Научная статья на тему 'NAMANGANDA TUG‘ILMAGAN NAMANGANLIK (SUNNATULLA ANORBOYEV TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA)'

NAMANGANDA TUG‘ILMAGAN NAMANGANLIK (SUNNATULLA ANORBOYEV TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA) Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
72
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Ijod / fidoyilik / nasr / roman / hikoya / tabiat / bolalar adabiyoti

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xanifa Jurayeva, I.Habibjonov

Sunnatilla Anorboyev kattalar uchun yozib, bolalar adabiyotiga qaytish, asarlarni yanada mohirona va chuqur yozish uchun o‘z uslubini charxlagan. U bolalarning nozik dunyosini his qila olgan va ularning go‘zal va aql bovar qilmas qalbini ifoda eta olgan. Ushbu maqola orqali betakror ijodkor Sunnatilla Anorboyev hayoti va ijodiga bir nazar tashlangan. U barcha adabiyot ixlosmandlari uchun mo‘ljallangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAMANGANDA TUG‘ILMAGAN NAMANGANLIK (SUNNATULLA ANORBOYEV TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA)»

NAMANGANDA TUG'ILMAGAN NAMANGANLIK (SUNNATULLA ANORBOYEV TAVALLUDINING 100 YILLIGIGA)

Xanifa Jurayeva Ilmiy rahbar I.Habibjonov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Sunnatilla Anorboyev kattalar uchun yozib, bolalar adabiyotiga qaytish, asarlarni yanada mohirona va chuqur yozish uchun o'z uslubini charxlagan. U bolalarning nozik dunyosini his qila olgan va ularning go'zal va aql bovar qilmas qalbini ifoda eta olgan. Ushbu maqola orqali betakror ijodkor Sunnatilla Anorboyev hayoti va ijodiga bir nazar tashlangan. U barcha adabiyot ixlosmandlari uchun mo'ljallangan.

Kalit so'zlar: Ijod, fidoyilik, nasr, roman, hikoya, tabiat, bolalar adabiyoti.

THE UNBIRTH OF NAMANGAN (SUNNATULLA ANORBOYEV'S 100TH

BIRTH ANNIVERSARY)

Hanifa Jurayeva Scientific leader I.Habibjonov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: Sunnatilla Anorboyev wrote for adults, returned to children's literature, sharpened her style to write works more skillfully and deeply. He was able to feel the delicate world of children and express their beautiful and incredible soul. This article gives a glimpse into the life and work of the unique artist Sunnatilla Anorboyev. It is intended for all lovers of literature.

Keywords: Creativity, dedication, prose, novel, story, nature, children's literature.

Uning ilk bolalik xotiralari Qarnoq va Turkiston bilan bog'liq. Yassaviy boboning qadamjosini ziyorat qilganlari, o'sha yerda kokili kesilgani esida. Qayta-qayta "quloq" qilinib, surgunga quvilgan oilaning qora kunlari shuuriga muhrlanib qolgandi. Jannatmonand Namanganda u ko'rgiliklar kamaygan esa-da, zamona o'zi noxush ediki, qiynaldilar. 1935-yili akasi Ne'matulla Sunnatullani Jiydakapadagi maktab-internatga joylashtirdi va yigitcha to'liqsiz o'rta ma'lumotni shu yerda oldi. Namangan pedagogika bilim yurtida o'qiy boshladi. U 1941-yili Toshkent pedagogika institutining talabasi edi, urush boshlandi. S.Anorboyev 1-Belorussiya frontida artilleriya vzvodining komandiri edi. G'alabaga bir qadamgina qolgan.

