Научная статья на тему 'NOSIRUDDIN TUSIYNING GNOSEOLOGIK VA MANTIQIY QARASHLARI HAMDA MAZKUR MASALALARGA MUALLIF ASARLARIDAN MISOLLAR'

NOSIRUDDIN TUSIYNING GNOSEOLOGIK VA MANTIQIY QARASHLARI HAMDA MAZKUR MASALALARGA MUALLIF ASARLARIDAN MISOLLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

368
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nosiruddin Tusiy / gnoseologiya / mantiq / matematika va falsafa / “Axloqi Nosiriy” / “Asos-ul iqtibos” (“Bilim olishning asoslari”) / “Birinchi analitika” / «inklyuziv» hukm / Nasiruddin Tusi / epistemology / logic / mathematics and philosophy / "Akhlaqi Nasiri" / "Asos-ul iqtibus" ("Basics of learning") / "First analytics" / "inclusive" judgment

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muhammadjon Lazzatbek O’g’li Umarov

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur vakili Nosiruddin Tusiyning qarashlarida gnoseologik va mantiq ilmi masalasiga munosabati tahlil qilingan. Abu Ja‟far Muhammad Nosiruddin Tusiy islom falsafasi va axloqshunosligida juda katta ahamiyatga ega bo‟lgan asarlarni yozgan. Mutafakkirning falsafiy qarashlari mashshoyiyuna yo‟nalishi g‟oyalarining an‟analarini davom ettirgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the attitude of the famous representative of Arab-Muslim social thought, Nasiruddin Tusi, to the issue of epistemological and logical science. Abu Ja'far Muhammad Nasiruddin Tusi wrote works of great importance in Islamic philosophy and ethics. Philosophical views of the thinker continued the traditions of the ideas of Mashshoyiuna direction

Текст научной работы на тему «NOSIRUDDIN TUSIYNING GNOSEOLOGIK VA MANTIQIY QARASHLARI HAMDA MAZKUR MASALALARGA MUALLIF ASARLARIDAN MISOLLAR»

NOSIRUDDIN TUSIYNING GNOSEOLOGIK VA MANTIQIY QARASHLARI HAMDA MAZKUR MASALALARGA MUALLIF

ASARLARIDAN MISOLLAR

Muhammadjon Lazzatbek o'g'li Umarov

TDIU tayanch doktoranti muhammadj onumarov344@gmail .com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur vakili Nosiruddin Tusiyning qarashlarida gnoseologik va mantiq ilmi masalasiga munosabati tahlil qilingan. Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiy islom falsafasi va axloqshunosligida juda katta ahamiyatga ega bo'lgan asarlarni yozgan. Mutafakkirning falsafiy qarashlari mashshoyiyuna yo'nalishi g'oyalarining an'analarini davom ettirgan.

Kalit so'zlar: Nosiruddin Tusiy, gnoseologiya, mantiq, matematika va falsafa, "Axloqi Nosiriy", "Asos-ul iqtibos" ("Bilim olishning asoslari"), "Birinchi analitika", «inklyuziv» hukm.

ABSTRACT

This article analyzes the attitude of the famous representative of Arab-Muslim social thought, Nasiruddin Tusi, to the issue of epistemological and logical science. Abu Ja'far Muhammad Nasiruddin Tusi wrote works of great importance in Islamic philosophy and ethics. Philosophical views of the thinker continued the traditions of the ideas of Mashshoyiuna direction.

Keywords: Nasiruddin Tusi, epistemology, logic, mathematics and philosophy, "Akhlaqi Nasiri", "Asos-ul iqtibus" ("Basics of learning"), "First analytics", "inclusive" judgment.

