Научная статья на тему 'DAVLATSHOH SAMARQANDIYNING “TAZKIRAT USH-SHUARO” ASARI HAMDA ZAYNIDDIN VOSIFIYNING “BADOYE’ UL-VAQOYE” ASARLARIDA NAVOIY SHAXSIYATIGA DOIR MA’LUMOTLAR QIYOSI'

DAVLATSHOH SAMARQANDIYNING “TAZKIRAT USH-SHUARO” ASARI HAMDA ZAYNIDDIN VOSIFIYNING “BADOYE’ UL-VAQOYE” ASARLARIDA NAVOIY SHAXSIYATIGA DOIR MA’LUMOTLAR QIYOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
833
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamondosh / xotira / memuar / hazrat / buyuk inson / daho / tasavvur / xalq og’zaki ijodi / contemporary / memory / memoir / saint / great man / genius / imagination / folklore.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Babakulova Nargiza Kurashbayevna

Ushbu maqolada Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin Vosifiyning asarlari qiyosida Navoiy hayotiga doir ma’lumotlar haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DAVLATSHOH SAMARKANDI'S "TAZKIRAT USH-SHUARO" AND ZAYNIDDIN VASIFI'S "BADOYE UL-VAKOYE" INFORMATION ABOUT NAVOI'S PERSONALITY

This article deals with information about the life of Navoi in comparison with the works of Davlatshah Samarkandiy, Zayniddin Wasifi.

Текст научной работы на тему «DAVLATSHOH SAMARQANDIYNING “TAZKIRAT USH-SHUARO” ASARI HAMDA ZAYNIDDIN VOSIFIYNING “BADOYE’ UL-VAQOYE” ASARLARIDA NAVOIY SHAXSIYATIGA DOIR MA’LUMOTLAR QIYOSI»

DAVLATSHOH SAMARQANDIYNING "TAZKIRAT USH-SHUARO" ASARI HAMDA ZAYNIDDIN VOSIFIYNING "BADOYE' UL-VAQOYE" ASARLARIDA NAVOIY SHAXSIYATIGA DOIR MA'LUMOTLAR

QIYOSI

Babakulova Nargiza Kurashbayevna

Namangan davlat universitetining 1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6539654

Annotatsiya. Ushbu maqolada Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin Vosifiyning asarlari qiyosida Navoiy hayotiga doir ma'lumotlar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: zamondosh, xotira, memuar, hazrat, buyuk inson, daho, tasavvur, xalq og 'zaki ijodi.

"ТАЗКИРАТ УШ-ШУАРО" ДАВЛАТШОХА САМАРКАНДИЙСКОГО И "БАДОЕ УЛ-ВАКОЕ" ЗАЙНИДДИНА ВАСИФИ О ЛИЧНОСТИ

НАВОИ

Аннотация. В данной статье рассматриваются сведения о жизни Навои в сравнении с произведениями Давлатшаха Самаркандийского, Зайниддина Васифи.

Ключевые слова: современник, память, воспоминания, святой, великий человек, гений, воображение, фольклор.

DAVLATSHOH SAMARKANDI'S "TAZKIRAT USH-SHUARO" AND ZAYNIDDIN VASIFI'S "BADOYE UL-VAKOYE" INFORMATION ABOUT NAVOI'S PERSONALITY

Abstract. This article deals with information about the life of Navoi in comparison with the works of Davlatshah Samarkandiy, Zayniddin Wasifi.

Keywords: contemporary, memory, memoir, saint, great man, genius, imagination, folklore.

