Научная статья на тему 'NАSIRIDDIN TUSIY FАLSАFIY QАRАSHLАRIDА DАVLАT BОSHQАRUVI MАSАLАSI'

NАSIRIDDIN TUSIY FАLSАFIY QАRАSHLАRIDА DАVLАT BОSHQАRUVI MАSАLАSI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nаsiriddin Tusiy / “Durrаt аl-аhbоr” / “Аl-muhоkаmаt bаynil-Muhоkаmаtаyn” / jаmiyаt а’zоlаri / dаvlаtning rivоjlаnishi. / Nаsiriddin Tusi / "Durrаt аl-аhbаr" / "Аl-muhоkаmаt bаynil-Muhоkаmаtyаn" / sоciety members / stаte develоpment.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qоdirоv, Muhаmmаdjоn

Mаzkur mаqоlаdа XIII аsrdа yаshаgаn fаylаsuf, оlim Nаsiriddin Tusiyning hаyоti vа uning fаlsаfаsidаgi kо’pchilik dаvlаtlаrning siyоsiy hаyоtidаgi yutuq vа kаmchiliklаr tаhlil qilib о’tilgаn. XIII аsrdа Yevrоpа vа Оsiyо qit’аsidа kо‘pchilik dаvlаtlаrning siyоsiy hаyоtidа “keskin о‘zgаrishlаr” yuz berdi. Siyоsiy xаritаdа bu mаmаlаkаtlаr vа xаlqlаrning siyоsiy hоlаti qаytа chizildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF STATE ADMINISTRATION IN THE PHILOSOPHICAL VIEWS OF NASIRIDDIN TUSI

This аrticle аnаlyzes the life оf the 13th century philоsоpher аnd scientist Nаsiriddin Tusi аnd the аchievements аnd shоrtcоmings оf his philоsоphy in the pоliticаl life оf mоst cоuntries. In the 13th century, "аbrupt chаnges" tооk plаce in the pоliticаl life оf mоst cоuntries in Eurоpe аnd Аsiа. The pоliticаl situаtiоn оf these cоuntries аnd peоples hаs been redrаwn оn the pоliticаl mаp.

Текст научной работы на тему «NАSIRIDDIN TUSIY FАLSАFIY QАRАSHLАRIDА DАVLАT BОSHQАRUVI MАSАLАSI»

NASIRIDDIN TUSIY FALSAFIY QARASHLARIDA DAVLAT BOSHQARUVI MASALASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.12187238

Qodirov Muhammadjon

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi professor v.b., fal.f.n.

ANNОTATSIYA

Mаzkur mаqоlаdа XIII аsrdа yаshаgаn fаylаsuf, olim Nasiriddin Tusiyning hаyоti vа uning fаlsаfаsidаgi ko 'pchilik dаvlаtlаrning siyоsiy hаyоtidаgi yutuq va kamchiliklar tahlil qilib o'tilgan. XIII asrda Yevropa va Osiyo qit'asida ko'pchilik davlatlarning siyosiy hayotida "keskin o'zgarishlar" yuz berdi. Siyosiy xaritada bu mamalakatlar va xalqlarning siyosiy holati qayta chizildi.

Kalit so'zlar: Nasiriddin Tusiy, "Durrat al-ahbor", "Al-muhokamat baynil-Muhokamatayn ", jamiyat a 'zolari, davlatning rivojlanishi.

ABSTRACT

This article analyzes the life of the 13th century philosopher and scientist Nasiriddin Tusi and the achievements and shortcomings of his philosophy in the political life of most countries. In the 13th century, "abrupt changes" took place in the political life of most countries in Europe and Asia. The political situation of these countries and peoples has been redrawn on the political map.

Key words: Nasiriddin Tusi, "Durrat al-ahbar", "Al-muhokamat baynil-Muhokamatyan ", society members, state development.

АННОТАЦИЯ

В дaннoй cmambe anaAU3upyemcM жизнь филoсoфa и учёнoгo XIII вет HacupudduHa Туси, a maкже дoстижения и rndocmamKU егo филoсoфии в пoлитическoй жизни бoлbшинствa стрaн. В XIII веке в пoлитическoй жизни бoлbшинствa стрaн Еврoпы и Азии прoизoшли «крутые перемены». Ha пoлитическoй трте перерисoвaлoсb пoлитическoе пoлoжение этих стрaн и нaрoдoв.

Ключевые слова: Haсириддин Туси, «Дуррaт aлb-aхбaр», «Аль-MyxornMam бaйнил-Мухoкaмaтян», члены oбществa, гoсудaрственнoе рaзвитие.

