Научная статья на тему 'NASIRIDDIN AT-TUSIYNING “ASOS AL-IQTIBOS” ASARI HAQIDA'

NASIRIDDIN AT-TUSIYNING “ASOS AL-IQTIBOS” ASARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xo‘ja Nasiriddin at-Tusiy / “Asos al-iqtibos” / falsafa / mantiq / o‘rta asrlar / qadimgi yunon falsafasi / musulmon falsafasi / qo‘lyozma. / Khwaja Nasiriddin al-Tusi / "Asos al-iqtibas" / philosophy / logic / middle ages / ancient Greek philosophy / Muslim philosophy / manuscript.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Abduvaxobova, Gulsara Akromjon Qizi

Mazkur maqola Xo‘ja Nasiriddin at-Tusiyning mantiq ilmiga bag‘ishlangan “Asos al-iqtibos” haqida bo‘lib, maqolada asar haqida qisqacha ma’lumot, asar tuzilishi va undagi bayon etilgan masalalar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT THE WORK OF NASIRIDDIN AT-TUSI "ASOS AL-IQTIBAS".

This article is about Khwaja Nasiruddin al-Tusi's ";Asos al-Iqtibas" dedicated to the science of logic. The article provides brief information about the work, the structure of the work, and the issues discussed in it.

Текст научной работы на тему «NASIRIDDIN AT-TUSIYNING “ASOS AL-IQTIBOS” ASARI HAQIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

NASIRIDDIN AT-TUSIYNING "ASOS AL-IQTIBOS" ASARI HAQIDA

Abduvaxobova Guisara Akromjon qizi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti abduvakhobovagulsara@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Xo'ja Nasiriddin at-Tusiyning mantiq ilmiga bag'ishlangan "Asos al-iqtibos" haqida bo'lib, maqolada asar haqida qisqacha ma'lumot, asar tuzilishi va undagi bayon etilgan masalalar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Xo'ja Nasiriddin at-Tusiy, "Asos al-iqtibos", falsafa, mantiq, o 'rta asrlar, qadimgi yunon falsafasi, musulmon falsafasi, qo 'lyozma.

ABSTRACT

This article is about Khwaja Nasiruddin al-Tusi's "Asos al-Iqtibas" dedicated to the science of logic. The article provides brief information about the work, the structure of the work, and the issues discussed in it.

Key words: Khwaja Nasiriddin al-Tusi, "Asos al-iqtibas", philosophy, logic, middle ages, ancient Greek philosophy, Muslim philosophy, manuscript.

KIRISH

Sharqning serqirra olim-u mutafakkirlaridan biri, Ibn Sino maktabining vakili, ko'plab fan sohalariga o'zining ilmiy merosi bilan katta hissa qo'shgan eronlik faylasuf Nasiriddin at-Tusiy hisoblanadi. Xo'ja Nasiriddin at-Tusiy 1201-yilning 18-fevralida Xurosonning Tus shahrida Firuzshox Jehrudiy nomi bilan tanilgan Shayx Vajhiddin ibn Hasan nomli kishining oilasida tug'ilgan1. O'zidan juda katta ilmiy meros qoldirgan faylasuf, Erondagi Marog'a rasadxonasining asoschisi ham hisoblanadi. Agar biz Nasiriddin Tusiyning ilmiy merosiga yaxshiroq nazar soladigan bo'lsak, uning ba'zi asarlari nafaqat bitta alohida sohaga, balki boshqa turli xil sohalarga oid ekanligiga guvohi bo'lamiz. Mutafakkirning "Asos al-iqtibos" nomli asari shu kabi bir nechta sohaga oid asarlaridan biri hisoblanadi. "Asos al-iqtibos" adabiy asari ham fan va madaniyatning turli sohalariga bag'ishlangan. "Asos al-iqtibos" asarida mantiq, falsafa, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalariga bag'ishlangan ma'lumotlar umumlashtirilgan. Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, mazkur asar darslik sifatda qo'llanilmaganligi bois, asarga dastavval katta e'tibor qaratilmagan. Yillar davomida asardagi ko'plab ilmiy ma'lumotlar tadqiqotchilar nazaridan chetda qolgan. Shu sababli ham ko'plab g'arb va sharq tillaridagi asarning tarjimalari hozirgi kunga qadar mavjud emas. Asar faqatgina ingliz, fors va arab