KIRISH

Mazkur maqolada arab-musulmon ijtimoiy tafakkurining mashhur mutafakkiri Abu Ja'far Muhammad Nosiruddin Tusiyning (1201-1274) gnoseologik va mantiq ilmiga oid qarashlari hamda uning ma'naviy merosi haqida mulohaza yuritiladi. Mutafakkirning bilish falsafasi, mantiq va boshqa fanlarga doir asarlari haqida ma'lumotlar tahlil qilingan. Nosiruddin Tusiyning axloqiy qarashlari va bilish haqidagi qarashlarini "Axloqi Nosiriy" asari asosida ko'rib chiqish mumkin.

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

135

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 9 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Abu Ali Miskavayhning "Kitobul tahorat" asarining barcha mazmunini saqlagan holda, keyingi o'tgan barcha hukamolarning qarashlarini hisobga olgan holda "Axloqi Nosiriy" asari vujudga keldi. Kitob boshida Sharqdagi an'analarga muvofiq dunyoni tushunish, fanlarning vazifalari va turlari haqida qisqacha to'xtab o'tiladi.

"Axloqi Nosiriy" asarining to'rtinchi fasli insonning boshqa barcha mavjudotlardan afzalligini isbotlashga bag'ishlagan. Nosiruddin Tusiyning daliliga ko'ra, tabiiy jismlar jism bo'lganliklari tufayli bir-birlariga teng va barobar bo'lib, ularning oralari darajalarga va fazilatlarga bo'lingan emas. Ma'naviy jihatdan ularning hammasi bir hududda bo'lib, uzunlik, kenglik va chuqurlikda farqlari bo'lsa ham va ko'rinishdangina turlarga bo'linsalar ham, baribir birinchi javhardan (hayulo) kelib chiqqan jins suratidadirlar .

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Falsafa fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Qodirovning "Nasriddin Tusiyning «Axloqi Nosiriy» asari va uning tahlili" asari metodologik manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Shuningdek, mutafakkirning mantiq ilmiga doir asarlari haqidagi ma'lumotlar obyektiv ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"O'z davrining Yevklidi, Ptolemeyi, o'z asrining Aflotuni va Aristoteli deb nom olgan faylasuf mutakallim, siyosiy arbob, tengsiz matematik iste'dod egasi" [1. 16] bo'lgan Nosiruddin Tusiy o'zining ensiklopedik bilimi va aqliy salohiyati tufayli real voqelikning barcha ziddiyatlarini ko'ra olgan takrorlanmas faylasuf hisoblanadi. Mutafakkirning falsafa, axloqshunoslik, tibbiyot, biologiya, matematika fanlari, adabiyot, fiqh, hadisshunoslik, Qur'oni karimning sharhlari, kalom kabi ilmning barcha sohalarini qamrab olgan 200 ga yaqin asarlari [2.6] Sharq va G'arb olimlarining tadqiqot ob'yektiga aylandi. Inson boshqa mavjudotlardan farq qilib, ongga, o'z-o'zini anglash qobiliyatiga egadir. Shu tufayli ilmga intilish, o'z hayotining maqsadi va mazmunini bilishga tirishish, go'zallik yaratishga va har tomonlari barkamol bo'lishga urinish, axloqiy me'yorlar barcha davr va millat kishilariga xos bo'lgan umuminsoniy xislat va fazilatlardir. Bilish va o'z-o'zini bilish - bular shunday aqliy amaliyotki, ular koinot bilan bog'liq

bo'lgan uyg'unlikni va unga muvofiq keladigan jamiyatni

September, 2022

shakllanishini idrok etish bo'lib, bular ham o'z navbatida inson haqidagi g'amxo'rlikni ko'zda tutgan holda tashkil topganlar.

Bilish masalasida Tusiy fikrlariga to'xtaladigan bo'lsak, bu haqda mutafakkirning "Axloqi Nosiriy" asarida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Muallif asarning to'rtinchi faslini insonning boshqa barcha mavjudotlardan afzalligini isbotlashga bag'ishlagan. Uning daliliga ko'ra, tabiiy jismlar jism bo'lganliklari tufayli bir-birlariga teng va barobar bo'lib, ularning oralari darajalarga va fazilatlarga bo'lingan emas. Ma'naviy jihatdan ularning hammasi bir hududda bo'lib, uzunlik, kenglik va chuqurlikda farqlari bo'lsa ham va ko'rinishdangina turlarga bo'linsalar ham, baribir birinchi javhardan (hayulo) kelib chiqqan jins suratidadirlar.