KIRISH

Nasiriddin Tusiy shaxsi to'g'risida ishonchli ma'lumotlarni Tusiyning zamondoshi va shaxsan allomaning yaqindan tanigan o'sha davr mashhur tarixchisi Rashiddin Fazlulloh bergan ma'lumotlarda uchrashini ta'kidlash mumkin.

Rashiddinning ta'kidlashicha, Nasiriddin Tusiyning to'liq ismi Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan bo'lib, u 1201 yilning 18 fevralida Eronning Hamadon shahrida tug'ilgan [Rashiddin Fazlullohi Hamadoniy, Jome'u-t-tavorih, Tehron: 1373, s.324].

Mo'g'illar istilosi natij asida vujudga kelgan Chingizxon imperiyasi tez orada to'rtta mustaqil ulusga bo'lindi: Jo'ji ulusi (Oltin O'rda); Chig'atoy ulusi; Ulug' yurt (hozirgi Mo'g'iliston hududi); Tuluxon uluslari vujudga keldi.

"Durrat al-ahbor" asarining muallifi bergan ma'lumotlarga qaraganda, "Ko'histon saroyidagi bir guruh fidoiylarga Xo'ja Nasiriddini Alamut qal'asiga olib kelish buyurilgan. Bu guruhning odamlari alloma bilan Nishopur atrofidagi bog'da uchrashishadi va mutafakkirga ular bilan Alamutga borishi taklif etiladi. Boshida mutafakkir ularning bu taklifiga rozi bo'lmaydi, ammo ular uni o'ldirish yoki jazolash bilan tahdid qilishadi. Shunda faylasuf o'z hayotining xavf ostida qolganligini bilgach, ular bilan Alamutga ketishga majbur bo'ladi va shu yerda uzoq yillar davomida qamoqda qolib ketadi" .

Nasiriddin Tusiyning 150 dan ortiq asari bo'lib, ulardan 25 tasi fors tilida, qolganlari esa arab tilida yozilgan. Birgina arab tilida yozilgan asarlarining o'zi 100 dan ortiq. Tusiy yozgan asarlarning o'ziga xosligi shundaki, fikrlar bayoni yorqin, oddiy tilda tushunarli iboralarda aks etgani, tushunishi qiyin, og'ir bo'lgan atamalarni ishlatmagani hisoblanadi.

Tusiy "Al-muhokamat baynil-Muhokamatayn" ("Ikki xil mulohaza haqida mulohaza") asarida musulmon mutafakkiri Abu Homid al-G'azzoliy bilan mashoiyun oqimidagi arab faylasufi Ibn Rushd (Averroes) o'rtasidagi bahsni tahlil qilib, ularning farqi va ahamiyati borasidagi mulohazalarini ko'rsatgan.

Nasiriddin Tusiy Ibn Sino asarlarini, ayniqsa, "Tibb qonunlari"ni sevib o'qigan. Tibbga oid bir qator asarlar yozish bilan bir qatorda Ibn Sinoning "Tibb qonunlari" hamda "Ishorat" asarlariga sharhlar yozgan. Tusiyga Ibn Sinoning barcha asarlari ijobiy ta'sir ko'rsatgan.

Nasiriddin Tusiy yassi va sferik trigonometriyaga doir ishlar qilganligi ma'lum. "To'rt tomonlik to'g'risida risola" asarida Afzaliddin Koshiy Rahmatulloh ularni Kamoliddin Muhammad Hasanibelayning to'la to'rt tomonligiga asoslanib, sferik trigonometriyaning ancha murakkab masalalarini hal qilish yo'llarini taklif qildi.

Dissertatsiyaning ikkinchi bobi-" Nasiriddin Tusiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari", deb nomlangan. Unda qayd etilishicha, mutafakkirning inson va davlat o'rtasidagi munosabatlarga qaratilgan falsafiy qarashlarida davlat ham, inson ham bir-birisiz mavjud bo'la olmasligini, davlat har doim insonning faol bo'lishiga ehtiyoj sezgani singari, inson ham davlatdan uni doim qo'llab-quvvatlashiga ehtiyoj sezishini aytib o'tganligini ko'rish mumkin.

Nasiriddin Tusiyning davlatga oid falsafiy qarashlarida jamiyat a'zolarini to'rt guruhga bo'linganligini ko'rish mumkin. Har bir guruh jamiyatdagi faoliyatidan kelib chiqqan holda davlatning ravnaq topishiga o'z hissasini qo'shishi alloma tomonidan tahlil qilingan.

