Научная статья на тему 'HUSAYN BOYQARO – MADANIYAT VA MA’NAVIYAT HOMIYSI'

HUSAYN BOYQARO – MADANIYAT VA MA’NAVIYAT HOMIYSI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
730
237
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
“Ravzat us-safo” / temuriylar / rahnamolik / xomiylik / ilm-fan / madaniyat / san’at / adabiyot / taraqqiyot / Renesans / tamaddun / manbalar / “Risola” / shoirlar / olimlar / musavvirlar / musiqashunoslar / tarixchilar.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sherzod Shavkat O‘G‘Li Karimov

Ushbu maqolada XV asrning ulug’ hukmdori Sulton Husayn Boyqaroning ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at sohalariga rahnamoligi hamda xomiyligi, uning sa’y-harakatlari bilan Xirot va uning atrofida bir qator ilm ahllari, madaniyat va adabiyot arboblari kamol topganligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HUSAYN BOYQARO – MADANIYAT VA MA’NAVIYAT HOMIYSI»

HUSAYN BOYQARO - MADANIYAT VA MA'NAVIYAT HOMIYSI

Sherzod Shavkat o'g'li Karimov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada XV asrning ulug' hukmdori Sulton Husayn Boyqaroning ilmfan, madaniyat, adabiyot va san'at sohalariga rahnamoligi hamda xomiyligi, uning sa'y-harakatlari bilan Xirot va uning atrofida bir qator ilm ahllari, madaniyat va adabiyot arboblari kamol topganligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: "Ravzat us-safo", temuriylar, rahnamolik, xomiylik, ilm-fan, madaniyat, san'at, adabiyot, taraqqiyot, Renesans, tamaddun, manbalar, "Risola", shoirlar, olimlar, musavvirlar, musiqashunoslar, tarixchilar.

HUSSEIN BOYKARO - PROTECTOR OF CULTURE AND SPIRITUALITY

ABSTRACT

Ushbu maqolada XV asrning ulug' hukmdori Sulton Husayn Boyqaroning ilmfan, madaniyat, adabiyot va san'at sohalariga rahnamoligi hamda xomiyligi, uning sa'y-harakatlari bilan Xirot va uning atrofida bir qator ilm ahllari, madaniyat va adabiyot arboblari kamol topganligi haqida so'z boradi

Keywords: "Ravzat us-safo", Temurids, leadership, patronage, science, culture, art, literature, development, Renaissance, civilization, sources, "Risola", poets, scientists, artists, musicologists, historians.

Temuriylar Markaziy Osiyoning juda katta hududida uzoq yillar hukmronlik qilgani ma'lum, va tabiiyki, bu saltanat vakillari ilm-fan, madaniyat, san'at va adabiyotning nafaqat o'zlari nash'u namo topgan hududda, balki boshqa hududlarda ham taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo'shgan. Xususan, Sulton Husayn Boyqaro hukmronligi davrida (1469-1506-yillar) bevosita uning rahnamoligi va xomiyligida Hirot va uning atrof-jonibida madaniyat va san'at rivoj topdi, adabiyot yangi ko'tarilish - Renesans davriga o'sib otgan. Bu shundan dalolat qiladiki, Sulton Husayn Boyqaroning o'zi ilm-u ma'rifatning qo'llab-quvvatlovchi rahnamo hamda adabiyot va san'atning iqtidorli vakili, shuningdek, tom ma'nodagi xomiysi ham edi. U madaniyat va san'atning turli jabhalarini jonlantirishga, targ'ib etishga harakat qilgan. Hirotda birinchi galda adabiyot vakillari - shoirlar, shuningdek rassomlar, musiqashunoslar, olimlar ijod qilishi uchun juda yaxshi muhitni yaratib bergan. Husayn Bayqaroning hukumronlik davri haqida biz ayniqsa Mir Muhammad ibn Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ibn Kamoliddin Mahmud al-Balxiy - Mirxond (1433 - 1498) ning "Ravzat

us-safo fi siyrat ul-anbiyo val-muluk val-xulafo" ( pUhVI Sj^ ^i pli^il

lii^Jlj", "Payg'ambarlar, podshohlar va xalifalarning tarjimai holi haqida soflik bog'i") asarining 7-bobida hukmdor haqida muhim tarixiy ma'lumotlarni olamiz. Mirxondning otasi Sayyid Burhoniddin Xovandshoh ham zamonasining bilimdon kishilaridan bo'lib, Temuriylar hukmronligi davrida Buxorodan Balxga kelib qolgan.