1 KymmaeBa H. M. HocHpnggHH TycHH maxcnaTH. - HaM^Y hhmhh ax6oporaoMacH, 2020. - E. 251.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tillarida mavjud. Bundan tashqari XV asrda usmonlilar olimi va shayxi Mulla Xusrav Nasiriddin Tusiyning "Asos al-iqtibos" asarini arab tilida qayta ko'chirib, Sulton Mehmedga taqdim etgan2i haqida manbalarda ma'lumotlar keltirilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asarning qo'lyozma variantiga to'xtaladigan bo'lsak, uning arab va fors tilidagi qo'lyozma shakllari mavjud bo'lib, hozirgi kunda arab tilida yozilgan varianti King Saud University (Riyadh) fondida 3168 raqami (1-ilova) ostida saqlanadi. Fors tilidagi varianti esa, Fisher - University of Toronto fondida 2013-yildan buyon saqlanib kelinmoqda. Saqlanish raqami 740 (2-ilova). Mazkur qo'lyozma to'liq holda bizgacha yetib kelgan bo'lib, 110 sahifani o'z ichiga oladi. Asarning arab va fors tilidagi qo'lyozmalari to'liq va yaxshi saqlangan holatda bizgacha yetib kelgan. Afsuski, asarning qo'lyozmasi O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanib kelinmoqda. O'zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo'lyozmalar fondida mavjud emas.

Qo'lyozma ilmiy tilda yozilganligi tufayli hoshiyalarsiz yozilgan. Shunga qaramay, Tusiy qo'lyozmaning estetik tus olishi uchun matnlarni kirish va xulosa qismida turli shakllar bilan qayd etadi. Asarning basmalasi uchburchak shaklda yozib chiqilgan. Bundan tashqari Tusiy kerakli iboralarni qizil siyoh bilan ajratilgan holda keltirgan. Ushbu asarning mazmuni haqida gapirishdan oldin, avvalo asarning tuzilishiga to'xtalib o'tish zarur. Nasiriddin Tusiyning "Asos al-iqtibos" asari o'ziga xos tuzilishga egadir. Kitob muqaddimasi o'sha davrga xos bo'lgan usul shartli so'zlar, ya'ni basmala bilan boshlanadi. Muallif kitob muqaddimasida bu asarning qaysi fanga mansubligi ekanligi va yaratilish yo'li haqida to'xtalib, kitobga nima uchun "Asos al-iqtibos" nomini qo'yganligi haqida shunday izoh beradi: "Olim bu san'atning qoida va usullariga ko'ra, o'ziga ayon bo'lgan yo'lni sharhlashi kerak. Va botil dinni (yo'l, usulni) har jihatdan bekor qilishdan (noto'g'ri, yo'q qilishdan) imkon qadar tiyilishi, agar ba'zi hollarda buzuq mazhabni zikr qilish zarurati tug'ilsa, uni mahorat bilan qisqartirishi kerak. Va bu ilm boshqa ilmlar bilan solishtirganda, yozib olinadigan va tuziladigan hikmatning bir qismi bo'lgani uchun bu butunlik (asos al-iqtibos) deb ataladi"3.

Asar muqaddimasida mantiq ilmi haqida gapirib, mantiq fanining turli masalalari, bu fanning boshqa fanlardan farqi, mantiq atamasining izohi va hokazolar

2 Recep C. Osmanli Donemi islam Hukuku £ah§malari: Kurulu§tan Fatih Devrinin Sonuna Kadar. - Bursa, 2001. - S.196.

3 Нор^уч^оров Ш. Ш. "Aсос-ул-икгибос"-и насируддини тусй (сохт ва структураи ба худ хоси ин рисола) // Academic Research in Educational Sciences, 3(12). - Душанбе, 2022. - C.343.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

haqida o'z fikrlarini bildirgan. Kitobning asosiy qismi to'qqiz maqoladan iborat bo'lib, ayrim maqolalar (boblar) fanlarga bo'lingan va alohida bo'limlardan iborat.

Har bir maqola (bob) mavzu (qism) va bo'limlarga ajratilgan bo'lib, uning tuzilishi quydagicha: "Mantiq mazmunida" birinchi maqolasi to'rt qismdan iborat. Ikkinchi maqola to'qqiz bo'limdan iborat. Uchinchi maqola ikkita mavzudan iborat bo'lib, ushbu mavzular ham o'z navbatida bir nechta bo'limlarni qamrab olgan. To'rtinchi maqola (O'xshatish ilmi haqida) ikkita mavzudan iborat bo'lib, birinchi mavzu ikki qismdan iborat. Beshinchi maqola ikki mavzudan iborat. Oltinchi maqola uch mavzudan iborat bo'lib, yettinchi maqola uchta bo'limni o'z ichiga oladi.