I ¡bOH^^Sl ^^ http://oac.dsmi-qf.uz

Pomreiyada fashistlar tish-tironog'i bilan qarshilik ko'rsatardi. 1945-yil 3-mart tunidagi janglar qaqshatqich bo'lib, og'ir yaralandi. Turli gospitallarda yarim yildan ortiq davolandi. Va 45-yilning sentabrida Toshkent vokzalida poezddan tushdi. Oyog'ida askarcha zilday etik, egnida Yevropaning gardi qo'ngan shinel ko'ksida ikki orden, ikki medal. U Toshkentda yashaydigan akasi Ne'matulla qori bilan ko'rishib, keyin Uychiga jo'namoqchi edi. Tramvayga chiqdi va o'z baxti bilan yuzma-yuz keldi. Bu baxt urushdan oldingi saboqdoshi Hojiyaxon (Hojiniso) Shokirova edi. Ikkovlari talablik chog'larini eslashdi, Hojiyaxon institutni bitirib, aspiranturada tahsil olayotgan ekan. Tasodifiy uchrashuv va yo'l-yo'lakay suhbat ikkovining taqdiriga bir umrlik muhrini bosdi. Yigitning rejalari mutlaqo o'zgardi: Qizilrovotga boradi, ota-onasini suyuntiradi va Toshkentga qaytadi. U kunduzi ishlab, kechki payt o'qishini davom ettirdi va 1946-yili Hojiyaxon bilan to'ylari ham o'tdi. Kezi keldiki, Hojiyaxon Shokirova (1922-1999) haqida ham ikki og'iz so'z lozim. U kishi Sunnatulla akaning ilhomchisi, hamkori, ko'makdoshi, birinchi o'quvchi va tanqidchisi edi. Shu ayol adibga to'rt farzand tuhfa etdi: Xolida, Barno, Ulug'bek, Sherbek. (Xolida-jurnalist, mutarjim, otasining qalamiga mansub "Suzib borar arxanlar" qissasini va bir necha hikoyalarini rus tiliga tarjima qilgan.) Hojiyaxon opa filolog, adabiyotshunos edi, qunt bilan xalq og'zaki ijodini o'rgangan. Jumladan, u 1946-yili O'zFa til va adabiyot institutining folklor bo'limi xodimasi bo'lib, "Go'ro'g'li" turkumidagi "Qirq yigit va qirq qiz" dostoni yozib olgan. Asarni samarkandlik shoir Rahmatulla Yusuf o'g'li aytib bergan. Dostonning H. Shokirova dastxatida bitilgan o'sha nusxasi oradan yarim asr o'tib, kitob holida (Toshkent, "Yozuvchi" 1996) nashr etilgandi. Minnatdor Sunnatulla aka yozadi:

- Meni o'qishni davom ettirishga ruhlantirgan, ijodda ilhomchim va birinchi muharririm Hojiniso edi. "Mehr" qissamdagi voqea va qahramonlarimni bevosita undan eshitganman, "Sayli" romanidagi bosh qahramon timsolini ham rafiqam tufayli topib olgandim. U hayotining so'nggi damlarigacha bolalarni va meni deb o'tdi. Hojinisoning pokiza ruhi oldidagi uzilmas qarzimni har on, har soat o'ylayman.

Adibning bolalik chog'larini zaharlagan qatag'on jafolari keyin ham necha o'n yillar bo'yi ta'qib etdi. Jiydakapa maktab-internatida o'qiganida qalbiga ijod olovini solgan kishi adabiyot muallimi Toji Hasaniy bo'lib, yigitchani o'g'liday ko'rardi. Bu so'rashini qo'ymasdi, u esa adoqsiz savollarga javob aytib tolmasdi. Hasaniy domla o'zi she'rlar yozardi, uni Toshkentda ham tanishgan. Shunchalikki, Sunnatulla 6-sinfda ekanida, Jiydakapaga Uyg'un va Otajon Hoshim tashrif buyurishdi, ular Toji Hasaniyni yo'qlab kelgandilar. S.Anorboyev maktabdagi o'sha uchrashuvni umr bo'yi unutgani yo'q. Negaki, sanoqli kunlardan so'ng Hasaniy domlani dars chog'i tutib ketishdi, u xalq dushmani emish. Otajon Hoshim (1905-1938) 1937-yilning avgustida hibsga olingach, uning "sheriklari" ni ham tinch qo'yishmadi. Jiydakapa maktab-internatidan Hasaniydan tashqari fizika o'qituvchisi Nadiev domalaniyam

