Научная статья на тему 'NASRIY ASARLAR MUTOLAASINING YOSHLAR TAFAKKURI SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI'

NASRIY ASARLAR MUTOLAASINING YOSHLAR TAFAKKURI SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
93
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qissa / roman / hikoya / didaktik / janr / vatanparvarlik / voqea / insoniy fazilatlar / tarbiya / barkamol inson / ma’naviy ozuqa / pedagogika / xarakter / personaj / syujet.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Axmadiy Komila Shavkat Qizi

Maqolada muallif, nasriy asarlar mutolaasining yoshlar tafakkuri shakllanishidagi o‘rni va bu janrlar insonga ma’naviy ozuqa beruvchi ijod mahsuli hisoblanishi haqida fikr va mulohazalar yuritilgan. Bundan tashqari jahon va o‘zbek adabiyoti nasrida qissa, roman va hikoya janri badiiy saviyasi baland, mazmuni ixcham, real voqelik yoritilgan asar hisoblanishi. Qissa, roman va hikoyalarda davr va qahramon masalasi, ijtimoiy hayot tasviri, xarakterlar talqini asarning asosiy bo‘g‘inini tashkil etishi. Bu janrlar azal-azaldan didaktik ma’no kasb etib, insonlarga o‘zgalar turmushi orqali xulosa chiqarish va ularni yaxshiliklarga yetaklash, insoniy fazilatlarni shakllantirish uchun xizmat qilib kelganligi. Shu boisdan, qissa, roman va hikoyalar janri badiiy adabiyotda tarbiyaviylik jihati ustuvorligi bilan alohida ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida ma’lumot va misollar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NASRIY ASARLAR MUTOLAASINING YOSHLAR TAFAKKURI SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI»

Open access journal

www.in-academy.uz

NASRIY ASARLAR MUTOLAASINING YOSHLAR TAFAKKURI SHAKLLANISHIDAGI O'RNI

Axmadiy Komila Shavkat qizi

Guliston davlat universiteti Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi ( o'zbek adabiyoti) 2-bosqich 9-22-guruh magistranti. [email protected]

ARTICLE INFO

Received: 20th January 2024 Accepted: 26th January 2024 Online: 27th January 2024

KEY WORDS Qissa, roman, hikoya, didaktik, janr, vatanparvarlik, voqea, insoniy fazilatlar, tarbiya, barkamol inson, ma'naviy ozuqa, pedagogika, xarakter, personaj, syujet.

ABSTRACT

Maqolada muallif, nasriy asarlar mutolaasining yoshlar tafakkuri shakUanishidagi o'rni va bu janrlar insonga ma'naviy ozuqa beruvchi ijod mahsuli hisoblanishi haqida fikr va mulohazalar yuritilgan. Bundan tashqari jahon va o'zbek adabiyoti nasrida qissa, roman va hikoya janri badiiy saviyasi baland, mazmuni ixcham, real voqelik yoritilgan asar hisoblanishi. Qissa, roman va hikoyalarda davr va qahramon masalasi, ijtimoiy hayot tasviri, xarakterlar talqini asarning asosiy bo'g'inini tashkil etishi. Bu janrlar azal-azaldan didaktik ma'no kasb etib, insonlarga o'zgalar turmushi orqali xulosa chiqarish va ularni yaxshiliklarga yetaklash, insoniy fazilatlarni shakllantirish uchun xizmat qilib kelganligi. Shu boisdan, qissa, roman va hikoyalar janri badiiy adabiyotda tarbiyaviylik jihati ustuvorligi bilan alohida ahamiyat kasb etishi to'g'risida ma'lumot va misollar keltirilgan.

Kirish.

O'zbek adabiyotida hikoya janri bugungi kunda rivojlanishning tom ma'noda eng yuqori bosqichiga chiqqanini barcha birdek anglamoqda. Ayniqsa, so'nggi yillarda qissa, roman va hikoya janrida ijod qilish, u orqali kundalik hayotimizning ikir-chikirlarigacha bo'lgan voqealarni ochib berish sezilarli darajada rivojlandi.

Bugungi yoshlar katta hajmli roman yoki qissa o'qishdan ko'ra, kichik hajmli hikoyalarni ko'proq o'qimoqda, mutolaa qilishmoqda.