Alisher Navoiy ijodi va shaxsiga hamma zamonlarda qiziqish katta bo'lgan. Hatto u kishi haqida ko'plab afsonasifat hikoyalar ham to'qilgan. Ulug' mutafakkirning shaxsi,tutumi,fe'l-atvori haqida yaqqolroq tasavvur hosil qilish uchun avvalo hazratning asarlarini, u zotga zamondosh bo'lgan adiblarning xotiralarini sinchiklab o'qish zarur. Quyida buyuk bobokalonimiz bilan bir davrda yashagan mualliflarning asarlaridan parchalar keltiramiz. Ular Alisher Navoiyning betakror va beqiyos fazilatlari va shaxsiyati haqida so'zlaydi. Quyida keltiradigan ilk manba Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ush-shuaro" asaridir. Ushbu asar xotimasining Alisher Navoiyga bag'ishlangan qismi Navoiyni ulug'lash bilan boshlangan. Ya'ni uning sharofatli nomi kitob muqaddimasining ziynati, saodat devoniga asosiy mazmun ekanligi ta'kidlangan. Navoiyning har tomonlama yetuk inson bo'lganligini shoirning birgin u haqida "Oftobni ta'riflash aql xiraligidan nishona" degan tarifidan anglasak, bo'ladi. Otasi haqida alohida to'xtalib, ul zot Sulton Abulqosim Boburning yaqin kishisi ekanligi, saroy ayonlari o'rtasida o'z o'rniga ega ekanligi, shuningdek, farzand tarbiyasiga ham alohida e'tibor qaratganligi sababli Alisherdek nodir inson dunyoga kelib, kamol topgani haqida so'z yuritiladi. Sulton Abulqosimning iste'dodni parvarish qiluvchi himoyalovchi inso ekanligi, Sulton Husayn Boyqaro podsholigi davrida xizmatlari e'tiborga olinib, ulug' amir din-u davlat homiysi bo'lganligi, "Xamsa"ning turkiycha javobi, asardagi "Layli va Majnun" dostoniga alohida to'xtaladi. Asarda hazratning bir qancha xislatlari xususan, saxovatpeshaligi haqida gapiriladi. Shuning bilan bir qatorda obodonlashtirish ishlariga ham bosh bo'lib, masjid, madrasa, rabotlar qurilganligi alohida ta'kidlanadi. Uning savobga ishora qiluvchi so'zlari mana shu ishlari orqali o'z isbotini topdi. Agarda Navoiyning qilgan ishlarini ushbu kitobda keltiradigan bo'lsak cho'zilib ketishi, shuning uchun Hirot atrofida amalga oshirgan ishlari xususida so'z yuritilishi haqida aytib o'tilgan, ya'ni bu kitobda keltirilgan savob ishlar Navoiy amalga oshirgan ishlarning bir qismigina xolos.

Zayniddin Vosifiy qalamiga mansub "Badoye' ul-vaqoye" ("Go'zal voqealar") xotiralar to'plamining to'rt bobi (14-17) Alisher Navoiy shaxsiyatiga

bag'ishlangan. Unda hazratning fe'li-sajiyasi, zamondoshlari bilan ijodiy muloqotlari, Navoiy hayoti bilan bog'liq turli qiziqarli voqealar haqida so'z boradi. Quyida biz bu ikki ajoyib asarni qiyosiy tahlil qilamiz va o'rganamiz:

"Tazkirat ush-shuaro"

Samarqandiyning ushbu asarida Navoiyning otasi haqida to'liqroq ma'lumotni uchratishimiz mumkin

"Badoye' ul-vaqoye"

Vosifiyning asari esa badiiyroq usulda yozilgan

Ushbu asar xotimasining Alisher Navoiyga bag'ishlangan qismi Navoiyni ulug'lash bilan boshlangan. Ya'ni uning sharofatli nomi kitob muqaddimasining ziynati, saodat devoniga asosiy mazmun ekanligi ta'kidlangan. Navoiyning har tomonlama yetuk inson bo'lganligini Samarqandiyning "Oftobni ta'riflash aql xiraligidan nnishona" degan ta'rifidan ham anglab yetsak bo'ladi.

Zayniddin Vosifiy qayd etadiki: "Oliyhazrat amir Alisher musiqa ilmida ham shu qadar mahorat hosil qilgan edilarki, agar muallimi soniy Abu Nasr Forobiy hayot bo'lganlarida unga shogirdlik sirg'asini qulog'iga taqib olardi"