Bu davr haqida Davlatshoh Samarqandiy bunday yozadi: ,,Qayerga quloq solmang shoirlarning pichirlashi eshitiladi, qayerga qaramang nafislik, nazokatlik ko'rinadi"1 Yana Davlatshoh Samarqandiyning so'zlari bilan aytganda, Hirot bu davrda olimlar va mashhur shoirlar, tarixchi va tilshunoslar, adabiyotshunos va tasavvufshunoslar, musavviru san'atkorlar yig'iladigan maskanga aylangan. Husayn Boyqaro bu sohalarning raiyatning g'arib va kambag'allari qatori, zikr qilingan sohalarning vakillari tirikchiligidan ham muntazam habardor bo'lib turgan va ularga muntazam ravishda moddiy ko'mak berib turgan. Som Mirzo Sulton Husayn Boyqaro va uning hukmronlik davri haqida to'lqinlanib, obrazli tilda shunday yozadi: ,,Sulton Husayn Boyqaro adolatli va ra'iyyatparvar shoh edi va uning hukmronlik kunlari bahor fasliga, Xurramga

"5

o'xshar edi. Uning saltanatida o'n ikki ming ulamo faoliyat olib borardi"

Qisqa qilib aytganda, Hirot o'sha davrning buyuk madaniyat markaziga, ilm ma'rifat va adabiyot o'chog'iga aylangan. Husayn Boyqaroning hukmronligining dastlabki yillarida amiri kabir, amiri muqarrab bo'lgan Mir Alisher Navoiy (1441-1501) ushbu saltanatning ayni shu sohalarining mutasaddisi hamda Sulton Husayn Boyqaro saroyiga aloqador olimlar-u shoirlar san'atkor-u hunarmandlarning tarbiyachi-ustozi ham bo'lgan.

Ushbu madaniy muhitda shoir va tasavvufshunos, Navoiyning piri murshidi Abdurahmon Jomiy (1414-1492), musavvir, Moniyi soniy rutbasi bilan ulug'langan Kamoliddin Behzod (1455-1536) va tarixchisi Mirxond (1433-1498) kabi olimlar ijod bilan mashg'ul bo'lganlar. Bundan tashqari, yana ko'plab taniqli olimlar ham Hirotda voyaga yetishgan va Sulton Husayn Boyqaro tomonidan qo'llab-quvvatlanib turgan. Ular orasida Husayn Voiz Koshifiyning nomini alohida ta'kidlab o'tish o'rinlidir.

Ayon bo'ladiki, Sulton Husayn Boyqaro asos solgan bu ulug' maskanda ilmi toliblar, yosh olimlar Sulton va uning vaziri ko'magida ta'lim-tarbiya olganlar, iliy izlanishlar olib borganlar, turli xil hunarlar bilan mashg'ul bo'lganlar, xattotlik qilganlar. Hukmdorning o'zi "Risola" asarida shu davrda Hirot va uning atrofida mingga yaqin shoir badiiy ijod - she'riyat bilan mashg'ul bo'lganlar. O'sha davrdagi yodnomalarning aksariyatida Hirot shahri ilmiy-madaniy markaz sifatida e'tirof etilgan va buning asosiy omili ijtimoiy-madaniy sohalarda Sulton Husayn Boyqaroning oqilona siyosati, deb baholalaganlar. Bu borada Davlatshoh tazkirasida, "Boburnomada", Mirzo

1 1382 352 'UP 'I^ jSij '^^jai

2 1382 353 'UP ^ j^^j' '^^jâj^^ i

3.1314 11 '^Ij^j' '(^j&J^ j 'Ijjj^

Haydar Do'g'lotning "Tarixi Rashidiy"sida va yana o'nlab manbalarda ma'lumotlar mavjud. 4