Mutafakkirning fikricha, davlatning rivojlanishi, uning mustahkamligi va uzoq yashashiga albatta undagi mavjud ijtimoiy sinflar o'rtasidagi o'zaro hamkorlik munosabatlariga bog'liqligi chuqur izohlab berilgan. Jumladan, shahar (davlat) a'zolarining ijtimoiy sinflarga bo'lish bo'yicha faylasuf "birinchi sinfga" - qalam ahlini kiritib: unda olimlar, huquqshunoslar, qozilar, ulamolar, shoirlar, matematiklar, geometriklar, astronomlar, shifokorlar, umuman olganda ziyolilarni kiritgan bo'lib, bular asosan davlatni har tomonlama barqarorligini ta'minlovchi guruh, deb ta'kidlaydi. Jamiyatdagi ijtimoiy guruhning "ikkinchi sinfiga" - qilich ahli (egalari) mansub bo'lgan. Bularga: jangchilar, davlat ichida va tashqarisida chegaralarini qo'riqlovchi va imon uchun kurashuvchilar hamda davlat boshlig'ining irodasini bajaruvchilar, shuningdek, davlatning manfaatlarini qo'riqlash maqsadida maxfiy xizmatda bo'lgan turli darajada mansabdor shaxslar taalluqli bo'lib, mutafakkir aynan shu tabaqa vakillari tufayli dunyoda tinchlik, xotirjamlik va tartib hukm surishini e'tirof etadi. Jamiyatning "uchinchi sinf" vakillariga ishbilarmonlar kiritilib, bularga asosan savdogarlar, hunarmandlar, soliq yig'uvchilar kirishgan. Allomaning fikriga ko'ra, aynan shu sinf vakillarisiz jamiyat va xalqning farovonligini ta'minlab bo'lmaydi. Mutafakkir to'rtinchi guruh vakillariga esa asosan qishloq xo'jaligi ishlari bilan shug'ullanuvchilarni kiritib, ular daraxt o'stiradiganlar, yerni qayta ishlaganlar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanganlar. Bu guruh vakillari jamiyatdagi barcha sinf va tabaqa vakillarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash bo'yicha mas'ul bo'lishgan. Shuning uchun ham faylasuf olim Nasiriddin Tusiy "Jamiyat a'zolari kim bo'lishidan qat'iy nazar, ularsiz yashay olmasligini ta'kidlaydi".

Alloma insonlarning ixtiyoriy birlashuvi natij asida davlat kelib chiqqanligini e'tirof etar ekan, bu davlatda insonlarning fe'l-atvori, rivojlanish darajasi va axloqiy tarbiyasi bir-biridan farq qilishini ta'kidlagan.

Nasiriddin Tusiyning davlat to'g'risidagi falsafiy qarashlari qadimgi yunon faylasufi Arastuning davlat haqidagi falsafiy qarashlariga o'xshashligini ko'rish mumkin. Arastuning davlat haqidagi ta'limoti uning dunyoqarashi markazida turadi. Arastuning bir joyda yashovchi insonlarning o'zaro muloqoti, adolatsizlikka qarshi o'zini himoya qilish uchun tuzgan ittifoqi yoki xo'jalikdagi ayirboshlashi davlatning tashkil topishi uchun zarurdir. Ammo faqat bu bilan davlat tashkil topmaydi. "Davlat shu paytda yuzaga keladiki, oila va urug'lar o'rtasidagi baxtli hayot uchun muomila

paydo bo'lsa, ularning hayoti komil va to'liq bo'lgan sharoit va vaqtda davlat paydo bo'ladi", deb ta'kidlagan edi.

Arastuning fikricha, davlat tabiiy rivojlanish mahsulidir. Faylasuf davlatni kelib chiqishini zanjirga qiyoslab, zanjirning boshida oilani qo'yadi. Oila asta-sekin kattalashib qishloqqa aylanadi, bu esa o'z navbatida davlatga aylanadi, deb ta'kidlaydi.

Tusiy o'zining mashhur asari "Ahloqi Nosiriy"- da jamiyat haqida shunday yozadi: "Jamiyatning (davlatning) rivojlanishi, ravnaqi, madaniyatining yanada taraqqiy etishi va shu davlatda yashovchi aholining baxt-saodati to'rt sinf o'rtasidagi munosabatlarning uyg'un rivojlanishiga bog'liq. Bu to'rt sinf vaqillari bir-biriga yordam berib, qo'lini-qo'lga berib ishlashlari kerak" .

Nasiriddin Tusiy davlatni boshqarish uchun hukumatning maqomi va vazifalarini o'z ichiga olgan samarali ta'limotni taklif etadi. Bunga quyidagilar kiradi:

1. Muvaffaqiyatlarga erishish nazariyasi - bu ta'limotga ko'ra, davlat muvaffaqiyatga erishish uchun hukumatni tashkil etish va shu asosda qanday natijalarga erishish mumkinligini hisobga olishga bog'liq.