Sakkizinchi maqola (Nutq va uni to'g'ri qo'llash to'g'risida) uchta mavzudan tashkil topgan. To'qqizinchi maqola (She'r va uni metafora sifatida o'qish haqida) uch bo'lim, birinchi bo'lim she'rning mazmun-mohiyati va foydasi va unga nima aloqadorligini ko'rsatuvchi, ikkinchi bo'lim tasavvur va tasavvurni o'rganish, hodisaning izohi (sabab) va undan foydalanish haqida. Va oxirgi uchinchi bo'lim she'riyat mazmunida va she'riy san'atga havolalardan tashkil topgan.

Yuqorida aytib o'tganimizdek, Xo'ja Nasiriddinning "Asos al-iqtibos"ida adabiyotshunoslik masalalari asarning to'qqizinchi maqolasida keltirilgan. To'qqizinchi maqolaning birinchi qismida she'riyat masalalari va uning xususiyatlari, qadimda she'r qanday bo'lganligi haqida ma'lumotlar berilgan. Nasiriddin Tusiy she'rga uchta ta'rif bergan bo'lsa, birinchisi "O'tmish an'anasida", ikkinchisi "Keyingilar tadqiqotchilar" va uchinchisi "So'ggi davr tadqiqotchilari" ta'rifidir. "Asos ul-iqtibos" asarining "she'r ilmida" bo'limida uchinchisini ta'kidtib o'tgan. Tusiy "Asos ul-iqtibos" asarida she'riyat haqida shunday fikr bildiradi: "She'r san'ati hazil va tasavvurga asoslangan mahorat bo'lishi va u alohida san'at turi bo'lishi zarur"4. Bu yerda muallif she'riyatni san'at turi deb ta'riflaydi. Yana bir narsa shundaki, she'rda muhayyal (tasavvur), mavzuli (og'ir) va mutasaviy (teng) va tinish belgilari (qofiya) kabi so'zlarni nazarda tutadi. Xuddi shu o'rinda u she'r mavzusiga oid o'z fikrini quyidagi shaklda ifodalaydi: "Mavzu so'zi esa ko'proq ikki ma'noli otdan iborat: biri to'g'ridan-to'g'ri ma'nosi bo'lib, bir harakatlar va hikoyaning qolgan qismini muhokama qilish uchun qo'llangan so'zdir. Ikkinchisi esa majoziy: hayotiydir, qadimgi Xusravoniyda bo'lgani kabi ko'rinishda o'xshash bo'lish uchun fikr va dalillar tengligi nuqtai nazaridan qo'llangan. Bitta she'rda ritm har xil bo'lishi va muzla va musadalarning mazmuni bo'lishi kerak5. Bu yerda u vaznli nutqni ikki ma'noda izohlaydi: birinchisi, harakatlanuvchi (unli) va sokin (sukunli) harflar, ikkinchisi esa majoziy: nutqning o'xshash shakldagi tengligi. Qolaversa, bo'g'inlar

5Нор^уч^оров Ш. Ш. "Асос-ул-икгибос"-и насируддини тусй (сохт ва структураи ба худ хоси ин рисола) // Academic Research in Educational Sciences, 3(12). - Душанбе, 2022. - C. 348.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

soni mutasaviy (ustun va ustunlar) jihatidan teng bo'lishi kerak, - deydi notiq. Shundan so'ng "pauza" atamasi haqida o'z fikrini aytadi: "Va pauza ma'nosida; bu hikoyaning oxiri mustaqil bo'lish o'rniga o'xshash bo'lishi kerak. Yana bir o'rinda "qofiya qadimda bo'lmagan va faqat arablarga xos" deydi. Bu masalani Ibn Sino "Shifo" asarida shunday izohlagan: "She'r bir mavzudagi so'zlardan yasalgan xayoliy nutqdir; arablar uchun esa qofiyasi ham bo'lishi kerak6. Qolaversa, qofiyaning she'riyatdagi o'rnini uning musiqiyligini ta'minlash uchun deb biladi. Nasiriddin Tusiy mantiqning ta'rifi haqida shunday deydi: "Mantiqiy qarash xayolga xosdir. Demak, she'riyat mantiq yoqasidagi xayoliy so'zdir" Bundan kelib chiqadiki, mantiqqa ko'ra, she'r xayoliy so'z bo'lishi kerak va u keyingi davrni shunday izohlaydi: "Va qofiyalash vazni bo'lgan har bir so'z, quruq gap bo'ladimi, yolg'onmi, ritorikmi yoki rostmi, agar u xuddi tavhid (birlik) yo bo'sh gap kabi bo'lsa ham, uni she'r qilib o'qing. Va agar u vazn va qofiyadan xoli bo'lsa, hatto xayoliy bo'lsa ham, she'r qilib o'qimaslik kerak7.