I icclT^^^^H ^^ http://oac.dsmi-qf.uz

qamoqqa tiqishdi. Chunki, u ham Otajon Hoshim bilan ko'rishgan va tushlik chog'i bir dasturxonda utirgan edi. Qarangki, S.Anorboyev institutda ikki ustozga ihlos qilib, alohida mehr qo'ygandi: Hamid Sulaymanov va Abdurahmon Alimuhammedov, ikkovi ham qamaldi. Chamasi, Sunnatulla Anorboyevning o'zidan ham shubhalanuvchilar ham bor edi. Shuning uchun yo boshqa bir bahona topilgandirki, u "Qizil O'zbekiston" gazetasidan haydaldi. 1953-yili salpal erkin nafas olishga imkon bo'lib, S.Anorboyev yozuvchilar uyushmasiga ariza yozdi. Majlis chog'i rosa savolga tutishdi, hammasiga javob qaytardi. Tarjimai holining biror nuqtasini yashirgani yo'q, necha martalab surgun qilinganini, ustozlari qamoqdaligini- hammasini ochiq aytdi.Ovozga qo'yildi:

Xo'sh, Sunatulla Anorboyevni Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilamizmi?

Haytovur, maqul deganlar qarshi ovoz berganlardan jinday ortiqroq chiqib, u a'zolik guvohnomasini oldi.

Qizilrovotda (2022-yil, yanvar) Odiljon ota Alimov bilan suhbatlashdik, u kishi hozir yuz bilan yuzlashish tadorigida

Anorboy aka barvasta, polvonsifat odam edi, -deydi Odiljon ota.

- Nihoyatda sahiy, qo'li ochiq bo'lib, hechkimdan yordamini ayamasdi, borini berib yuboraverardi.U kishi oramizda musofir emas, o'z odamimiz, asl hamqishloq edi. Urushdan keyin Qozog'iztonga qaytsa bo'laverar edi, Anorboy aka bu haqida o'ylagani yo'q.

- Lekin bola-chaqasi bilan Turkistonga borib, ota-onalarining qabrini ziyorat qilib kelgandi. Biz o'spirin bola edik, Sunnatulla akaning urushdan kelgani boyagiday ko'z oldimda. Toshho'ja Otayev, Shamsitdin Qozoqov, Sunnatulla aka -uchovi bitta sinfda o'qishgan, Jiydakapadagi maktabga qatnashar edi. Key in katta yozuvchi bo'lib, gazetalarda rasmi chiqadigan bo'ldi. Televizorda ko'rib qolardik. Said Asror (Mukarramov) degan hofizimiz bo'lardi, shu bilan juda gaplashar edi. Yigirma-o'ttiz yil savhozga direktor bo'lgan Shermatov olim edida, olim-olimni istar ekan, ularni suhbatini tushunish qiyin bo'lardi bizga. Qizilrovotdan Toshkentga borib qolgan kimki, bu odamga uchrasa, ishi bitardida. O'g'lim o'sha yerda o'qib, besh yil Sunnatulla akaning uyida turdi. Hammalari o'tib ketishdi, Xudo rahmat qilsin...

IJODI. Adibning ijodiy faoliyati boy va rang-barang. Dastlab adabiy tanqidiy maqolalar yozdi. U 1965-yilga qadar "Qizil O'zbekiston", "Pravda Vostoka" gazetalarida, "Sharq yulduzi" jurnalida, "Yosh gvardiya" nashriyotida, yozuvchilar uyushmasida faoliyat ko'rsatdi. S.Anorboev 1968-yildan "Guliston" jurnalida bo'lim mudiri bo'lib, ayni ijodiy jamoada uzoq ishladi.O'tgan asrning 60-yillarida Sunnatulla Anorboev o'quvchilar bop yetuk asarlar yozdi va bolalar yozuvchisi sifatida og'izga tushib ketdi. Xususan, "Hayr bog'chajon-bog'cha" (1962), "To'rt ko'zning boshidan kechirganlari" (1963) to'plamlaridagi hikoyalar jajjilar dunyosi va ruhiyati muallifga juda ham tanish ekaniga badiiy dalil bo'lgandi. "To'rtko'zning