Kezi kelganda Husayn Boyqaro hamda Alisher Navoiy munosabatlariga alohida to'xtab o'tish maqsadga muvofiqdir. Husayn Boyqaro Navoiy ijodiga chuqur hurmat bilan qaragan. Hatto oz "Risola"sida bayon qilishicha, Navoiydek shoir bilan bir davrda, bir mamlakatda yashayotganidan faxrlangan5. O'z navbatida Navoiy ham ulkan ijodiy maqsadlariga erishganligi uchun Husayn Boyqarodan minnatdor bo'lgan. "Xamsa"dek muhtasham asarining har bir dostoni muqaddimasida Sulton Husayn mirzoga madh boblar bag'ishlagan, va hatto, "Sulton Husay Boyqaro tarixi"nomida risola yozmoqlikka niyatlangan. "Xamsa" qissa va hikoyatlarida "Shoh G'oziy" nomi bilan kelgan har bir timsol, so'zsiz, Husayn Boyqaro bo'lgan. Navoiy hatto bir o'rinda Sultoni sohibqiron ostonasining jorubkashi bo'lishga ham tayyor ekanligini bayon qiladi: "Quvvatim bo'lg'anda supurgi olib, ilgim bilan va quvvatim bo'lmag'anda supurgu o'rnig'a kiprigim bila ul ostonani supurur bahonasi bila ko'zimni ul munavvar ravza tufrog'idin yoritqaymen va ul ostnani bu supurgu birla arig'u bu uyni ul surma bila yorug' tutg'aymen va bu xidmatni dunyovu oxiratim sharafi bilgaymen''6 Yoki ir g'azalida Husayn mirzoni madh etar ekan, uni suratda shohu siyratda darvesh, deb ulug'laydi.

Qisqa qilib aytganda, Husayn Boyqaro do'stlik va yaqinlikni qadrlagan shaxs sifatida buyuk Alisher Navoiyning eng yaqin do'sti va maslakdoshi, maslahatchisi bo'la olgan. Uning podsholik saltanatida, adolatli va oqilona davlat boshqaruv ishlarida Navoiy qanchalik ko'p ko'mak bergan bo'lsa, Navoiyning butun dunyoga taniqli ijodkor bo'lishida, shoh asarlarining yaratilishida Husayn Boyqaro ham xuddi shunday ko'p madad berib turgan, unga dalda bergan, ishlaiga rag'bat uyg'ota olgan. Navoiyning o'zi juda ko'p bor ta'kidlaganidek, shoir asarlarining yozilishi va kitobot qilinishida Husayn Boyqaro rahnamo bo'lgan, ularning birinchi o'quvchi ham Sulton Husayn Boyqaro bo'lgan.

Sulton Husaynning uzoq yillik hukmronligining ahamiyati ko'proq siyosat bilan emas, madaniyat va yuzaga kelgan tamaddun bilan bog'liq, deb aytish mumkin. Uning hukmronligi davrida Hirot o'sha davr ilm-fani va sivilizatsiyasining poytaxti maqomini oldi. U erda ko'plab maktablar, madrasalar, masjid va rabotlar, kutubxonalar qurilgan. San'at, me'morchilik, she'riyat, naqqoshlik, bezak, zarhal, xattotlik va kitoblarni bezatish bo'yicha Hirot maktabi deb nomlanuvchi boshlang'ich maktabning shakllanishi ham aynan shu davrda sodir bo'lgan. Sulton Husayn hukumatini barqaror qilgan omil haqida gapiradigan bo'lsak, u hukumatni juda ehtiyotkorlik bilan, siyosiy maslahatchilar bilan kengashish orqali chuqur mulohaza yuritib yozuvchilar orasidan ta'yinlangan hukumat kotiblarining aql-zakovatidan unumli foydalangan holda idora etgan. Uning

4 1382 351 ^ j^'si ôI^JJJ^

5 Sulton Husayn Boyqaro, ,,Risola", Toshkent, 2000.

6 Alisher Navoiy MAT. 3-tom. Toshkent - 1988. B. 16.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 264

hukumatining rivojlanishida, iqtisodiy va ijtimoiy o'sishida yana bir muhim rol o'ynagan omil Sulton Husayn hukumatining madaniy jihatdan o'ziga xosligi edi.

REFERENCES

1. 1382 tljx^jl '^jjajAw al^jjjj

3. Sulton Husayn Boyqaro, ,,Risola", Toshkent, 2000.

4. Alisher Navoiy MAT. 3-tom. Toshkent - 1988.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.