Shuningdek, mavjudotlar haqidagi ilm ham ikki qismga bo'linadi. Birinchi qismdagi ilmni nazariy hikmat deyishadi. Ikkinchisi esa, agar modda bo'lmasa, uning o'zi ham bo'la olmaydi. O'z navbatida, bu qismni yana ikkiga bo'lish mumkin. Birinchisida aql va tasavvurda moddaning bor-yo'qligiga e'tibor berilmaydi, ikkinchisida esa, e'tibor berilayotgan narsa, faqat modda bo'lgandagina ma'lum bo'ladi. Demak, shu nuqtai nazardan nazariy hikmatni uch qismga bo'ladilar. Birinchisini ilmu moba'dul tabia, deb atashadi, ikkinchisini ilmu riyoziy (matematika), uchinchisini esa, ilmu tabiiy deyishadi. Bu uch qism ilmdan har birisi, o'z navbatida, bir qancha qismlarni o'z ichiga oladi. Ularning ba'zilari usul sifatida bo'lsalar, ba'zilari ikkinchi darajalidirlar. Ammo birinchi ilmning usuli ikki fandan iborat bo'lib, birinchisi Allohu taolo va uning farmoniga binoan vujudga kelgan uchqunlari bo'lsa, ikkinchisi mavjudotlar va ularning turlaridir. Mavjudotlar birlik va ko'plik hamda vujubdan iborat bo'lib, paydo bo'lish yoki qadimdan mavjud bo'lish imkoniyatiga ega bo'lganliklari tufayli birinchi falsafa deb ataladilar.

Mavjudotlarni bilish uchun ularni qismlarga bo'lishni davom ettirib, Nasiriddin Tusiy inson ruhiga yetib keladi va bu haqda shunday yozadi: "Ruhlar ichida inson ruhini qo'zg'ovchi va hayvonot jonlaridan tubdan farq qiluvchi shunday bir quvvat borki, uni nutq quvvati deb atashadi. Bu quvvat barcha narsalarni qurolsiz ravishda idrok eta oladi. Uning e'tibori mavjudotlar haqiqatini va ularni o'rab turgan sinflarga qaratilganligidan uni nazariy aql deyishadi". Uning tasarrufida inson faoliyatidagi yaxshi narsalarni yomonlaridan ajratish va kun kechirishning foydali jihatlarini

aniqlash imkoniyati borligidan bunday quvvatni amaliy aql deb atashadi. Bu quvvatning ikki qismga bo'linishidan ikki bo'lim shakllanganligi uchun ilmi hikmatni (falsafani) ikkiga bo'ldilarki, birinchisini nazariy va ikkinchisini amaliy, deb atadilar.

O'rta asr Sharq mutafakkirlarining falsafiy merosi, ularning mantiqqa oid asarlari, epistemologik g'oyalari va ta'limotlari doimo tadqiqotchilar e'tiborini tortib kelgan va shu paytgacha ular

ko'plab mahalliy va xorijiy olimlarning qiziqishini uyg'otib kelmoqda. Bu o'rta asr mutafakkirlari risolalaridagi keng rivojlangan mantiqiy va falsafiy g'oyalarning boyligi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, ularning bu sohadagi mulohazalari va kashfiyotlari u yoki bu tarzda ilm-fanning hozirgi rivojlanishi bilan aloqada bo'ladi. Arab-fors mantig'i va falsafasining tarixini o'rganish sharqiy peripatetizmning ta'sirchan yo'nalishi sifatida Yaqin va O'rta Sharq xalqlarining mantiqiy-epistemologik fikrining shakllanishi va rivojlanishi jarayonini aniqroq takrorlashga imkon beradi. Sharqda buning natijasida mantiq universal uslubiy ilmiy vositaga aylangan g'oyalarni tushunish, ya'ni to'g'ri fikr yuritish qonunlari va shakllari haqidagi fan sifatida shakllanadi.