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

boshidan kechirganlari" avtobiografik harakterga ega. Buni muallif o'zi shunday tasdiqlaydi: Besh-olti yoshda bo'lsam kerak, Do'dagan qiridagi polizdan yolg'iz o'zim qishloqqa qaytdim. Oldinda To'rtko'z itim yo'l boshlab borayotibdi. Men ko'k eshakka minib olganman. Qorong'u quyuqlashgan sari yuragimni vahima bosa boshladi. Jilg'adagi chaqir tikanak butalar tagida qandaydir yirtqich pisib yotganday tuyulardi, bo'rilar bor edi. Oldimdan o'tib ketgan yumronqoziqdan o'takam yorildi. Ko'k eshagim erinchoqlik bilan immilaydi, parvoyi falak mahluqqa xalacho'pni sanchib-sanchib olaman, bor ovozim bilan "To'rtko'z" deya baqiraman. Itim bir lahzada oyoqlarim ostida paydo bo'ladi. Uni ko'riboq mendagi qo'rquv chekinadi. Jinday dadillanib, atrofga alanglayman. Bolaligimdagi o'sha hamrohim va sodiq qo'riqchimga "To'rt ko'zning boshidan kechirganlari" bilan go'yo bir xaykal qo'ygan edim.

Umuman, S.Anorboyev sinchkov va kuzatuvchan adib, boshqalar payqay olmaydigan eng kichik chizgilar ham uning nazari va e'tiboridan yashirinib qololmasdi. Shuning uchundurki, ocherklari hayotning tabiiy va san'atkorona in'tiqosi bo'lib, qahramonlari muallif yaratgan personaj emas, jonli inson sifatida gavdalanardi. Mavzuga munosabat masalasi ham shunaqa: bir til tilga olingan masalasi ham shunaqa: bir bor tilga olingan masala deyarli takrorlanmaydi, Sunnatulla aka kosmik mavzuda xam yozgan. Ayni xususda "Parvoz" ocherki (1973) alohida diqqatga sazovor. Unda o'zbek olimlarining kosmik tadqiqotlarga qo'shgan hissasi tahlil etilgan. Muallif alkoloidlar muammmosiga alohida to'htalib, akademik Sobir Yunusov kashfiyolarining ilmiy-amaliy ahamiyatini yaqqol ko'rsata olgan. Zotan, Sobir Yunusov O'zbekiston alkoloidlar kimyosi maktabining asoschisigina emasdi, olimning bu boradagi salohiyatini butun dunyo ilmiy jamoatchiligi tan olardi...

Mehnatkash va do'lvor qishloq kishilari, bunyodkor va yoshlar ona tabiat va jonivorlar S.Anorboyev asarlarining bosh qahramonlaridir. Muallif ana shu personajlarni yaratar ekan, timsolni (Prototipni) faqat hayotdan olardi. Yana shunisi muhimki, bu obrazlar Anorboev "o'rgatgan" tilda emas, jaydari va tabiiy so'zlab,erkin harakatlanadilar. Sunnatulla Anorboyev yarim asirdan ziyod muttasil va barakali ijod qildi, mahorati tobora yuksalib, yangi-yangi mavzu va janrlar bilan boyib bordi. Adib ayrim dolzarb va qadrdon qahramonlarga goho takror ham murojat qilardi, chunonchi, u avvalroq "Oqsoy shalolari" qissasini yozgan. Oradan yillar o'tib, shu mavzuni tag'in qalamga olib, "Oq soy" romanini yaratdi va asar oltmish yil burun bosilib chiqdi. Mavridi kelgani uchun ta'kidlash o'rinliki, adibning "Sayli" romani o'z davrida milliy nasrimizning katta voqeasi va yutug'i bo'lgandi. Alalhusus, "Umr" qissasi adibga katta shuhrat keltirgan. Asar voqealari o'tgan asrning 30-yillari Namanganda kechadi. Ularni bolalik chog'i muallif o'z ko'zi bilan ko'rgan,

917

http://oac.dsmi-qf.uz

qahramonlarni hayotda uchratgan. "Umr asosidagi telespektakl" qirq yil burun tomoshabinlarni mutaassir qilib, muallif yuzlab maktublar olardi.