Demak, farzandlarimiz, yoshlarimiz, hikoya o'qishga qiziqayotgan ekan, hikoya orqali ularning tarbiyasini shakllantirishga, hikoyadan to'g'ri xulosa chiqarishga urg'u berishimiz lozim.

Qissa, roman va hikoyalrning tarbiyaviy ahamiyatini ustuvor vazifa sifatida qarashimiz zarurdek.

Maktab darsliklarida berilayotgan hikoyalarga alohida e'tibor qaratish, ulardan o'quvchi tarbiyasida samarali foydalanish zarur.

www.in-academy.uz

Turli sinfda qissa, roman va hikoyalarni o'rgatishda o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini o'stirishga, mazmunga, uzviylikka alohida e'tiborni qaratish lozim.

Qissa atamasi arabcha so'z bo'lib, lug'aviy ma'nosiga ko'ra "hikoyat", "sarguzasht" demakdir. Terminologik ma'noda esa u yoki bu shaxsning hayoti-faoliyatining muayyan davrini badiiy qayta gavdalantirishga asoslangan epik janrni ifodalaydi. O'zining janr xususiyatlari bilan qissa, hikoya va roman oralig'idagi hodisadir.

Adabiyotlar tahlili va metodlar

Qissada qahramon hayotining bir bosqichi qalamga olinadi. Roman uchun qahramon vosita, qissa uchun maqsaddir. Shunga ko'ra qissadagi barcha voqealar qahramon atrofida uyushtiriladi, uning syujeti romanniki kabi ko'p tarmoqli bo'lmaydi. hozirgi o'zbek adabiyotida qissa faol epik janrlardan sanalib, XX asr damomida o'zbek qissachiligi jiddiy muvaffaqiyatlarga erishdi. Bunda, jumladan, janrning yaxshi namunalarini yaratgan G'.G'ulom, A.Qahhor, O.Yoqubov, P.Qodirov, Sh.Xolmirzaev, O'.Hoshimov, M.Muhammad Do'st, E.A'zamov, X.Sulton kabi adiblarning izlanishlari, ayniqsa, samarali bo'ldi.

Qissa — badiiy adabiyotda epik janr turlaridan biri. G'arbiy Yevropa va Amerika adabiyotida povest ma'nosidagi qissa tushunchasi yo'q. Nasrning romandan boshqa barcha janrlari "novella" termini orqali ifodalanadi. Rus va o'zbek adabiyotlarida qissaning hozirgi va qadimgi ma'nolari o'rtasida farq bor. Masalan, qadimgi rus adabiyotida har qanday nasriy asar povest (qissa) deb atalgan. O'zbek adabiyoti tarixida rivoyat usulida nasr yoki nazmda yozilgan tarixiy-afsonaviy asarlar qissa deb yuritilgan. Masalan, "Qissai Sayfulmuluk", "Qissasi Rabg'uziy" va boshqa hozirgi ma'nodagi o'zbek qissasi rus adabiyotidagi „povest" terminiga to'g'ri keladi va asosan roman bilan hikoya oralig'idagi o'rtacha hajmli nasriy janrni ifodalaydi.

Qissa, odatda, bir va bir necha shaxslar taqdiriga oid turli voqealarni o'ziga asos qilib olishi bilan epik turning hikoya, hajmi va mazmunining nisbatan cheklanganligi bilan romandan farq qiladi. Qissalar hayot murakkabliklarini hikoyaga nisbatan kengroq, xarakter hamda voqelik ko'lamini romanga qaraganda kamroq qamrab oladi. Qissada u yoki bu shaxs hayotining ma'lum bir davri xronikal tarzda bayon qilinadi. Qissada lirizm hikoya va romandagidan kuchliroq bo'lishi mumkin.

Roman kabi qissaning ham avtobiografik (Oybek, A.Qahhor, N.Safarov), tarixiy (Mirkarim Osim, Ya.Ilyosov va boshqalar), fantastik (T.Malik, H.Shayxov, M.Mahkamov va boshqalar) turlari bor. Hozirda qissa nasrning eng faol janrlaridan bo'lib, unda yosh yozuvchilar ham samarali ijod qilmoqdalar.