Tusiyning mantiqiy qarashlariga kelsak, bu yerda quyidagilarni ta'kidlash zarur: Aristotel va Ibn Sino mantig'ining asosiy tamoyillarini himoya qilish va rivojlantirish paytida Tusiy shu bilan birga o'zining ko'plab noyob asarlarini yozgan. Va bu bizga Tusiyning mantiqiy-epistemologik kontsepsiyasi haqida aniq tasavvurni beradi. Bundan tashqari, Tusiyning mantiqiy-epistemologik kontsepsiyasini o'rganish mantiqiy fan asoschilari - Aristotel, Forobiy va Ibn Sino ta'limotlari bilan taqqoslaganda uning ta'limotining mazmuni va o'ziga xosligini aniqlashga imkon beradi.

Nasiriddin Tusiy har bir amalning bajarilishi usulini ko'rsatishdan avval shu amallarga qisqa va tushunarli ta'rif beradi. U amallarning bajarilishi usulini to'liq umumiy ko'rinishda bergandan so'ng misol keltiradi. Tusiyning mantiq ilmiga oid asari "Asos-ul iqtibos" - ^b^V1 ^iJ ("Bilim olishning asoslari") bo'lib, unda yunon faylasuflarining mantiqiy atamalarga berilgan ta'riflari izohlab, ularni tahlil qiladi va shaxsiy ta'riflarini keltirib o'tadi. [3.429]

Nasiriddin Tusiyning mantiqiy ta'limotida hukm haqidagi ta'limotga muhim o'rin berilgan va bu juda asoslidir. Mantiqan, hukmlar, go'yo, barcha aql-idrok shakllanadigan elementlardir. Xususan, ular xulosalar, sillogizmlar va dalillarni anglatadi. O'z navbatida, ikkinchisi, albatta, yangi bilimlarni o'z ichiga olgan yangi hukmlar chiqaradigan bunday uslubiy vositalardir. Shuning uchun ham mutafakkir hukmni o'rganishga fikrning maxsus shakli, bilim turi, mohiyati, tuzilishi, turlari, shuningdek, hukmlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni tahlil qilishga katta e'tibor beradi. Bu masalada u Aristotel va Ibn Sinoga ergashib, hukmni "tasdiqlangan yoki inkor qilingan yangiliklarni o'z ichiga olgan nutq sifatida" belgilaydi.

Tusiy hukmlarni 2 sinfga bo'ladi: Qat'iy va shartli. Qat'iy hukm 2 termin (S, P) va bog'lovchidan tashkil topadi, unda sub'ektning hajmi predikatning hajmiga kiradi. = Parallel chiziqlar tasdiq, - to'g'ri chiziq inkorni bildiradi.

Shartli hukmlarning tarkibiy qismini bir necha oddiy hukmlar tashkil etadi.

Shartli hukmlarga kelsak, mutafakkirning fikriga ko'ra, ular ikki yoki undan ortiq oddiy hukmlardan mantiqiy birikmalar yordamida hosil bo'ladi ("agar, keyin", "va", "yoki" va boshqalar yordamida). Shartli hukmlarda, deydi Tusiy, bir qism boshqa qism mavjudligini taxmin qiladi, shuning uchun ularni «inklyuziv» hukm deb atash mumkin. [4.430] Mutafakkirning mantiqiy merosidagi predikativ yoki kategorik hukmlarning tasnifini ko'rish mumkin. Umuman olganda, bu jihatda Ibn Sinoning tasnifiga o'xshaydi va u o'z navbatida Aristotelning pozitsiyasiga asoslanadi. Ma'lumki, Aristotelning hukmlar nazariyasi oddiy kategorik hukmlar nazariyasidir. U o'z tasnifida kategorik hukmlarni sifat bo'yicha ijobiy va salbiyga ajratadi. Aristotel shunday deb yozadi: "Bayonot - bu biror narsaning biror narsaga oid bayonoti. Inkor - bu biron bir narsadan nimanidir ayirib tashlash bayonidir" [5.96]