So'nggi davr olimlari she'riyatda qanday so'z bo'lmasin, vazn va qofiyani zarur deb biladilar. Shu o'rinda Tusiy ham she'rda vazn va qofiyaning muhim ekanligini alohida ta'kidlaydi. Agar she'r vazn va qofiyadan xoli bo'lsa, xayoliy bo'lsa ham, she'r deyilmaydi. Biroq, dastlabki davrlarda xayoliy so'zlar she'r sifatida o'qilgan, biroq u haqiqiy she'r bo'lmagan. U qadimgi yunon, ibroniy, suriy va fors she'riyati haqida shunday fikr bildiradi: "Yunon she'riyati ham shunday bo'lgan, boshqa qadimgi ibroniy, suryoniy va fors lug'atlarida esa haqiqiy vazn hisobga olinmagan"8. Shuning uchun qadim zamonlarda vazn hisobga olinmagan. She'rning asosini tasavvur hosil qilib, Nasiriddin she'rga ta'rifida shunday deydi: "Mantiqiy tasavvurning asosi esa, iste'mol qilinsa ham, doim amalda bo'lishi kerak. Bu san'at esa mazali, ta'mi she'rning boshqa holatidan farq qiladi. Demak, she'rning mazmuni nutqdir. Uning surati esa oxirgisiga yaqin, og'ir va qofiyali, tasavvur mantiqiga yaqin bo'lishi kerak9.

Albatta, hikoya va mavzuda shoir mavzuga mutanosib ravishda vazn tanlaydi. Biroq har bir she'rning mazmuni va mavzusi muayyan vaznga mos keladi. Xo'ja Nasiriddin yunon she'riyatida har bir janrning o'ziga xos tarafkashligi haqida shunday deydi: "Yunonlar qamrovi, she'riyati cheklangan bo'lib, ularning har biri o'ziga xos vaznga ega bo'lgan, masalan, yaxshi amallarni zikr qilishni o'z ichiga olgan tur va shu turlardan birini maqtash laqabini ham o'z ichiga olgan, "tarofudyo"

7 Нор^уч^оров Ш. Ш. "Асос-ул-и^тибос'-и насируддини туси (сохт ва структураи ба худ хоси ин рисола) // Academic Research in Educational Sciences, 3(12). - Душанбе, 2022. - C.349.

9 HoprçynrçopoB ffl. ffl. "Acoc-yn-HrçTHÔoc'-H HacnpyggHHH Tycn (COXT Ba CTpyKTypau 6a xyg XOCH HH pucona) // Academic Research in Educational Sciences, 3(12). - flymaH6e, 2022. - C.351.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

(trogediya) deb atalgan) va u eng yaxshi she'r turi bo'lib, bu juda shirali vazn hisoblangan. Va yana bir turi g'alayonlar va janjallarni zikr qilish va kimningdir kinoyasi bilan bog'liq bo'lsa, yana bir turi urush va nizolar ishlari bilan bog'liq bo'lgan. Va boshqa bir turi boylik ishlari va yomon xulqni yetkazib berish bilan bog'liq, boshqa turi esa shodlik va baxtga muhtojlik bilan bog'liq va yana bir turi siyosat bilan bog'liq edi. Mulk borasdagi va boshqa turlar mavjud bo'lgan va har bir tur maqsadga muvofiq tashkil etilgan va xos bo'lgan o'ziga xos tarkibiy qismga ega bo'lgan10.

Xo'ja Nasiriddin Tusiyning ushbu kitobni yozishdan maqsadi, u muqaddimada aytib o'tganidek, mantiq ilmi bo'yicha o'zining boshqalardan olgan bilimlarini ham, bu fandagi shaxsiy fikr va mulohazalarini ham o'z ichiga olgan keng qamrovli texnik va tadqiqot ishini taqdim etish edi11.