Ushbu asarda Navoiyning ulug' Zayniddin Vosifiy o'zining "Badoye' fazilatlari alohida keltirib o'tilgan. ul-vaqoye'" asarida quyidagilarni Navoiyning otasiga alohida ta'rif keltiradi: "Navoiy hayot vaqtida uning: berib, ul zot Sulton Abulqosim Boburning yaqin kishisi ekanligi,

saroy ayonlari o'rtasida o'z o'rniga Din ofati ul mugbachai mohiliqodur,

egaligi, shuningdek, farzand tarbiyasiga ham befarq bo'lmagani va shu sababli Alisherdek nodir inson dunyoga kelib, kamol topgani haqida so'z yuritiladi. Sulton Abulqosimning iste'dodni parvarish qiluvchi himoyalovchi insonligi, Sulton Husayn podsholigi davrida ulug' amir din-u davlat homiysi bo'lganligi, "Xamsa"ning turkiycha javobi, asardagi "Layli va Majnun" dostoniga alohida to'xtaladi. Shuning bilan birgalikda Alisher Navoiyning saxovatpeshaligi haqida ham gapiriladi. Navoiy boshchiligida butun mamlakatda obodonchilik ishlari amalga oshirilganligi, madrasalar, masjidlar, rabotlar qurilganligi alohida ulug'lanadi. Uning savobga ishora qiluvchi so'zlari mana shu ishlari orqali o'z isbotini topdi deyiladi. Agarda Navoiyning butun qilgan ishlarini ushbu kitobda keltirib o'tiladigan bo'lsa cho'zilib ketishi, shuning uchun Xirot atrofida amalga oshirgan ishlari xususida so'z yuritilishi haqida ta'kidlangan, ya'ni bu kitobda

mayxorau bebok,

Kim ishqidin oning vatanim deydi fanodir, sarmastu yaqom chok, -

matla'li mustazodiga Hoji Abdulloh Marvarid degan bastakor bir kuy yaratgan. U vaqtlarda Hirotda bu kuy chalinmaydigan uy yo'q edi. Bir bazmda hofizlar shu mustazodni

aytayotganlarida majlis ahli o'z yoqalarini yirtganlar", ya'ni, ta'siri shu qadar kuchli bo'lgan. Navoiy g'azallariga kuy bastalagan ilk bastakorlar Hoji Yusuf Burhon va Hoji Abdulloh Marvarid bo'lgan bo'lsalar, bu bastakorlar silsilasi asrlar osha, bizning kungacha davom qilmoqda. Necha yuz yillar o'tsa ham Navoiy so'zlari bilan aytiladigan ashulalar zamonaviy tinglovchilarga yanada kuchli ta'sir etib kelmoqda.

keltirilgan savob ishlar Navoiy amalga oshirgan yaxshi amallarning bir qismigina xolos.

Alisher Navoiy haqida nima uchun bunday xotiralar yozilgan, mazkur memuarlarning ilm-fandagi hamda o'quvchi hayotida tutgan o'rni va ahamiyati qanday? Bunday buyuk insonlarni unutishga haqqimiz yo'q albatta, zero har qaysi davrning o'z dahosi bo'lgani/ek, XV asrning dahosi, buyuk insoni hisoblanadi Navoiy. Uning barcha qilgan ishlarini bilish kelajak avlodning burchi. Buni his qilgan holda Navoiyning shogirdlari, tarixchilar uni ko'rgan, uni suhbatini olgan insonlar u buyuk siymo haqida shunday xotiralarni yozib qoldirishgan. Bunday memuar asarlarning hozirgi ilm-fandagi ahamiyati va o'rni beqiyosdir. Chunki biz mana shunday asosli dalillar orqali Navoiyni faqat shoir sifatida emas, balki uning shaxsiyati, insoniy qiyofasini o'rganishga sazovor bo'lamiz.

Xullas, qadimgi yozma manbalar va xalq og'zaki ijodiga mansub asarlar Navoiyning do'stlar, zamondosh va safdoshlar davrasida ham favqulodda oqil, dono, ziyrak va hozirjavobligidan dalolat beradi. Eng muhimi,aytarli hamma o'rinda Navoiy ulug' shoir, tadbirkor, davlat arbobi, ko'p narsani oldindan ko'ra oluvchi mutafakkir qiyofasida gavdalanadi.

Adabiyotlar:

1. Shuhrat Sirojiddinov,Dilnavoz Yusupova,Olimjon Davlatov. "Navoiyshunoslik". (1-kitob) Darslik. T; 2019.

2. Yusuf Chetindog'. Alisher Navoiy. Toshkent "Muharrir" nashriyoti. 2013.

3. Ziyouz.com kutubxonasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.