"Birinchi analitika" asarida kategorik hukmlar ularning miqdoriga ko'ra umumiy, aniq va noaniq bo'lib bo'linadi: "Old shart - bu biror narsaga nisbatan biror narsani tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan nutq. U umumiy, yoki alohida yoki noaniq bo'lishi mumkin"[6.119].

Zaruriy hukm turlari:

• Mohiyatiga ko'ra zaruriy;

• Shartlangan umumiy zaruriylik;

• Shartlangan juz'iy zaruriylik;

• Vaqtdagi zaruriylik;

• Keng tarqalgan zaruriylik;

• Predikat shartiga ko'ra zaruriylik;

Voqelik-mavjudlik hukmlari ham 2 xildir: Nozaruriy mavjudlik hukmlari, doimiy bo'lmagan mavjudlik hukmlari.

G.I.Ruzavin va P.V.Tavants "Sxolastik mantiqshunoslar arab mantiqshunoslaridan moddiy taalluqli ta'limotni olgan bo'lishi mumkin", deb hisoblagan. Bu yerda "arab mantiqshunoslari" iborasi tushuntirishni talab qiladi. O'rta asr musulmon olamida arab tili fan, falsafa va mantiq tili hisoblangan. Shuning uchun bu davr mutafakkirlari o'z kitoblarini asosan arab tilida yozishgan, musulmon O'rta asrlardagi olimlar, faylasuf va mantiqshunoslarning aksariyati forsiyzabon mutafakkirlar bo'lgan.

Yuqoridagi hukmlardan tashqari Nasiriddin Tusiy modal va modallashtirilgan hukmlarni batafsil tahlil qiladi va ularning ko'p turlarini aniqlaydi. Nasiruddin Tusiy tomonidan taklif qilingan hukmlar tasnifini ko'rib chiqishni yakunlar ekan, shuni ta'kidlash kerakki,

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

antik davrda shartli hukmlar to'g'risidagi ta'limot Stoik mantig'ining vakillari tomonidan ishlab chiqilgan[7.25]. Tusiy esa ularni o'rganib, qayta ishlab chiqadi.

XULOSA

Nasiriddin Tusiyning gnoseologik va mantiqiy qarashlarida biz ham yunon faylasuflari qarashlarining ta'sirini, ham Islom dinining ta'sirini kuzatamiz. Nasiriddin Tusiy bu masalalarda har ikkala jihatni oqilona muvozanatga keltirishga harakat qiladi. Avvalo, Tusiyning borliq haqidagi qarashlariga to'xtaladigan bo'lsak, undagi barcha borliqdagi narsalarning asosi Yagona Yaratuvchi Allohga borib taqalishi va qolgan narsalarning Undan kelib chiqishi nazariyasi Islom dini ta'sirida shakllangan bo'lsa, aynan shu jarayondagi jilovlanish, emanatsiya nazariyasining kelib chiqishi ham qadimgi yunon falsafasiga borib taqaladi. Tusiyning mantiqiy qarashlariga kelsak, bu yerda quyidagilarni ta'kidlash zarur: Aristotel va Ibn Sino mantig'ining asosiy tamoyillarini himoya qilish va rivojlantirish paytida Tusiy shu bilan birga o'zining ko'plab noyob asarlarini yozgan. Va bu bizga Tusiyning mantiqiy-epistemologik kontsepsiyasi haqida aniq tasavvurni beradi. Nasiriddin Tusiyning mantiqiy tadqiqotlari qadimgi yunon-rim mantig'iga, xususan, Aristotel boshchiligidagi peripatetizm mantig'iga asoslanib, stoik mantig'iga va Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abulbarakot Bag'dodiy, Kotibiylarning mantig'iga asoslangan edi. Shuning uchun Tusiy mantig'i Arastu va Ibn Sino mantig'ining sintezi hisoblanadi va u musulmon peripatetizm vakillariga qaraganda Aristotel mantig'iga ko'proq sodiq edi, bu uning "Asos ul-iqtibos" deb nomlangan asosiy mantiqiy asarida o'z ifodasini topgan. Albatta, bu Ibn Sino g'oyalari uning mantig'ida va epistemologiyasida yo'qligini anglatmaydi.