Ushbu kitobda mantiq mavzulari to'qqiz qismdan iborat. Ushbu usulda mantiqiy mavzular quyidagi nomlar bilan 9 bo'limga bo'lingan: 1. Kirish; 2. O'n birlik toifalar; 3. Teoremalar; 4. Analogiya; 5. Dalil; 6. Munozara; 7. yolg'on; 8. Nutq; 9. She'riyat12.

Ibn Sinoning asosiy asari "Kitob ash-shifo"da mantiqga oid fikrlar 9 qismdan iborat bo'lib, ularning nomlanishi va tartibi Forobiyniki kabid ir. Ibn Rushd ham bu usuldan foydalanganlar. Bundan tashqari Ibn Sino "Kitob al-ishorot" asarida ham qo'llagan. Xuddi shu singari Nasiriddin Tusiyning "Asos al-iqtibos" asarini ham 9 qismdan iborat shaklda yozadi.

"Asos al-iqtibos" asari darslik sifatida ko'rilmagani bois unga ko'p e'tibor berilmagan va unga izoh va sharhlar kam yozilgan. Uning nashr etilishi ham yillar davomida kechiktirildi. Bu kitob birinchi marta hijriy 1326-yilda nashr etilgan. U Muhammad Toqi Modares Razaviyning tuzatishi bilan nashr etilgan. Uning yana bir nashri 1375-yilda Sayyid Abdulloh Anvarning tuzatish va izohlari bilan ikki jild holida nashr etilgan. (Birinchi jildida asarning asosiy matni, ikkinchi jildda esa tuzatilgan eslatmalar mavjud).

At-Tusiyning mantiqqa qo'shgan asosiy hissasi uning ismoiliylik davrida yozilgan forscha "Asos al-iqtibos" ("Ilm olish uchun zamin") asarida mavjud. Tusiyning islom dunyosi mantig'ining odatiy o'n bo'limiga ko'ra bo'lingan va uning mazmuni haqidagi muhokamasi so'nggi yillarda tadqiqotchilar e'tiborni tortdi (Morewedge 1975). Bu, shuningdek, at-Tusiyning arab terminologiyasini ravon va nafis uslubga kiritib, fors tilida texnik mavzular haqida yozish qobiliyatidan dalolat

10 Xo^a HacHpnggHHH Tycn. AcocynHrçTHÔoc. - Te^poH, 1355. - C.103

11 https://fa.rn.wikipedia.org/wiki/

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

beradi. At-Tusiyning arabcha mantiq qo'llanmasi "Tajrid al-mantiq" (Mantiq abstrakti) uning shogirdi Alloma al-Hilliy tomonidan sharhlangan.

Shayx ar-Rais Ibn Sinoning "Shifo" nomli mantiqiy kitobi va Ibn Rushdning Arastuning mantiqiy risolalariga yozgan sharhi, shunngdek, Nasiriddin Tusiyning "Asos al-iqtibos" asari islom madaniyatidagi eng katta hajmli mantiq kitoblaridan sanaladi. Nasiriddin Tusiyning "Asos al-iqtibos" asari sifat jihatidan yuqoridagi kitoblarning hammasidan ba'zi mavqelarda ustundir desak, mubolag'a qilmagan bo'lamiz. U o'z ishiga tegishli bo'lgan mantiqda materiya va shaklning ikki tashqi komponentini ko'rgan va o'z fikrini asos qilib olgan va shu ikki komponent asosida ish olib bordi. U "vakil" va "argument" va uning qo'shimchalari asosida mantiqiy shaklni ta'riflaydi. Undan keyin Aristotelga ergashga mantiqchilar ham uning uslubiga ergashgan va "Asos al-iqtibos" kitobi ham xuddi shu yo'ldan borgan.