2. Nisbiylik nazariyasi - bu nazariyaga ko'ra, ko'pchilik davlatning samaradorlikka erishish masalalarini o'rganishda aniq mezonlar mavjud bo'lmaganligi sababli ham ko'pincha nazariyotchilar bu fikrga qo'shilishadi va bu masalada yagona mezonni belgilash mumkin emas. Ammo boshqalar davlatning samaradorligini aniqlash uchun qandaydir mezonlar orqali aniqlashi ehtimoldan xoli emas, deb uqtiriladi.

3. Tizimli nazariya - bu nazariyaga ko'ra, agar davlat imkoniyatlari o'z zaxiralari va ular o'rtasidagi munosabatlarni muvozanatini saqlay olsa, u shundagina samaradorlikka erishishi mumkin.

4. Qoniqish nazariyasi - bu nazariyaga ko'ra odamlarning mamnunligi, hukumat samaradorligining asosiy elementidir.

Mutafakkirning bu ta'limotida davlat va xalq o'rtasida o'zaro konsensus bo'lishiga bog'liqlik fikrlarni ko'rish mumkin. Ya'ni alloma xalqni hokimiyatning eng muhim poydevori, deb hisoblaydi.

Mutafakkirning fikriga ko'ra, davlat boshqaruvi besh xil elementdan tashkil topgan bo'lib, bularga:

1) Donishmandlar;

2) Odamlarning o'qitish masalalari bilan shug'ullanishga majbur bo'lgan o'qituvchilar. Bularga din peshvolari ham qirgan;

3) Odil sudlov, qonunlarning bajarilishi va savdo qoidalariga amal qilish vazifasini o'tovchi nazoratchilar;

4) Jamoat tartibini saqlovchi, aholi xavfsizligi va mol-mulkni firibgar va o'g'rilardan himoya qiluvchi qo'riqchilar;

5) Barcha aholi qatlamini oziq-ovqat bilan ta'minlovchi, pul muomalasi masalalari bilan shug'ullanuvchi moliyachidir.....

Mutafakkirning davlat to'g'risidagi falsafiy qarashlarida davlat, harbiy, diniy va ichki siyosat kabi masalalarni bir-biridan ajratgan holda o'rgangan. Umuman aytganda faylasuf uchun siyosat fan bo'lib, bu fanni alloma har tomonlama o'rganib, rivojlantirishga va davlat boshqaruvida shuni qo'llashga harakat qilgan. Davlatning ichki siyosati haqidagi masalalarni tahlil qilgan holda Nasiriddin Tusiy dunyo asosan ikki narsadan biri, ya'ni mamlakatda zulm hukmronligi o'rnatilgan bo'lsa, yoki ikkinchisi davlat o'z holiga tashlab qo'yilishi natijasida aziyat chekadi, degan xulosaga keladi.

Mutafakkir "Dar moliyot" ("Moliya to'g'risida") nomli risolasida xususiy mulkchilikka oid masalalarda to'xtalib o'tib, har qanday mulk eng avvalo o'z egasi uchun daromad keltirmog'i lozimligini ta'kidlaydi.

XULOSA

Insonlar tabiatan bir-birlariga yordam berishlari uchun birgalikda yashashlari kerak. Jamiyatda mehnat taqsimotini amalga oshirish orqali hayotni osonlashtirish tamaddun (ijtimoiylashuv) deb ataladi. Ma'lumki, "tamaddun" "madina" (shahar) so'zidan olingan. Shahar turli kasblar va san'atlarga ega insonlarni hamkorlikni davom ettirish uchun uchrashadigan va yashaydigan joyidir. Bu yerda masala insonlarning qaerda yashashi emas, balki ular o'rtasidagi o'zaro mehnat taqsimoti va ijtimoiy tizimidir.

Allomaning falsafiy qarashlariga ko'ra, inson o'z tabiatiga ko'ra, ijtimoiy mavjudotdir. Shu sababli jamiyat chinakam tuzilmaning boshlanishi bo'lib, u organik tarkiblardan paydo bo'lgan va unda mehnat taqsimotining mavjudligi jamiyatning birligi mustahkamligining muhim jihatlaridan biridir.

ADABIYOTLAR

1. Xoja Nasiriddin Tusiy. Axloqi Nosiriy (fors tilida). -Tehron: 1967.s. 279-230] (62-bet

2. M.Dinorshoyev. Filosofiya Nasiriddina Tusi. Dushanbe: "Donish", 2012.s.37

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.