Sunnatulla Anorboyev sermahsul yozuvchi, asarlari juda ko'p: "Parvoz" va "Go'zallik izlab" to'plamlari, "Mehr" (1964), "Sarjinchi chol"(1968) nomli qissalari, "Hamsuhbatlar".. Keyinchalik u tmoshabinlar uchun yoza boshladi: "Chumchuq so'ysa ham..." komediya bo'lib, adibning ilk dramatik asaridir. Indallosini aytganda, S.Anorboev o'zbek adabiyotiga munosib hissasini qo'shgan, o'zining o'rniga, uslubi va ovoziga ega bo'lgan yirik yozuvchilardan biri edi.Fahrlanamizki, adib Namanganning bir o'g'li bo'lib, Uychida ulg'aygan. Sunnatulla Anorboyev (19222003) hayot bo'lsa bu yil 100 yoshga to'lar edi. Uning Qizilrovotlik tengqur do'stlari, hamqishloq va sinfdoshlari olamdan o'tib ketishgan. Lekin hotiralar barhayot, mulla Anorboy buvani va uning yozuvchi o'g'lini unutmagan Odiljon ota Alimov singari keksalar hali hayot, biz bilan yonma-yon. Marhumlarni yod etmoqqa hamisha burchlimiz. Yozuvchi xalqning vijdoni deydilarki, o'zbeklarning va Namanganning vijdoni maqomida yashab o'tgan Sunnatulla Anorboyevni eslamaslik mumkinmi, axir?

S.Anorboyev tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Uychi tumani madaniyat markazida uchrashuv tashkil etildi.

Unga adibning farzandi, jurnalist Xolida opa Anorboyeva taklif qilindi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Namangan viloyati bo'limi rahbari M.Appaqov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Rustamjon Ummatov, Boqiy Mirzo, Nosir Abbos, Ziyovuddin Mansur so'zga chiqib, adibning hayot yo'li, yozgan asarlari va jamiyat ravnaqidagi hissalari to'g'risida ma'lumotlar berishdi.

"Otamning Namangan zaminida voyaga yetganliklari, bu yerdagi insonlarning otam mehnatlarini e'tirof etganliklaridan boshim osmonga yetdi. Otam tavallud kunlarini nishonlash bo'yicha taklif bildirishganda bajonudil rozi bo'lib, Namanganga keldim. Kelganim besamar emas ekan, otamni Namanganda hurmat qilishlarini, asarlari to'g'risida gapirib berishgani, hatto otam bilan hamsuhbat bo'lgan kishilarni ko'rib, bag'oyat xursand bo'ldim, otamning ruhlari shod bo'ldi,"-dedi Sunnatilla Anorboyevning farzandi Xolida opa.

Tadbir davomida S.Anorboyev oilasiga ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo'limi, "Mahalla" XJF viloyat bo'limi va tashkilotchilarning esdalik sovg'alari va yodnomalari taqdim etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.Ummatov, M.Boyxonova. Namangan haqiqati.-2022.-17 sent.-17-18-19 sonlari-B.3

I D^H^^Sl 918 http://oac.dsmi-qf.uz

2. Yusupova D. O'zbek mumtoz va milliy uyg'onish adabiyoti. O'quv qo'llanma. - T.: TAMADDUN, 2016.

3. Komilov N. Ma'nolar olamiga safar. - T.:TAMADDUN, 2016.

4. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: O'zbekiston, 2017.

5. http://kutubxona.uz

6. https: //arboblar. uz/uzkr/people/anorbaev- sunnatilla

919

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.