Roman (fransuzcha: roman) - nasriy asar janri; muayyan shaxs yoki bir necha shaxsning shakllanish va kamol topish jarayoni badiiy makon va zamonda tasvirlangan asar. Roman o'rta asrlarda roman tillarida yozilgan har qanday asarni anglatgan. Romanda shaxs va jamiyat hayoti bir-birini inkor etmaydigan ma'lum ma'noda mustaqil olam sifatida tahlil va talqin etiladi. Xuddi shu narsa roman janri mundarijasining o'ziga xosligini belgilab beradi. Muayyan shaxs taqdirining oilaviy maishiy, milliy, ijtimoiy, madaniy va tarixiy muhit bilan o'zaro uzviy aloqada tasvirlanishi roman janrining ko'lami va g'oyaviy, badiiy qimmatini namoyish etadi. Roman janri markazida bosh qahramon obrazi turadi. Bu bosh qahramon taqdiri uning jamiyatda tutgan mavqei bilan har doim ham mushtarak bo'lavermaydi. Aksincha, inson o'z taqdiriga nisbatan katta yoki insoniy fazilatlariga ko'ra kichik bo'lishi mumkin. Binobarin, u bilan uning taqdiri yoki jamiyatdagi mavqei o'rtasida muayyan ziddiyat

«

www.in-academy.uz

bo'ladi va xuddi shu ziddiyat roman janrining mundarijasini - syujet chiziqlarini harakatlantirib turadi. Bosh qahramonning shaxs sifatidagi fazilatlari ana shu jarayonda, boshqa qahramonlar bilan munosabatida, kurashida ochiladi. Bu munosabatlarning keskinligi va bosh qahramon uchun fojiali xotima bilan tugashi yoki ularning yengil va hajviy oqimda kechishi romanning epik janr sifatidagi o'ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Har ikkala holatda ham bosh qahramon bilan jamiyat, muhit yoki urf-odat o'rtasidagi ziddiyat va kurash o'zida davrning ijtimoiy hamda ma'naviy-axloqiy muammolarini qanchalik yorqin ifodalasa, romanning badiiy qimmati va ijtimoiy ahamiyati shunchalik katta bo'ladi. Roman o'z tarixining dastlabki davrida mavjud adabiy janrlarga parodiya sifatida maydonga kelgan. Keyinchalik romannavislarning muayyan uslubiy tuzilma va tasviriy vositalar tizimini siyqalashtirishga qaratilgan urinishlari ham parodiya qilingan. Bu hol romanning avval boshdanoq muayyan adabiy shakllarni qonunlashtirishni xush ko'rmaydigan va yozuvchi qarshisida badiiy tasvirning barcha imkoniyatlarini ochadigan janr bo'lganidan shahodat beradi.

O'zbek adabiyotida roman janrining paydo bo'lishiga Navoiy "Xamsa"sini tashkil etgan "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" singari dostonlar, xalq kitoblari va dostonlari muhim manba bo'lib xizmat qildi. Milliy uyg'onish adabiyoti namoyandalari dastlabki o'zbek romanlarini yaratishga kirishganlarida mazkur milliy adabiy tajriba va an'analardan samarali foydalandilar. Hamzaning "Yangi saodat" romani (1914), Mirmuhsin Shermuhamedovning "Befarzand Ochildiboy" (1915) asarlari dastlabki o'zbek Romanlarini yaratish yo'lidagi izlanishlar edi. A.Qodiriyning "O'tgan kunlar" (1926) asarining yaratilishi bilan o'zbek realistik roman vujudga keldi. Qodiriy bu asari bilan milliy o'zbek romannavislik maktabiga asos soldi. Ayni paytda bu asar katta badiiy polotnolarni yaratishga qodir yangi o'zbek adabiy tilining shakllanganini ham namoyish etdi. Keyinchalik Qodiriy "Mehrobdan chayon" (1928), Ayniy "Qullar" (1934), Cho'lpon "Kecha va kunduz", Abdulla Qahhor "Sarob" (1935), Oybek "Kutlug' qon" (1939) va "Navoiy" (1944) asarlari bilan o'zbek romannavislik maktabining yuksalishiga katta hissa qo'shdilar. Us toz adiblarning ijodiy izlanishlari tufayli shakllangan o'zbek romannavislik maktabi keyinchalik A. Muxtor, Shuhrat, Mirmuhsin, H. G'ulom, Sh. Rashidov, S. Ahmad, Shukrullo, M. Ismoiliy, O. Yoqubov, P. Qodirov, O'. Hoshimov, T. Malik, O. Muxtor va boshqa yozuvchilarning turli mavzuda yozgan asarlari bilan boyidi. O'zbek roman navisligida roman janrining turli kurinishlari (tarixiy, tarixiybiografik, tarixiyinqilobiy, publitsistik, harbiy, sarguzasht, fantastik romanlar, shuningdek, roman xronika, romannovella, romanmunozara) va shakllari (dilogiya, trilogiya) paydo buldi.