Nasiriddin Tusiyning mantiqiy va epistemologik qarashlarining shakllanishiga yunon-rim mantig'ining ta'siri qanchalik katta bo'lmasin, baribir uning dunyoqarashi va uning barcha g'oyalari Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarining ma'naviy merosiga asoslangan edi. Nasiriddin Tusiy o'zining falsafiy mulohazalarida Aristotel an'analarini davom ettirib, haqiqat masalasida ratsionalizm va sensualizm ikkala rolni ham o'ynashini ko'rsatishga intildi. Nasiriddin Tusiy shu tarzda falsafaning barcha yo'nalishlarida o'ziga xoslikka erishadi.

REFERENCES

1. Muxammad Taqi Mudarris Razaviy. Xo'ja Nosiruddin Tusiyning hayotiy faoliyati va merosi. Tehron. 1370 h-sh.y. - B. 16. Fors tilida.

2. Nosiruddin Tusiy. Fan muammosiga sharhlar. Eron, Mashxad universiteti, 1345 h-sh.y. - B.6

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

140

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 9 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

3. Аль-Фараби, Абу Наср. Философские трактаты / Аль-Фараби. - Алма-Ата, 1972. -С. 429.

4. Аль-Фараби, Абу Наср. Философские трактаты / Аль-Фараби. - Алма-Ата, 1972. - С. 430.

5. Аристотель. Об истолковании //Сочинения / Аристотель. Т.2. - М., 1978. -

6. Аристотель. Аналитика //Сочинения / Аристотель. Т.2. - М., 1978. - C.119.

7. Рузавин Г.И., Таванец П.В. Основные этапы развития формальной логики // Философские вопросы современной формальной логики. - М., 1962. - С.25.

8. Умаржонов, С. С. (2021). Ижтимоий фанларни укитишда Фахриддин Розий асарларининг урни ва ахамияти. "Янги Узбукистон иктисодиётини ривожлантиришнинг илмий инновацион йуналишлари" халкаро илмий-амалий анжумани маколалар туплами (2021-йил 21-ноябрь). - T.: "IQTISODIYOT", 2021; 116-124.

9. Safarov. M., Umarjonov, S. (2022). Matter of consciousness in the philosophy of Ar-Roziy and its current importance. WayScience, 135-138.

10. Саифназаров. И, Умаржонов. С. (2022). Янги Узбекистонда давлат ва дин муносабатлари. Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (special issue 23), 414-424.

11. Umarjonov, S.S., Safarov, M.K. (2021). Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasining qo'yilishi va uning diniy-falsafiy germenevtik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.

12. Умаржонов, С.С. (2022). Фахриддин Розийнинг материя ва шакл, шакл ва мазмун, сабаб ва окибат хакидаги онтологик таълимоти. Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (special issue 23), 249-258.

13. Safarov, M.K, Umarjonov, S.S. (2021). Abu Bakr ar-Roziy etikasida befoyda o'y surish va ochko'zlik muhokamasi. Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1045-1049.

14. Umarjonov, S. (2022). Muhammad ibn Umar Fahriddin Roziy asarlarining qisqacha sharhi. IMOM BUXORIY SABOQLARI, 1, 24-25.

C.96.

September, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.