Tusiyning Ibn Sino falsafasining tarjimoni sifatidagi tan olinishiga sabab bo'lgan asosiy matn uning ismoiliylar hukmronligining oxirida yozgan "Kitob al-ishorot" ("Mulohazalar va pand-nasihatlar")ga yozgan sharhi hisoblanadi. At-Tusiy asari qisman, Faxriddin ar-Roziyning xuddi shu matnga bergan sharhiga javob sifatida mo'ljallangan edi. Bu asar Nasiriddin Tusiyning Ibn Sino mantig'ida mavjud bo'lmagan g'oyalari bilan to'ldiriladi va tahlil oldingi faylasuflar mantig'ining zaif tomonlarini ochib berishi mumkinligini ko'rsatadi. Uning o'zi faylasufni xulosalar haqidagi oldindan o'ylangan fikrlarga ko'ra emas, balki o'z dalillarining asosliligiga qarab baholashni talab qilishi uning Ibn Sinoning o'ziga xos uslubiga sodiqligini ko'rsatadi. Shunday qilib, u Ibn Sinoning nazariyalarini ko'p hollarda himoya qilsa-da, o'zi o'rinli deb topsa, uning fikrlariga qarshi chiqqan holatlar ham kuzatiladi. Masalan, garchi at-Tusiy Ibn Sinoning biluvchi va ma'lum o'rtasidagi shaklning o'xshashligi haqidagi nazariyasini boshqa mavjudotlarga nisbatan qo'llash mumkinligi haqidagi nazariyasini butunlay inkor etmasada, emanatsiya nazariyasini talqin qilishda Alloh ilmining tabiati borasida as-Suhravardiy qarashlariga qisman qo'shiladi. Xudoning Birinchi Aql va uning asosida yuzaga kelgan butun koinot haqidagi bilimga ko'ra Birinchi Aqlning mavjudligi bilan qolgan mavjudotlarning mavjudligi bir xil bo'lib, emanativ zanjirdagi quyi mavjudotlar o'z bilimlarini shakllar va tasvirlar, shuningdek mavjudlik orqali oladilar. At-Tusiyning sharhi aniq va tizimli bo'lib, Ibn Sinoning qiyin va murakkab nazariyasini tiniq tushuntirgani uchun hozirgacha asl matn bilan o'rganilmoqda.

Mantiq bo'yicha uning "Asos al-iqtibos", "Sharh-i mantiq al-ishorot", "Ta'dil al-mi'yor", "Tajrid fi'l-mantiq" kabi asarlari kiradi. Ulardan birinchisi, Ibn Sinoning "Shifo"da mantiqiy yo'nalishlari bo'yicha fors tilida mavzuning har tomonlama va

XULOSA

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ravshan bayonini beradi. Shuning uchun Tusiy mantig'i Arastu va Ibn Sino mantig'ining sintezi hisoblanadi va u musulmon peripatetizm vakillariga qaraga nda Aristotel mantig'iga ko'proq sodiq edi, bu uning "Asos al-iqtibos" deb nomlangan asosiy mantiqiy asarida o'z ifodasini topgan. Albatta, bu Ibn Sino g'oyalari uning mantig'ida va epistemologiyasida yo'qligini anglatmaydi. Nasiriddin Tusiyning mantiqiy va epistemologik qarashlarining shakllanishiga yunon-rim mantig'ining ta'siri qanchalik katta bo'lmasin, baribir uning dunyoqarashi va uning barcha g'oyalari Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarining ma'naviy merosiga asoslangan edi. Nasiriddin Tusiy o'zining falsafiy mulohazalarida Aristotel an'analarini davom ettirib, haqiqat masalasida ratsionalizm va sensualizm ikkala rolni ham o'ynashini ko'rsatishga intildi. Nasiriddin Tusiy shu tarzda falsafaning barcha yo'nalishlarida o'ziga xoslikka erishadi.

REFERENCES

1. Umarov M. L. Nosiruddin Tusiyning gnoseologik va mantiqiy qarashlari hamda mazkur masalalarga muallif asarlaridan misollar // Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9, 2022. - B.135-141.

2. Recep C. Osmanli Donemi islam Hukuku Qah§malari: Kurulu§tan Fatih Devrinin Sonuna Kadar. - Bursa, 2001. - S.196.

3. Болтаев М. Н. Вопросы гносеологии и логики в произведениях Ибн Сины и его школы. - Душанбе, 1965. - C. 600.

4. Кушшаева Н. М. Носириддин Тусий шахсияти. - НамДУ илмий ахборотномаси, 2020. - Б. 251.

5. Норкучк;оров Ш. Ш. 'А.сос-ул-ик;тибос"-и насируддини тусй (сохт ва структураи ба худ хоси ин рисола) // Academic Research in Educational Sciences, 3(12). - Душанбе, 2022. - C.343.

6. Хоча Насириддини Тусй. Асосули;тибос. - Техрон, 1355. - C.103.

гч^ .mv cjij^j

8. Jurayev, S. S. O. G. L. (2023). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA "INOYAT'X^I) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI. International scientific journal of Biruni, 2(1), 43-47.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.