Natijalar

Hikoya-qahramon hayotida sodir bo'lgan hodisa yoki ko'ngilsizlik hamisha hikoya mazmuniga aylanadi. Bu, odatda, juda qisqa voqea bo'lib, u haqdagi hikoyago'ylik voqea o'rni tavsifini ham, bo'lib o'tayotganlarni baholashni ham, va hatto bosh qahramon tarjimai holini ham sig'dira olishi kerak. Turmushdagi istalgan vaziyat hikoya uchun asos bo'lishi mumkin. Shunday bo'lsa-da, unda qahramon taqdiri ko'zga tashlanib turishi lozim. Masalan, Kuprinning "Qq laycha (pudel)" hikoyasida sayyor artistlar hayotidan bir lavha orqali o'sha davr Rossiyadagi barcha kamsitilganlarning qismati ochib beriladi. Anih bir vaziyat asosida yozuvchi o'ta jiddiy xulosalarga va teran umumlashmalarga etishadi.

«

www.in-academy.uz

Hikoya mazmunning ixchamligi va to'yinganligi bilan boshqa nasriy janrlardan ajralib turadi. Hikoya syujeti odatda juda tez, barqaror, shiddatli rivojlanib boradi. Siz misol habilida Gorkiyning "Arxip bobo va lyonka" hikoyasini bir eslab ko'ring-chi. Siz har bir so'zning yukini his etmasdan turib, qahramon taqdirida nimalar kechishini imkon qadar tezroq bilan olishga oshiqasiz. Yozuvchi har doim hikoya syujetini tarkib toptiruvchi omillarni o'ta sinchkovlik bilan tanlab oladi, o'z qahramoni hayotidagi eng muhim, ahamiyatli bo'lgani haqida so'z yuritadi. Bunday voqealar yo'qmi, demak, qiziq hikoyaning o'zi ham bo'lmaydi. Hikoya ishtirokchilarining miqdori ko'p emas, atigi bir necha odam. Detal tasvirlashning asosiy badiiy unsuriga aylanadi. Bunday mahorat A. P. Chexovda kuchli bo'lgan. Mazmun nihoyatda siqiq bo'lsa-da, uning asarlari qahramonlarning butun umri tarixini bera oladi yoki ularning tabiatini ochib tashlaydi. Masalan, "Buqalamun", "Vanka", "Uyqu istagi" hikoyalari yuqoridagi talablarga javob beradi. Rus yozuvchilari hikoyani adib mahorati yorqin bir tarzda namoyon bo'ladigan shakl deb hisoblashgan. Shuning uchun, masalan, XX asr boshlarida hikoya asosiy badiiy shaklga aylandi.

Xulosa

Qissa, roman va hikoya bo'ladimi, u o'quvchining o'qish malakasini rivojlantirish bilan bir qatorda, kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil mutolaa qiladigan faol kitobxon qilib tarbiyalaydi. Shu jihatdan qissa, roman va hikoyalarni tahlil qilib o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi.

Qissa, roman va hikoya bolalarda personajlarning xatti-harakatini muhokama qilib, baholash ko'nikmasini o'stiradi. O'zlari yoqtirgan qahramonlarga o'xshashni xohlagan o'quvchilar ,albatta, bu qahramonlarning yaxshi xulq-atvorlariga, mard va jasurligiga, aqlli va farosatliligiga, mehnatkash va uddanburonligiga ham ahamiyat beradilar, bu fazilartlarni o'zlarida shakllantirishga harakat qiladilar.

