Tool That Constitutes The Content-Essence Of The Oratory Art. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 417-434.

[5]. Боровков А. К. : Алишер Навои как основоположник узбекского литературного языка // Алишер Навои. М.; Л, 1946. С. 92-120;

[6] https://cyberleninka.ru/article/n/buyuk-s-z-sanatkori-alisher-navoiyning-ser-irra-izhodiy-merosi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.