O'quvchilarni qissa, roman va hikoya orqali tarbiyalshda milliy qadriyatlarimiz va urfodatlarimizni bosh mezonlardan biri sifatida belgilash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o'z navbatida o'quvchining bir-biriga bo'lgan mehr-oqibatliligi va o'zaro hurmat, qadriyatlarimizni e'zozlaydigan insonlar bo'lib yetishishini ta'minlaydi.

Qissa, roman va hikoyalar yosh avlodni ana shu ruhda tarbiylaydigan baynalminal badiiy quroldir.

References:

1. Eo6oeB T. Aga6HeTmyHOcflHK acocnapu. - T.: Y36eKHCTOH, 2000.

2. Eo^Ta6oeB X,., Max,MygoB M. Aga6HH^cTeTHK Ta^aKKyp Tapuxu. 1-2 ^H^g. - T.: MyMT03 cy3, 2013, 2016.

3. Cy^TOHOB M. Aga6ueT Ha3apuflCH. - T.: Y^HTyBHH, 2005

4. KypoHOB Aga6ueTmyHOc^HK Ha3apuncH acoc^apu. - T.: AKageMHamp, 2018.

5. Faizullayeva, O. H. (2022). Artistic Conditionality and Poetic Function of Signs in Lyrical Series. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 14, 20-29.

6. Fayzullayeva, O. (2022). General Typological Characteristics Of Lyric Cycles. Science and innovation, 1(B5), 231-236.

Open access journal

www.in-academy.uz

7. Fayzullayeva, O. (2023). LYRIC IMAGE OF" I" IN CYCLES. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6 Part 3), 118-125.

8. Fayzullayeva, O. (2024). THE ISSUE OF FORM AND CONTENT IN LYRIC CYCLES. Евразийский журнал технологий и инноваций, 2(1), 55-60.

9. Fayzullayeva, O. X. (2020). DIVERSITY IN WRITING UZBEK SONNETS. Theoretical & Applied Science, (4), 627-633.

10. Kholbekovna, F. O. (2021). The Issue of Artistic Idea in Poetry. European Scholar Journal, 2(4), 233-236.

11. Kholbekovna, F. O. (2022). The artistic-aesthetic nature of rauf parfi's poetry. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 332-340.

12. Kholbekovna, F. O., & Oglu, E. B. J. (2021). Development and Improvement of Cyclicity. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 12049-12054.

13. Mamatkulov, M. R. (2020). THE ART OF HYPERBOLE IN THE EPIC NISHATI" HUSN AND DIL". Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(9), 246-252.

14. Mamatkulov, M., & Fayzullayeva, O. (2024). Expression Of Symbols And Allegorical Images In Lyric Cycles. Modern Science and Research, 3(1), 1-7.

15. Rahmanov, V., Yalg'ashova, G., Yusupova, S., & To'laganov, A. (2023). OLIY TA'LIMDA TALABALARGA STATSIONAR VA NOSTATSIONAR DIFFUZIYALAR MAVZUSINI O 'TISHDA ULARNI EVRISTIK О 'QITISH TEXNOLOGIYASINI SHAKILLANTIRISH. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(5), 156-159.

16. Rahmanov, V., Ermatova, S., Boyzaqova, S., Firmatov, M., & Yusupov, N. (2023). ELEKTROMAGNIT TEBRANISHLAR VA TO 'LQINLAR" MAVZUSINI O 'QITISHDA INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(5 Part 2), 5-14.

17. Rahmanov, V. (2023). WAYS TO SHAPE THE PRINCIPLES OF HEURISTICS AND CREATIVITY IN READERS IN THE STUDY OF THE TOPIC OF TRANSITION FROM A GASEOUS STATE TO A LIQUID STATE AND METHODS OF LIQUEFACTION OF GASES. Modern Science and Research, 2(5), 745-751.

18. Faizullayeva, O. H. (2022). Artistic Conditionality and Poetic Function of Signs in Lyrical Series. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 14, 20-29.

19. Fayzullayeva, O. (2022). General Typological Characteristics Of Lyric Cycles. Science and innovation, 1(B5), 231-236.

20. Fayzullayeva, O. (2023). LYRIC IMAGE OF" I" IN CYCLES. Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6 Part 3), 118-125.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.